ILOVA
1-ILOVA
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Kelib tushgan xabarnomani vazirlikning xulosasi bilan birga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Adliya vazirligiga yuboradi. | kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda | |||
2-bosqich | Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz | Xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga xabarnomani mazmunan ko‘rib chiqish hamda ishchi guruh a’zoligiga nomzod taqdim etish yuzasidan so‘rovnoma yuboradi. | 3 kun muddatda | |||
3-bosqich | Tegishli davlat organlari | Ishchi guruh a’zoligiga nomzodlarni taqdim etadi. | 2 kun muddatda | |||
4-bosqich | Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz | Xabarnomani mazmunan ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantiradi. | 3 kun muddatda | |||
5-bosqich | Tegishli davlat organlari | BMTning ustav organlari tartib-taomillarida o‘rnatilgan mezonlarga ko‘ra tegishli xabarnomada keltirilgan masalalarga asoslantirilgan javoblarini yuboradi. | 15 kun muddatda | |||
6-bosqich | Ishchi guruh | Davlat organlaridan kelib tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazari loyihasini tayyorlaydi. | 10 kun muddatda | |||
7-bosqich | Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini manfaatdor davlat organlari bilan kelishadi. | 15 kun muddatda | |||
8-bosqich | Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. | 1 kun muddatda | |||
9-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga yuboradi. | 3 kun muddatda | |||
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari |
| |||
| |||||||
1-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan mulohazani vazirlik xulosasi bilan birga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va Adliya vazirligiga yuboradi. | kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda | ||||
2-bosqich | Markaz | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining mulohazasini tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. | 5 kun muddatda | ||||
3-bosqich | Tegishli davlat organlari | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari mulohazalarini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Markazga taqdim etadi. | 1 oy muddatda | ||||
4-bosqich | Markaz va Adliya vazirligi | Davlat organlaridan olingan ma’lumotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining mulohazalari bo‘yicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot loyihasini tayyorlaydi. | 2 oy muddatda | ||||
5-bosqich | Markaz | Axborot manfaatdor davlat organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlaydi. | 15 kun muddatda | ||||
6-bosqich | Markaz | Kelishilgan axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. | 10 kun muddatda (biroq BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin) | ||||
7-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga yuboradi. | 5 kun muddatda | ||||
8-bosqich | Tegishli davlat organlari | Axborot BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilgandan so‘ng mulohaza bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsa, bu haqida Markazga ma’lumot taqdim etadi. | 10 kun muddatda | ||||
”. | |||||||