1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Muddati |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natija (indikator) |
|
I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
|||||
|
1. |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. Bunda: inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan oʻzaro hamkorligini belgilash; BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha javobgarligini belgilash; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi yillik axborotni taqdim etish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-dekabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
2. |
Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi; favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-yanvar |
Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi |
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash; ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi; ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni taʼminlash; ommaviy tadbirlar oʻtkazishga boʻlgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-mart |
IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
4. |
Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-yanvardan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi |
|
5. |
“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori |
2020-yil 20-noyabr |
Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Sudlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti yanada kengaytiriladi |
|
6. |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bagʻishlangan amaliy qoʻllanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish. Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan taʼminlash. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-oktabrdan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi |
Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish. Bunda: jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash; ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qarmogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini taʼminlash; terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil 1-may |
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi |
Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish. Bunda: xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni taʼminlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish; sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini taʼminlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ul?rning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish; voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish; mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil 20-may |
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi |
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi |
|
9. |
Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish. Bunda: sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi oʻrnini belgilash; sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash; sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibini belgilash; sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud |
Sud mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi |
|
10. |
“Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini taʼminlash; advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish; sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq taʼminlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura |
Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi |
|
11. |
Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish. Bunda: xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish; prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini taʼminlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish; prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
12. |
“Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash. Bunda: “kamsitish”, “toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va koʻp marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikk? kiritish; irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan toʻliq himoya qilinishini taʼminlash; fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-aprel |
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi |
|
13. |
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi |
Mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
14. |
BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 20-may |
Oliy sud, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Sudlanuvchilarni sud zalida boʻlishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
15. |
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi |
Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi |
|
16. |
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini oʻtkazish. Shaxsiy maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-yanvardan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Shaxsga doir maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi |
|
17. |
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlash. Bunda: Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish; ?larning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish; kam sonli millat vakillarining taʼlim olish huquqini taʼminlash, ularning tillarida oʻquv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-oktabrdan boshlab |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini taʼminlash mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
18. |
“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish. Bunda: bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish; kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi |
|
19. |
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini taʼminlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-noyabr |
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil |
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi |
|
20. |
Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr koʻrgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targʻib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil |
Odam savdosidan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi |
|
21. |
Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi |
Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi |
|
22. |
Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish. Bunda: qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish; Konstitutsiyaviy sudda oʻrganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlarqatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-iyul |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Konstitutsiyaviy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi |
|
23. |
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasini tashkil qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi boʻyicha parlament nazorati kuchaytiriladi |
|
24. |
BMTning shartnomaviy qoʻmitalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qoʻmitalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-avgustdan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki taʼminlanadi |
|
25. |
“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda: jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash; inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish; inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari |
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish. Bunda: fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari; nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, roʻyxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi, ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi |
|
27. |
Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bagʻishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-noyabrdan boshlab |
Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi |
|
28. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qoʻllab-quvvatlash. Bunda: Oʻzbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish; inson huquqlari boʻyicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi toʻgʻrisida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Jamoatchilik palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari |
Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi |
|
II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
|||||
|
29. |
Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish. Bunda: kambagʻallik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish; aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar; tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlari; tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish; band boʻlmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Kambagʻallikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi |
|
30. |
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. Bunda: insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish; xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash; fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinitaʼminlash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2026-yil may |
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi |
|
31. |
BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish. |
Milliy harakatlar rejalari loyihalari |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi |
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish. Bunda: tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta koʻrib chiqish; tadbirkorlik erkinligini taʼminlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish; iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki toʻxtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2022-yil 20-yanvar |
Biznes ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari toʻliq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi |
|
33. |
