Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021 13.05.1998 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021
Hujjat 20.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli ““El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga hamda taʼlimga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, bilimlar asoslarini puxta oʻrganish hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hozirgi zamon talablariga javob beradigan bilimli, malakali mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalashning bosqichli boʻgʻini sifatida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida”gi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar, qoidaga koʻra, oliy taʼlim muassasalari huzurida, ishlab turgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, boshqa taʼlim muassasalari negizida va yangi qurilish hisobiga tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari ishlab turgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va ularga tenglashtirilgan taʼlim muassasalari negizida, shuningdek yangi qurilish hisobiga tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻqishni tamomlashlari ushbu oʻquv yurtlari negizida tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-iyunga qadar — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartini ishlab chiqsinlar, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va oliy taʼlim bilan uzluksizlik va izchillik prinsipini amalga oshirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifati va mazmuniga talablarni belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseyda bilimlar asoslarini puxta oʻrganish hamda kasb-hunar kollejida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlarini va maxsus dasturlarni, oʻquv soatlari hajmlarini shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan malaka talablarini belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqishni nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standarti sinab koʻrilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-iyulga qadar — sinov natijalarini hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat standartini puxta ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-sentabrgacha — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standarti asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlasin, ularga umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinflari oʻquv yuklamalari va dasturlari bir qismining oʻtkazilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — koʻrsatib oʻtilgan oʻquv dasturlarini ishlab turgan hamda tashkil etiladigan akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida tajriba tariqasida sinab koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-iyulgacha — tajriba oʻquv dasturlarini joriy etishni tajriba tariqasida sinab koʻrish yakunlarini hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy va xalq taʼlimi tizimi oʻqituvchilari, mutaxassislari, rahbarlarining xulosalarini umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishi va ularning sinab koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek kiritilgan takliflarni umumlashtirish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi va maxsus ishchi guruhlari tashkil etilsin. Komissiyaga va ishchi guruhlariga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquv dasturlarini tayyorlash, shuningdek ularning respublikada tajriba tariqasida sinab koʻrilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ham shunday komissiyalar tuzilsin. Komissiyalarga vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar va korxonalarning zarur mutaxassislarini ishga jalb qilishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi tadbirlar ish rejasini tayyorlasin hamda tajribaning toʻplangan natijalarini, maxsus ishchi guruhlar va hududiy komissiyalar takliflarini hisobga olgan holda, 2000-yil 1-avgustgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar tayyorlash dastur-topshiriqlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Darsliklarni tayyorlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari va Davlat matbuot qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish test usullarining tajriba sinovini bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni 1999-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ustoz jamgʻarmasi bilan birgalikda Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash dasturini ikki oy muddatda tayyorlasin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli tarif setkasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflaridan, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlaridan boʻshab qolayotgan oʻqituvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ishlashga jalb qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy taʼlim va ilm-fan markazlarida tayyorgarlikdan oʻtgan pedagog xodimlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimiga yuborilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, oliy taʼlim, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va madaniyat sohasidan amaliyotchi mutaxassislarning pedagogik faoliyatga faol jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — tayanch pedagogika institutlari va universitetlar talabalarini tayyorlash dasturiga yangi taʼlim, kasb-hunar dasturlari hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish uslubiyoti boʻyicha maxsus kurslar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashda fan va ishlab chiqarish muassasalarining moddiy-texnika bazasi va uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi va ulardan foydalanuvchi tayanch oliy taʼlim muassasalarida, ilgʻor taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibini, pedagoglar va muhandis-pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha muntazam kurslar tashkil etilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 13-may.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-maydagi 204-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Umumiy taʼlim negizida oʻqitish muddati uch yil boʻlgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uzluksiz taʼlim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litseylar faoliyatining xususiyatlari alohida qonun hujjatida belgilanadi.
(1.1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 51-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilim asoslarini chuqur oʻrganishni, tanlangan kasb-hunar boʻyicha kichik mutaxassis sifatida mustaqil amaliy ishlash uchun kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimning ushbu turi maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, oʻquv-uslubiy, moddiy-texnikaviy va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni taʼminlaydigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari yuridik shaxs hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, Ustav va mazkur Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyuldagi 139-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2007-y., 27-28-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi”ga hamda mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi, taʼlimni boshqarishning vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Kasb-hunar boʻyicha chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan taʼlim berish, oʻquvchilarning intellektual rivojlanishini va ularning oʻz qobiliyatlari va moyilliklariga muvofiq tanlagan kasb-hunar boʻyicha mutaxassisliklarni egallashini taʼminlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Quyidagilar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari doirasida umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirishi, tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun zarur va yetarli boʻlgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida kunduzgi oʻqish shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey — oʻqitish muddati uch yil, davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus maʼlumot beradi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan holda oʻqitishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarda oʻquvchilar oʻqishni oliy taʼlim muassasida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida roʻyobga chiqarish maqsadida bilimlar darajasini oshirishni va maxsus kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirishni taʼminlaydigan oʻqish yoʻnalishini (taʼlim fanlari va kurslarini puxta oʻzlashtirish sohasi: gumanitar, tabiiy-ilmiy) ixtiyoriy ravishda tanlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar, qoidaga koʻra, oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil etiladi, ularning oʻzaro munosabatlari ularning ustavlari hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soha boʻyicha, tabaqalashtirilgan holda puxta oʻqitishni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan bitim asosida akademik litseylarga homiylik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kolleji — oʻqitish muddati uch yil, davlat taʼlim standarti doirasida oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti beradi, oʻquvchilarning kasb-hunar layoqatlarini, koʻnikma va oʻquvlarini rivojlantirishni, ularning tanlangan kasb-hunar boʻyicha bir yoki bir nechta mutaxassislikka ega boʻlishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlarida kasbga oʻqitish yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq, respublika hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, shuningdek mehnat bozorining kichik mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari uchun ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari tomonidan barqaror ishlaydigan korxonalar va tashkilotlardan vasiylar belgilanadi, shuningdek turdosh oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularga homiylik amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejida kasb-hunar va taʼlim dasturlarini bajarish oʻqitishning ikki tomonlama tizimi asosida amalga oshirilishi mumkin, bunda oʻquv-taʼlim jarayoni va kasb-hunarga tayyorlash tegishli ravishda kollejda va korxonada olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va xodimlarining ijtimoiy kafolatlari, ularni qoʻllab-quvvatlash va ularga beriladigan imtiyozlar qonun hujjatlariga va tegishli meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek taʼlim muassasasi Ustaviga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hududlarning demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga boʻlgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, oʻquvchilarni oiladan uzoqlashtirmasdan imkoni boricha koʻproq qamrab olish sharoitlaridan kelib chiqib tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademik litseylarga va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilar qabul qilish. Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasalariga oʻquvchilar qabul qilish umumiy oʻrta taʼlim negizida maktablarning 9-sinfini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va umumiy oʻrta taʼlimni tugatishda ular tomonidan olingan reyting koʻrsatgichlari natijalari boʻyicha, ularning akademik litseyda va kasb-hunar kollejida oʻqish yoʻnalishini ixtiyoriy ravishda tanlashini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish chogʻida bitiruvchiga uning qobiliyatini kasb-hunarga ishtiyoqini va qiziqishini hisobga olgan holda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar hisobga olinadi.
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida umumiy taʼlim va kasb-hunar dasturlari uch kursda amalga oshiriladi. Oʻquvchilar oʻquv kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha esa boʻlinmalarga birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida oʻquv yili 2 semestrga boʻlinadi. Oʻquvchilar uchun kamida 10 hafta va koʻpi bilan 12 hafta davom etadigan taʼtillar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kunduzgi oʻqish shaklida amalga oshiriladi. Darslarning davom etish muddati, guruhlarning toʻldirilishi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-tarbiya jarayonini maqbullashtirishning boshqa masalalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturlari davlat taʼlim standarti bilan belgilanadigan quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim dasturlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar va oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha chuqurlashtirilgan, soha boʻyicha va ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlari — akademik litseylar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha umumtexnikaviy kasb-hunar va maxsus dasturlar — kasb-hunar kollejlari uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyuldagi 139-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 27-28-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Oʻqitish sifati va darajasining davlat taʼlim standartiga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy nazorat — soʻrovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar va testlar tarzida bilimlar, malaka va koʻnikmalar tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq nazorat — semestr tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida oʻquvchi reytinggi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va koʻnikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat — akademik litseyda, kasb-hunar kollejida oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Har bir kursda oʻqish tugagandan keyin reyting nazorati va attestatsiya natijalariga koʻra oʻquvchilarni keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Shartli ravishda oʻtkazishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining bir turidan boshqasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturining umumiy taʼlim va maxsus boʻlimlarini (kasb-hunar dasturlaridan tashqari) mustaqil ravishda oʻzlashtirgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor pedagogik texnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish boʻyicha maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallarini, oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari va markazlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish uchun tajriba maydonchalarini tashkil etish orqali ilmiy tadqiqot natijalarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishni korxonalardagi unumli mehnat bilan birlashtirish asosida kadrlar tayyorlash va ularni tarbiyalashning ikki tomonlama tizimini rivojlantirish, kasb-hunar kollejlarida qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil etish, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun oʻquvchilarni ish oʻrinlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va ular birlashmalarining ham alohida mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlash, ham har xil turdagi va darajadagi oʻquv muassasalarini muassis, vasiy, homiy sifatida mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarini zamonaviy asbob-uskunalar, apparatlar va anjomlar bilan jihozlash, akademik litseylarda oʻqiyotganlarga oliy taʼlim muassasasi va ilmiy-tadqiqot tashkilotining, kasb-hunar kollejlarida oʻqiyotganlarga — tegishli vasiy va oliy taʼlim muassasasining oʻquv-moddiy bazasidan foydalanish imkonini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqiyotganlarning mehnat faoliyatiga va tovar mahsulot chiqargan holda ishlab chiqarish jarayoniga faol kirishishlari uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalar sohasi pedagoglarini bevosita ishlab chiqarishda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitiruvchilarga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar uchun — fanlar boʻyicha oʻqitilgan soha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari uchun — Klassifikatorga muvofiq mutaxassislik (mutaxassisliklar) boʻyicha berilgan malaka koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomlarga oʻzlashtirilgan umumtaʼlim va maxsus (kasb-hunar) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular boʻyicha baholar (reytinglar), shuningdek bitiruvchining umumiy reytinggi va yakuniy davlat attestatsiyasining natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseyni tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish hamda olingan bilimlarni mehnat faoliyatida roʻyobga chiqarish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejini tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom olingan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Tegishli maʼlumotga, kasb-kor tayyorgarligiga hamda yuksak ahloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar. Sud hukmi bilan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlangan shaxslar bu ishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Akademik litseylarga va kasb-hunar kollejlariga professor-oʻqituvchilarni va muhandis-pedagoglarni ishga qabul qilish taʼlimni boshqarish davlat vakolatli organi belgilagan tartibda attestatsiya natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari professor-oʻqituvchilarining hamda muhandis-pedagoglarining oʻquv-pedagogik yuklamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining (oʻquv fanlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtinchalik bajarib turish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Ish jarayonida vakolatli organlar tomonidan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining professor-oʻqituvchi hamda muhandis-pedagoglari davriy ravishda attestatsiyadan oʻtkazib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maʼmuriyati oʻqituvchilar va muhandis-pedagog kadrlarning obroʻ-eʼtibori va ijtimoiy maqomini, ularning masʼuliyati va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan aniq yoʻnalishli ishlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv taʼlim va kasb-hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladi. Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy taʼminlashni, oʻquvchilarni kasbga oʻrgatishni va ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini direktor boshqaradi. Davlat taʼlim muassasasining direktori taʼlimni boshqarishga vakolatli boʻlgan yuqori organ tomonidan, zarur hollarda tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda, akkreditatsiya qilingan nodavlat taʼlim muassasalarida — taʼsis hujjatlariga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Direktor taʼlim muassasasining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi xodimlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarning vakolatlari va funksiyalari qonunchilikka, tegishli meʼyoriy hujjatlarga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Ustaviga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogika Kengashlari tuziladi, ular taʼlim muassasasi direktori huzuridagi oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogika Kengashining funksiyalari taʼlim muassasasi ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Taʼlim muassasalarida vasiylarni, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalarning vakillarini oʻz ichiga oluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va maktab Ustaviga muvofiq ish olib boruvchi jamoatchilik boshqaruvi organlari (vasiylik kengashlari) tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish Davlat test markazi huzuridagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar muassasasi attestatsiya natijalariga koʻra davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini mablagʻ bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash amaldagi qonunchilikka muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansida oʻquv yurtlari turgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan taʼlim xizmatlari, ilmiy-pedagogik va ishlab chiqarish faoliyati hamda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Taʼlim muassasasining moliyaviy mablagʻlari uning tasarrufida boʻladi va ulardan qonunchilik va taʼlim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Davlat taʼlim muassasasining moddiy vositalari, binolari, inshootlari va asbob-uskunalari uning xoʻjalik tasarrufida boʻladi hamda ulardan ustavdagi vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining ustaxonalari, laboratoriyalari va boshqa obyektlarining jihozlanishi namunaviy normativlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Taʼlim muassasasi belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasida xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishi davlat vakolatli organi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlatlararo va hukumatlararo bitimlari, shuningdek taʼlim sohasidagi idoralararo bitimlar asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, qonunchilikka va oʻz Ustaviga muvofiq oʻzlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.