ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
1. Oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani va huquqiy madaniyatni yuksaltirish | |||||
1. | Bolalar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida huquqiy mavzularga bag‘ishlangan videoroliklar ishlab chiqish hamda ularni keng targ‘ib qilish. Mazkur videoroliklarda quyidagi mavzular yoritilishi nazarda tutiladi: atrof-muhitni muhofaza qilish va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; ta’lim jarayonida darslarga muntazam qatnashish va o‘qishga mas’uliyatli yondashish; yo‘l harakati qoidalariga rioya etishning shaxsiy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlashdagi ahamiyati; Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish; oilada, maktabda va jamoatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka rioya qilish; huquqbuzarliklarning oldini olish, mas’uliyat va javobgarlik tushunchalari; bolalarning huquq va majburiyatlari, ularni bilish va ularga rioya etishning ahamiyati; sog‘lom ekologik muhitni ta’minlashda yoshlarning faol ishtiroki; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish, yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish va boshqa huquqiy mavzular. Videoroliklarni tayyorlash va ularni ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa kommunikatsiya vositalari orqali muntazam ravishda tarqatish. | Videoroliklar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
2. | O‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: o‘quvchilarga motivatsiya berishga qaratilgan turli aksiyalar, uchrashuvlar, seminar-treninglar, ijodiy tanlovlar, master-klasslar va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etish; turli sohalarda (fan, texnologiya, san’at, sport, ijtimoiy faoliyat va boshqalar) yuksak natijalarga erishgan, yoshlar orasida namuna bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida ochiq muloqotlar, “ilhomlantiruvchi uchrashuvlar” o‘tkazish; ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali muvaffaqiyatli yoshlar hayoti, tajribasi va yutuqlari targ‘ib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
3. | Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish. Bunda: yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlari dasturini ishlab chiqish; huquqshunoslik kasbining jozibadorligi va imijini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida taniqli huquqshunoslarning hayot yo‘llari va muvaffaqiyatini ibrat sifatida yoshlarga ko‘rsatib beruvchi kontentlar (hujjatli film, videoroliklar, podkastlar) va klublar yaratish hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | - | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Aholi o‘rtasida oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari yuzasidan jamoatchilikda huquqiy ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish maqsadida “Oilani asrang — zo‘ravonlikni to‘xtating!” shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy chellenjlar hamda ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
5. | Yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
6. | “Tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman!” keng qamrovli targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil iyun | - | Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
7. | Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, ko‘ngilochar interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish. Jumladan: portalda bolalarning yoshi va qiziqishlariga mos, ularning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish, mustahkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi interaktiv huquqiy o‘yinlar sonini oshirish; huquqiy mavzularda animatsion shakldagi videoroliklar ishlab chiqish va ularni portalga joylashtirish orqali kontent hajmi va sifati oshirish; portalda joylashtirilayotgan materiallar muntazam ravishda yangilanib, ularning shakl va mazmuni bolalar uchun tushunarli, qiziqarli va interaktiv bo‘lishi ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | - | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
8. | Bolalarda yoshligidan huquqiy ong, qonunlarga hurmat va odob-axloq me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim va tarbiyaga oid, shuningdek, ma’naviy mazmundagi animatsion media mahsulotlarni tayyorlash. Tayyorlangan animatsion media mahsulotlarni televideniye, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim muassasalari va bolalar uchun mo‘ljallangan onlayn platformalarda muntazam ravishda tarqatib borish. | Media-reja | 2026-2027-yillar media-rejaga | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, (kelishuv asosida) |
9. | Yoshlarning intellektual salohiyatini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ular o‘rtasida “Intellektual marafon” loyihasini tashkil etish. Bunda quyidagilarni qamrab olish: “Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish; “Zakovat” intellektual tanlovini tashkil etish; “Huquq va mantiq chizig‘i” test tanlovini tashkil etish; shaxmat va shashka musobaqalarini o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, amaliy chora-tadbir asosida | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
10. | Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar qalbida vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshga mos huquq va burchlar mazmunini anglatish, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan ochiq darslar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil etish. | Ochiq darslar, | 2026-2027 o‘quv yili davomida | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
11. | Yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, Konstitutsiyaga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Qonun oldida barchamiz tengmiz” mavzusida barcha umumta’lim maktablarini qamrab oluvchi ijodiy insholar tanlovini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-2027 o‘quv yili davomida | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
12. | Yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, huquq va burchlari to‘g‘risida chuqur tushuncha hosil qilishiga ko‘maklashish maqsadida ta’lim muassasalarida ularni faollikka, bilim olishga va mas’uliyatga chorlovchi “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o‘tkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil dekabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
13. | Oilaviy ajrimlar, oila muhitidagi notinchlik va zo‘ravonlik holatlarining huquqiy oqibatlari hamda ularning farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sirini yorituvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash. Ushbu videoroliklarni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va uning tizimidagi telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda efirga uzatish. | Ijtimoiy videorolik | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | O‘zbekiston MTRK, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
14. | Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida huquqiy targ‘ibotning zamonaviy va interaktiv shakllaridan biri bo‘lgan “Street Law” loyihasini ommalashtirish choralarini ko‘rish. Loyiha doirasida o‘quvchi-yoshlar, talabalar, yosh mutaxassislar ishtirokida: hayotiy voqealarga asoslangan amaliy huquqiy mashg‘ulotlar va muhokamalar tashkil etish; sud jarayoni taqlidlari (imitatsiyasi) orqali yoshlarning qonunlarga hurmatini shakllantirish; huquqiy maslahatlar, dolzarb mavzularda ochiq muloqotlar va treninglar o‘tkazish; huquqshunoslar, advokatlar, sudyalar va boshqa mutaxassislar ishtirokida tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi |
15. | Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali oilaviy ajrimning salbiy oqibatlari, farzandlar kelajagi hamda ota-onalarning huquqiy mas’uliyati haqida tizimli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish. Bunda: oilaviy nizolar, ajrimning salbiy oqibatlari, ajrimdan keyingi farzandning huquqiy maqomi kabi mavzularga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlar, tok-shoular, ochiq debatlar va ijtimoiy-vatanparvarlik ruhidagi videolavhalar tayyorlash hamda televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam efirga uzatish; psixolog, huquqshunos, sudya, imomlar va hayotiy tajribaga ega insonlar ishtirokida oilaviy ajrim oldida turgan oilalar uchun maslahat xususiyatidagi ochiq videomuloqotlar, suhbatlar va tavsiyalarni tayyorlab e’lon qilish; ommabop platformalarda #oilaqadriyat, #ajrim_yechim_emas, #farzand_manfaati kabi heshteglar ostida ijtimoiy kampaniyalar, chellenjlar, maxsus sahifalar va foydalanuvchilarni jalb etuvchi kontentlar orqali keng auditoriyaga ta’sirchan axborot yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK |
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish | |||||
16. | “Onlayn-mahalla” platformasi orqali “Mahalla yettiligi” tomonidan kiritilgan aholining turli qatlamlarida eng ko‘p uchrayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning sabablari va oqibatlarini chuqur o‘rganish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Mahallalarda aholi orasida uchrayotgan dolzarb muammolar — migratsiya, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, mavjud imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida axborot-targ‘ibot materiallarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar hamda turli platformalarga joylashtirish. | Tarqatma targ‘ibot materiallari | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Adliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Aholining huquqiy muammolarini joyida hal etish va fuqarolarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida “Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, mahallalarda eng ko‘p uchraydigan huquqiy muammolarga oid manzilli va amaliy targ‘ibot materiallari to‘plamini tayyorlash. Bunda quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi: mahallalarda eng ko‘p uchrayotgan huquqiy muammolar holatini tizimli tahlil qilish; mavjud muammolarni turlarga ajratgan holda umumlashtirish; videoroliklar va boshqa turdagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash; tayyorlangan targ‘ibot materiallarini “Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyat yo‘nalishlariga mos tarzda tarqatish, ularning amaliy ish jarayonida foydalanishini ta’minlash; ishlab chiqilgan materiallarni mahalliy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va axborot resurslari orqali muntazam yoritib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil aprel, 2027-yil mart | - | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi |
19. | “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutiladi: “Mahalla yettiligi” a’zolarining huquqiy bilimi va ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirish maqsadida Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari tomonidan qisqa muddatli, bepul o‘quv kurslarini tashkil etish; “Mahalla yettiligi” a’zolariga mahalla faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, shuningdek, aholining kundalik muammolarini hal etish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni nizolarni muqobil hal etish (mediatorlik) ko‘nikmalariga o‘rgatish; mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va “Mahalla yettiligi” a’zolarining amaliy takliflari asosida o‘quv dasturlarini muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil avgust | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
3. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
20. | Jamiyat va davlat hayotining turli sohalariga taalluqli muhim qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari hamda fuqarolarga sodda, tushunarli va tezkor tarzda yetkazib borish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni ostida huquqiy videoroliklar tayyorlash. Tayyorlangan videoroliklar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar va axborot portallari orqali muntazam ravishda keng jamoatchilikka yetkazish. | Huquqiy videoroliklar | 2026-2027-yillar davomida, har haftada bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
21. | Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, ularning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish mexanizmlari hamda bu boradagi qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | - | Adliya vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi |
22. | Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish. | Intellektual o‘yin | 2026-yil noyabr, 2027-yil oktabr | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, “Zakovat” NNT (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
23. | Har bir davlat organi va tashkilotida xodimlarning huquqiy ongi, axloqiy madaniyati hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik ruhini yanada oshirish maqsadida “Huquqiy madaniyat oyligi”, “Odob-axloq oyligi” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil noyabr | - | Vazirlik va idoralar |
24. | Mahalliy davlat organlari xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan “Hokimlik soatlari” tadbirlarini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
4. Aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
25. | Aholining raqamli savodxonligini oshirish, ularni davlat xizmatlaridan masofadan, qulay va tezkor tarzda foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), va boshqa elektron tizimlarning imkoniyatlari, xizmatlar ro‘yxati va foydalanish tartibi haqida keng jamoatchilikka ma’lumot beruvchi media mahsulotlar — videoroliklar, animatsiyalar tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Davlat xizmatlari markazlarida targ‘ib qilish ishlarini yo‘lga qo‘yish. | Manzilli targ‘ibot tadbirlari | 2026-yil aprel-may | - | Adliya vazirligi |
26. | Hududlarda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan manzilli va ta’sirchan targ‘ibot ishlarini tashkil etish. “Qizil toifa”ga mansub hamda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda yashovchi voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar, tarbiyasi og‘ir yoshlar, shuningdek, probatsiya hisobida bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratish. Har bir viloyat, tuman (shahar) va mahalla kesimida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning soni, turlari hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilish va ushbu ma’lumotlar asosida jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy huquqiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan infografikalar tayyorlash. | Kompleks targ‘ibot tadbirlari | 2026-yil aprel-may, 2027-yil fevral-mart | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida) |
27. | Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va himoya qilish, tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatish, intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, kontrafakt mahsulotlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, mualliflik sohasida, jumladan, plagiatga qarshi kurashish maqsadida “Kontrafaktsiz oy” respublika targ‘ibot oyligini tashkil etish. | Kompleks targ‘ibot tadbirlari | 2026-yil aprel | - | Adliya vazirligi |
28. | Qurilish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan ruxsatnomalarni olish tartibi, shuningdek, uy-joy sotib olayotganda fuqarolar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan asosiy huquqiy jihatlar bo‘yicha aholiga sodda va tushunarli tilda ma’lumot berishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plamini tayyorlash. Tayyorlangan videoroliklar va boshqa targ‘ibot materiallarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy telekanallar hamda davlat organlarining rasmiy axborot resurslari orqali tizimli va muntazam tarzda yoritib borish. | Media-reja | 2026-yil iyun | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
29. | “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga sodda tilda yetkazish, shu jumladan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish jarayonini izchil tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plamini tayyorlash. Mazkur materiallarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy telekanallar orqali muntazam, tizimli tarzda keng yoritib borish. | Media mahsulotlar | 2026-yil iyul | - | Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
30. | Firibgarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: firibgarlikka oid huquqbuzarliklarning joriy holatini tahlil qilish; firibgarlikning eng ko‘p uchraydigan turlarini aniqlash; firibgarlik ko‘p sodir etiladigan hududlar, shaxslar toifasini, yosh kategoriyalarini o‘rganish; firibgarlikning oldini olish bo‘yicha eng samarali vositalarni, shu jumladan xorij tajribasini tahlil qilgan holda o‘rganish; firibgarlik jinoyatini oldini olish va uning salbiy huquqiy oqibatlari haqida aholining, ayniqsa yoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida, tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida ijtimoiy videoroliklar, infografikalar hamda boshqa turdagi media mahsulotlar ishlab chiqish va ularni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borishni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
31. | Turizm sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga, tadbirkorlarga qisqa va sodda tilda tayyorlangan videoroliklar ishlab chiqish. Mazkur videoroliklarda turizm faoliyatini yuritish bilan bog‘liq asosiy tartib-taomillar, litsenziyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqqa oid yengilliklar, yer ajratish, infratuzilma rivojlantirish, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar va boshqa huquqiy asoslar yoritilishini ta’minlash. Tayyorlangan materiallarni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, maxsus veb-resurslar va tegishli davlat idoralarining rasmiy axborot platformalari orqali muntazam yoritib borish. | Media-reja | 2026-yil sentabr | - | Turizm qo‘mitasi |
32. | Haydovchilar va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarida yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik talablariga rioya qilish, yo‘l harakati madaniyatini oshirish, sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni shakllantirish qaratilgan tematik media mahsulotlar — ijtimoiy roliklar, infografikalar, qisqa lavhalar, audio va video chiqishlar tayyorlash hamda ularni telekanallar, radio, ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalari (bannerlar, ekranlar) orqali ommalashtirish ishlarini tashkil etish. | Media mahsulotlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil mart | - | Ichki ishlar vazirligi |
33. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar va xayriya aksiyalarini o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi |
34. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksa yoshdagi fuqarolarning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklari, ijtimoiy himoya va imtiyozlari to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini keng targ‘ib etishga qaratilgan media mahsulotlarni tayyorlash. Tayyorlangan media mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tarqatib borish, shu orqali aholining keng qatlamlari orasida insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib etish. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, media-rejaga asosan | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
35. | Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish, energiya tejovchi texnologiyalarni kundalik hayotga keng joriy etishning iqtisodiy va ekologik afzalliklarini aholiga keng tushuntirish maqsadida media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. Ushbu media-reja doirasida quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishning iqtisodiy va ekologik afzalliklarini yorituvchi turli ko‘rinishdagi media mahsulotlar tayyorlash. Tayyorlangan materiallarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat idoralari binolari, ta’lim muassasalari, bozorlar, transport bekatlari kabi aholining gavjum joylarida tizimli ravishda namoyish etish. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, media-rejaga asosan | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
36. | Aholining Konstitutsiyaga oid bilimlarini kuchaytirish va sinovdan o‘tkazish maqsadida qatnashish ixtiyoriy bo‘lgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini o‘tkazish. | Tanlov | 2026-yil dekabr, 2027-yil dekabr | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
37. | Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga fuqarolarni davolanishga yo‘llash tartibi, shuningdek, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalar toifasiga mansub shaxslarga berilgan imtiyozlar haqida aholining barcha qatlamlarini xabardor qilishga qaratilgan media mahsulotlarni tayyorlash hamda ushbu materiallarni ijtimoiy tarmoqlar, tibbiyot muassasalari, mahallalar va aholi gavjum joylarda muntazam ravishda namoyish etilishini ta’minlash. | Media mahsulotlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
38. | Fuqarolarning tabiatga hurmat hissini shakllantirish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish, global rivojlanish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning oldini olish hamda bartaraf etishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash, ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, Kompleks chora-tadbirlar asosida | - | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston MTRK |
39. | Aholiga kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan huquq va majburiyatlar bo‘yicha tushunchalarni oddiy, sodda va xalqchil tilda yetkazish maqsadida kompleks huquqiy targ‘ibot materiallari paketini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
40. | Aholining turli qatlamlari uchun zarur bo‘lgan huquqiy ma’lumotlarni sodda shaklda tushuntirish bo‘yicha “10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknlari doirasida turkum videoroliklar tayyorlash. | Huquqiy videoroliklar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
41. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va ishsiz fuqarolar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy imtiyozlar, moddiy yordam turlari, nafaqalar, ishsizlikdan himoyalanish mexanizmlari, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash imkoniyatlari hamda ijtimoiy yordam olish tartibi haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida kompleks media mahsulotlar tayyorlash va keng ommaga yetkazish. | Kompleks targ‘ibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
42. | Aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi illat ekaniga oid to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
43. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga hamda “1008” ishonch telefoniga fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, ularning mazmuni va dolzarbligidan kelib chiqib targ‘ibot materiallarini tayyorlash, ularni tegishli mas’ul davlat organlariga manzilli yetkazish orqali aholiga amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
44. | Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida qonuniy mehnat migratsiyasining huquqiy asoslari, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibi, faoliyat yuritish uchun ruxsatnomalar va vizalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng tushuntirish ishlarini olib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Migratsiya agentligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
45. | Fuqarolar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro muammolarni faqat qonunda belgilangan huquqiy vositalar orqali hal etish, nizolarni zo‘ravonlik, tahdid, bosim yoki o‘zboshimchalik yo‘li bilan emas, balki madaniyatli muloqot va qonuniy tartibda hal qilish madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar, infografikalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual kontentlarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tarqatib borish. Mazkur media mahsulotlarda o‘zgalarning sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy hayoti, mulki va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek huquqbuzarlik va o‘zboshimchalik oqibatlari, ularning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida fuqarolarga sodda va tushunarli tarzda ma’lumot berish. | Kompleks targ‘ibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
46. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida uchraydigan huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi, firibgarlik holatlari va majburiy mehnatga jalb etilish kabi xavf-xatarlar to‘g‘risida aholiga, ayniqsa yoshlarga ogohlantiruvchi va tushuntiruvchi axborotlar taqdim etish, ularda huquqiy ong, hushyorlik va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va manzilli tarqatish. | Kompleks targ‘ibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
47. | Yil yakunlari bo‘yicha aholining eng dolzarb huquqiy muammolari va amaliy savollarini o‘zida aks ettirgan murojaatlar tahlili asosida “TOP-100 huquqiy tavsiya va maslahatlar” to‘plamini shakllantirish hamda uni aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi turli ko‘rinishdagi media mahsulotlar (videoroliklar, infografikalar, animatsiyalar, podkastlar va elektron qo‘llanmalar) tarzida tayyorlash. Tayyorlangan media mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va davlat xizmatlari markazlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil noyabr | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
48. | Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirish va huquqbuzarliklarga qarshi samarali profilaktika choralarini kuchaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil davomida, kompleks chora-tadbirlar asosida | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
49. | Aholining, ayniqsa, yosh avlodning ongida turli buzg‘unchi g‘oyalarga, jumladan, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, axloqiy buzuqlik va boshqa ijtimoiy xavfli illatlarga nisbatan mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlash, ularning bu kabi tahdidlarga qarshi mustahkam ichki immunitetini shakllantirish hamda sog‘lom dunyoqarash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga qaratilgan kompleks va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida har oyda bir marta | - | Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (kelishuv asosida) |
50. | Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga sodda, tushunarli va ishonchli shaklda yetkazishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash. Mazkur materiallarni ishlab chiqish jarayonida qonun hujjatini bevosita ishlab chiqqan davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, shuningdek, ushbu hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda, ular tomonidan hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, amaliy ahamiyatni batafsil yoritish. Tayyorlangan videoroliklar, intervyular, podkastlar va boshqa turdagi media mahsulotlarni “AdliyaTV” internet sahifasiga muntazam joylab borish orqali qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazish. | Media mahsulotlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