“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda taʼminlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish; xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish; davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 15-yanvar |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi |
Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
34. |
“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari; ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni ragʻbatlantirish boʻyicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi |
|
35. |
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda xalqaro tan olingan isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-yanvar |
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
36. |
Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini toʻlaqonli taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. Bunda: Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligi boʻyicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi; tibbiy sugʻurta sohasinitakomillashtirish; aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini taʼminlash; 2030-yilga qadar onalar oʻlimini uchdan bir qismga, bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta oʻlim darajasini 30 foizga qisqartirish; reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sogʻliqni saqlash xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
Mamlakatning sogʻliqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi taʼminlanadi |
|
37. |
Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish. Bunda: sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish; sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish; sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish; sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Mamlakatdagi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi |
|
38. |
“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. Bunda: majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari; majburiy tibbiy sugʻurtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash; majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Majburiy tibbiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi |
|
39. |
Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
40. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ishga qabul qilish boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish; ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qoʻllashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoqlar yoki kasblar roʻyxatini aniqlash; ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga toʻlgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash; xususiy sektorda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi toʻlanishini taʼminlash; kasanachilik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish; jamoaviy mehnat nizolaritoʻgʻrisidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish boʻyicha qonunchilik takomillashtiriladi |
|
41. |
“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Xususan: jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini taʼminlash; mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-aprel |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV |
Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi |
|
42. |
Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil 1-dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi |
Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi |
|
43. |
“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish. |
Tavsiyalar, Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Adliya vazirligi |
Mehnatkash-migrantlar va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama oʻrganiladi |
|
44. |
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni taʼminlash va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda: 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish; BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik toʻgʻrisida) bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish; xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; oilada ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga toʻla muvofiqligini taʼminlash; aholining gender tengligi boʻyicha ongini oshirish; ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni taʼminlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-aprel |
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV |
Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish boʻyicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi |
|
45. |
Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda: ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam taʼminlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish; kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash; nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish; uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar toʻlash tizimini takomillashtirish; oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish; ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish; ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish; yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga oʻtkazish; “Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ban?lik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
46. |
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish. Bunda: ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari; aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar; haq toʻlanadigan jamoat ishlarinitashkil etish; ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
Aholini ish bilan taʼminlash sohasi va bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi |
|
47. |
“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Yoshlar ittifoqi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi |
|
48. |
“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ijtimoiy sugʻurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari; sugʻurtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari; nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2023 yil 1 yanvar |
Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Ijtimoiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi |
|
49. |
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni toʻliq amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatiladi |
|
50. |
Har tomonlama adolatli va sifatli taʼlimni taʼminlash maqsadida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish. Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli oʻrta maxsus, oliy, kasbiy va qoʻshimcha taʼlim olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini taʼminlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Ijtimoiy zaif qatlamning taʼlim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi |
|
51. |
Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda: ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini taʼminlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish; 2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? taʼm?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish; oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish; 2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar taʼminotini 31 foizga yetkazish; mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi. |
Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-sentabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sharoitlari yaxshilanadi |
|
52. |
Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish. Bunda: arzon uy-joylar va kommunal xizmat koʻrsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash; aholining urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish; madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish; tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini taʼminlash; shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bogʻlari, oʻyin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-noyabrdan boshlab |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik taʼminlanadi |
|
53. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. Bunda: uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish; davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish; jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish; uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-dekabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi |
|
54. |
Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish; atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari; ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??; ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi; oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-oktabr |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi |
Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi |
|
III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|||||
|
55. |
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirish boʻyicha axborot-taʼlim tizimini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, IIV, Bosh prokuratura |
Aholining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi |
|
56. |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish. Bunda: maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish; maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar); jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish; maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish; jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish; maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil 20-yanvar |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV |
Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi |
|
57. |
Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda Jamoatchilik palatasining: faoliyatining huquqiy asoslari; maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari; tarkibini shakllantirish tartibi; aʼzosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻxtatish va tugatish tartibi; davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi; faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashtartibi nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari |
Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi |
|
58. |
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish. Bunda: Oʻzbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 20-dekabr |
Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qatʼiy nazorat oʻrnatiladi |
|
59. |
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam oʻqitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bagʻishlangan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va chop etish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-yanvardan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
60. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish. Bunda: inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish; mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik; jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish; mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash; mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi |
Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi |
|
61. |
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-noyabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi |
|
62. |
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish. Bunda: bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish; bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻquv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish; bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui, Axloq kodeksi loyihasi |
2020-yil 1-dekabr |
Bola huquqlari boʻyicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlari aniqlanadi, maslahat-metodik yordam koʻrsatishning yangi tizimi yaratiladi |
|
63. |
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi |
|
IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|||||
|
64. |
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli oʻrganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish; inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari boʻyicha maʼrifat uylari”ni tashkil etish; inson huquqlari boʻyicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, ?aktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi |
|
65. |
Bola huquqlarini taʼminlash va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish. Bunda: taʼlimning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi oʻquv faoliyati samaradorligini oshirish; bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV |
Taʼlim muassasalarida bola huquqlarini oʻqitish tartibi joriy etiladi |
|
66. |
Xalqaro hamkorlar koʻmagida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini (konsorsium) joriy qilish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari |
2021/ 2022 oʻquv yilidan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha magistratura yoʻnalishi joriy etiladi |
|
67. |
Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi |
Inson huquqlarini taʼminlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni ragʻbatlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi |
|
68. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-oktabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Inson huquqlariga bagʻishlangan adabiyotlar chop etiladi |
|
69. |
Ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bagʻishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Bunda: inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmogʻi va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish; inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK |
Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi |
|
70. |
Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida maʼlumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish. |
Kodeks loyihasi |
2022-yil 20-yanvar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning maʼlumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi |
|
V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|||||
|
71. |
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Iqtisodiy taraqqiyotva kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi |
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi |
|
72. |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaOʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Biznes ombudsman |
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi |
|
73. |
Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish: Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish, musodara qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may); Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi; Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida”gi konvensiyasi; Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash toʻgʻrisida”gi konvensiyasi; Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash asoslari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi; Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi; Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq toʻlanadigan taʼtillar (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) toʻgʻrisida”gi konvensiyasi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi |
|
74. |
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish. |
Konvensiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar |
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi taʼminlanadi |
|
75. |
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir Oʻzbekiston milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish. Bunda: BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashi maxsus maʼruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish; inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari |
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi |
|
76. |
Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yildan boshlab doimiy asosda |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi |
|
77. |
Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini koʻrib chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqiladi |
|
78. |
Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yigʻish statistik tizimini takomillashtirish. Bunda: maʼlumo?larni yigʻish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish; inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda koʻnikmalarga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shugʻullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-2021-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Xalqaro standartlarga muvofiq statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimi takomillashtiriladi |
3-ILOVA
1-ILOVA
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Kelib tushgan xabarnomani vazirlikning xulosasi bilan birga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Adliya vazirligiga yuboradi. | kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda | |||
2-bosqich | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz | Xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga xabarnomani mazmunan koʻrib chiqish hamda ishchi guruh aʼzoligiga nomzod taqdim etish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi. | 3 kun muddatda | |||
3-bosqich | Tegishli davlat organlari | Ishchi guruh aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etadi. | 2 kun muddatda | |||
4-bosqich | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz | Xabarnomani mazmunan koʻrib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantiradi. | 3 kun muddatda | |||
5-bosqich | Tegishli davlat organlari | BMTning ustav organlari tartib-taomillarida oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli xabarnomada keltirilgan masalalarga asoslantirilgan javoblarini yuboradi. | 15 kun muddatda | |||
6-bosqich | Ishchi guruh | Davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazari loyihasini tayyorlaydi. | 10 kun muddatda | |||
7-bosqich | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini manfaatdor davlat organlari bilan kelishadi. | 15 kun muddatda | |||
8-bosqich | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. | 1 kun muddatda | |||
9-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga yuboradi. | 3 kun muddatda | |||
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari |
| |||
| |||||||
1-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan mulohazani vazirlik xulosasi bilan birga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Adliya vazirligiga yuboradi. | kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda | ||||
2-bosqich | Markaz | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazasini tegishli davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi. | 5 kun muddatda | ||||
3-bosqich | Tegishli davlat organlari | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari mulohazalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Markazga taqdim etadi. | 1 oy muddatda | ||||
4-bosqich | Markaz va Adliya vazirligi | Davlat organlaridan olingan maʼlumotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazalari boʻyicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot loyihasini tayyorlaydi. | 2 oy muddatda | ||||
5-bosqich | Markaz | Axborot manfaatdor davlat organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlaydi. | 15 kun muddatda | ||||
6-bosqich | Markaz | Kelishilgan axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. | 10 kun muddatda (biroq BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin) | ||||
7-bosqich | Tashqi ishlar vazirligi | Axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuboradi. | 5 kun muddatda | ||||
8-bosqich | Tegishli davlat organlari | Axborot BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilgandan soʻng mulohaza boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan boʻlsa, bu haqida Markazga maʼlumot taqdim etadi. | 10 kun muddatda | ||||
4-ILOVA