Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994 10.08.1992 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.08.1992 yildagi 369-son
Kuchga kirish sanasi
10.08.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO BO‘YIChA DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASINING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-martdagi 136-sonli “O‘zulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 10-avgustdagi 369-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zshartnomasavdo”)ning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zshartnomasavdo”)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zshartnomasavdo” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi 115-son qaroriga va respublikaning amaldagi qonuniga asosan tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zshartnomasavdo” mulkchilik shakllaridan, qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalarning va mazkur Ustavda nazarda tutilgan vazifalarni birgalikda hal etish uchun o‘zlarining kuch va resurslarini birlashtirish xohishini bildirgan alohida ishbilarmonlarning ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” tugatilgan “Goskoopsnab” va unga qarashli bo‘linmalarning huquqiy vorisi bo‘lib, uyushmaning barcha mulkini boshqaradi, belgilangan tartibda uyushma bo‘linmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, mehnat jamoalarining qarorlarini hisobga olgan xolda davlat boshqaruvining vakolatli idoralariga ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zshartnomasavdo” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga va banklarda hisob va boshqa xil schyotlarga va o‘z nomi davlat va rus tillarida yozilgan gerbli hamda dumaloq muhrlarga, shtamplar va blankalarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zshartnomasavdo”ning yuridik nomi quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilida: ‎ O‘zbekiston shartnoma va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zshartnomasavdo”)‎
rus tilida: ‎ Uzbekskaya gosudarstvenno-aksionernaya assotsiatsiya po kontraktam i torgovle (Uzkontrakttorg)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo”ning joylashgan manzili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi, 700038, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 7.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zshartnomasavdo” o‘z nomidan mulkiy va boshqa huquqqa ega bo‘lishi, vazifani bajarishi, sud organlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zshartnomasavdo” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezidentning farmonlariga, respublika Hukumatining farmoyishlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga va mazkur Ustavga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zshartnomasavdo” xo‘jalik tashkilotlari, korxonalari, shu jumladan, yuridik shaxs huquqi bilan tarmoq korxonalari, vakolatxonalar tashkil etish, davlat, kooperativ, aksionerlik korxonalari va tashkilotlari bilan birlashmalarga kirish, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi boshqa xo‘jalik jamiyatlarining ta’sischisi va qatnashchisi bo‘lish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zshartnomasavdo” o‘z vazifalarini bajarish uchun belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish, shartnoma asosida mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, chet el valyutasida bitimlar tuzish, MDH a’zolari bo‘lgan davlatlarda filiallar va vakolatxonalar ochish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. UYuShMANING VAZIFALARI, FAOLIYAT TURLARI VA HUQUQI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar “O‘zshartnomasavdo”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tijorat-vositachilik va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, kichik hamda qo‘shma korxonalar tarmoqlarini, sug‘urta jamiyatlari, tijorat markazlari, mayda ulgurji, vositachi va chakana savdo do‘konlari, tovar birjalari, brokerlik idoralari, savdo uylari, ulgurji yarmarkalar, auksionlar, lizing, logistik va boshqa kompaniyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro foydali xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga doir ishlab chiqarish hamda tijorat-vositachilik xizmatlarini amalga oshirish, ishlab chiqaruvchilardan, ularning qaysi idoraga bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, moddiy resurslar va tovarlarni erkin sotib olishni hamda ularni iste’molchilarga sotishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talablarni o‘rganish, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda mahsulotlarning eng muhim turlari balanslarini ishlab chiqish, ularni davlat ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish va yetkazib berish topshiriqlarini aniqlash va ko‘rsatilgan ehtiyojlarning moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talablarini mahsulotlarning kvotalangan turlari bo‘yicha kvotalar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalarni ishlab chiqarishga joylashtirish, davlat ehtiyojlari uchun xomashyo, mahsulotlar va tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, savdo vositachilari, shuningdek, xorijiy firmalar bilan kontraktlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxonalarida mahsulotlar va tovarlarning eng kamyob turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportga mol yetkazib berishni yanada rivojlantirish, davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy-texnika resurslarini, tovarlarni import bo‘yicha qo‘shimcha sotib olish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va respublika Hukumatiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar oqibatlarini tugatish va ishlab chiqarish vositalari bozorini barqarorlashtirish uchun ehtiyot zaxiralarini, moddiy-texnika resurslari rezervlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzish, hukumatlararo bitimlar bo‘yicha moddiy-texnika resurslari yetkazib berishni tartibga solish va uni nazorat qilish ishlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy, ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda qurilayotgan va qayta qurilayotgan obyektlarni shartnoma asosida asbob-uskunalar, priborlar, elektrotexnika va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi resurslarni tayyorlash va qayta ishlashni, sanoat chiqindilarini ishga solishni, o‘rash-joylash mahsulotlarini tayyorlash va sotishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun “O‘zshartnomasavdo” faoliyat va a’mollarning quyidagi turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va tashkiliy-tijorat xizmatlari ko‘rsatish, tijorat, ilmiy-texnika, ekologiya, huquqiy va boshqa axborotlar bilan ta’minlash, iste’molchilarga va ishlab chiqaruvchilarga huquqiy va ilmiy-texnikaviy maslahatlar berish, ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishga puxta tayyorlash, yetkazib berilgan uskunalarni montaj qilish, priborlar va boshqa buyumlarni tuzatish va tiklash bo‘yicha ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar, fond, valyuta birjalarida va birjadan tashqari oborotda a’mollarning barcha turlarini o‘tkazish, uyushma a’zolarining qiymatdor qog‘ozlarini belgilangan tartibda joylashtirishni, chiqarishni va sotishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara, auditorlik, lizing, konsignatsion va logistik xizmatlarni o‘zaro manfaatdorlik shartlarida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parametrlarni aniqlash, vazirliklarga, idoralarga, konsernlarga, uyushmalarga, birlashmalarga va korxonalarga kvotalarning hajmlarini belgilash, davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar va tovarlar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish, O‘zbekiston Hukumati tomonidan cheklashlar joriy qilingan mahsulotlarni respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun litsenziyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo shartnomalar va savdo-iqtisodiy bitimlar bo‘yicha mahsulotlar hamda tovarlarni o‘zaro yetkazib berishni nazorat qilishni va boshqarishni amalga oshirish, kvota bo‘yicha olib chiqib ketiladigan mahsulotlar va tovarlarni barter bo‘yicha ayirboshlashni tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx belgilash, qo‘shimcha narxlar, transport tariflari bo‘yicha hujjatlarni, monopoliyaga qarshi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, bozor infrastrukturasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublika hududidagi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralardan, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan zarur statistika ma’lumotlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, qurilishlar va shu kabilardan shartnoma asosida xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va butlovchi buyumlarni ularga muhtoj bo‘lgan iste’molchilarga vaqtincha yordam ko‘rsatish uchun olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarga, ularning qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlar va shartnomalar, shuningdek, “O‘zshartnomasavdo”ning kvotalari hajmlari doirasida mahsulotlar va tovarlarni jo‘natish muddatlari, tartibi va navbati masalalari bo‘yicha bajarish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shu jumladan, resurslarning ehtiyot zaxiralari va rezervlarini yaratish va davlat buyurtmalarini bajarish uchun kreditlarning barcha turlaridan, shu jumladan, imtiyozli kreditlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida tarkibiy, moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatning barcha masalalarini mustaqil ravishda hal etish, mehnatga haq to‘lash va mukofotlashning shakllari va miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyot, zaxira jamg‘armalari yaratish uchun Kengash qaroriga ko‘ra o‘z qatnashchilarining mablag‘larini markazlashtirish va ularni umumtarmoq vazifalarini hal etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini to‘ldirish uchun yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni ishlab chiqarish vositalari, tovarlar bilan to‘ldirish maqsadida moliya-hisob-kitob va kredit xizmatlari ko‘rsatish, sotuvchilarga va xaridorlarga tijorat krediti berish, o‘zining tijorat banklarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” tomonidan O‘zbekistonga o‘zaro hamkorlik qilish (shartnomalar tuzish) va kontraktlarni bajarish masalalari bo‘yicha rasmiy ravishda taklif etilgan xorijiy mutaxassislar (sheriklar)ning respublika hududida yashash va transport harajatlari uchun so‘mlar bo‘yicha haq to‘lash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. UYuShMAGA A’ZOLIK VA KIRISh ShARTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ustav jamg‘armasiga o‘z ulushlarini moddiy yoki pul shaklida qo‘shgan yuridik va jismoniy shaxslar “O‘zshartnomasavdo” qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaga kirish to‘g‘risidagi ariza Kengash tomonidan uning yaqinda bo‘ladigan majlisida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Uyushma qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvorlik tartibida va imtiyozli shartlarda “O‘zshartnomasavdo” aksiyalarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z kuchi va mablag‘lari bilan uyushma oldida turgan vazifalarni hal etishda qatnashish va uning ustav jamg‘armasiga qo‘yilgan ulushga mutanosib ravishda uning faoliyati natijalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma faoliyati to‘g‘risida zarur axborotlar, shuningdek, ustuvorlik asosida uyushma tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” ramzidan, uning roziligi bilan o‘z korxonasi va tashkilotida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylanadigan organlar ishida, “O‘zshartnomasavdo” faoliyati dasturini belgilashda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uyushma qatnashchilari quyidagilarga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Ustavga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-iqtisodiy, tijorat-vositachilik, statistika va boshqa axborotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma faoliyatiga doir maxfiy axborotlarni oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma rahbar organlarining qarorlari va ko‘rsatmalarini bajarish, “O‘zshartnomasavdo” oldida olgan majburiyatlarini ado etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Uyushma qatnashchisining uyushmadan chiqishi uyushma Kengashiga yozma ariza berish yo‘li bilan uyushma oldidagi majburiyatlarni saqlab qolish sharti bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “O‘zshartnomasavdo”ga a’zolik, agar qatnashchining faoliyati uyushma vazifalariga, Ustaviga, ta’sis shartnomasiga zid bo‘lsa, Kengashning tashabbusi bilan tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. UYuShMANING BOShQARUV ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Uyushma Kengashi uning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, u uyushma qatnashchilari vakolatli vakillarining konferensiyasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan, ko‘pchilik ovoz bilan ta’sischilar va qatnashchilar orasidan 5 yil muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “O‘zshartnomasavdo” faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va rejalarini belgilash, uyushmaga kirish va undan chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uyushma Kengashining alohida huquq doirasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Uyushma Kengashi o‘z tarkibining kamida 2/3 qismi qatnashganda Kengash majlislarini o‘tkazish uchun qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Uyushma Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va uning vazifalari va funksiyalarining bajarilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a’zolikka kirish, maqsadli va boshqa badallarning miqdorlarini, tartibini, to‘lash muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish komissiyasining dalolatnomalarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” daromadlarini taqsimlash tartibini, jamg‘armalar va rezervlarning turlari, miqdorlari va foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi, narx belgilash masalalarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” xarajatlari va daromadlari smetalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma boshqaruvini, uning raisini va o‘rinbosarlarini ko‘pchilik ovoz bilan 5 yilga saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi boshqaruvi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari Kengash tomonidan saylanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma boshqaruvi raisining 7 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalar uyushma raisi tomonidan taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo”ni boshqarishning uyushma Kengashining huquq doirasiga kirmaydigan barcha joriy masalalarini hal qiladi, “O‘zshartnomasavdo” nomidan har qanday faoliyatni ishonchnomasiz amalga oshirish huquqiga egadir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, uyushma boshqaruvi apparati bo‘linmalari va “O‘zshartnomasavdo” tizimi tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni yollash va ishdan bo‘shatish, tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlari bilan kontraktlar tuzish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma ustav vazifalarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma qatnashchilarining qiymatdor qog‘ozlarini chiqarishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv faoliyatini tekshirish ushbu komissiya to‘g‘risidagi nizomga muvofiq taftish komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. UYuShMANING USTAV JAMG‘ARMASI VA MOL-MULKI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Uyushma faoliyatini amalga oshirish uchun uyushma a’zolarining o‘z mablag‘lari tarzidagi pay badallari miqdorida ustav jamg‘armasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ustav jamg‘armasiga mablag‘lar uyushma Kengashi belgilaydigan miqdorlarda va ulushlarda ta’sischilar tomonidan qo‘yiladi, Kengash ustav jamg‘armasini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Uyushma boshqaruvi buyurtmalarni joylashtiradi va uyushma a’zolarining o‘z mablag‘lari qo‘yilmalarining hamma summasiga chiqariladigan aksiyalarni taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning xar biri kamida 1000 so‘m oddiy va imtiyozli nominal qiymat bilan chiqariladi. Imtiyozli aksiyalar salmog‘i 15 foizdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarning egalari dividendlar olishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar, lekin ovoz berishda ovoz huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Uyushma ta’sischilarining badallari, ular tomonidan ulushlarni (xissalarni) qo‘yish muddatlari va tartibi boshqaruv bilan tuziladigan opsion shartnoma bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Ustav bilan belgilangan asoslarda va tartibda “O‘zshartnomasavdo”da a’zolik tugatilgan yoki undan chiqilgan hollarda uyushma qatnashchisi ustav jamg‘armasining umumiy summasidan o‘zi qo‘ygan ulushni tegishli dividendlar bilan olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Uyushma o‘z majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bo‘yicha to‘latish mumkin bo‘lgan o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma qatnashchisi birgalikdagi xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan zarar uchun faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mulk doirasida javob beradi. “O‘zshartnomasavdo” o‘z qatnashchilarining qarzlari uchun javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Uyushma o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar va boshqa qatnashchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan hamda ularga jamoa mulki huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulk va mablag‘larning egasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “O‘zshartnomasavdo” uyushma a’zolari tomonidan ularga mulk huquqida tegishli bo‘lgan va ixtiyoriy ravishda uyushmaga berilgan mol-mulkni sotib olish, yuridik hamda jismoniy shaxslarga sotish va berish, shuningdek, asosiy davlat jamg‘armalarini va mablag‘larni, ular ma’naviy va jismoniy eskirganligi sababli, belgilangan tartibda balansdan chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. UYuShMANING DAROMADLARINI TAQSIMLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “O‘zshartnomasavdo” daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy soliqlar va to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan qismi quyidagilarga taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo”ning markazlashtirilgan, rezerv va ehtiyot jamg‘armalariga ajratmalar uchun — 15 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z korxonalarini ishlab chiqarish texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan jamg‘arma fondiga — 35 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar bo‘yicha dividendlarni bank foizi depozitlari to‘lovlaridan past bo‘lmagan miqdorda to‘lashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Foyda yetishmay qolgan taqdirda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar tavakkal jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Aksionyerlarga oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendlarning miqdori imtiyozli aksiyalar bo‘yicha tegishli bo‘lgan to‘lovlar miqdoridan oshib ketgan taqdirda bu aksiyalarning egalariga boshqa aksionyerlarga to‘langan dividendlar miqdorigacha qo‘shimcha to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Aksionyerlarga dividendlarni to‘lash taftish komissiyasining “O‘zshartnomasavdo” balansi yuzasidan xulosasi chiqarilgandan va hisobot e’lon qilingandan so‘ng yil yakuni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. UYuShMANING HISOB VA HISOBOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Uyushma hisob, hisobot va hujjatlar oboroti belgilangan tartibga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. “O‘zshartnomasavdo” tizimi faoliyati yakunlari yil choragi va yillik balanslarda, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda, shuningdek, yillik hisobotda aks ettiriladi. Xo‘jalik faoliyatining yillik balansi va hisoboti “O‘zshartnomasavdo” tomonidan jamlanadi va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. “O‘zshartnomasavdo” boshqaruvi faoliyatini tekshirish taftish komissiyasi tomonidan bo‘linmalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish esa — shartnoma bo‘yicha auditorlik xizmatlari tomonidan yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. UYuShMANING JAVOBGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. “O‘zshartnomasavdo” qonunchilik bilan belgilangan tartibda mulk uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Uyushma qatnashchilari o‘rtasidagi bahsli masalalar barcha hollarda muzokaralar yo‘li bilan, kelishmovchilik hollari ro‘y berganda esa — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. FAOLIYATNI TO‘XTATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. “O‘zshartnomasavdo”ning faoliyati uyushmaning vakolatli vakillari yig‘ilishining, sud organlarining qaroriga ko‘ra, to‘la inqirozga uchraganda va boshqa hollarda respublikaning amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.