31.03.2026 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida shamol eroziyasining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-sentabrdagi PQ-338-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining chegaradosh hududlarini koʻkalamzorlashtirish hamda iqlim oʻzgarishining aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi), Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni koʻpaytirish maqsadida yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish va ularning chegarasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumanlari va Termiz shahrida ihota daraxtzorlari hamda “yashil belbogʻ”lar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlarining chegaradosh hududlarida ihota daraxtzorlari hamda “yashil belbogʻ”lar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejash va “yashil belbogʻ”larni rivojlantirish maqsadida Toʻpalang daryosi havzasining yuqori qismida sunʼiy yomgʻir yogʻdirish hamda sunʼiy muzliklar yaratish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim oʻzgarishiga taʼsir etuvchi innovatsion texnologiyalar boʻyicha maxsus taʼlimga ixtisoslashgan gidrometeorolog mutaxassislarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish hamda ularning xalqaro darajada malakasini oshirishni yoʻlga quyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli shamol va chang boʻronlarining salbiy taʼsirini kamaytirish, ekin yerlari va yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, saqlash hamda ularni qayta tiklash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida shamol eroziyasining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2030-yillarda Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda Sirdaryo viloyatining Qozogʻiston va Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh tumanlarida shamol eroziyasining oldini olish maqsadida himoya oʻrmonzorlarini barpo etish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya qoʻmitasi ushbu qarorning 2 va 2a-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2 va 2a-ilovalarda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatiga chegaradosh hududlarda chang boʻronlarining oldini olish boʻyicha Afgʻoniston davlati bilan olib boriladigan muzokaralarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2 va 2a-ilovalarda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida ularning ijrosini joyiga chiqqan holda monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil yakuni boʻyicha ushbu qarorga 2 va 2a-ilovalarda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holatini puxta tahlil qilgan holda tanqidiy muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2 va 2a-ilovalarda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlashda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻrish, zaruratga koʻra, ular yuzasidan tezkor qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Ekologiya qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining qoʻshni respublikalar bilan chegaradosh boʻlgan hududidagi yer uchastkalarini belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazsin hamda yashil hududlar barpo etiladigan yer uchastkalarining chegaralarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu hududlarda moddiy madaniy meros obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralari aniqlangan taqdirda, yashil hududlar barpo etiladigan yer uchastkalarining chegaralari Madaniy meros agentligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Angor, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumanlari va Termiz shahrida yashil hududlarni barpo etish uchun oʻrmon fondi yerlari boʻyicha Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) hamda oʻrmon fondiga kirmaydigan yer uchastkalari boʻyicha tegishli tumanlar (shahar) hokimliklari masʼul hisoblanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida yashil hududlarni barpo etish bilan bogʻliq xarajatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondiga kirmaydigan yer uchastkalarida yashil hududlarni barpo etish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sirdaryo viloyatining Qozogʻiston va Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh tumanlarida shamol eroziyasining oldini olish maqsadida himoya oʻrmonzorlarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sirdaryo viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki oʻrganishlar natijalariga koʻra Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlarining chegaradosh hududlarida ihota daraxtzorlari hamda “yashil belbogʻ”larni barpo etish uchun aniqlangan 168 gektar (84 km) yer uchastkalarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi talablari asosida Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sirdaryo viloyati hokimligi Ekologiya qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlarining chegara hududlarida ihota daraxtzorlarini barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish kabi agrotexnika tadbirlari hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya qoʻmitasi hamda Oʻrmon agentligiga “Yashil makon” loyihasi, shuningdek, maxsus texnikalar xaridi uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, zaruratga koʻra, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy budjeti hisobidan qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Surxondaryo viloyati hokimligining yashil hududlarni koʻpaytirishni tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekologiya qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi 2026-yil 1-mayga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Surxondaryo viloyatiga chegaradosh hududlarda chang boʻronlarining oldini olish boʻyicha Afgʻoniston davlati bilan muzokaralar olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda yashil hududlarni koʻpaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlarini jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar sunʼiy yomgʻir yogʻdirish hamda sunʼiy muzliklar yaratish texnologiyalarini mamlakatimizda joriy etish boʻyicha idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish, ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni shakllantirish, amalga oshirish va nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va ijrosini maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar orqali ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov va Sirdaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 135-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida shamol eroziyasining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduxakimov

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

U.B. Qosimov

Surxondaryo viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

E.O. Turdimov

Sirdaryo viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

4.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Lavozimi boʻyicha

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

S.B. Rajabov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

S.T. Zuparov

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi

9.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

A.M. Qosimov

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

11.

Oʻ.I. Sheraliyev

suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

12.

F.M. Tashpulatov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

13.

Lavozimi boʻyicha

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

14.

Sh.M. Kadirov

Raqamli texnologiyalar vaziri huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori

15.

Sh.A. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti

16.

A.K. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

17.

A.A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi direktori

18.

E.M. Muxitdinov

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktori, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 135-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2030-yillarda Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Afgʻon shamolining atrof tabiiy muhitga hamda aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida yashil hududlarni barpo etish

1.

Afgʻon shamoli taʼsirida yuzaga keladigan chang boʻronlarining salbiy taʼsiri kuzatiladigan hududlarda 10 ming gektar yer maydonida himoya oʻrmonzorlari ihota daraxtzorlari va “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

1. Angor, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumanlari va Termiz shahri hududlaridagi chang boʻronlari kuzatiladigan ochiq maydonlari hamda oʻrmon barpo etiladigan yer uchastkalarining chegaralarini belgilash.

Bunda ushbu hududlarda moddiy madaniy meros obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralari aniqlangan taqdirda, yashil hududlar barpo etiladigan yer uchastkalarining chegaralari Madaniy meros agentligi bilan kelishiladi.

2026-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi),

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi),

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi,

Madaniy meros agentligi

2. Tuproq turlari va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, belgilangan hududlarda ihota daraxtzorlari hamda “yashil belbogʻ”larni barpo etish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash.

2026-yil may

3. Ihota daraxtzorlari hamda “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

2026 — 2030-yillar davomida

2.

Termiz shahrida “Dendrologiya” bogʻini tashkil etish.

1. “Dendrologiya” bogʻini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash va belgilangan tartibda ajratish.

2026-yil may

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

2. Tuproq turlari va iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekiladigan sershox, soya beradigan, qurgʻoqchilikka va issiqlikka chidamli, suv kam talab qiladigan daraxt, buta va boshqa oʻsimliklar (chinor, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, gledichiya, eldor qaragʻayi, shumtol, yapon saforasi va boshqalar) roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil noyabr

3. “Dendrologiya” bogʻida shakllantirilgan roʻyxat asosida daraxt, buta va boshqa oʻsimliklar koʻchatlarini ekish.

2026 — 2030-yillar davomida

3.

Kichik aviatsiya yordamida daraxt urugʻlarini ekish orqali oʻrmonlarni qayta tiklash va monitoring qilish.

1. Davlat kosmik monitoringi orqali daraxt urugʻlari ekiladigan yer uchastkalarini aniqlash.

2026-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Kadastr agentligi

2. Kichik aviatsiya yordamida daraxt urugʻlarini ekish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

3. Ekilgan urugʻlarning koʻkarib chiqishi, oʻsishi va oʻrmonlarning qayta tiklanish jarayonlarini monitoring qilish.

2026 — 2028-yillar

4.

Termiz tumani va Termiz shahrida sunʼiy suv havzalarini tashkil etish orqali mikroiqlim sharoitini yaratish.

1. Sunʼiy suv havzalari tashkil etiladigan hududlarni aniqlash.

2026-yil may

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Suv manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqish.

3. Sunʼiy suv havzalarini tashkil etish.

2026 — 2028-yillar

5.

Sugʻorish imkoniyati boʻlmagan hududlarda nam saqlovchi usullardan foydalanish.

1. Afgʻon shamoli esadigan va sugʻorish imkoniyatlari cheklangan hududlarni aniqlash.

2. Aniqlangan hududlarda “yashil qoplama”larni yaratish.

3. Qurgʻoqchil hududlarda namlikni saqlash maqsadida mulchalash, suv saqlash uskunalari va gidrogel usullarini qoʻllash.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Surxondaryo viloyatining choʻl hududlarida oʻrmonlar barpo etiladigan hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtiriladigan hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

1. Oʻrmonlar barpo etiladigan hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtiriladigan hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

2. Loyiha-qidiruv ishlari natijasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari, yer tayyorlash usuli, texnologiyasi va koʻchat ekish sxemasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

3. Oʻrmonlar barpo etish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish.

4. Koʻchatlarni parvarishlashda resurs tejaydigan innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti,

Oʻrmon agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Oʻrmonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun zarur boʻlgan koʻchatlarni yetishtirish.

1. Oʻrmon xoʻjaliklarida intensiv texnologiyalar asosida zamonaviy koʻchatxonalarni tashkil etish.

2026-2027-yillar

Oʻrmon xoʻjaliklari uchun Surxondaryo viloyati mahalliy budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oʻrmon agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Mavjud koʻchatxonalarda koʻchatlarni parvarishlash (sugʻorish, oʻgʻitlash, qatorlar oralariga ishlov berish) hamda daraxt va butalarning urugʻlik va koʻchat zaxiralarini yaratish.

3. Zarur miqdordagi koʻchatlarni yetkazib berish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

8.

Mavjud elektron xaritalarga asosan degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Mavjud elektron xaritaga asosan degradatsiyaga uchragan yaylovlarni aniqlash.

2026-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Kadastr agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash choralarini koʻrish.

2026 — 2030-yillar

9.

Afgʻon shamoli kuzatiladigan chegara hududlarida eskirgan bogʻ, uzumzor va tutzorlar oʻrnida yangi intensiv bogʻ, uzumzor va tutzorlarni barpo etish.

1. Afgʻon shamoli kuzatiladigan hududlardagi eskirgan bogʻ, uzumzor va tutzorlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil may

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,

Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Intensiv bogʻ, uzumzor va tutzorlarni barpo etish.

3. Intensiv texnologiyalarni joriy qilish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

10.

Surxondaryo viloyatining Afgʻoniston davlati bilan chegaradosh hududlaridagi avtomobil yoʻllari, ichki ariqlar, kanallar va zovurlar boʻylarida manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish.

1. Surxondaryo viloyatining Afgʻoniston davlati bilan chegaradosh hududlaridagi avtomobil yoʻllari, ichki ariqlar, kanallar va zovurlar boʻylarini xatlovdan oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Xatlov natijasi boʻyicha aniqlangan yer uchastkalarida manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

3. Ekilgan koʻchatlarni oʻz vaqtida sugʻorish ishlarini tashkil etish.

2026 — 2030-yillar davomida

11.

Afgʻon shamoli taʼsirida yuzaga keladigan chang boʻronlarining salbiy taʼsiri kuzatiladigan hududlarni koʻkalamzorlashtirish, koʻchatlarni parvarishlash va ular nobud boʻlishining oldini olish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

1. Uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2026-yil may

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish.

2026-yil may

3. Koʻkalamzorlashtirish ishlari va koʻchatlarni parvarishlashda uslubiy qoʻllanmadan keng foydalangan holda, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish choralarini koʻrish.

2026 — 2030-yillar

II. Afgʻon shamolining aholi salomatligiga salbiy taʼsir etishi va turli kasalliklar tarqalishining oldini olish, shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish

12.

Afgʻon shamoli natijasida aholining salomatligi yomonlashuviga olib keluvchi turli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralarini koʻrish.

1. Afgʻon shamoli taʼsirida kelib chiqadigan kasalliklar turlarini oʻrganish.

2026-yil may

Mablagʻ talab etilmaydi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Kasalliklar kelib chiqishining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2026-yil may

3. Kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil may

13.

Surxondaryo viloyati aholisi orasida chang etiologiyasiga ega kasalliklar darajasi va dinamikasini tahlil qilish.

1. Skrining testlari, soʻrovnoma va suhbat oʻtkazish orqali aholi orasida kasalliklar tarqalish holatini oʻrganish.

2026-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Surxondaryo viloyatida kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

2026-2027-yillar

3. Kasalliklar darajasi va dinamikasini tahlil qilish.

2027-yil yanvar-fevral

14.

Afgʻon shamoli kuzatiladigan hududlarda tabiiy omillar taʼsirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, saqlash va ularni qayta tiklash boʻyicha ilmiy yechimlarini ishlab chiqish hamda yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish.

1. Afgʻon shamoli kuzatiladigan hududlarda tabiiy omillar taʼsirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, saqlash va ularni qayta tiklash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish.

2. Yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish.

2026 — 2030-yillar

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Afgʻon shamoli kuzatiladigan hududlar kengayishining oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

1. Afgʻon shamolining xususiyatlarini oʻrganish, mintaqaning geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning doirasi, kuchi va salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha ilmiy tadqiqot loyihalari tanlovini oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Surxondaryo viloyati

2. Afgʻon shamoli kuzatiladigan hududlar kengayishining oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

2027 — 2030-yillar

16.

Afgʻon shamoli vaqtida mahalliy aholini, ayniqsa, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni chang boʻronlarining salbiy taʼsirlaridan himoya qilish maqsadida sinf va mashgʻulot xonalaridagi havo sifatini yaxshilash choralarini koʻrish.

1. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2026-yil yanvar

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida chang boʻronlaridan saqlash, shamollatish va havo tozalash texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish.

2026-2027-yillar davomida

3. Samaradorligi yuqori va energiya tejamkor boʻlgan texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish.

2028-yil yanvar-fevral

17.

Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsiri darajasi boʻyicha geoaxborot xaritasini ishlab chiqish.

1. Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsiri kuzatiladigan hududlarning chegarasini aniqlash.

2. Afgʻon shamolining salbiy taʼsiri darajasi boʻyicha geoaxborot xaritasini ishlab chiqish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash uchun davlat kosmik monitoringi maʼlumotlaridan foydalanish.

1. Davlat kosmik monitoringi davomida olingan suratlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (kosmik surat olingan davr, uning fazoviy aniqligi, hududlar koordinatasi va boshqalar) tayyorlash.

2. Davlat kosmik monitoringi doirasida olingan suratlarni Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etish (maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan taqdirda, kosmik suratlar belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etiladi).

2026-2027-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi

19.

Termiz davlat universiteti huzurida afgʻon shamoli taʼsirini kamaytirish bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.

1. Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish.

2026-yil dekabr

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Ilmiy-tadqiqot markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2026-yil may

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini va kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil may

III. Afgʻon shamolidan aholini barvaqt ogohlantirish tizimini joriy etish, uning salbiy taʼsiri va oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

20.

Afgʻon shamolining oldini olish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Surxondaryo viloyatiga chegaradosh hududlarda chang boʻronlarining oldini olish boʻyicha Afgʻoniston davlati bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Yashil hududlarni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlarini jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-2027-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

21.

Afgʻon shamolining salbiy taʼsiri va oqibatlarini kamaytirish maqsadida koʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash.

1. Koʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash.

2026 — 2028-yillar

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Ekologiya qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2. Koʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklarni telekanallar hamda tuman va shaharlar markazlarida oʻrnatilgan LED ekranlar orqali namoyish qilish.

Doimiy

22.

Chang boʻronlari yuzaga kelganda, aholini toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish hamda afgʻon shamoli natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

1. Chang boʻronlari yuzaga kelganda, aholi oʻrtasida toʻgʻri harakat qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish.

2. Afgʻon shamoli natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 135-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda Sirdaryo viloyatining Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh tumanlarida shamol eroziyasining oldini olish maqsadida himoya oʻrmonzorlarini barpo etish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Ekilgan koʻchatlarning holatini ilmiy asosda oʻrganish.

1. Soha olimlari tomonidan ushbu hududda ekilgan koʻchatlarning sanitar holatini va koʻkarish darajasini joyida oʻrganish.

2026-yil may

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti,

Sirdaryo viloyati hokimligi

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha amaliy chora tadbirlarni belgilash va bosqichma-bosqich bajarish.

2026-yil iyun

3. Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish.

2026-yil noyabr

2.

Ihota daraxtzorlarini barpo etish maqsadida chegaradosh hududlarda xatlov oʻtkazish.

1. Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari chegara hududlarida oʻrmon barpo etiladigan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijasida yer egalari, yer toifasi va konturlar kesimida roʻyxatni shakllantirish.

Bir oy muddatda

Mahalliy budjet mablagʻlari

Kadastr agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari hokimliklari

3.

Ihota daraxtzorlari barpo etiladigan yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish.

1. Himoya oʻrmonzorlari tashkil etiladigan yer uchastkalarining yer toifasini belgilangan tartibda oʻzgartirish..

2. Ihota daraxtzorlari barpo etiladigan yer uchastkalarini tegishli tuman hokimligi zaxirasidan Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish.

Zaruratga koʻra, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli takliflarni kiritish.

2026-yil may

Mablagʻ talab etilmaydi

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi),

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(keyingi oʻrinlarda Oʻrmon agentligi)

4.

Ihota daraxtzorlari barpo etiladigan hududlarda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Koʻchatlar ekiladigan hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

2. Loyiha-qidiruv ishlari natijasida koʻchatlar ekiladigan yer uchastkalarining geografik nuqtalarini koʻrsatgan holda sxema (karta) ishlab chiqish.

3. Dastlabki oʻrganishlar natijasida aniqlangan 168 gektar (84 km) yer uchastkalarida loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan, daraxt turlarini tanlash, yer tayyorlash usuli, texnologiyasi va koʻchat ekish sxemasini ishlab chiqish.

4. Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2026 — 2028-yillar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti

5.

Oʻrmonlashtirish tadbirlari uchun zarur boʻlgan koʻchatlar zaxirasini yaratish.

1. Koʻchatlar zaxirasini yaratish maqsadida Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 4 tonna daraxt va butalarning urugʻlarini jamgʻarish.

2026 — 2028-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

2. Xoʻjalikning 10 gektar yer uchastkasida mahalliy va intensiv texnologiya asosida koʻchatxonalar tashkil etish.

3. Koʻchatxonalarda koʻchatlarni parvarishlash (sugʻorish, oʻgʻitlash, qatorlar oralariga ishlov berish) hamda daraxt va butalar koʻchatlarini yetishtirish.

4. Zarur miqdordagi koʻchatlarni ihota daraxtzorlarini barpo etish uchun yetkazib berish.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

6.

Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalari hududi orqali kirib keladigan shamol taʼsirida yuzaga keladigan tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida ihota (himoya) daraxtzorlarini barpo etish.

1. Tuproq turlari va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, belgilangan hududlarda ihota daraxtzorlari barpo etish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash.

2026-yil may

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi

2. Ihota oʻrmonzorlari tashkil etiladigan hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini tanlash.

3. Yer maydonlarini tayyorlash bilan bogʻliq agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.

4. Ihota daraxtzorlarini barpo etish ishlarini amalga oshirish.

2026 — 2028-yillar

7.

Koʻchatlar ekilgan hududlarda sugʻorish tizimlarini joriy etish.

1. Suv manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Sunʼiy suv havzalari tashkil etiladigan yoki tik quduqlar qaziladigan hududlarni aniqlash.

3. Koʻchatlar ekilgan hududlarda sugʻorish tizimlarini joriy etish.

4. Sugʻorish imkoniyati boʻlmagan hududlarda nam saqlovchi usullardan foydalanish.

2026 — 2028-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

8.

Ihota daraxtzorlarini barpo etish va yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

1. Hududda tabiiy omillar taʼsirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, saqlash va ularni qayta tiklash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish.

2. Yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan fundamental ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish.

2026 — 2028-yillar

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan dasturlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

9.

Ihota daraxtzorlari uchun ekilgan koʻchatlarni holati boʻyicha monitoring oʻtkazish.

1. Soha olimlari va tajribali mutaxassislari tomonidan ihota daraxtzorlari uchun ekilgan koʻchatlar holati boʻyicha monitoring oʻtkazish.

2. Monitoring natijalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish.

Har yili yil iyul, oktabr oylari

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti,

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti

10.

Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

1. Ekilgan koʻchatlarning fitosanitar holatini joyida oʻrganish boʻyicha soha olimlaridan iborat ilmiy ekspeditsiya tashkil etish.

2. Zararkunanda va kasalliklarning tarqalganlik holatini oʻrganish.

3. Oʻrganish va hisob-kitoblarga asosan belgilangan tartibda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish.

2026 — 2028-yillar, avgust, sentabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

1. Koʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash.

2026 — 2028-yillar

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

2. Koʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklarni telekanallar hamda radiokanallarda yoritib borish.

Doimiy

12.

Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etib borish.

Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borish.

2026 — 2028-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi Oʻrmon agentligi, Sirdaryo viloyati hokimligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2026-y., 09/26/135/0300-son)