1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Chang boʻronlariga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish | |||||
1. | Oʻzbekiston tomonidan Chang va qum boʻronlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini ishlab chiqish va uni SOR-16 muhokamasiga olib chiqish tashabbusini ilgari surish. | 1. Samarqand deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi kotibiyatiga taqdim qilish va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha diplomatik amaliyotlarni amalga oshirish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | |
3. Xalqaro platformalarda keng targʻib qilish. 4. Chang va qum boʻronlari boʻyicha BMT koalitsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish. | 2024-yil noyabr | ||||
5. SOR-16 doirasida Chang va qum boʻronlari boʻyicha Oʻzbekiston parallel sessiyasi (Side-Event)ni tashkil etish. | 2024-yil dekabr | ||||
6. SOR-16 muhokamasiga olib chiqish tashabbusini ilgari surish. | 2024-yil dekabr | ||||
2. | “Yaqin Sharq Yashil tashabbusi” (MEGI)da Oʻzbekistonning ishtiroki orqali chang boʻronlariga va choʻllanishga qarshi kurashish sohasiga grant loyihalarini jalb qilish. | 1. Tashabbuskor davlat (Saudiya Arabistoni)ga MEGIda Oʻzbekistonning toʻlaqonli aʼzo sifatida ishtirok etishi boʻyicha taklif tayyorlash va kiritish. | 2025-yil mart | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
3. | Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaylovlarni choʻllanishdan himoya qilish va tiklash boʻyicha hamkorlik qilish. | 1. Yaylovlarni choʻllanishdan himoya qilish boʻyicha davlatlararo ishchi guruh tuzish. | 2025-yil aprel | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
2. Markaziy Osiyo mintaqasi uchun choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha submintaqaviy harakatlar rejasi va yer degradatsiyasi neytralligi strategiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Mablagʻ talab etilmaydi | |||
3. Submintaqaviy harakatlar rejasi va strategiyaga asosan degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, unumdorligini saqlash, degradatsiyasining bazaviy holatini aniqlash, tuproqning uglerod zaxirasi, yer qoplami, yerlarning hozirgi holatini aniqlash va baholash. | Doimiy | Davlat budjetining yillik ajratiladigan mablagʻlari | |||
4. Yer usti ekotizimlarini himoya qilish, tiklash va ulardan barqaror foydalanishni ragʻbatlantirish yoʻnalishidagi ishlarni yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | Mablagʻ talab etilmaydi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
5. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ekotizimlarni xatlovdan oʻtkazish, baholash va xaritalashning yagona metodologiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
6. Ishlab chiqilgan metodologiya asosida ekotizmlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularning xaritasini tuzish. | 2026-yil dekabr | Davlat budjetining yillik ajratiladigan mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
4. | Markaziy Osiyo davlatlari bilan muloqotlarda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etish masalasini ilgari surish. | 1. Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan muzokaralar oʻtkazish. Bunda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yoʻnalishi va hajmi, moliyalashtirish manbai va miqdori, doimiy ekspert maslahatlashuvini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. 2. Muzokaralar natijasi boʻyicha kelishilgan takliflarni tayyorlash. | 2025-yil davomida | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
5. | Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish sohasida rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi hamda normativ-huquqiy bazasini oʻrganish va tahlil qilish. 2. Tajriba almashish hamda iqtidorli mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborishni tashkil qilish. 3. Sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan davlat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining integratsiyalashuvini taʼminlash. 4. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etish. | 2024 — 2030-yillar | Xorijiy loyihalar doirasida va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar | Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. | 1. Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha ilgʻor tajribalar va zamonaviy usullarni joriy etish yuzasidan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. 2. Qoʻllanmani birinchi navbatda chang boʻronlaridan aziyat chekayotgan hududlarga va respublika miqyosida tatbiq etish. 3. Chang boʻronlarining zararli taʼsirini kamaytirishga qaratilgan koʻp yillik maʼlumotlarni tahlil qilish va tavsiyalarni ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Homiylik va grant mablagʻlari | Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. Chang boʻronlarini prognoz va monitoring qilish tizimini takomillashtirish, aholini barvaqt ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish | |||||
