1-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Elektr energiyasini iqtisod qilish (mln kVt/soat) | Tabiiy gazni iqtisod qilish (mln metr kub) |
JAMI | 4 279,1 | 2 820,2 | |
Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda energiya samaradorligini oshirish hisobidan | |||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 83,0 | 65,3 |
2. | Andijon viloyati | 177,6 | 49,7 |
3. | Buxoro viloyati | 133,0 | 63,0 |
4. | Jizzax viloyati | 86,0 | 37,1 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 248,5 | 37,8 |
6. | Navoiy viloyati | 150,8 | 31,1 |
7. | Namangan viloyati | 172,4 | 55,8 |
8. | Samarqand viloyati | 260,0 | 71,8 |
9. | Sirdaryo viloyati | 74,0 | 26,0 |
10. | Surxondaryo viloyati | 117,2 | 28,8 |
11. | Toshkent viloyati | 279,1 | 164,4 |
12. | Fargʻona viloyati | 263,5 | 82,5 |
13. | Xorazm viloyati | 124,0 | 57,4 |
14. | Toshkent shahri | 465,0 | 161,7 |
Yirik tarmoq korxonalarida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash tadbirlarini amalga oshirish hisobidan | |||
15. | 25 ta yirik tarmoq korxonalari | 1 645,0 | 553,0 |
Yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan | |||
16. | Yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari | - | 1 300,0 |
Ogʻir toifadagi mahallalarda oʻrnatiladigan kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan | |||
17. | 270 MVtlik kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari | - | 34,8 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasida 4-guruh xarajatlarining kamida 5 foizi hamda budjetdan tashqari mablagʻlarning kamida 15 foizini energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalari uchun rejalashtirish. | 1. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasida toʻrtinchi guruh xarajatlarining kamida 5 foizi hamda budjetdan tashqari mablagʻlarning kamida 15 foizini energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalari uchun rejalashtirish choralarini koʻrish. 2. Rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan ushbu tashkilotlarda energiya auditini oʻtkazgan holda geliokollektorlar oʻrnatish, energiya isteʼmoli yuqori isitish qozonlarini yangilash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash hamda energiya resurslari yoʻqotilishining oldini olishga qaratilgan taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil 1-mayga qadar, kelgusida doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), vazirlik va idoralar |
2. | Energiya samaradorligi sohasida raqamlashtirishni kengaytirish. | 1. Aholiga Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida mobil ilova (Android va iOS tizimlarida) yaratish. 2. Situatsion markazni tashkil etish hamda unda katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida: | 2026-yil iyul | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
aholi uy-joylari, bino va inshootlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida obyektlar kesimida energiya isteʼmoli holati, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, energiya auditi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni yoʻlga qoʻyish; | 2026-yil sentabr | |||
maʼlumotlarni tahlil qilish, energiya sarfi prognozini shakllantirish, tahlillarga asoslangan dashbordlar yaratish hamda Platformada joylashtirilgan maʼlumotlarni verifikatsiya qilish jarayonlarini avtomatlashtirish. | 2026-yil dekabr | |||
3. | Bino va inshootlarga energiya samaradorligi boʻyicha toifa berish mexanizmini takomillashtirish. | 1. Bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
2. Bino va inshootlarni energiya samaradorligi boʻyicha toifalarga ajratish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | |||
3. Bino va inshootlarda 1 metr kvadrat maydonni isitish, sovitish va shamollatish uchun sarflanadigan energiya resurslari miqdorini kamaytirishni nazarda tutgan holda shaharsozlik norma va qoidalarini takomillashtirish. | 2026-yil noyabr | |||
4. | Milliy qurilish standartlariga beshta asosiy xalqaro sertifikatlash tizimlari (BREEAM, LEED, EDGE, WELL, Fitwell) talablariga mos “yashil” qurilish meʼyorlarini integratsiya qilish. | 1. Qurilish meʼyorlari va qoidalaridagi turar va noturar joy binolarini yangidan qurish, ularni rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlashda energiya samaradorligini taʼminlash boʻyicha amaldagi talablarning xalqaro talablarga mosligini tahlil qilish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
2. Milliy qurilish standartlariga beshta asosiy xalqaro sertifikatlash tizimlari (BREEAM, LEED, EDGE, WELL, Fitwell) talablariga mos “yashil” qurilish meʼyorlarini integratsiya qilish choralarini koʻrish. | 2026-yil sentabr | |||
5. | Mavjud koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa maʼmuriy binolarni markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulash hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi markazlashgan isitish tizimlarini tashkil etish. | 1. Markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulash imkoniyati mavjud boʻlgan koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa maʼmuriy binolarni xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), “Issiqliktaʼminoti” AJ (Toʻrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Xatlov natijalariga koʻra isteʼmolchilarni qoʻshimcha qamrab olish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | |||
6. | Davlat tashkilotlaridagi energiya menejerlari faoliyatini baholash tizimini joriy qilish. | 1. Energiya menejerlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov) |
2. Energiya menejerlari faoliyati boʻyicha hisobot berish tizimini joriy etish. | 2026-yil avgust | |||
7. | Tungi yoritish tizimlarini energiya tejamkor muqobil yoritish tizimlariga oʻtkazish, shu jumladan, ESKO mexanizmlarini qoʻllagan holda modernizatsiya qilish. | 1. Tungi yoritish tizimlarining energiya sarfini tahlil qilish hamda resurslarni yuqori tejash imkoniyatlaridan kelib chiqib, tungi yoritish tizimlari energiya samaradorligi oshiriladigan koʻchalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash. 2. Tungi yoritish tizimlarini ESKO mexanizmlarini qoʻllagan holda energiya tejamkor muqobil yoritish tizimlariga oʻtkazish va modernizatsiya qilish. Bunda elektr taʼminoti korxonalari tomonidan yangi quriladigan yoʻllar (bundan toifalangan obyektlar va markaziy koʻchalar mustasno) uchun texnik shartlar berishda tungi yoritish tizimlarini faqatgina energiya tejamkor muqobil yoritish tizimlari asosida tashkil etishni koʻzda tutish. | 2026-yildan boshlab Dastur asosida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Tursunov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov) |
8. | Markazlashgan issiqlik taʼminoti yoʻnalishida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni va uskunalarni keng joriy qilish. | 1. Markazlashgan issiqlik taʼminoti isteʼmolchilarida oʻrnatilgan issiq suv hisoblagichlari reyestrini shakllantirish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), “Issiqliktaʼminoti” AJ (Toʻrayev) Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. Yetkazib berilgan issiqlik energiyasini “smart” texnologiyalar asosida hisoblashni yoʻlga qoʻyish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | |||
3. Ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasidan oqilona va samarali foydalanish maqsadida moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, barcha issiqlik tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari doirasida koʻp kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlarini yangilash, mavjud boʻlmagan obyektlarda qayta tiklanishini taʼminlash. | Doimiy | |||
4. Yangi qurilayotgan hamda markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanadigan koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa maʼmuriy binolarda issiqlik energiyasi isteʼmoli va sarfini nazorat qilish maqsadida isitish uskunalariga termodatchiklar (haroratni nazorat qilish va tartibga solish qurilmalari) oʻrnatilishini joriy etish. | 2027-yil iyul | |||
9. | Qishloq va suv xoʻjaligi obyektlarida SCADA va boshqa raqamli monitoring va boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali sugʻorishni avtomatlashtirish, nasos stansiyalarini nazorat qilish, suv yetkazib berishni monitoring qilish hamda nasos agregatlarining energiya isteʼmolini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish. | 1. Qishloq va suv xoʻjaligi obyektlarida SCADA va boshqa raqamli monitoring va boshqaruv tizimlarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abdurahmonov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzenergosotish” AJ (Obidjonov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov) |
2. Barcha qishloq va suv xoʻjaligi obyektlarini oʻrganib chiqib, birinchi navbatda, energiya isteʼmoli yuqori boʻlgan obyektlarni tanlab olish. | 2026-yil iyul | |||
3. Tanlab olingan obyektlarda SCADA va boshqa raqamli monitoring va boshqaruv tizimlarini joriy etish boʻyicha xorijiy hamkorlarni jalb etish va muzokaralar oʻtkazish. | 2026-yil avgust | |||
4. Muzokaralar natijasiga koʻra loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | |||
10. | Markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv hamda issiqlik taʼminotida energiya samarador qurilmalarni qoʻllash va yoʻqotishlarni kamaytirish. | Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari hajmini belgilashni faqatgina energiya auditi xulosasiga koʻra aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish, yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalarini qatʼiyan energiya samarador texnologiyalarga asoslangan holda elektron modellashtirish asosida amalga oshirish. | 2026-yildan boshlab doimiy | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Suvankulov), “Issiqliktaʼminoti” AJ (Toʻrayev), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov) |
11. | Qurilish materiallarini xalqaro standartlar asosida energiya samaradorligi boʻyicha toifalash va milliy standartlarni qabul qilish. | 1. Qurilish materiallarini energiya samaradorligi boʻyicha toifalash tizimi yuzasidan ilgʻor xorijiy tajriba va standartlarni oʻrganish. | 2026-yil iyun | “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (Raximov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. Oʻrganishlar asosida qurilish materiallarining energiya samaradorligini baholash, toifasini belgilash va sertifikatlash uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish. Ushbu yoʻnalish boʻyicha ISO, EN va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning standartlarini milliy tizimga moslashtirish hamda joriy etish. | 2026-yil iyul | |||
3. Qurilish materiallari (termoizolyatsiya, panel, blok, oyna, gʻisht, eshik, derazalar va boshqalar) uchun energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablarni belgilash. | 2026-yil avgust | |||
4. Qurilish materiallari uchun energiya samaradorligi toifasini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil sentabr | |||
12. | Sinov laboratoriyalarida oʻtkaziladigan energiya samaradorligi boʻyicha sinovlardagi oʻlchovlar ishonchliligini taʼminlash uchun qoʻllanayotgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarining metrologik kuzatiluvchanligini taʼminlash. | 1. Faoliyat yuritayotgan sinov laboratoriyalarini hamda ularda foydalanilayotgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga asosan (10.02.2025-y., roʻyxat raqami 3606) energiya samaradorligini oʻlchash boʻyicha laboratoriyalarda qoʻllanayotgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini muntazam ravishda belgilangan tartibda metrologik tekshiruvdan oʻtkazish. | Doimiy | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
13. | Respublikaning har bir hududida energiya auditorlarini qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Hududlardagi muhandislik-texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarida energiya auditorlarini qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2026-yil iyul | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) |
2. Energiya auditorlarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etishda masofaviy oʻqish va imtihon topshirish imkonini beruvchi elektron modullar yaratish. | 2026-yil dekabr | |||
14. | “Nol energiya sarfli binolar” (Zero Energy Buildings) konsepsiyasi asosida tajriba loyihalarini ommalashtirish choralarini koʻrish. | 1. “Nol energiya sarfli binolar” (Zero Energy Building) konsepsiyasini joriy etish yuzasidan xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil iyul | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. “Nol energiya sarfli binolar” (Zero Energy Building) konsepsiyasi asosida loyihalarni amalga oshirish maqsadida tegishli sertifikatlar taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil avgust | |||
3. Global ekologik jamgʻarma (GEF), Yashil iqlim jamgʻarmasi (GCF), Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya agentligi (IRENA), Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosidagi tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | 2026-yil sentabr | |||
15. | “Oq sertifikatlar” tizimini joriy etish. | 1. “Oq sertifikatlar” tizimini joriy etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlarini xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda oʻrganish. | 2026-yil avgust | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. “Oq sertifikatlar” tizimini joriy etish, tizimning samarali ishlashi uchun tegishli mexanizmlar, qoidalar va majburiyatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
16. | Xalqaro moliya institutlaridan ESKO kompaniyalariga uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish. | 1. ESKO kompaniyalari uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari mablagʻlarini jalb etish yuzasidan xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2026-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov) |
2. Muzokaralar natijasiga koʻra past foizli kredit liniyalarini jalb qilish va ushbu kreditlarni mahalliy ESKO kompaniyalariga ajratish choralarini koʻrish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Xalqaro tashkilotlar (WB, ADB, EBRD, UNDP, GIZ) bilan institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish, ESKO loyihalarini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish, EPC (Energy Performance Contracting) mexanizmlarini xalqaro tajriba asosida standartlash va milliy ESKO bozori uchun MRV (Measurement, Reporting, Verification) talablarini joriy etish. | 2026-yil dekabr | |||
17. | ESKO mexanizmlari asosida energiya samaradorligini oshirish tizimini joriy etish. | 1. Energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslarini tejash boʻyicha ESKO mexanizmlarini, birinchi navbatda, davlat muassasalarida joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Davlat muassasalari rahbarlari va masʼul xodimlari uchun xorijiy tajriba asosida ESKO mexanizmlari boʻyicha oʻquv kurslarini joriy qilish. | 2026-yil dekabr | |||
18. | Energiya resurslari tejalishi koʻrsatkichlarini hisoblash va bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga energiya resursi sarfini meʼyorlash mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Energiya resurslari tejalishi koʻrsatkichlarini hisoblash va bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga energiya resursi sarfini meʼyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Binolar va iqtisodiyot tarmoqlarida energiya resurslari tejalishi koʻrsatkichlarini hisoblash metodologiyasi hamda yirik korxonalarda bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga energiya resursi sarfini meʼyorlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Milliy statistika qoʻmitasi (Hamrayev), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
19. | Majburiy energiya auditdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish. | Majburiy energiya auditdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: Davlat energetika reyestriga subyektlarni kiritishning mezonlarini qayta koʻrib chiqish; Davlat energetika reyestrini yangilangan mezonlar va risk-tahlillar asosida shakllantirish hamda jarayonni raqamlashtirish; energiya audit natijadorligini taʼminlashga qaratilgan choralar belgilash; energiya audit natijasida tavsiya etilgan chora-tadbirlar ijrosini qatʼiylashtirish va doimiy monitoring qilib borish tartibini joriy etish. | 2026-yil sentabr | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
20. | Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, noturar binolar hamda ijtimoiy soha obyektlari uchun energiya samaradorligi boʻyicha etalon koʻrsatkichlarni (Benchmark) joriy qilish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, noturar binolar hamda ijtimoiy soha obyektlari uchun energiya samaradorligi boʻyicha etalon koʻrsatkichlarni (Benchmark) joriy qilish; energiya resurslari isteʼmoli hajmidan kelib chiqib, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, noturar binolar hamda ijtimoiy soha obyektlari kesimida ularning energiya samaradorligi reytingini shakllantirish; energiya samaradorligi oshib borayotgan obyektlar uchun ragʻbatlantirish choralarini belgilash; energiya resurslari isteʼmoli asossiz ravishda oshib borayotgan obyektlarni energiya auditdan oʻtkazish hamda isteʼmolni kamaytirish yuzasidan aniq choralar belgilash. | 2026-yil avgust | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
21. | “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish. | “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonunni quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi tahrirda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: energiya samaradorligi sohasida rasmiy statistikani shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va makroiqtisodiy indikatorlarni joriy qilish; “energiya samaradorligi” va “energiyani tejash” tushunchalarini ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish hamda sohada tartibga solish mezonlari taʼsirchanligini oshirish; energiya auditidan oʻtkazish tartiblari va hisobotlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish mexanizmlarini takomillashtirish; energiya servis xizmatlarini koʻrsatish orqali daromad olishning huquqiy asoslari va kafolatlarini kuchaytirish hamda mexanizmlarini takomillashtirish; energiya menejmenti tizimi bilan qamrab olinadigan sohalarni kengaytirish. | 2026-yil dekabr | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov) |
22. | Oʻzbekistonda 2035-yilgacha energiya samaradorligini oshirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekistonda 2035-yilgacha energiya samaradorligini oshirish strategiyasi loyihasini tayyorlash. 2. Strategiya loyihasini xalqaro va mahalliy konsultant, ekspertlar bilan muhokama qilish va uni takomillashtirish. 3. Strategiyani tasdiqlash yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Oʻzenergoinspeksiya (Isakulov) |
3-ILOVA
T/r | Axborotlar nomi | Maʼlumotlar taqdim etadigan tashkilotlar |
1. | Energiya samaradorligi sohasida ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi maʼlumotlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
Binolar energiya samaradorligini hisoblash boʻyicha elektron tizim maʼlumotlari | ||
3. | Suv xoʻjaligi tizimidagi suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfi toʻgʻrisida maʼlumotlar | Suv xoʻjaligi vazirligi |
4. | Qishloq xoʻjaligi tizimidagi suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfi toʻgʻrisida maʼlumotlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
5. | Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri maʼlumotlari | Milliy statistika qoʻmitasi |
Energiya samaradorligi sohasidagi statistika maʼlumotlari | ||
6. | Quyosh fotoelektr stansiyasi oʻrnatganlik uchun taqdim etilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar | Soliq qoʻmitasi |
“Elektron davlat xizmatlari — my.soliq.uz” portali “Quyoshli xonadon” xizmati maʼlumotlari | ||
7. | Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari | Kadastr agentligi |
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari reyestri maʼlumotlari | ||
Ommaviy geoportal maʼlumotlari | ||
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri maʼlumotlari | ||
8. | Davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotlar | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
9. | “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi maʼlumotlari | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
10. | Meteorologik kuzatuvlar yagona tizimi maʼlumotlari | Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
11. | “Energonazorat” platformasi maʼlumotlari | Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
12. | Isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmoli va hisob-kitoblar holati toʻgʻrisida maʼlumotlar | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ |
13. | Isteʼmolchilarning tabiiy gaz isteʼmoli va hisob-kitoblar holati toʻgʻrisida maʼlumotlar | “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzgaztreyd” AJ |
14. | Isteʼmolchilarning ichimlik suvi isteʼmoli va hisob-kitoblar holati toʻgʻrisida maʼlumotlar | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
Ichimlik suvi taʼminoti tizimidagi suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisida maʼlumotlar | ||
15. | Isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti va hisob-kitoblar holati toʻgʻrisida maʼlumotlar | “Issiqliktaʼminoti” AJ, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK |
4-ILOVA
2-ILOVA
A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
A.J. Ramatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
S.I. Samadov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari |
I.I. Norqulov | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
B.E. Zaxidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
I.Yu. Abdurahmonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri |
Sh.R. Xamrayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri |
Sh.S. Xidoyatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
I.R. Maxkamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri |
J.T. Mirzamahmudov | — | Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri |
B.F. Islamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri |
Sh.X. Shermatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri |
A.A. Xudayarov | — | Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri |
E.G. Karimova | — | Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
K.A. Sharipov | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
A.I. Ikramov | — | Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri |
O.A. Nazarbekov | — | Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
A.R. Jumanazarov | — | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori |
Sh.X. Xodjayev | — | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori |
D.A. Isakulov | — | Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
F.J. Pulatov | — | Soliq qoʻmitasi raisi |
Z.B. Badriddinov | — | Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori |
S.Q. Eshquvvatov | — | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
Oʻ.B. Suvonqulov | — | Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi |