14.05.2026 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda tarmoq korxonalarida energiyadan oqilona foydalanishni tashkil qilish orqali elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 29-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq 2026-yilda 4,3 milliard kVt soat elektr energiyasini hamda 2,8 milliard kub metr tabiiy gazni tejashga erishish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda tarmoq korxonalarida energiyadan oqilona foydalanishni tashkil qilish boʻyicha 2026-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya resurslarini iqtisod qilishning oylar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya resurslarini iqtisod qilishning isteʼmolchilar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan texnik chora-tadbirlar hamda iqtisod qilinadigan energiya resurslarining maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar, ijtimoiy soha muassasalari, tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari binolari hamda aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va iqtisod qilinadigan energiya resurslarining maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga ajratiladigan “yashil” kreditlarning maqsadli koʻrsatkichlari 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qarorning 1 — 5-ilovalari berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun amalga oshiriladigan texnik chora-tadbirlar rejalari va ularning tuman (shahar) va obyektlar kesimidagi manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin hamda ularning “Energiya tejamkorlik” raqamli platformasiga (keyingi oʻrinlarda — Platforma) kiritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlar bilan birgalikda doimiy ravishda maqsadli parametrlar va chora-tadbirlar bajarilishi, shuningdek, iqtisod qilingan energiya resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy tarzda Platformaga kiritib borilishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda maqsadli parametrlar bajarilishi va texnik chora-tadbirlar natijalarini tanqidiy muhokama qilib borishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energetika vazirligi 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy quvvati 3 250 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim korxonalariga belgilangan tashkiliy texnik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilishini hamda 1 413 million kVt elektr energiyasi va 731 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzgidroenergo” AJ bilan birgalikda 68 MVt gidro elektr stansiyalarning qurilishi yakunlanishi va ishga tushirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
903 ta “ogʻir” toifadagi mahallalarda 270 MVtlik kichik quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyalari oʻrnatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 100 MVt kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bir oy muddatda tarmoq korxonalarida energiya auditini oʻtkazish, “energiya menejmenti” tizimini (ISO 50001) joriy etish, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatishni nazarda tutuvchi manzilli “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli tarmoq rahbarlari zimmasiga korxonalarda energiya resurslarini tejash boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tarmoq korxonalari tomonidan energiya resurslarini tejash boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda energiya auditini oʻtkazish, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida barcha zarur uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarida energiya auditi xarajatlarini hamda energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Issiqliktaʼminot” AJ bilan birgalikda 2026-yilda issiqlik tizimlarini yopiq tizimga oʻtkazish va individual issiqlik punktlarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda boshqaruv servis kompaniyalari bilan birgalikda koʻp kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish tadbirlarini boshlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Milliy statistika qoʻmitasi ilgʻor xalqaro tajriba asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyunga qadar iqtisodiyot tarmoqlarida bir birlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarish (yaratish) uchun sarflanadigan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmini meʼyorlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-avgustga qadar yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar natijasida tejalgan resurslar miqdorini oʻlchash va tasdiqlash metodologiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2026-yil avgust oyiga qadar 7-ilovada* koʻrsatilgan tuman va shaharlar markazlarida kamida 3 tadan 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi balansidagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida oʻrnatilgan yoritish uskunalarini 2026 — 2028-yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda energiya samaradorligini oshirish dasturi 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qarorning 7-8-ilovalari berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Dastur ijrosi uchun talab qilinadigan mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan birgalikda avtomobil yoʻllarida yangi tashkil qilinadigan yoritish chiroqlari hamda ularning konstruktiv elementlari va yordamchi uskunalariga texnik, meʼyoriy, xavfsizlik va energiya samaradorligi talablarini hamda oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish qoidalarini ishlab chiqib tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va modernizatsiya qilish loyihalarida yoritish tizimlari faqatgina qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda tashkil qilinadi hamda ularning elektr tarmoqlariga ulanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik va “Agrostar” kompaniyalari 2026-yil yakuniga qadar issiqxona xoʻjaliklarida energiya sarfini optimallashtirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi tajriba loyihalarini amalga oshirishni boshlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda anʼanaviy yoqilgʻi resurslaridan voz kechgan holda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, past potensialli issiqlik