7. | Oʻzbekiston hududida chang va qum boʻronlarini monitoring qilish tarmogʻini kengaytirish va takomillashtirish. | 1. Chang va qum boʻronlari shakllanadigan va tez-tez sodir boʻladigan hududlarda, xususan Orolboʻyi mintaqasida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va tumanlarida chang va qum boʻronlari monitoringini olib boruvchi stansiyalar tarmogʻini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish. | 2024 — 2028-yillar | Homiylik va grant mablagʻlari | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Toshkent, Termiz, Buxoro va Nukus shaharlarida aerologik stansiyalar (kuzatuvlar) tarmogʻini tiklash. | 2024-2025-yillar | ||||
3. Termiz, Samarqand, Urganch shaharlarida meteorologik radiolokator tarmogʻini kengaytirish. | 2024-2025-yillar | ||||
4. Andijon, Namangan, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Nurafshon, Toshkent va Fargʻona shaharlarida atmosfera havosining ifloslanishini, shu jumladan, mayda zarrachalarni nazorat qiluvchi avtomatik stansiyalar tarmogʻini kengaytirish. | 2024-2025-yillar | ||||
5. Respublikaning tuman va shaharlarida atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiyalarni oʻrnatish. | 2025-yil davomida | ||||
8. | Chang va qum boʻronlarining sodir boʻlishi va rivojlanishi monitoringi boʻyicha Markaziy Osiyo Milliy gidrometeorologik xizmatlari oʻrtasida muntazam axborot almashish uchun mintaqaviy maʼlumotlar bazasini yaratish. | 1. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy loyihalar doirasida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, tajriba va texnologiyalar almashish orqali chang va qum boʻronlari sodir boʻlishini prognoz qilish sohasida salohiyatni mustahkamlash. | 2024 — 2026-yillar | Xalqaro moliya institutlari, vazirlik va idoralarning jamgʻarma mablagʻlari | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Xitoyda joylashgan chang va qum boʻronlarini prognoz qilish boʻyicha Osiyo mintaqaviy markazining prognoz mahsulotlarini Oʻzbekiston hududiga moslashtirish. | 2025-yil davomida | ||||
3. Butunjahon meteorologik tashkilotining noqulay ob-havo prognozi loyihasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlaridan birida chang va qum boʻronlarini bashorat qilish boʻyicha mintaqaviy ixtisoslashtirilgan meteorologiya markazini yaratish. | 2025-2026-yillar | ||||
9. | Sunʼiy yoʻldosh va yerni masofadan zondlash maʼlumotlaridan foydalangan holda chang boʻronlarini monitoring qilish va prognozlash tizimini ishlab chiqish. | 1. Sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. 2. Tuproq sharoitlarini meteorologik sharoitlar bilan birlashtirgan holda ilmiy-tahliliy oʻrganishlarni amalga oshirish. 3. Oʻrganishlar natijasida tuproq va meteorologik sharoitlar holati boʻyicha xarita yaratish. 4. Chang va qum boʻronlarining sodir boʻlishini monitoring qilish va prognozlash tizimini ishlab chiqish. | 2024 — 2030-yillar | Grant loyihalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
10. | Qum va chang boʻronlaridan aholini erta ogohlantirish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 1. Hududlarda aholini xavfli gidrometeorologik hodisalardan, jumladan, qum va chang boʻronlari sodir boʻlishidan erta ogohlantirish tizimini ishlab chiqish. | 2024 — 2030-yillar | Grant loyihalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
2. Chang boʻronlari sodir boʻlishidan erta ogohlantirish tizimining mobil internet platformasini yaratish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Erta ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali milliy platforma va ifloslanish darajasi boʻyicha kartogramma yaratish. 4. Amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda amaliyotga tatbiq etish. | 2025-2026-yillar | ||||
11. | Ob-havo va iqlimga oid maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish tizimini takomillashtirish orqali iqlim xavfini baholash va kamaytirish. | 1. Ob-havo va iqlimga oid maʼlumotlarni taqdim etish tizimini takomillashtirish. 2. Maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish. | Doimiy | Grant loyihasi mablagʻlari | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