51. | Aholi o‘rtasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash jamiyat taraqqiyoti, davlat budjeti barqarorligi hamda ijtimoiy sohalarning uzluksiz rivojlanishida muhim omil ekanini keng jamoatchilikka tushuntirish, shuningdek, fuqarolarda moliyaviy mas’uliyat va to‘lov madaniyatini shakllantirishga qaratilgan media mahsulotlarni (videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar) tayyorlash. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Soliq qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
52. | Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir tashabbuslar, kredit va subsidiya mexanizmlari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida aniq va manzilli targ‘ibot ishlarini tashkil qilish. | Manzilli targ‘ibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish | |||||
53. | “Advice.uz” huquqiy axborot portali va “Gender-madad” platformasining faoliyatini muntazam ravishda yuritish, ularning kontentini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda yangilab borishni ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun — avgust | - | Adliya vazirligi |
54. | Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, “Huquqiy axborot” Telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan ma’lumotlar asosida huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan onlayn “Sovrinli viktorina” o‘tkazish. | Onlayn viktorina | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi |
55. | Aholining kundalik hayotidagi muammolariga jonli javob berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali aholini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida ovozli suhbatlar (audiopodkast) o‘tkazish. | Ovozli suhbatlar (audiopodkast) | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
56. | “test.adliya.uz” platformasi orqali aholining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda sinovdan o‘tkazib borish. | Test sinovlari | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
57. | “Qurilishda qonuniylik” nomli mobil ilovani ishlab chiqish, uning funksional imkoniyatlari orqali aholiga qurilish sohasiga oid qonunchilik normalarini tushuntirish, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlar, qurilish tartib-taomillari, shartnomaviy munosabatlar va boshqa muhim jihatlar yuzasidan o‘quv qo‘llanmalar, videoroliklar, test va savol-javoblar, shuningdek grafik asosdagi o‘yinlar orqali interaktiv tarzda ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlash. Ilovada foydalanuvchilarga qurilish sohasiga oid huquqiy savollarga tezkor, aniq va sodda shaklda javob berish imkonini beruvchi sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan huquqiy yordam chat-botini yaratish. Mobil ilovaga noqonuniy qurilishlar va qurilishda yo‘l qo‘yilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berish imkoniyatini (foto, video va manzil kiritish orqali) joriy etish, bu orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tegishli tashkilotlarga ma’lumotlarni avtomatik ravishda yetkazish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | Mobil ilova | 2027-yil may | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | |||||
58. | Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi borasidagi tushunchalarni mustahkamlash hamda zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga qaratilgan axborot materiallarini tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida ravishda efirga uzatib borish. | Ijtimoiy roliklar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Ichki ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston MTRK |
59. | Aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy bilimlarni ommalashtirish maqsadida keng auditoriyaga ega markaziy telekanallar efirida namoyish qilinayotgan ko‘rsatuvlar orasida 30 soniyalik huquqiy mavzularda test lavhalarini muntazam tarzda efirga uzatib borish. Qisqa videolavhalarda fuqarolarning kundalik hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqiy holatlarga oid savollar va ularning to‘g‘ri javoblarini sodda, tushunarli va qiziqarli uslubda yoritish. | Teleloyiha | 2027-yil davomida, har oyda ikki marta | - | O‘zbekiston MTRK, Adliya vazirligi |
60. | Kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolarni erkin va samimiy tarzda muhokama qilishga qaratilgan ko‘rsatuvini huquqshunoslar ishtirokida tayyorlab, televideniye orqali namoyish etish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
61. | Bolalarda huquqiy ong va odob-axloq madaniyatini shakllantirish, ularning yoshiga mos tarzda asosiy huquqiy bilimlarni singdirish maqsadida turli ko‘rinishdagi teleloyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | Teleloyihalar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
62. | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik bilimlarga qiziqishni kuchaytirish maqsadida muntazam ravishda “Huquqiy radioviktorina” tashkil etish hamda ishtirokchilar orasidan g‘oliblarni aniqlash va ularni rag‘batlantirib borish. | Radio viktorina | 2026-yil davomida, har oyda bir marta | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK |
63. | To‘ylar, oilaviy marosimlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylagan holda soddalik va tejamkorlikni targ‘ib etish, yoshlar ongida mas’uliyatli iste’mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash. Mazkur media mahsulotlarda oilaviy hayotga oid an’analar, marosimlarda me’yor va odobni saqlash, ortiqcha dabdaba va raqobatga berilmaslikning ijtimoiy ahamiyati yoritish. | Teleloyihalar | 2026-yil davomida, har oyda bir marta | - | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