energiyasidan foydalanuvchi issiqlik nasoslari (Heat pumps) va biomassadan energiya olish texnologiyalarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona inshootlarining issiqlik himoyasini kuchaytirish maqsadida zamonaviy “energiya tejovchi qobiq” (tent) texnologiyalarini, energiya samaradorligi yuqori boʻlgan koʻp qatlamli polimer va shisha qoplamalarini hamda issiqlik yoʻqotilishini kamaytiradigan izolyatsiya materiallarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikroiqlimni boshqarishning intellektual “Aqlli issiqxona” (Smart Greenhouse) dasturiy majmualarini joriy etish orqali issiqlik va elektr energiyasi isteʼmolining real vaqt rejimidagi avtomatik monitoringi va optimal taqsimotini (Internet of Things — IoT texnologiyalari asosida) taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining hisob-kitoblariga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarga talab etiladigan mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi Davlat energetika reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan subyektlar va sanoat korxonalari tomonidan energiya auditorlik tashkilotlari Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali jalb etilganda qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar (2026-yilda 1-iyulga qadar) Reyestrga kiritilgan subyektlarda energiya auditorlik tashkilotini jalb qilish va energiya auditidan oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar energiya auditorlari faoliyati hamda energiya auditidan oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, energiya auditi jarayonlariga boʻlgan talablarni kuchaytirish va raqamlashtirishni kengaytirish boʻyicha xalqaro amaliyotni mamlakatimizga integratsiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditidan majburiy tartibda oʻtkaziladigan isteʼmolchilar reyestrini shakllantirishda, subyektlarning energiya resurslari isteʼmoli hajmlaridagi oʻzgarishlar dinamikasi va energiya samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda xavfni tahlil qilish (risk-analiz) tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan subyektlar tomonidan energiya auditi tavsiyalarining bajarilishini raqamli monitoring qilib borish hamda energiya samaradorligi past boʻlgan va energiya isteʼmoli hajmi asossiz ravishda ortib borayotgan korxonalarni navbatdan tashqari energiya auditidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunosti hujjatlarda energiya auditi hisobotining sohalar kesimidagi yagona shaklini joriy qilish koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik va idoralar, davlat ishtirokidagi korxonalar va budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar bino va inshootlarida energiya tejamkorligi tadbirlarini moliyaviy manbalar bilan taʼminlash maqsadida 2026-yil uchun bir hafta muddatda, kelgusida har yili xarajatlar smetasidagi toʻrtinchi guruh xarajatlarining kamida 5 foizi hamda budjetdan tashqari mablagʻlarining kamida 15 foizini energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalari uchun rejalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu mablagʻlar maqsadli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditi asosida bino va inshootlarda energiya yoʻqotilishining oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan jihozlash, resurs isteʼmoli yuqori isitish qozonlarini yangilash hamda gelikollektorlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar yoritish tizimlarining energiya samaradorligini oshirish, muqobil yoritish tizimlariga oʻtkazish, shu jumladan, ESKO mexanizmlari asosida modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar ehtiyojini bosqichma-bosqich toʻliq muqobil manbalar hisobidan qoplash tadbirlariga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida Agentlikka bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini ekspress baholash asosida aniqlash hamda korxonalarda energiya auditini oʻtkazish, shu jumladan uning asosiy yoʻnalishlari va tartib-taomillarini belgilash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2026-yildan boshlab respublikadagi turar va noturar obyektlar energiya samaradorligi boʻyicha toifalarga bosqichma-bosqich ekspress baholash asosida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya samaradorligini baholash ishlari maxsus elektron platforma orqali bino va inshoot toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalari axborot xususiyatiga ega boʻlib, toʻliq energiya auditini oʻtkazish zaruratini aniqlash uchun dastlabki baholash vositasi sifatida qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bino va inshoot boʻyicha ekspress baholash natijalari asosida elektron energiya pasportini shakllantirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror bilan tasdiqlangan energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash tadbirlari uchun talab qilinadigan mablagʻlar belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaziy bank va Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi “yashil taʼmir” kreditlarini ajratishni jadallashtirish maqsadida mazkur kreditlar boʻyicha garov taʼminotining muqobil shakllarini, jumladan, kafillik va sugʻurta mexanizmlarini joriy etish choralarini koʻrsin hamda amaliyotga joriy qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qaroriga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.J. Ramatov, Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori Z.B. Badriddinov, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi D.A. Isakulov va energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi 242-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarida energiya auditi xarajatlarini hamda energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom sanoat korxonalariga energiya auditini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) hamda energiya auditorlarining xulosalari asosidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditi hisoboti — energiya auditidan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanoat korxonasida energiya resurslarini tejash boʻyicha takliflar va tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini oʻz ichiga olgan hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika pasporti — energiya auditidan oʻtkazish natijasida yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya va kompensatsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali Agentlik yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlik tashkiloti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini majburiy energiya auditidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida energiya auditi oʻtkazilgandan va energiya auditi hisoboti olingandan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning asosiy faoliyat turi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (IFUT) “B”, “C” va “D” boʻlimida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditi xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) Platforma orqali tuzilganda, Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat buyurtmachilari boʻlgan sanoat korxonalari energiya auditori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya energiya auditi hisobotida kamida 10 foiz energiya tejamkorlikka erishilishi koʻzda tutilgan hollarda energiya auditini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq bir sanoat korxonasi uchun 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab berish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kompensatsiya Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori va 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 2 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 10 foizigacha bandini 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatda qoplab berish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya 1+2 tamoyili asosida toʻlanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya birinchi yili toʻliq toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi yillarda energiya auditorining Platformaga yuklangan tashkiliy-texnik tadbirlar natijasida kamida 10 foiz energiya tejamkorlikka erishilgani toʻgʻrisidagi maʼlumoti asosida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sanoat korxonasi va energiya auditori oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish va energiya auditi xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shartnoma tuzish uchun sanoat korxonasi energiya auditini oʻtkazishning texnik shartlari hamda oxirgi uch yillik energiya resurslari sarfi koʻrsatkichlarini Platformaga yuklaydi va ERI bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar Platformada lot tarzida shakllantiriladi va Platformada roʻyxatdan oʻtgan barcha energiya auditorlariga platforma tomonidan xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu maʼlumotlar asosida 48 soat ichida eng past narxlarda oʻz xizmatini taklif qilgan energiya auditori bilan sanoat korxonasi oʻrtasida energiya auditini oʻtkazish toʻgʻrisida elektron shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya auditorlari tomonidan takliflar kiritilmagan hollarda elektron tizim narx kiritilguniga qadar taklif kiritish jarayonini koʻpi bilan 30 kalendar kungacha keyingi 48 soatga uzaytirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shartnomaga asosan sanoat korxonasi tomonidan energiya auditorining Platformada ochilgan hisobvaragʻiga shartnoma mablagʻi 5 ish kunida toʻliq oʻtkaziladi va mablagʻlar Platformada vaqtincha band qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energiya auditi hisoboti, energetika pasporti hamda energiya auditidan oʻtkazish natijalari boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, tasdiqlanganidan soʻng sanoat korxonasi tomonidan Platforma orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditi hisoboti va energetika pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditidan oʻtkazish natijalari boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasining asosiy faoliyat turi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (IFUT) “B”, “C” va “D” boʻlimida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga taalluqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjatlarning haqqoniyligiga sanoat korxonasi va energiya auditori tashkiloti teng javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik 7 kun ichida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganini oʻrganadi va subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida Platforma orqali ikki ish kunida sanoat korxonasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Platformada xabardor qilingandan soʻng, vaqtincha band qilingan mablagʻ Operator tomonidan uch ish kunida energiya auditorining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya Agentlik tomonidan sanoat korxonasining bank hisobvaragʻiga pul koʻchirish orqali 5 ish kunida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi holatlar subsidiya ajratishni rad etishga asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditidan oʻtkazish natijalari boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, energiya auditi hisoboti va energetika pasporti Oʻzenergoinspeksiya tomonidan qabul qilinmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasining asosiy faoliyat turi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (IFUT) “B”, “C” va “D” boʻlimida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditi hisobotida kamida 10 foiz energiya tejamkorlikka erishilishi koʻzda tutilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya auditini oʻtkazgan tashkilot Agentlik yagona reyestrida mavjud emasligi aniqlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Energiya auditorlarining xulosalari asosidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun sanoat korxonalariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bir sanoat korxonasiga faqat bitta energiya auditi hisoboti asosidagi tashkiliy-texnik tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismi toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banki tomonidan sanoat korxonasiga kredit va kompensatsiya ajratish shartlari boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinib, sanoat korxonasi va tijorat banki oʻrtasidagi kredit shartnomasiga muvofiq ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi monitoring qilingandan soʻng foiz toʻlovlarining bir qismi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tijorat banki kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanoat korxonalariga kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma bilan har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar Agentlikka murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar ajratilgan sanoat korxonalarining roʻyxati (kredit oluvchining STIRi, kredit summasi, kredit muddati, foiz stavkasi, kredit maqsadi, qaytarish jadvali shakli, kredit berilgan sana, kreditni qaytarish sanasi, 16325-hisobvaragʻidagi hisoblangan foizlar hamda boshqa maʼlumotlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Buyurtmanoma hamda sanoat korxonalari boʻyicha koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi boʻyicha tijorat bankining buyurtmanomani imzolagan mansabdor shaxsi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agentlikka notoʻgʻri va/yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlarning taqdim qilinishi, ushbu maʼlumotlar asosida kompensatsiya olganlik, shuningdek, tijorat banki va sanoat korxonasi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani uchun Agentlik javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab 7 kun ichida Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi hamda 2 ish kunida ushbu Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratishni maʼqullash yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rad etilgan buyurtmanoma tijorat bankiga kompensatsiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kompensatsiya ajratish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar maqsadsiz ishlatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasining asosiy faoliyat turi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (IFUT) “B”, “C” va “D” boʻlimida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtgan qarzdorlik 90 kundan oshib ketganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilgani toʻgʻrisida buyurtmanoma olgan tijorat banki bir ish kuni ichida bu haqida hududiy filialini va qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanoma koʻrib chiqilgandan soʻng Agentlik tomonidan 3 ish kuni ichida tijorat bankining ushbu kompensatsiya uchun alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilishi shartlari va miqdori tijorat banki va sanoat korxonasi oʻrtasida imzolanadigan kredit shartnomasida alohida band bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agentlik tomonidan ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida tijorat banklaridan kompensatsiya mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari, sanoat korxonalarining 16325-hisobvaraqlari hamda kompensatsiyaga tegishli boshqa hisobvaraqlari aylanmalari soʻralishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik tomonidan kompensatsiyaning maqsadli sarflanishi yuzasidan tijorat banki va sanoat korxonasi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish jadvali talab qilib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kompensatsiya hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tijorat banki kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilgan foiz toʻlovlarining hisobini alohida 16325-balans hisobvaraqlarida yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agentlik tomonidan kompensatsiya bank roʻyxati asosida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha bankning 29801-tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 29801-tranzit hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar bankning Agentlik kompensatsiyalari hisobidan qoplanadigan foizlar 16325-hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sanoat korxonasi kreditni muddati oʻtganidan soʻng qaytargan holatlarda, ajratiladigan kompensatsiya miqdori tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan miqdordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agentlik tijorat banklarining xabariga asosan kreditlar boʻyicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda toʻxtatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini uch oy ichida ketma-ket bajarmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasi tomonidan kredit miqdori muddatidan oldin soʻndirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki va sanoat korxonasi oʻrtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasining bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari xatlovga olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonasining tijorat bankiga taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovga qobiliyatsizlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tijorat banki belgilangan tartibda sanoat korxonasi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq sanoat korxonasining krediti hisobidan olingan uskunalarning holatini oʻrganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tijorat banki ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, Agentlikni kompensatsiya ajratishni toʻxtatish uchun 3 ish kuni ichida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agentlik tijorat bankidan xabarnomani olgandan soʻng 3 ish kuni ichida kompensatsiya ajratish toʻxtatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan yozma xabarnomani tijorat bankiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agentlik qarorini olgandan soʻng tijorat banki 1 ish kunida qarz oluvchini foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish toʻxtatilgani toʻgʻrisida xat orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sanoat korxonasining krediti boʻyicha kompensatsiya ajratishni qayta tiklashga faqatgina ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tijorat banki har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Agentlikka uning kompensatsiya mablagʻlarining sarflanishi, mijozlar kesimida soʻndirish sanasi va boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarida energiya auditi xarajatlarini hamda energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya auditi xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Sanoat korxonasi

Shartnoma tuzish uchun sanoat korxonasi energiya auditini oʻtkazishning texnik shartlari hamda oxirgi uch yillik energiya resurslari sarfi koʻrsatkichlarini Platformaga yuklaydi va ERI bilan tasdiqlaydi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Agentlik

Platformaga kiritilgan maʼlumotlar lot tarzida shakllantiriladi va Platformada roʻyxatdan oʻtgan barcha energiya auditorlariga Platforma tomonidan xabarnoma yuboriladi.

Ushbu maʼlumotlar asosida eng past narxlarda oʻz xizmatini taklif qilgan energiya auditori bilan sanoat korxonasi oʻrtasida energiya auditini oʻtkazish toʻgʻrisida elektron shartnomani rasmiylashtiradi.

48 soat ichida

3-bosqich

Sanoat korxonasi

Shartnomaga asosan energiya auditorining Platformada ochilgan hisobvaragʻiga shartnoma mablagʻini toʻliq oʻtkazadi.

5 ish kunida

4-bosqich

Sanoat korxonasi

Platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

energiya auditini oʻtkazish boʻyicha shartnoma nusxasi;

energiya auditi hisoboti va energetika pasporti;

energiya auditini oʻtkazish natijalari boʻyicha hisobotdagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar;

sanoat korxonasining asosiy faoliyat turi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (IFUT) “B”, “C” va “D” boʻlimida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlariga taalluqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, tasdiqlanganidan soʻng

5-bosqich

Agentlik

Hujjatlarni toʻliq taqdim etilganligini oʻrganadi.

7 kunda

6-bosqich

Agentlik

Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida Platforma orqali sanoat korxonasini xabardor qiladi.

2 ish kunida

7-bosqich

Operator

Platformada xabardor qilingandan soʻng vaqtincha band qilingan mablagʻni energiya auditori hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

3 ish kunida

8-bosqich

Agentlik

Subsidiyani sanoat korxonasining bank hisobvaragʻiga pul koʻchirish orqali ajratadi.

5 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarida energiya auditi xarajatlarini hamda energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 10 foizigacha bandini qoplash qismini kompensatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Sanoat korxonasi

Sanoat korxonasining tijorat banklariga kredit berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻplamini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Tijorat banki

Kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanoat korxonalariga kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma bilan Agentlikka hujjatlarni ilova qilib murojaat qiladi.

Har oyning 10-sanasiga qadar

3-bosqich

Agentlik

Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va kompensatsiya ajratishni maʼqullash yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida maʼlum qiladi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Agentlik

Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanoma boʻyicha kompensatsiyani tijorat bankining alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

3 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarida energiya auditi xarajatlarini hamda energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tijorat banki kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan

sanoat korxonalariga kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi

BUYURTMANOMA

20___ yil __________

Buyurtmanoma beruvchi: _______________________________ banki

Buyurtmanomani qabul qiluvchi: Energiya samaradorligi milliy agentligi

Kompensatsiya summasi: _________________________

Hisobvaraq: _______________________

energiya auditi tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit foiz stavkasi bir qismini qoplab berish nazarda tutilgan mijozlar roʻyxati ilova qilinmoqda.

Buyurtmanoma beruvchi:

_______________________________ banki

Boshqaruvi raisi

_________________________ F.I.O.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi 242-son qaroriga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarni (keyingi oʻrinlarda — issiqlik nasoslari) xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“subsidiya.mf.uz” axborot portali — issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish bilan bogʻliq amaliyotlar bajariladigan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma — issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslarini oʻrnatilganini asoslovchi yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida rasmiylashtiriladigan qabul qilish va topshirish hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali issiqlik nasoslarini sotish va oʻrnatish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik nasosi — atrof-muhitdan (havo, suv yoki geotermal manbalardan) energiya olib, uni kalorifer va boyler yordamida issiqlik yoki sovitish energiyasiga aylantirish va yetkazib beruvchi yangi va ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarning bir qismini qoplab berish uchun Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — issiqlik nasosini xarid qilish va issiqxona xoʻjaligiga oʻrnatish uchun Platforma orqali buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Issiqlik nasoslarini yetkazib beruvchi tomonidan sotish va talabgor tomonidan xarid qilish va ularni oʻrnatganlik uchun subsidiya belgilangan tartibda Platformada roʻyxatdan oʻtgan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabgor yetkazib beruvchilar tomonidan issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha Platformada yetkazib berish muddatlari koʻrsatilgan holda joylashtirilgan takliflardan birini tanlaydi hamda quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritadi va buyurtmani ERI bilan tasdiqlagan holda shakllantiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isitish maydoni (boʻyi, eni va balandligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxonaning ustki (tashqi) qoplamasi materiali nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona issiqlik energiyasi yoʻqotishlarining oldini olishga moʻljallangan issiqlik izolyatsiyalovchi qoplamalar (tent) bilan qoplangan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hokim yordamchilari issiqxona joylashgan yer uchastkasiga chiqib, issiqxonaning issiqlik izolyatsiyalovchi qoplamalar (tent) bilan qoplanganini ikki ish kuni davomida oʻrganadi va “Onlayn mahalla” platformasi orqali soʻralgan maʼlumot mavjudligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab etiladigan harorat darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik energiya resurslari (elektr, gaz, koʻmir va boshqalar) isteʼmoli hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi maʼlumot (kadastr raqami, yer ajratish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va raqami).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik talabgor tomonidan takliflar joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida hamda mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq hokim yordamchisining “Onlayn mahalla” platformasi orqali tasdiqlangan maʼlumotlardan kelib chiqib, taklifni savdoga chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Nizomning 5-bandidagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa va issiqxonalar issiqlik izolyatsiyalovchi qoplamalar (tent) bilan qoplanmagan boʻlsa, Agentlik tomonidan taklif rad etiladi va savdoga chiqarilmaydi. Talabgor tomonidan barcha kamchiliklar bartaraf etilgan holda, takroran subsidiya olish uchun Platforma orqali murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taklif maʼlumotlari lot shaklida Platformadagi barcha yetkazib beruvchilarga avtomatik tarzda (onlayn) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yetkazib beruvchilar Platformaga joylashtirilgan lot boʻyicha oʻz narx takliflarini lot joylashtirilgan sanadan boshlab besh kun ichida taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan muddat yakunlangandan soʻng eng maqbul narx taklifini bergan yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida shartnoma Platformada avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor shartnomani rasmiylashtirgan sanadan boshlab oʻn besh ish kuni ichida shartnoma qiymatining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlarni Platformada belgilangan tartibda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi hamda ushbu mablagʻlar Platformada vaqtincha band qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mablagʻlar Platformada band qilingandan soʻng yetkazib beruvchi shartnomada koʻrsatilgan muddatda issiqlik nasosini shartnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga muvofiq yetkazilishini va oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma operatori yetkazib beruvchi va talabgorlarga qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yetkazib beruvchi issiqlik nasosini oʻrnatgandan soʻng Platformada ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnomani elektron tarzda shakllantiradi hamda bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi foto va video materiallarni Platformaga yuklaydi. Bunda dalolatnomaning haqqoniyligiga va Platformaga yuklangan foto va video materiallar, ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligiga yetkazib beruvchi hamda talabgor teng javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dalolatnoma yetkazib beruvchi va talabgor tomonidan elektron tarzda tasdiqlangandan soʻng Platforma operatori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformada vaqtincha band qilingan mablagʻlarni bir ish kunidan kechikmasdan, yetkazib beruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformadan “Onlayn mahalla” platformasi orqali talabgorning buyurtmanomada koʻrsatilgan manzildagi hokim yordamchisiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududdagi loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — loyiha ofisi) xodimiga joyiga chiqqan holda oʻrganishni oʻtkazish boʻyicha xabar (SMS) yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Onlayn mahalla” platformasi orqali xabarnoma kelib tushgandan soʻng hokim yordamchisi loyiha ofisi xodimi bilan birga ikki ish kuni ichida issiqlik nasosining haqiqatda oʻrnatilganini va ishchi holatdaligini, uning texnik koʻrsatkichlari Platformadagi shartnoma va dalolatnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga mos kelishini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hokim yordamchisi va loyiha ofisi xodimi tomonidan “Onlayn mahalla” platformasi orqali issiqlik nasosining haqiqatda oʻrnatilgani va ishchi holatdaligi hamda uning texnik koʻrsatkichlarini Platformadagi shartnoma va dalolatnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga mos kelishi boʻyicha dalolatnoma tuzgan holda tasdiqlaydi hamda Agentlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaga asosan Agentlik bir ish kuni ichida “subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali shartnoma qiymatining 20 foizi miqdorini yetkazib beruvchining hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻrnatilgan issiqlik nasosi ishga tushirilgandan boshlab 24 oy mobaynida begonalashtirish (sotish) taqiqlanadi. Hokim yordamchisi tomonidan zaruratga koʻra monitoring natijasida shunday holat aniqlanganda, ajratilgan subsidiya talabgor tomonidan Agentlikka toʻliq miqdorda qaytariladi, yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan va koʻchiriladigan uy-joylar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hokim yordamchisi va loyiha ofisi xodimi tomonidan “Onlayn mahalla” platformasi orqali issiqlik nasosining haqiqatda oʻrnatilmagani yoki ishchi holatda emasligi yoxud texnik koʻrsatkichlarning Platformadagi shartnoma va dalolatnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga mos emasligi aniqlangan taqdirda, yetkazib beruvchi va talabgorga Platforma orqali kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazib beruvchi bir oy muddatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, Platforma orqali talabgor xabardorligida qayta dalolatnoma tuzadi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Platformaga yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik “Onlayn mahalla” platformasi orqali hokim yordamchisi va loyiha ofisi xodimiga kamchiliklar bartaraf etilganini aniqlash yuzasidan qayta xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklar bartaraf etilgani tasdiqlangandan soʻng subsidiya bir ish kuni davomida “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgor hokim yordamchisining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Talabgor

Platformada yetkazib beruvchilar issiqlik nasoslari boʻyicha joylashtirilgan takliflardan birini tanlab, qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan holda buyurtmani ERI bilan tasdiqlagan holda shakllantiradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Hokim yordamchisi

Issiqxona joylashgan yer uchastkasiga chiqib, issiqxonaning issiqlik izolyatsiyalovchi qoplamalar (tent) bilan qoplanganini oʻrganadi va “Onlayn mahalla” platformasi orqali soʻralgan maʼlumotni mavjudligini tasdiqlaydi.

2 ish kunida

3-bosqich

Agentlik

Talabgor tomonidan takliflar hokim yordamchisining “Onlayn mahalla” platformasi orqali tasdiqlangan maʼlumotlardan kelib chiqib, taklifni savdoga chiqaradi.

3 ish kunida

4-bosqich

Platforma operatori

Buyurtmani lot shaklida Platformaga joylashtiradi va ushbu lot maʼlumotlarini barcha yetkazib beruvchilarga avtomatik tarzda yuboradi.

5 ish kunida

5-bosqich

Yetkazib beruvchi

Joylashtirilgan lot boʻyicha oʻz narx takliflarini taqdim etadi.

6-bosqich

Platforma operatori

Eng maqbul narx taklifi bergan yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida shartnomani rasmiylashtiradi.

7-bosqich

Talabgor

Shartnoma qiymatining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlarni Platformada ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

15 ish kunida

8-bosqich

Yetkazib beruvchi

1. Issiqlik nasosini shartnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga muvofiq oʻrnatilishini taʼminlaydi.

2. Platformada dalolatnomani elektron tarzda shakllantiradi, bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi foto va video materiallarni Platformaga yuklaydi.

3. Dalolatnomani tasdiqlaydi.

Shartnomada belgilangan muddatda

Yetkazib beruvchi va talabgor

Issiqlik nasosi oʻrnatilgandan soʻng

9-bosqich

Platforma operatori

1. Vaqtincha band qilingan mablagʻlarni yetkazib beruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

1 ish kunida

2. “Onlayn mahalla” platformasi orqali talabgor manzilidagi hokim yordamchisiga joyiga chiqqan holda oʻrganish oʻtkazish boʻyicha xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

10-bosqich

Hokim yordamchisi va loyiha ofisi xodimi

Issiqlik nasosining haqiqatda oʻrnatilganini va ishchi holatdaligini, uning texnik koʻrsatkichlari Platformadagi shartnoma va dalolatnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga mos kelishini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va holatni tasdiqlaydi yoki rad etadi.

2 ish kunida

11-bosqich

Hokim yordamchisi va loyiha ofisi xodimi

“Onlayn mahalla” platformasi orqali issiqlik nasosining haqiqatda oʻrnatilmagani yoki ishchi holatda emasligi yoxud texnik koʻrsatkichlarning Platformadagi shartnoma va dalolatnomada koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlarga mos emasligi tasdiqlangan taqdirda, yetkazib beruvchi va talabgorga Platforma orqali kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuboradi.

1 ish kunida

12-bosqich

Agentlik

Issiqlik nasoslarining texnik koʻrsatkichlari oʻzaro mos kelgan taqdirda, “subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali shartnoma qiymatining 20 foizi miqdorini yetkazib beruvchining hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkazib beradi.

1 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqlik nasoslari hamda ularga oʻrnatiladigan kaloriferlar va boylerlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida tuzilgan topshirish va qabul qilish

DALOLATNOMASI

Shartnoma raqami: __________

Sana: 20___ yil “____” ___________

1. Talabgor korxona nomi

________________________________________

2. Talabgor korxona rahbari F.I.O.

________________________________________

3. Yetkazib beruvchi korxona nomi

________________________________________

4. Yetkazib beruvchi rahbari F.I.O.

________________________________________

5. Yetkazib beruvchi telefon raqami

________________________________________

6. Tomonlar ushbu dalolatnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:

tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar “Yetkazib beruvchi” tomonidan bajarildi, uskunalar oʻrnatildi va sinovdan oʻtkazildi;

“Talabgor” tomonidan bajarilgan ishlar qabul qilib olindi.

7. Issiqlik nasoslari oʻrnatilgan joyning maʼlumotlari:

Issiqxona joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi maʼlumot

(kadastr raqami, yer ajratish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va raqami) _______________________________

________________________________________________________________________________________

Issiqxona manzili _______________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Issiqxona isitish maydoni _______________________________________________________________

8. Oʻrnatilgan issiqlik nasoslarining texnik koʻrsatkichlari:

Seriya raqami: ___________________________________________________________________________

Modeli: _________________________________________________________________________________

Soni: ___________________________________________________________________________________

Umumiy quvvati: _________________________________________________________________________

9. Moliyalashtirish maʼlumotlari:

Shartnoma qiymati: _______________________________________________________________________

Talabgor toʻlaydigan summa: ________________________________________________________________

Subsidiya summasi: ________________________________________________________________________

 

Izoh. Ushbu Dalolatnoma elektron tarzda tuzildi hamda tomonlarning shaxsiy kabinetida saqlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi 242-son qaroriga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika pasporti — oʻtkazilgan energiya auditi natijasida yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida ishlab chiqiladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestr — Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi energiya auditorlarining yagona reyestri”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-banddagi “bir oy muddatda” soʻzlari “bir oy muddatda Yagona reyestrdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda energiya auditori Oʻzenergoinspeksiyaning koʻrsatmalariga muvofiq dasturni qayta koʻrib chiqib, besh ish kunida tasdiqlash uchun Oʻzenergoinspeksiyaga takroran “Energonazorat” platformasi orqali kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya auditidan oʻtkazish dasturlari har yili 1-aprelga qadar tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2026-y., 09/26/242/0485-son)