12. | Chang boʻronlarini prognoz qilish va aholini erta ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyishda matematik va dasturiy taʼminotlar uchun dastlabki va doimiy maʼlumotlarni olish tizimini yaratish. | 1. Dastlabki va doimiy maʼlumotlarni uzatishda AQMS (Air Quality Monitoring System) tizimini ishlab chiqish. 2. Ushbu tizimni amaliyotga tatbiq etish. | 2024 — 2027 yillar | Grant loyihasi mablagʻlari | Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
13. | Aholini chang boʻronlaridan himoyalash va uning turmush tarziga salbiy taʼsirini kamaytirish, aholini chang boʻronlari sodir boʻlganda amalga oshiriladigan tezkor chora-tadbirlar boʻyicha tayyorlash va koʻnikmalar berish. | 1. Chang boʻronlarining atrof-muhitga va aholining sanitar turmush tarziga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida sanitar-oqartuv ishlarini olib borish. 2. NNT tashkilotlarini jalb qilgan holda aholi uchun maxsus koʻrsatuvlar, videoroliklar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil qilish, reklamalar tayyorlash, koʻrgazmali stendlar namoyish qilish. 3. Tayyorlangan maxsus koʻrsatuvlar va reklamalarni OAV orqali keng ommaga yetkazish. | Doimiy | Ekologiya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Ekologiya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, AOKA, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya |
III. Mamlakat hududlarida, ayniqsa, choʻlga aylanayotgan hududlarda chang va qum boʻronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatish | |||||
14. | Surxondaryo viloyatida afgʻon shamolining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 2024–2030-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 1. Dastur va uni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmonlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tajribalaridan keng foydalanish, sohaga olim va mutaxassislarni keng jalb etish, moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
15. | Geografik axborotlar tizimi (GAT) texnologiyalari asosida masofadan zondlash orqali chang boʻronlari sodir boʻladigan va respublikamizga kirib keladigan chegara hududlarni aniqlash hamda mazkur chang boʻronlariga qarshi “Yashil qoplamalar” yaratish. | 1. Oʻzbekiston bilan chegaradosh boʻlgan mamlakatlarning chegaradosh qismlarida chang boʻronlari sodir boʻladigan va kirib keladigan chegara hududlarni Geografik axborotlar tizimi (GAT) texnologiyalari orqali aniqlash. 2. Aniq hisob-kitoblarni ishlab chiqish. 3. Mazkur chang boʻronlariga qarshi “Yashil qoplamalar”ni yaratish. | 2025 — 2030-yillar | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar | Ekologiya vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
16. | Chang boʻronlari sodir boʻladigan hududlarda oʻrmonlarni qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Chang boʻronlari sodir boʻladigan hududlarni aniqlash. 2. Aniqlangan hududlarda oʻrmonlarni qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini barpo etish parametrlarini va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. 3. Oʻrmonlarni qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 4. Oʻrmonlarni barpo etishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish. | 2024 — 2030-yillar | Xalqaro moliya va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari | Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
17. | Togʻ va togʻoldi hududlarida 15 ming gektar maydonda oʻrmonlar tashkil qilish orqali chang boʻronlarining oldini olish. | 1. Togʻ va togʻoldi hududlarida eroziya va degradatsiyaga uchragan maydonlarni aniqlash. 2. Ushbu hududlarda himoya oʻrmonlari tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Loyiha-smeta hujjatlari asosida himoya oʻrmonlari tashkil qilish. | 2025 — 2030-yillar | Mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar, Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
18. | Hududlarda past rentabelli, eskirgan, siyraklashib ochiq maydonga aylangan bogʻ va uzumzorlar oʻrnida yangi intensiv bogʻ-tokzorlar barpo qilish hisobiga yashil hududlarni koʻpaytirish. | 1. Hududlarda past rentabelli eski bogʻ va tokzorlarning roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil dekabr | Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Roʻyxat asosida samarasiz bogʻ-tokzorlar oʻrniga intensiv bogʻ-uzumzorlar barpo etishda mahsulot yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash. | Doimiy | ||||
3. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini yangi intensiv bogʻ-tokzorlar tashkil etishga jalb etgan holda, ularga zarur resurslar yetkazib berilishida amaliy yordam berish. | Doimiy | ||||
19. | Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olishga qaratilgan innovatsion loyihalarga davlat buyurtmasini shakllantirish va tanlov eʼlon qilish. Bunda ushbu sohada amalga oshiriladigan fundamental va amaliy loyihalar avval bajarilgan loyihalarning mantiqiy davomi ekanligini inobatga olish va loyihalarni uzluksiz davom ettirishni nazarda tutish. | 1. Loyiha mavzularini shakllantirish va oʻrnatilgan tartibda Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish. 2. Davlat dasturlari doirasida loyiha mavzularini eʼlon qilish. 3. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish. | Doimiy | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, tashabbuskorlar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
20. | Respublikaning sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan adir, togʻoldi va tekislik hududlarida daraxt, buta va koʻchatlar ostidagi namlikni saqlash va oʻgʻitlashning mulchalash usulini qoʻllash, choʻl va chalachoʻl mintaqalarida koʻchat ekish va parvarishlashda gidrogel mahsulotlarini qoʻllashni joriy etish. | 1. Sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan hududlarda daraxt, buta va koʻchatlar ekish va parvarishlashda ular ostidagi namlikni saqlash va oʻgʻitlash maqsadida mulchalash usuli hamda gidrogel mahsulotidan foydalanish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va tarqatish. 2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan adir, togʻoldi va tekislik hududlarda daraxt, buta va koʻchatlar ekish hamda parvarishlashda mulchalash usulini, shuningdek, choʻl va chalachoʻl hududlarda gidrogel mahsulotini qoʻllash choralarini koʻrish. | 2025-2026-yillar | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, tashabbuskorlar mablagʻlari | Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
IV. Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish | |||||
21. | Qurilishga ruxsat beruvchi ruxsatnomalarni berishda qurilish maydonlarida chang va qum zarralarining havoga koʻtarilish ehtimoli koʻp boʻlgan qismlariga, qurilish hududiga avtotransportlar kirib-chiqish yoʻlaklariga osma yomgʻirlatgich oʻrnatish yuzasidan qatʼiy talablar kiritish. | Qurilishga ruxsat beruvchi ruxsatnomalarni berishda qurilish maydonlarida chang va qum zarralarining havoga koʻtarilish ehtimoli koʻp boʻlgan qismlariga suv purkagichlar, qurilish hududiga avtotransportlarni kirib-chiqish yoʻlaklariga osma yomgʻirlatgich va suv purkagichlar oʻrnatish yuzasidan qatʼiy talablar kiritish. | 2025-yil aprel | Mablagʻ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
22. | Respublika miqyosida maydoni 500 kvadrat metrdan oshadigan qurilish maydonlaridan maxsus avtotransport vositalarini yuvmasdan yoʻllarga chiqarilmasligi ustidan nazorat oʻrnatish. Har bir qurilish maydonlari hududiga maxsus yuvish moslamalari (moyka) oʻrnatilishini taʼminlash. | 1. Shaharsozlik normalari va qoidalarida qurilish maydonlari hududida maxsus yuvish moslamalarini (moyka) oʻrnatish majburiyatini belgilash. | 2025-yil aprel | Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hamda qurilish tashkilotlari mablagʻlari hisobidan | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Har bir qurilish maydonlari hududiga maxsus yuvish moslamalarini (moyka) oʻrnatish. | Doimiy | ||||
3. Qurilish maydonlaridan maxsus avtomashinalarni yoʻllarga yuvmasdan chiqarmaslik ustidan nazorat oʻrnatish. | Doimiy | ||||
V. Yaylovlarning geobotanik xaritalarini tuzish va degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash | |||||
23. | Yaylovlardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, mahalliy yaylov oʻsimliklarining navlarni yaratish, yaylov ekinlari urugʻchiligining ilmiy asoslarini va choʻlda intensiv ozuqa ishlab chiqarishning adaptiv tizimini ishlab chiqish. | 1. Yaylov oʻsimliklarining urugʻchilik uchastkalarini aniqlash. | 2024-2025-yillar | Grant mablagʻlari hisobidan | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
2. Urugʻchilik bazalarini yaratish, yaylov urugʻchiligining ilmiy asoslarini va choʻlda intensiv ozuqa ishlab chiqarishning adaptiv tizimini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. Xalqaro tajribalar asosida degradatsiya va choʻllanishga uchragan yaylovlarni tiklash boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish. | 2026 — 2030-yillar | ||||
