28.04.2026 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyulga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin hamda kelishish va tasdiqlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 210-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) uchun imtihonlarni topshirish (keyingi oʻrinlarda — imtihon topshirish) xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 2028-yil dekabr oyida kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish hamda imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish 2029-yil 20-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Imtihon topshirish xarajatlari mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Imtihon topshirish xarajatlarining tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Imtihon topshirish xarajatlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxatiga asosan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning imtihon topshirish jarayonidagi quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari (buxgalterlarning xalqaro sertifikatini beruvchi xalqaro tashkilotga jismoniy shaxsning aʼzo (talabasi) boʻlishi uchun dastlabki bir martalik toʻlov);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari toʻliq hajmda bir marta, shuningdek, imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlari talabgorlarga, imtihonni muvaffaqiyatli topshirganda, toʻliq hajmda har bir fan (kurs) boʻyicha bir marta qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgorlarning dastlabki roʻyxatdan oʻtishi va imtihon topshirishi 2026-yil 1-maydan 2028-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda amalga oshirilgan taqdirda, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasidagi xarajatlari qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Imtihon topshirish xarajatlari xalqaro sertifikat imtihonini oʻtkazuvchi (xalqaro sertifikatni beruvchi) tashkilot tomonidan belgilangan toʻlov summasi miqdorida qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Imtihon topshirish uchun toʻlovlar chet el valyutasida belgilangan hamda toʻlovlar chet el valyutasida amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu xarajatlar chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiya sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblanadi va qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtihon topshirish xarajatlari talabgorning shaxsiy bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabgor imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi boʻyicha quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov hujjatlari, invoys) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, sertifikat yoki transkript) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi bank va bank kartasi rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platformasi” (subsidiya.mf.uz) orqali taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ariza tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi yoki qoplab berilishini rad etish (hujjatning haqiqiyligini oʻrganish holatlari bundan mustasno) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilingandan soʻng besh ish kunida talabgorlarga ularning arizasida keltirilgan xarajatlari qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda yoki taqdim etilgan hujjatlarni verifikatsiya qilish orqali ularda notoʻgʻri yoxud soxta maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda, imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni verifikatsiya qilish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan imtihon oʻtkazgan tashkilotga hujjatning haqiqiyligi boʻyicha soʻrov yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan taqdirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorni uning shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng qayta ariza berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Imtihon topshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgorlar ular tomonidan taqdim qilingan arizalar hamda ularga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplab berish maqsadida talabgorlar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Talabgorlar, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar

Talabgorlar buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzolik uchun dastlabki roʻyxatdan oʻtadi.

Talabgorning xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgorlar, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar

Talabgorlar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻtkaziladigan imtihonlar boʻyicha belgilangan roʻyxatdan oʻtish muddatlarida

3-bosqich

Talabgorlar

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirganda ular tomonidan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan soʻng talabgorning xohishiga koʻra

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Talabgorlarga dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab beradi.

Hujjatlar koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng 5 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar nomi

Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro buxgalterlar sertifikatlari nomi

Xalqaro sertifikatlar doirasidagi buxgalteriya hisobiga tegishli fan yoki kurslari nomi

1.

Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)

Moliyaviy hisobot “Financial Reporting (FR)”,

Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi “Diploma of International Financial Reporting (DipIFR)”,

Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance (AA)”,

Strategik biznes hisoboti “Strategic Business Reporting (SBR)”,

Murakkab audit va ishonch bildirish xizmatlari “Advanced Audit and Assurance (AAA)”

2.

Certified Institute of Management Accountants (CIMA)

Moliyaviy hisobot va soliq solish “Financial Reporting and Taxation (F1)”

3.

Institute of Chartered Accountants in England and Wales (ICAEW)

Associated Chartered Accountant (ACA)

Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance”;

Moliyaviy hisob va hisobot “Financial Accounting and Reporting”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga

_______________________________da yashovchi

(yashash manzili)

_____________________________________dan

(ariza beruvchining F.I.O)

________________________________________

(telefon raqami)

Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisida

ARIZA

Menga buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va/yoki _____________________________________________________ imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab

(buxgalteriya hisobiga tegishli fan yoki kurslar)

berishingizni soʻrayman.

Ish (oʻqish) joyi va lavozimi: ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi va lavozim)

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;

2) imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov hujjatlari, invoys) nusxasi;

3) imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, sertifikat yoki transkript) nusxasi;

4) xizmat koʻrsatuvchi bank va bank kartasi rekvizitlari.

20___ yil “____” ___________

Imzo __________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/210/0427-son)