30.03.2026 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida olib borilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilgani va uning tarkibi tasdiqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish, qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasining ishchi organi etib O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi ishchi organi quyidagi takliflarni Respublika komissiyasiga kiritib borsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor konyunkturasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari, jumladan, import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot turlarini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning istiqbollarini belgilash;

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat balansidagi importga bog‘langan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 123-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat balansidagi importga bog‘langan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirishni ko‘paytirish, ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning istiqbollarini belgilovchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika komissiyasining qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlisi bayonnomasiga uning a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi hamda majlis bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kuyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat balansidagi importga bog‘langan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib o‘zgartirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yil uchun shakllantirilgan oziq-ovqat mahsulotlari balansining prognozlari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) ekinlarni turlari bo‘yicha joylashtirish yuzasidan ma’lumotlar tahlili natijalarini ko‘rib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari turlariga bo‘lgan talabdan va narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda mahsulotlarning doimiy intervensiyasini yo‘lga qo‘yish va mavsumiy zaxira qilishda bozor tamoyiliga asoslangan narxlarni barqarorlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika komissiyasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlariga muvofiq yer maydonlarida ekinlarning joylashtirish ulushlariga hududlar ixtisosligidan kelib chiqqan holda, muayyan tuman bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun shakllantirilgan oziq-ovqat mahsulotlari balansining prognozlari va Agroportalda ekinlarni turlari bo‘yicha joylashtirish yuzasidan ma’lumotlar shakllantirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinlarni turlari bo‘yicha joylashtirish yuzasidan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali ekinlar turlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ulushini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinlarni turlari bo‘yicha joylashtirish rejasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari balansidagi ehtiyoj o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlaydi, agar nomuvofiqliklar aniqlansa, tezkor choralar ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mutasaddi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Respublika komissiyasining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi takliflarni puxta ishlab chiqish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq yer maydonlarida ekinlarning joylashtirish ulushlariga hududlar ixtisosligidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni ko‘rishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishini tashkil etishi va nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga yuklangan boshqa vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika komissiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi a’zolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlislari kun tartibini va chaqirilishini belgilash bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni tashkil etadi, har chorakda muhokamasini o‘tkazib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat ko‘ra Respublika komissiyasi ishida ishtirok etish uchun uning tarkibiga kirmaydigan mansabdor shaxslar va boshqa shaxslarni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi raisi o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika komissiyasi a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat balansidagi importga bog‘langan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi muhokama qiladigan masalalar bo‘yicha xulosalarni Respublika komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va tegishli davr mobaynida asosiy ish joyidagi ular uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shart-sharoitlar saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi ish rejasi loyihasini tayyorlaydi va navbatdagi majlisga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, bunda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar va Respublika komissiyasi a’zolaridan zarur ma’lumot va xulosalarni olish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etadi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlisi o‘tkazilishini, jumladan, majlisning kun tartibini, o‘tkaziladigan vaqti va joyini, shuningdek, taklif etiladiganlarning soni va tarkibini Respublika komissiyasi raisi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi a’zolarini va taklif etilganlarni majlis o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi qarorlarining bajarilishi bo‘yicha monitoring yuritadi va uning natijalarini Respublika komissiyasi raisiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlisi qarorlari bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan majlis bayonnomasini Respublika komissiyasi a’zolariga hamda zaruratga ko‘ra, boshqa mutasaddi tashkilotlarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mutasaddi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor konyunkturasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmlari, jumladan, import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot turlarini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning istiqbollarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish, mahalliy korxonalarga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi hamda Respublika komissiyasiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika komissiyasi har chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika komissiyasi o‘z ishini tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va majlislarni, zaruratga ko‘ra, har ikki oyda kamida bir marotaba o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi raisi navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika komissiyasi majlisi uning raisi, rais bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rinbosarlari tomonidan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi majlisi o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika komissiyasi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalarning mohiyatiga qarab, majlisga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tugatiladi yoki qayta tuziladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2026-y., 09/26/123/0295-son)