24. | Degradatsiyaga uchragan yaylov uchastkalarini aniqlash, geobotanik, tuproq, melioratsiyasi boʻyicha izlanishlar oʻtkazish hamda ularning elektron xaritalarini yaratish. | 1. Yaylovlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni tashkil etish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda: degradatsiyaga uchragan yerlarning biologik xilma-xilligini aniqlash, baholash va uning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganish; choʻl, yarimchoʻl, togʻ, togʻoldi va tekisliklardagi suv bilan taʼminlangan va suv bilan taʼminlanmagan yaylovlardan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish meʼyorlari (pichan oʻrish, chorva mollarini oʻtlatish normalari) va muddatlarini tasdiqlash; yaylovlarda bir yillik oʻtlar bioxilma-xilligini saqlab qolish va oʻsimliklarni koʻpaytirish zonalarini belgilash. 2. Degradatsiyaga uchragan uchastkalar maydonlari roʻyxatini tuzish va ular joylashgan hududlarning elektron xaritasini ishlab chiqish. 3. Dala izlanishlari hajmi, turi va uchastkalarning joylardagi chegaralarini aniqlash. 4. Uchastkalarning juda murakkab sharoitlarini aniqlash (eroziyaga uchrash, zaxlanish, shoʻrlanish, choʻllanish) va ularni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 5. Oʻsimliklarni bioiqlimiy tarkibi va uni almashtirishning maqsadga muvofiqligini baholash, bunda, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimlik turlarini saqlashni hisobga olish. | 2024 — 2030-yillar | Davlat budjetining yillik ajratiladigan mablagʻlari, grant mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
25. | Degradatsiyaga uchragan yaylov uchastkalarining elektron xaritalariga asosan tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xaritaga asosan degradatsiyaga uchragan yaylovlarni bosqichma-bosqich tiklanadigan hududlarni aniqlash. 2. Aniqlangan hududlarda yaylov mahsuldorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2024 — 2030-yillar | Davlat budjetining yillik ajratiladigan mablagʻlari, grant mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Ekologiya vazirligi |
26. | Qurgʻoqchilik, tuproq shoʻrlanishi va choʻlning boshqa ekstremal sharoitlariga bardoshli choʻl ozuqabop oʻsimlik turlarini tanlab olish, mahalliy sharoitlarga mos navlarini yaratish va ularni parvarishlashning agrotexnik asoslarini ishlab chiqish (Samarqand viloyati Qarnabchoʻl sharoitida). | 1. Respublikamiz viloyatlari boʻylab ozuqabop turlar urugʻlarini yigʻish. 2. Ozuqabop turlar genofondi kolleksiyasini yaratish. 3. Kolleksiya koʻchatzorlaridagi mavjud tur va namunalarni ekologo-biologik va xoʻjalikbop xususiyatlari boʻyicha qiyosiy baholash va seleksiya manbai sifatida tanlab olish. 4. Istiqbolli ekin turlari va namunalarini parvarishlashning agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish. 5. Istiqbolli turlarning xoʻjalikbop belgilarini seleksiya-tanlov ishlari orqali yaxshilash va mahalliy navlarni yaratish. | 2024 — 2030 yillar | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
27. | Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Muborak tumanlarida tajriba tariqasida choʻl ozuqabop oʻsimliklarning istiqbolli navlari urugʻchilik maydonini tashkil etish va urugʻ ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Choʻl ozuqabop oʻsimliklarning urugʻchilik uchastkalarini tashkil etish uchun yer maydonlarini aniqlash. | 2024-2025-yillar | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
2. Mahalliy sharoitlarda choʻl ozuqabop oʻsimlik turlari va navlarini sinovdan oʻtkazish. | 2024 — 2026-yillar | ||||
3. Sinov natijalariga koʻra oʻsimliklarning istiqbolli navlarini tanlab olish. | 2025-2026-yillar | ||||
4. 50 gektar maydonda urugʻchilik ekinzorlarini barpo etish va urugʻ ishlab chiqarish. | 2025-2026-yillar | ||||
5. Gʻuzor va Muborak tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida choʻl ozuqa urugʻchilik uchastkalarini yaratish va ekish. | 2026 — 2030-yillar | ||||
28. | Orolboʻyi hududi yaylovlarining inqirozini baholash tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish. | 1. Ustyurt platosi yaylovlari oʻsimliklarini “Oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri”ning “Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari tematik qatlami” ga kiritish, yaylovlarga taʼsir qiluvchi inqiroz omillarini tasniflash, ushbu omillar asosida yaylovlarning inqiroz xaritasini tuzish. | 2024-yil dekabr | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Ekologiya vazirligi |
2. Shimoli-gʻarbiy Qizilqum (Qoraqalpoq Qizilqumi) yaylovlari oʻsimliklarini “Oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri”ning “Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari tematik qatlami”ga kiritish, yaylovlarga taʼsir qiluvchi inqiroz omillarini tasniflash va ushbu omillar asosida yaylovlarning inqiroz xaritasini tuzish. | 2025-yil dekabr | ||||
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Atmosfera havosini monitoring qilishning zamonaviy tizimini tashkil etish | |||||
1. | Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalarini ifloslantiruvchi moddalar darajasini oʻlchash uchun gazoanalizatorlar bilan jihozlash ishlarini tashkil etish. | 1. Gazoanalizatorlarni sotib olish boʻyicha texnik shartlar ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqaruvchi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (yoki rasmiy diler orqali) yillik texnik xizmat koʻrsatish va mutaxassislarni oʻqitish sharti bilan kamida 30 dona qurilma xarid qilish. 3. Qurilmalarni Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalariga topshirish. | Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazining 2025-yildagi mablagʻlari (Ekologiya vazirligining dividend mablagʻlari) | 2026-yil sentabr-oktabr | Ekologiya vazirligi |
2. | Toshkent shahri uchun qoʻshimcha 25 ta fon monitoringi boʻyicha avtomatlashtirilgan stansiyalarni xarid qilish. | 1. Toshkent shahrini toʻliq qamrab olish uchun avtomatlashtirilgan stansiyalarni sotib olish boʻyicha loyiha taklifini ishlab chiqish. | Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan jarimalar, kompensatsiya toʻlovlari va utilizatsiya yigʻimlari | 2025-yil aprel | Ekologiya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
2. Fon monitoringi boʻyicha avtomatlashtirilgan stansiyalarni tumanlar kesimida joylashishini aniqlash. | 2025-yil may | ||||
3. Grant mablagʻlarini jalb qilish uchun potensial donorlar bilan muzokaralar olib borish. | 2025-yil may — avgust | ||||
4. Texnik talablarga muvofiq avtomatlashtirilgan stansiyalarni sotib olish va oʻrnatish. | 2026-yil fevral | ||||
5. Oʻrnatilgan stansiyalarni Ekologiya vazirligining Situatsion markaziga integratsiya qilish va atmosfera havosining sifati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish uchun onlayn rejimda oʻrnatilgan tablolar va monitorlarga maʼlumotlarni uzatishni taʼminlash. | 2026-yil may | ||||
3. | Atmosfera havosining sifati boʻyicha ekologik maʼlumotlarni joylashtirish uchun maxsus tablo va monitorlarni oʻrnatish maqsadida Ekologiya vazirligiga yer uchastkalarini ajratish. | 1. Reklama monitorlari va tablolarini oʻrnatish uchun joy ajratish maqsadida shaharning markaziy koʻchalarida, jamoat joylarida kamida 20 ta yer uchastkasini aniqlash. | Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan jarimalar, kompensatsiya toʻlovlari va utilizatsiya yigʻimlari | 2025-yil iyun | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya vazirligi |
2. Ekologiya vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha belgilangan tartibda qaror qabul qilish. | 2025-yil avgust | ||||
4. | Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga mansub boʻlgan korxonalarning sanitariya-muhofaza zonalarida atmosfera havosi sifatini monitoring qilish uchun avtomatlashtirilgan stansiyalar oʻrnatish. | 1. Ekologiya vazirligi bilan fon monitoringi boʻyicha avtomatlashtirilgan stansiyalar uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va kelishish. | Korxonalarning oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari | 2025-yil sentabr | Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, korxona va tijorat banklari rahbarlari |
2. Ekologiya vazirligi bilan kelishilgan texnik shartlar asosida stansiyalarni sotib olish uchun imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Korxonalar tomonidan fon monitoringi boʻyicha avtomatlashtirilgan stansiyalarni belgilangan tartibda sotib olish. | 2026-yil mart | ||||
4. Stansiyalarni sertifikatlash, oʻrnatish va Ekologiya vazirligining Situatsion markaziga ulash. | 2026-yil may | ||||
5. | Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga mansub boʻlgan sanoat korxonalarining ifloslantiruvchi ustuvor manbalarida chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish. | 1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi tashkillashtirilgan ustuvor manbalarda chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va kelishish. | Korxonalarning oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari | 2025-yil iyun | Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, korxona va tijorat banklari rahbarlari |
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi ustuvor manbalarida oʻrnatish uchun chang-gaz tozalash uskunalarini yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish boʻyicha shartnomalar tuzish. | 2025-yil sentabr | ||||
3. Chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish va ishga tushirish ishlarini yakunlash. | 2025-yil noyabr | ||||
6. | Toshkent viloyati va Toshkent shahrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub boʻlgan sanoat korxonalari atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish. | 1. Toshkent viloyatida joylashgan 173 ta sanoat korxonasi hududi va ularga tutash hududlarda 1,3 mln tup daraxt koʻchatlari ekishni tashkillashtirish. 2. Toshkent shahrida 30 ta sanoat korxonasi hududi va tutash hududlarida 300 ming tup daraxt koʻchatlarini ekish. | Korxonalarning oʻz mablagʻlari | 2025-yil bahor va kuz mavsumida | Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi |
7. | Korxonalar tomonidan ifloslantiruvchi ustuvor manbalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida havo monitoringi boʻyicha avtomatik stansiyalarini shuningdek, yangi chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini muntazam ravishda oʻrganish. | 1. Korxonalar roʻyxatini, tadqiqotni oʻtkazish uchun soʻrovnomani va grafikni shakllantirish va Biznes-Ombudsman bilan kelishish. 2. Korxonalarni belgilangan tartibda oʻrganish. 3. Havoni ifloslantiruvchi ustuvor manbalarida va sanitar-muhofaza zonalarida avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek yangi chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmagan taqdirda samarali choralar koʻrish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatini toʻxtatish. | Korxonalarning oʻz mablagʻlari | Belgilangan tartibda jadvalga muvofiq har oyning 5-sanasiga qadar | Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, tegishli vazirlik va idoralar |
8. | Noqulay meteorologik sharoit boʻyicha tezkor gidrometeorologik axborot, (shtorm) ogohlantirish berilganda yirik korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish quvvatlarini vaqtincha pasaytirishni yoʻlga qoʻyish (maxsus huquqiy rejimga ega va strategik obyektlar bundan mustasno). | Noqulay meteorologik sharoit eʼlon qilinganda: a) birinchi bosqichda ruxsat etilgan meʼyoriy miqdordan (REMM) bir marta oshsa, korxona va tashkilotlar tomonidan atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdorini 15 — 20 foizga qisqartirish; b) ikkinchi bosqichda REMMdan uch marta oshsa, 20 — 40 foizga qisqartirish; v) uchinchi bosqichda REMMdan besh marta oshsa, 40 — 60 foizga qisqartirish boʻyicha koʻrsatma xatlarini chiqarish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Doimiy | Ekologiya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
9. | Koʻmir bilan ishlaydigan issiqxonalarda samaradorligi kamida 99,5 foiz boʻlgan sertifikatlangan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish. | 1. Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash hududlarida koʻmir yoqilgʻisidan foydalaniladigan issiqxonalarni xatlovdan oʻtkazish. | Xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari | 2025 yil may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Koʻmirdan foydalanishning atmosfera havosiga salbiy taʼsirini tushuntirish uchun tadbirkorlik subyektlari tegishli bilan uchrashuvlar va tadbirlar tashkil etish. | 2025 yil mart — avgust | ||||
3. Koʻmir bilan ishlaydigan issiqxonalarda samaradorligi kamida 99,5 foiz boʻlgan sertifikatlangan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish. | 2025 yil oktabr | ||||
II. Avtotransport vositalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirish | |||||
10. | “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni bosqichma-bosqich cheklash. | 1. Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlarida “Yevro-4” standartidan past boʻlmagan yoqilgʻi mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chuqur modernizatsiya qilish ishlarini olib borish va respublika hududiga “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisi importini taqiqlash. | Mablagʻ talab etilmaydi Korxonalarning oʻz mablagʻlari, kredit va investitsiyalar | 2025 — 2027-yillar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Energetika vazirligi |
2. “Yevro-4” standartidan (AI-80) past boʻlgan ekologik toifadagi motor yoqilgʻilaridan foydalanishni taqiqlash. | 2028-yildan boshlab | Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Buxoro NQIZ” AJ, “Saneg” XK MCHJ, “Fargʻona NQIZ” MCHJ | |||
11. | Jamoat transportini bosqichma-bosqich elektr va gaz ballonli yoqilgʻi tizimiga oʻtkazish. | 1. Elektr va gaz ballonli yoqilgʻi tizimiga oʻtkazish uchun mavjud foydalanilayotgan transport vositalarini xatlovdan oʻtkazish va transport vositalariga boʻlgan talabni oʻrganish. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2025-yil may | Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
2. 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan barcha koʻchma jamoat transporti vositalarini elektr va gaz ballonli yoqilgʻi tizimiga muddatidan oldin oʻtkazish choralarini koʻrish. | 2025 — 2027-yillar davomida | ||||
12. | Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish orqali Toshkent shahrida jamoat transporti ustuvorligini taʼminlash. | 1. Markaziy shaharlarda transport va piyodalar oqimlarining kesishish nuqtalari sonini kamaytirish, alohida avtobus yoʻllarini tashkil etish orqali tezkor avtobus yoʻnalishlari (BRT) tizimini joriy etish. 2. Chorrahalarda avtobuslarning ustuvor harakatini taʼminlash maqsadida yoʻllarni rekonstruksiya qilish. 3. Yoʻlovchilar va yoʻnalishli taksilarning xavfsiz va toʻsiqsiz harakatlanishini hisobga olgan holda bekatlarni rekonstruksiya qilish. 4. Zarur boʻlganda, transport oʻtish joylarini tashkil etish. | Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari | 2025-yil davomida | Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
III. Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish | |||||
13. | Atmosfera havosining sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan mikroiqlim barqarorligini taʼminlash maqsadida sunʼiy suv havzalari va koʻllar tashkil etish. | 1. Aholi zich joylashgan ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega obyektlarda mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash zarurligini oʻrganish. | Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlar mablagʻlari | 2025-yil mart | Toshkent shahar hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Toshkent shahrida tadbirkorlik subyektlari va xususiy biznes vakillarini jalb etgan holda moʻtadil mikroiqlim, sifatli atmosfera havosini taʼminlash maqsadida sunʼiy suv havzalari va koʻllar tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. Moʻtadil mikroiqlim, sifatli atmosfera havosini taʼminlash maqsadida sunʼiy koʻllar va suv rezervuarlarini tashkil etish. | Dasturda belgilangan muddatlarda | ||||
14. | Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish. | 1. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha yer maydonlarini aniqlash. | Toshkent viloyati va Toshkent shahri mahalliy budjeti hamda qoʻshimcha manbalari mablagʻlari, vazirlik va idoralar budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025 yil aprel-may | Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Aniqlangan yer maydonlarida “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil may | ||||
3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalarni sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash; | 2025-yil may | ||||
4. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimiyatlarining yer ajratish boʻyicha qarorlarini qabul qilish. 5. 2024 — 2026-yillarda Toshkent viloyatining jami 441 gektar, jumladan: 2024-yilda 129 gektar, 2025-yilda 148 gektar hamda 2026-yilda 164 gektar maydonda “yashil belbogʻ” tashkil etish. | 2025-yildan boshlab dastur asosida | ||||
15. | Toshkent shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining daraxt va butalarga ishlov berish boʻyicha malakasini oshirish. | 1. Daraxt va butalarga ishlov berish boʻyicha Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Daraxt va butalarni toʻgʻri kesish, shuningdek, ularni ehtiyotkorlik bilan parvarishlash boʻyicha Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining malakasini oshirish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | 2025 yil may | Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Fanlar akademiyasining Botanika Instituti, Toshkent shahar hokimligi |
17. | Atrof-muhitga taʼsiri koʻrsatishning I va II toifasiga mansub sanoat korxonalarida, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan issiqxona xoʻjaliklarida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi boʻyicha atrof-muhit monitoringi doirasida tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi boʻyicha ekologik monitoringni amalga oshirish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Doimiy ravishda | Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Oʻtkazilgan ekologik monitoring yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumot kiritish. | Oʻrganish yakunlari boʻyicha | ||||
18. | Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etishni amaliyotga tatbiq etish va maʼlum bir davr oraligʻida majburiy tartibda ularning malakasini oshirib borish. | 1. Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etish amaliyotini joriy etish. 2. Sanoat korxonalari mutaxassislarining malakasini majburiy ravishda muntazam oshirib borish. 3. Chang-gaz tozalash uskunalari, mahalliy oqova suvlarni tozalash inshootlari, avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalarini oʻrnatish talablari, shuningdek, Parij bitimi boʻyicha issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha mamlakat majburiyatlarini bajarish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish. | Korxonalarning oʻz mablagʻlari | Doimiy ravishda | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ekologiya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |