28.04.2026 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini ikki bosqichda baholash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarning bilim va malakasini doimiy rivojlantirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoniga an’anaviy va masofaviy tarzdagi tayyorlov kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari yo‘nalishlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2027-yil 1-iyuldan boshlab professional ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lmagan shaxslarning ichki audit xizmatining bo‘lim boshlig‘i va undan yuqori lavozimlarida (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat bo‘lganda, ushbu shtatda) faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — ichki audit xizmati) xodimlarining malakasini sertifikatlash va malaka sertifikatiga (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) ega bo‘lgan shaxslarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy bo‘linma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni — talabgorning bilim va malaka darajasi sertifikatni olish talablariga mos kelishini aniqlashga yo‘naltirilgan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test sinovi shaklida o‘tkaziladigan imtihon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursi — uzluksiz kasbiy rivojlantirish doirasida sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda o‘qishi majburiy bo‘lgan malaka oshirish kursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — amaliyotchi ichki auditor sertifikati va (yoki) professional ichki auditor sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlov kursi — talabgorga ixtiyoriy ravishda malaka imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi maxsus o‘qitish kursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — sertifikatni olishga nomzod bo‘lgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish — sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning o‘z faoliyati davomida bilimi, ko‘nikmalari va malakasini saqlab qolish hamda oshirib borish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sertifikat — ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladigan sertifikatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikat O‘zbekiston auditorlar palatasi (keyingi o‘rinlarda — Auditorlar palatasi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.

Bunda malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan o‘tkaziladi.

4. Amaliyotchi ichki auditor sertifikati shaxsning ichki audit bo‘yicha umumiy bilimi va malakasini tasdiqlaydi hamda unga ichki audit xizmatida bo‘lim boshlig‘i va undan yuqori lavozimlardan tashqari lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslarning ushbu sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar sertifikatning amal qilish muddati tugashidan bir oy avval Auditorlar palatasi tomonidan shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomda belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Professional ichki auditor sertifikati ichki audit xizmati xodimiga ichki audit xizmatida, shuningdek, ichki audit xizmatida bo‘lim boshlig‘i va undan yuqori lavozimlarda (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat bo‘lganda, ushbu shtatda) faoliyat yuritish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga ega bo‘lgan talabgor amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olmasdan ham professional ichki auditor sertifikati ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professional ichki auditor sertifikatini olgan ichki audit xizmati xodimlarini rag‘batlantirish choralari belgilangan tartibda moddiy mukofotlash (rag‘batlantirish), xizmat lavozimida o‘sish uchun ustuvorlik berish, malaka oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish shakllarida qo‘llanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sertifikat malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga muddatsiz davrga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sertifikat olish yuzasidan berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun talabgordan ushbu Nizomda belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im talabgor tomonidan Auditorlar palatasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda yig‘imning 50 foizini Auditorlar palatasi Agentlikka o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yig‘imni to‘lash uchun bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

10. Sertifikat mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tayyorlov kursini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tayyorlov kursi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘quv markazi) tomonidan ushbu Nizomning 38 va 40-bandlarida belgilangan test topshiriqlari yo‘nalishlari asosida an’anaviy va masofaviy tarzda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ham tayyorlov kursi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar uchun tayyorlov kursida o‘qish majburiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tayyorlov kursi uchun to‘lov miqdori O‘quv markazi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sertifikatlashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) sertifikatlashni tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlar reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlash jarayonida Agentlik va Auditorlar palatasi faoliyatida o‘zaro yuzaga keladigan masalalar hamda qonunchilik hujjatlariga nomuvofiq holatlarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat berilishi nazarda tutilgan audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, budjet hisobi yo‘nalishlarida mahalliy va xalqaro seminarlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Auditorlar palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini topshirish, sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlari yo‘nalishlari bo‘yicha mavzularni, adabiyotlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini, malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan taqdim etilgan malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot asosida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga belgilangan tartibda sertifikatni rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatni belgilangan tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

15. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan mavzular bo‘yicha test topshiriqlarini tuzishni va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi hamda test topshiriqlari bazasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini tashkil etadi va o‘tkazadi;

malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Auditorlar palatasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 20 tadan namunaviy test topshiriqlarini (javob variantlari bilan) imtihon boshlanishidan kamida bir oy oldin o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasini shakllantiradi va apellyatsiya jarayonlarini tashkil etadi.

16. O‘quv markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — o‘quv dasturi) ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tayyorlov (an’anaviy va masofaviy shaklda) va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi.

4-bob. Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olishga talabgor O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda tan olingan xorijiy davlatlarda olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Professional ichki auditor sertifikatini olishga talabgor kamida uch yillik ish stajiga, shundan davlat auditi sohasida bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabgor xalqaro sertifikatga (belgilangan davriylikda xalqaro sertifikat doirasida malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda) ega bo‘lganda hamda Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) kamida 4,0 bo‘lgan taqdirda, unga amaliyotchi ichki auditor sertifikati malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sertifikat olish uchun ariza berish, malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgor Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘z shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud chet davlatlarda olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi;

belgilangan davriylik bilan malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda xalqaro sertifikat nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) aks etgan rasmiy hujjat nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasi nusxasi (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim) yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma (professional ichki auditor sertifikatini olish uchun ariza berishda talab etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi.

Arizalar har oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar (shu kuni ham) topshiriladi. Arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, belgilangan muddatda 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni arizalar Auditorlar palatasiga tushgan va Auditorlar palatasi tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgordan mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arizalar Auditorlar palatasi tomonidan ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Talabgor arizani ko‘rib chiqish yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida taqdim qilingan arizaning natijasi haqida shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari ko‘rsatiladi.

24. Quyidagi hollarda talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda, shuningdek, to‘liq holda taqdim etilmaganda;

ariza ma’lumotlari va unga ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlarida nomuvofiqliklar kuzatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida sertifikat berilishi cheklangan bo‘lib, ushbu davr mobaynida sertifikat olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilinganda.

25. Talabgorning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki to‘liq holda taqdim etilmagani sababli malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilganda, talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir ish kuni muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

26. Rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar berilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonini topshirish uchun ushbu Nizom asosida qaytadan ariza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda malaka imtihonini topshirish manzili ko‘rsatilgan ro‘yxati Auditorlar palatasi tomonidan har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka taqdim etiladi, shuningdek, ushbu ro‘yxat Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Malaka imtihonini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Malaka imtihoni har oyda kamida bir marta oyning uchinchi o‘n kunligida talabgorlarning malaka imtihonini topshirish manzillarini inobatga olgan holda, Agentlikda va uning hududiy bo‘linmalarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agentlik malaka imtihoni o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin imtihon o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni Auditorlar palatasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi o‘zining rasmiy veb-saytiga bu haqida xabarnoma joylashtiradi hamda har bir talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

Talabgorga o‘z shaxsiy kabinetidagi ma’lumotlar bilan tanishib borish majburiyati yuklanadi.

30. Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganidan so‘ng malaka imtihoniga ikki marta kelmasa, malaka imtihonini topshirish uchun unga uchinchi marta imkoniyat berilmaydi.

Bunda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi va malaka imtihonida qatnashish uchun mazkur Nizom asosida qaytadan ariza topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Malaka imtihoni davlat tilida, test sinovi shaklida axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun uch soat vaqt beriladi hamda malaka imtihonining o‘tkazilishi davomida tanaffus berilmaydi.

32. Malaka imtihonining ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ravishda onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, videoyozuvga tushiriladi. Ushbu videomateriallar Agentlik tomonidan kamida bir yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, test topshiriqlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;

malaka imtihoni o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda kalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, mobil aloqa va boshqa aloqa vositalari, “aqlli” soat, quloqchin, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish yoki ulardan malaka imtihoni davomida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);

malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).

Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

34. Agentlik malaka imtihonini o‘tkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlar palatasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida talabgorlarning hududlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshiradi hamda mazkur Nizomda belgilangan muddat ichida malaka imtihonlarini tashkil etadi;

malaka imtihonini o‘tkazish uchun tanlangan binoni (xona) zarur texnika vositalari (kompyuter, videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan jihozlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi;

malaka imtihonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

35. Malaka imtihonida foydalaniladigan test topshiriqlari, shu jumladan, muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari Agentlik tomonidan tegishli malakali va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi hamda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatni taqdim etish jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari test topshiriqlarini tuzishga jalb qilinmaydi.

Agentlik tomonidan test topshiriqlarini tuzish va ekspertiza jarayonining maxfiyligi ta’minlanishi lozim.

36. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihoni bo‘yicha test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan test topshiriqlari bazasidan axborot texnologiyalari vositasida, har bir test topshiriqlari yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan test topshiriqlari soni doirasida alohida tasodifiy tanlangan jami 100 ta test topshirig‘idan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test topshiriqlarining har bir to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Noto‘g‘ri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirig‘i uchun ball berilmaydi.

37. Test topshiriqlari faqat bitta to‘g‘ri javobni o‘z ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Amaliyotchi ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonida quyidagi yo‘nalishlardagi test topshiriqlaridan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyati bo‘yicha (50 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha (25 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha (10 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet hisobi bo‘yicha (10 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yo‘nalishlar (davlat xaridlari, korrupsiyaga qarshi kurash, odob-axloq qoidalari) (5 ta).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Professional ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonidagi test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan test topshiriqlari, muammoli vaziyatlar asosidagi testlar bazasi tarkibidan axborot texnologiyalari vositasida, har bir test topshiriqlari yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan test topshiriqlari soni doirasida alohida tasodifiy tanlangan 60 ta test topshirig‘idan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test topshiriqlari faqat bitta to‘g‘ri javobni o‘z ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test topshiriqlarining har bir to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Noto‘g‘ri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirig‘i uchun ball berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Professional ichki auditor sertifikatini olish uchun malaka imtihonida quyidagi yo‘nalishlardagi test topshiriqlaridan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyati bo‘yicha muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari (24 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni bo‘yicha muammoli vaziyatlar asosidagi test topshiriqlari (18 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi asoslari bo‘yicha test topshiriqlari (6 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari bo‘yicha test topshiriqlari (6 ta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet hisobi bo‘yicha test topshiriqlari (6 ta).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Test topshiriqlari bazasi kelgusi yil uchun yil yakuniga qadar kamida 30 foizga yangilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Talabgorning to‘g‘ri javoblari malaka imtihonidagi test topshiriqlari umumiy sonining kamida 75 foizini tashkil etgan taqdirda, malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Agentlik tomonidan malaka imtihoni natijalari qaydnomasi imtihon o‘tkazilgan kunning o‘zida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgorlar tomonidan test topshiriqlari mazmuni bo‘yicha e’tiroz bildirilgan taqdirda, e’tirozlar tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng qaydnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.

44. Qaydnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda to‘plagan ballari;

belgilangan malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan keyin uch ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Auditorlar palatasiga yuboriladi hamda Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan shaxslarning malaka imtihonida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar Auditorlar palatasi tomonidan keyingi malaka imtihonida qatnashuvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonida ikki marta qatnashmagan talabgor mazkur Nizomda belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish uchun qayta ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki malaka imtihoniga ikki marta kelmagan talabgorga to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda ma’lumotnomalar kamida besh yil mobaynida Auditorlar palatasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Malaka imtihoni natijasidan norozi bo‘lgan talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Auditorlar palatasiga test topshiriqlari mazmuniga oid yozma apellyatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor tomonidan berilgan apellyatsiya ko‘rib chiqilmaydi.

51. Auditorlar palatasi tomonidan talabgorlarning yozma apellyatsiyalari bir ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun Agentlik tomonidan apellyatsiya komissiyasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi toq sondan, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va a’zolari hamda apellyatsiya komissiyasi kotibidan iborat tarkibda tuziladi hamda uning tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasidan vakillar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Agentlikning vakili apellyatsiya komissiyasi raisi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining vakili apellyatsiya komissiyasi raisi o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishi uning a’zolarining kamida uchdan ikki, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi va (yoki) uning o‘rinbosari ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Agentlik apellyatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Apellyatsiya komissiyasi talabgor tomonidan berilgan apellyatsiyani besh kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Apellyatsiya bo‘yicha qabul qilingan qaror Agentlik tomonidan bir ish kuni ichida Auditorlar palatasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi apellyatsiya bo‘yicha qaror kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida bu haqida talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni natijalari bo‘yicha qarorni o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;

malaka imtihoni natijalari bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritish va apellyatsiyani qanoatlantirish.

59. Talabgor apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiyada keltirilgan asoslar tasdiqlanmasa;

apellyatsiya belgilangan muddat mobaynida taqdim etilmagan bo‘lsa;

apellyatsiya ushbu Nizom talablariga nomuvofiq tarzda berilgan bo‘lsa.

61. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Agentlik tomonidan bu haqidagi ma’lumot Auditorlar palatasiga apellyatsiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qarorga asoslangan holda, talabgorga sertifikat berish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Apellyatsiya berish uchun talabgordan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.

8-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Sertifikat Auditorlar palatasi tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, apellyatsiyasi qanoatlantirilgan yoki mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq xalqaro sertifikat va Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega bo‘lgan talabgorga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xalqaro sertifikat yoki Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega bo‘lgan talabgorga faqat amaliyotchi ichki auditor sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Xalqaro sertifikat va Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga ega bo‘lgan talabgorga amaliyotchi ichki auditor sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan rasmiylashtirish va berish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Sertifikat Agentlikning malaka imtihoni natijalari bo‘yicha ma’lumot yoki apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror olingan kundan boshlab (xalqaro sertifikatga ega talabgorlar uchun ariza kelib tushgan kundan boshlab) uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi hamda talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Auditorlar palatasi sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida sertifikatga oid ma’lumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi hamda ushbu ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sertifikatlar reyestriga kiritilmagan sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Sertifikat shakli mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda sertifikatni qayta rasmiylashtirish yuzasidan Auditorlar palatasiga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxsdan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan sertifikatga ega bo‘lgan shaxsga Auditorlar palatasi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi va talabgorga uning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Auditorlar palatasi qayta rasmiylashtirilgan sertifikatga tegishli ma’lumotlarni sertifikatlar reyestriga o‘zgartirish kiritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga u qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Sertifikatni bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida ariza taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs vafot etganda;

sertifikatga ega bo‘lgan shaxs sertifikat olgandan keyin belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha talablarni bajarmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;

sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qonunchilik hujjatlariga xilof ekanligi aniqlanganda;

ichki audit xizmati xodimi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani isbotlanganda;

sertifikatga ega bo‘lgan shaxs ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan himoyalangan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga xilof ravishda uchinchi shaxslarga taqdim etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yganligini tasdiqlashni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Sertifikat Auditorlar palatasining qarori bilan ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror haqida sertifikatga ega bo‘lgan shaxs bir ish kuni ichida yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinadi, mazkur Nizomning 72-bandi uchinchi va beshinchi xatboshilari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Sertifikat ushbu Nizomning 72-bandi yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, talabgorga sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida malaka imtihonlarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Nizomning 72-bandi yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sertifikatni bekor qilish yuzasidan Auditorlar palatasiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxs sertifikatni bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Auditorlar palatasi sertifikatni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sertifikatlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

sertifikat turi (amaldagi ichki audit milliy malaka sertifikati, amaliyotchi ichki auditor sertifikati yoki professional ichki auditor sertifikati), raqami va berilgan sanasi;

sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha talablarni bajarishi yuzasidan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida sertifikatlar reyestrida mavjud quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi va jamoatchilikning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat turi (amaldagi ichki audit milliy malaka sertifikati, amaliyotchi ichki auditor sertifikati yoki professional ichki auditor sertifikati), raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarish bo‘yicha ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

82. Sertifikatlar reyestri “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksining ma’lumotlar bazasi bilan “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi. Bunda ichki audit xizmati xodimi lavozimiga ariza topshirishda sertifikat raqami kiritilishi majburiy etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxs har ikki yilda belgilangan tartibda 72 soatdan iborat bo‘lgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxs yoki Davlat auditi oliy maktabida o‘quv davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymatini aks ettiruvchi tegishli rasmiy hujjatga bo‘lgan shaxslar ham uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha talablarini bajarishi shart hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv markazida har ikki yilda bir marta an’anaviy tarzda tashkil etiladigan 36 soatdan iborat malaka oshirish kursida o‘qish va uni muvaffaqiyatli tamomlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, budjet hisobi yo‘nalishlaridagi milliy va xalqaro seminarlarda ishtirok etilganini tasdiqlovchi ishtiroki uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari ko‘rsatilgan sertifikatga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid maqola e’lon qilish hamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish. Bunda bir maqolaga 2 soatdan hamda pedagogik faoliyatning har bir akademik soatiga 1 soatdan uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Malaka oshirish kurslari grafik asosida O‘quv markazi tomonidan an’anaviy tarzda tinglovchilar soni kamida o‘n nafardan oshgan taqdirda, tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Davlat organlari va tashkilotlari malaka oshirish kursida qatnashishi rejalashtirilgan xodimlar ro‘yxatini har yili 20-yanvarga qadar O‘quv markaziga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmatida faoliyat ko‘rsatmaydigan sertifikatga ega bo‘lgan shaxs malaka oshirish kursida qatnashish uchun O‘quv markaziga murojaat qiladi. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdoridagi to‘lov ushbu shaxsning o‘z mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ichki audit xizmati xodimlari har ikki yilda bir marta budjet mablag‘lari hisobidan malaka oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. O‘quv markazi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan tartibda guvohnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. O‘quv markazi malaka oshirish kurslarida o‘qigan shaxslar to‘g‘risidagi oylik ma’lumotlarni keyingi oyning 10-sanasiga qadar Auditorlar palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. O‘quv markazi har yili yanvar oyining yakuniga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘zining veb-saytida audit, ichki nazorat va xavflarni boshqarish, davlat moliyasini boshqarish, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, budjet hisobi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar, treninglar ro‘yxatini joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda seminar va treninglar ro‘yxati tegishli qonunchilikdagi o‘zgartirishlar hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Seminar va treninglar an’anaviy va masofaviy shaklda o‘tkaziladi hamda ularda belgilangan vaqt davomida ishtirok etganlarga uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari ko‘rsatilgan sertifikatlar topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar O‘quv markazi tomonidan tashkil etiladigan seminar va treninglardan tashqari uzluksiz kasbiy rivojlantirish soatlari ko‘rsatilgan boshqa tegishli milliy va xalqaro seminar hamda treninglarda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar o‘z shaxsiy kabineti orqali milliy va xalqaro seminarlarda qatnashish hamda sohaga oid maqola e’lon qilish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga oid ma’lumotlarini asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga Auditorlar palatasiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi sertifikatga ega bo‘lgan har bir shaxsning uzluksiz kasbiy rivojlantirish ma’lumotlari hisobini yuritadi hamda ularning uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarini umumlashtirgan holda, har oyning 10-sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Auditorlar palatasi tomonidan sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarishi monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring davomida uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarmayotgan sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar shaxsiy kabineti orqali ogohlantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish talablarini bajarmagan sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning sertifikati bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Malaka imtihoni topshirmasdan beriladigan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki auditorlar institutining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diplomli ichki auditor” (CIA) sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavf-xatarni boshqarishni baholash bo‘yicha diplomli mutaxassis” (CRMA) sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki audit boshqaruvi malakasi” (QIAL) sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amaliyotchi ichki audit xodimi” (Internal Audit Practitioner) sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat auditi bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis” (CGAP) sertifikati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasining (ACCA):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Audit bo‘yicha ACCA sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobi va biznes bo‘yicha ACCA yuqori darajali diplomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ACCA strategik professional sertifikati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat moliyasi va buxgalteriya hisobi bo‘yicha diplomli institut (CIPFA) malakalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CIPFA professional buxgalteriya malakasi (PAD);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CIPFA professional malakasi (PQ);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CIPFA xalqaro davlat moliyasini boshqarish (IPFM) malakasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

3-ILOVA

4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) xodimlarining malakasini sertifikatlash va moliyaviy nazorat bo‘yicha malaka sertifikatiga (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) ega bo‘lgan shaxslar malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom qoidalari Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklanmagan lavozimdagi xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni — talabgorning bilim darajasi sertifikatni olish talablariga mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test sinovi shaklida o‘tkaziladigan imtihon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursi — sertifikatga ega bo‘lgan shaxs sertifikat olgan sanadan boshlab har ikki yilda o‘qishi majburiy bo‘lgan malaka oshirish kursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — Inspeksiya xodimining moliyaviy nazorat bo‘yicha malakasini tasdiqlaydigan hamda unga Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklangan lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — sertifikatni olishga nomzod bo‘lgan jismoniy shaxs yoki lavozimga tayinlanganiga uch oydan oshmagan Inspeksiya xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sertifikat — Xalqaro ichki auditorlar instituti tomonidan beriladigan “Diplomli ichki auditor” (CIA) sertifikati, “Xavf-xatarni boshqarishni baholash bo‘yicha diplomli mutaxassis” (CRMA) sertifikati, “Ichki audit boshqaruvi malakasi” (QIAL) sertifikati, “Ichki audit amaliyotchisi” (Internal Audit Practitioner) sertifikati, “Davlat auditi bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis” (CGAP) sertifikati, CFC (Chartered Financial Controller) sertifikati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikat O‘zbekiston auditorlar palatasi (keyingi o‘rinlarda — Auditorlar palatasi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sertifikat shaxsning moliyaviy nazorat bo‘yicha malakasi mavjudligini tasdiqlaydi hamda unga Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklangan lavozimlarda faoliyat yuritish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya xodimlari lavozimga tayinlangandan so‘ng uch oy ichida sertifikat olishi shart, bunda xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan xodimlarning sertifikat olishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizom kuchga kirgan kundan boshlab ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslarni Inspeksiyaga ishga qabul qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Inspeksiyada faoliyat yuritayotgan ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida faoliyat yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor malaka imtihonida ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatiga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sertifikat malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga muddatsiz davrga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sertifikat olish yuzasidan berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun talabgordan ushbu Nizomda belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im talabgor tomonidan Auditorlar palatasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda yig‘imning 50 foizi Auditorlar palatasi Agentlikka o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yig‘imni to‘lash uchun bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sertifikat ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sertifikatlashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) sertifikatlashni tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni uchun tuziladigan test topshiriqlari yo‘nalishlari va mavzularini belgilaydi hamda Agentlikka taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy nazorat bo‘yicha malaka sertifikatlari reyestrini (keyingi o‘rinlarda — sertifikatlar reyestri) yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlash jarayonidagi yuzaga keladigan masalalar hamda o‘zaro nomuvofiq holatlarni ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Auditorlar palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan yuborilgan ma’lumot asosida malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish, qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlari yo‘nalishlari bo‘yicha mavzularni, adabiyotlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan taqdim etilgan malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot asosida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga belgilangan tartibda sertifikatni rasmiylashtiradi va beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatni belgilangan tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, Departament tomonidan taqdim etilgan test topshiriqlari yo‘nalishlari va mavzulari bo‘yicha test topshiriqlarini tuzishni va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi hamda test topshiriqlari bazasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Departament hamda Auditorlar palatasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy test topshiriqlarini (javob variantlari bilan) o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasini shakllantiradi va apellyatsiya jarayonlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘quv markazi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — o‘quv dasturi) ishlab chiqadi hamda Departament bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sertifikat olish uchun ariza topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgor Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘z shaxsiy kabineti orqali ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud chet davlatlarda olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizalar har oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar (shu kuni ham) topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Talabgordan mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizalar Auditorlar palatasi tomonidan ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgor arizalarni ko‘rib chiqish yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida taqdim qilingan arizaning natijasi haqida shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagi hollarda talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 14-bandi talablariga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda, shuningdek, to‘liq holda taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida sertifikat berilishi cheklangan bo‘lib, ushbu davr mobaynida sertifikat olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgorning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki to‘liq holda taqdim etilmagani sababli malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilganda, talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir kun muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar berilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ariza rad etiladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonini topshirish uchun ariza mazkur Nizom asosida qaytadan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda malaka imtihonini topshirish manzili ko‘rsatilgan ro‘yxati Auditorlar palatasi tomonidan har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka taqdim etiladi, shuningdek, ushbu ro‘yxat Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Malaka imtihonini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka imtihoni har oyda kamida bir marta oyning uchinchi o‘n kunligida talabgorlarning malaka imtihonini topshirish manzillarini inobatga olingan holda, Agentlikda va uning hududiy bo‘linmalarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik malaka imtihoni o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin imtihon o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni Auditorlar palatasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi o‘zining rasmiy veb-saytiga bu haqida xabarnoma joylashtiradi hamda har bir talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorga o‘z shaxsiy kabinetidagi ma’lumotlar bilan tanishib borish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganidan so‘ng malaka imtihoniga ikki marta kelmasa, malaka imtihonini topshirish uchun unga uchinchi marta imkoniyat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi va malaka imtihonida qatnashish uchun ariza ushbu Nizom asosida qaytadan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Malaka imtihoni davlat tilida, test sinovi shaklida axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun uch soat vaqt beriladi hamda malaka imtihonining o‘tkazilishi davomida tanaffus berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Malaka imtihonining ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ravishda onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, videoyozuvga tushiriladi. Ushbu videomateriallar Agentlik tomonidan kamida bir yil muddat mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, test topshiriqlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda kalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, mobil aloqa va boshqa vositalar, “aqlli” soat, quloqchin, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish yoki ulardan malaka imtihoni davomida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agentlik malaka imtihonini o‘tkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlar palatasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida talabgorlarning hududlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshiradi hamda mazkur Nizomda belgilangan muddat ichida malaka imtihonlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini o‘tkazish uchun tanlangan binoni (xona) zaruriy texnika vositalari (kompyuter, videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan jihozlashni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Malaka imtihonida foydalaniladigan test topshiriqlari Agentlik tomonidan tegishli malakali va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi hamda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatni taqdim etish jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari test topshiriqlarini tuzishga jalb qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan test topshiriqlarini tuzish va ekspertiza jarayonining maxfiyligi ta’minlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan 100 ta test topshirig‘idan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test topshiriqlarining har bir to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Noto‘g‘ri javob berilgan yoki javob berilmagan test topshirig‘i uchun ball berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Test topshiriqlari faqat bir to‘g‘ri javobni o‘z ichiga olgan 4 ta javob varianti keltirilgan shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test topshiriqlari bazasi kelgusi yil uchun yil yakuniga qadar kamida 30 foizga yangilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabgorning to‘g‘ri javoblari malaka imtihonidagi test topshiriqlari umumiy sonining kamida 75 foizini tashkil etgan taqdirda, malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agentlik tomonidan malaka imtihoni natijalari qaydnomasi imtihon o‘tkazilgan kunning o‘zida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgorlar tomonidan test topshiriqlari mazmuni bo‘yicha e’tiroz bildirilgan taqdirda, e’tirozlar tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng qaydnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qaydnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorlarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda to‘plagan ballari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan keyin uch ish kuni ichida Departament va Auditorlar palatasiga yuboriladi hamda Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan shaxslarning malaka imtihonida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka imtihonida qatnashmagan talabgorlar Auditorlar palatasi tomonidan keyingi malaka imtihonida qatnashuvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonida ikki marta qatnashmagan talabgor ushbu Nizomda belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish uchun qayta ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki ikki marta kelmagan talabgorga to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda ma’lumotnomalar kamida besh yil mobaynida Auditorlar palatasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Malaka imtihoni natijasidan norozi bo‘lgan talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Auditorlar palatasiga test topshiriqlari mazmuniga oid yozma apellyatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor tomonidan berilgan apellyatsiya ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Auditorlar palatasi tomonidan talabgorlarning yozma apellyatsiyalarini bir ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun Agentlik tomonidan apellyatsiya komissiyasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi toq sondan, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va a’zolari hamda apellyatsiya komissiyasi kotibidan iborat tarkibda tuziladi hamda uning tarkibiga Departamentdan vakillar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Agentlik vakili apellyatsiya komissiyasi raisi, Departamentning vakili apellyatsiya komissiyasi raisi o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishi uning a’zolarining kamida uchdan ikki, shu jumladan, apellyatsiya komissiyasi raisi va (yoki) uning o‘rinbosari ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Agentlik apellyatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Apellyatsiya komissiyasi talabgor tomonidan berilgan apellyatsiyani besh kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Apellyatsiya bo‘yicha qabul qilingan qaror Agentlik tomonidan bir ish kuni ichida Auditorlar palatasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi apellyatsiya bo‘yicha qaror kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida talabgorni shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni natijalari bo‘yicha qarorni o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni natijalari bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiyada keltirilgan asoslar tasdiqlanmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya belgilangan muddat mobaynida taqdim etilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya ushbu Nizom talablariga nomuvofiq tarzda berilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Agentlik tomonidan bu haqida ma’lumot Auditorlar palatasiga apellyatsiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Auditorlar palatasi tomonidan apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qarorga asoslanib, talabgorga sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Apellyatsiya berish uchun talabgordan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Sertifikat Auditorlar palatasi tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Sertifikat Agentlikning malaka imtihoni natijalari bo‘yicha ma’lumoti yoki apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qarori olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi hamda talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Auditorlar palatasi sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida sertifikatga oid ma’lumotlarni Departamentga taqdim etadi va ushbu ma’lumotlar Departament tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Sertifikatlar reyestriga kiritilmagan sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Sertifikat shakli mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda sertifikatni qayta rasmiylashtirish yuzasidan Auditorlar palatasiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxsdan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan sertifikatga ega bo‘lgan shaxsga qayta rasmiylashtiriladi, Auditorlar palatasining QR-kodi bilan tasdiqlanadi va talabgorga shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Auditorlar palatasi qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning tegishli ma’lumotlarini sertifikatlar reyestriga o‘zgartirish kiritish uchun Departamentga u qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Sertifikatni bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs sertifikat olgandan keyin belgilangan tartibda malaka oshirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qonunchilik hujjatlariga xilof ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya xodimi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani isbotlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs Inspeksiyadagi faoliyati mobaynida olingan himoyalangan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga xilof ravishda uchinchi shaxslarga taqdim etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxs faoliyatida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yganini tasdiqlashni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Sertifikat Auditorlar palatasining qarori bilan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror haqida sertifikatga ega bo‘lgan shaxs bir ish kuni ichida yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinadi, mazkur Nizomning 61-bandi uchinchi va beshinchi xatboshilari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Sertifikat ushbu Nizomning 64-bandi yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, talabgorga sertifikat bekor qilingan paytdan boshlab uch yil muddat mobaynida malaka imtihonlarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Departament ushbu Nizomning 64-bandi yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sertifikatni bekor qilish yuzasidan Auditorlar palatasiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Sertifikatni bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Auditorlar palatasi sertifikatni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Auditorlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Departament tomonidan sertifikatlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Sertifikatlar reyestrida mavjud quyidagi ma’lumotlar Departamentning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va jamoatchilikning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan shaxsning malaka oshirish kursini tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning qayta rasmiylashtirilgani va bekor qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Malaka oshirish kursini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Sertifikatga ega bo‘lgan shaxs sertifikatni olgan sanadan boshlab har ikki yilda, tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida O‘quv markazi tomonidan tashkil etiladigan 36 soat hajmdagi malaka oshirish kursida o‘qishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Malaka oshirish kurslari grafik asosida O‘quv markazi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka oshirish kursi tinglovchilar soni kamida 10 nafardan oshgan taqdirda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Inspeksiya malaka oshirish kursida qatnashishi rejalashtirilgan xodimlar ro‘yxatini har yili 20-yanvarga qadar O‘quv markaziga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyada faoliyat ko‘rsatmaydigan sertifikatga ega bo‘lgan shaxs malaka oshirish kursida qatnashish uchun O‘quv markaziga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdoridagi to‘lov ushbu shaxsning o‘z mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Inspeksiya xodimlari har ikki yilda bir marta budjet mablag‘lari hisobidan malaka oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan tartibda guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. O‘quv markazi malaka oshirish kurslarida o‘qigan shaxslar to‘g‘risidagi oylik ma’lumotlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yillik ma’lumotlarni keyingi yilning 10-yanvariga qadar Departamentga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Malaka oshirish kursini tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma ma’lumotlari Departament tomonidan sertifikatlar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Departament tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Moliyaviy nazorat bo‘yicha malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish

”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/209/0426-son)