64. | Aholining qonunchilik hujjatlaridagi yangiliklar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini yo‘lga qo‘yish. | Radio loyihalar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
65. | Huquqiy bilimlarni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish uchun ijtimoiy tarmoqlar va televideniyeda “Huquqiy eslatma” ruknida 1 daqiqa davom etadigan videoroliklar tayyorlab, muntazam e’lon qilib borish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, doimiy | - | Adliya vazirligi, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
66. | Televideniye orqali efirga uzatilayotgan yangiliklar vaqtida ekranning pastki qismida fuqarolar uchun amaliy huquqiy tavsiyalarni va qonunchilikdagi yangiliklarni subtitrlar (titrlar) ko‘rinishida berib borish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, doimiy | - | O‘zbekiston MTRK, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
67. | Aholi orasida uchrayotgan dolzarb muammolar — migratsiya, ijtimoiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. | Ko‘rsatuvlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
68. | Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning shaxsiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishiga oid teledasturlar tayyorlash va efirga uzatish. | Teledasturlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi |
IV. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | |||||
69. | Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquq-tartibot barqarorligini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy madaniyatning o‘rnini va ta’sir doirasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil sentabr | - | Ichki ishlar vazirligi |
70. | Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga oid ilmiy-nazariy asoslarni chuqur o‘rganish bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil noyabr | - | Adliya vazirligi |
71. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o‘rganish uchun so‘rovnomalar o‘tkazish. | So‘rovnoma | 2026-yil dekabr, 2027-yil iyun | - | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi |
72. | Barcha darajadagi ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida ilg‘or pedagogik yondashuvlarga asoslangan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish. | Uslubiy qo‘llanma | 2026-yil noyabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
73. | Turli hududlarda aholining huquqiy madaniyat darajasidagi tafovutlarni o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash va mavjud nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil dekabr | - | Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (kelishuv asosida) |
74. | Xorijiy mamlakatlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ilg‘or tajribalarni qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar asosida chuqur o‘rganish hamda ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil yanvar | - | Adliya vazirligi |
75. | Huquqiy madaniyat darajasini kompleks baholash imkonini beruvchi zamonaviy metodologiyalarni ishlab chiqish, jumladan, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda muntazam monitoring va tahlil tizimini yaratish. | Tahliliy materiallar | 2027-yil yanvar | Budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
76. | Huquqiy targ‘ibot faoliyatining ta’sirchanligini oshirish maqsadida inson tafakkuri, emotsional idroki va xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi zamonaviy ilmiy yondashuvlar — jumladan, neyropsixologiya va kognitiv fanlar asosida ishlab chiqilgan metodlarni o‘rganish, ularning natijalari asosida amaliy takliflar ishlab chiqish va targ‘ibot strategiyalarini takomillashtirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil fevral | - | Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
77. | Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda an’anaviy hamda zamonaviy usullarning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, xususan, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt, mobil ilovalar va raqamli platformalarning ushbu jarayondagi o‘rnini tahlil qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil mart | - | Adliya vazirligi |
78. | Aholining turli ijtimoiy guruhlari (yoshlar, ayollar, tadbirkorlar va boshqalar) o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ilmiy nashrlarda e’lon qilish choralarini ko‘rish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil aprel | - | Adliya vazirligi |
79. | Turli yosh guruhlari hamda ijtimoiy qatlamlarda huquqiy madaniyatning rivojlanish holati va dinamikasini tahlil qilish maqsadida sotsiologik va psixologik yo‘nalishdagi chuqurlashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar, so‘rovnomalar | 2027-yil iyul | - | Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (kelishuv asosida) |
80. | Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, “Huquqiy axborot” Telegram kanalida huquqiy axborotni yetkazish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish va so‘rovnoma natijasiga ko‘ra manzilli axborot tarqatishni yo‘lga qo‘yish. | So‘rovnoma | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Adliya vazirligi |