16.02.2026 yildagi 60-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmonida shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlashni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi ikki oy muddatda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16 fevraldagi 60-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “13” raqami “14” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 14-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
14-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Malaka sertifikatining nomi:

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarining “Mutaxassis sertifikati”

2.

Soʻrovnoma beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs

3.

Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti

4.

Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar:

a) Soʻrovnoma:

soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport (ID-karta) seriyasi va raqami;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;

oʻquv kursi yoʻnalishi;

taʼlim tili;

oʻqish hududi;

test topshirish hududi;

b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat.

Talabgorning oliy maʼlumot haqidagi diplomi va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.

5.

Test sinovidan oʻtish hamda sertifikat olish uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

Undirilgan yigim quyidagi tartibda taqsimlanadi:

30 foizi-Bilim va malakalarni baholash agentligi hisobvaragʻiga;

20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;

50 foizi — Kompetensiyani rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

6.

Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati:

1 ish kuni

7.

Malaka sertifikatining talab va shartlari

Talabgor shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari boʻyicha oliy maʼlumot (koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish uchun — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot) toʻgʻrisidagi diplomga hamda tegishli soha boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.

8.

Malaka sertifikatining amal qilish muddati

3 yil

9.

Izoh:

Sertifikat — Institutda yoki uning hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari)da oʻquv dasturini tamomlagan va test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassisga beriladigan, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilayotgan obyektlarda ichki, mualliflik, texnik va davlat nazoratini olib borish hamda foydalanishga topshirilgan obyektlarda nazorat oʻlchovini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.

Sertifikat taʼlim muassasalarida dasturlar boʻyicha oʻquv kursini tugatgan hamda belgilangan tartibda oʻtkazilgan test sinovida savollarning 56 va undan yuqori foiziga toʻgʻri javob bergan mutaxassislarga beriladi.

Talabgorlar sertifikat talab etiladigan lavozimga tayinlangan sanadan boshlab bir yil muddat davomida dastur asosida oʻqishi va sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi. Agarda talabgor bir yil muddat davomida belgilangan tartibda tegishli sertifikatga ega boʻlmasa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Oʻquv kursida oʻqimoqchi boʻlgan talabgorlar shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan oʻquv kursi yoʻnalishlaridan (loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan, yoʻnalishlar boʻyicha nazoratni olib boruvchi, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi, nazorat oʻlchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar, ekspert tashkilotlari ekspertlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari, tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlaridan) birini tanlab, ariza topshirganidan soʻng shaharsozlik faoliyati sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga va tegishli soha boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega ekanligini tekshirib, saralanadi.

Saralashdan oʻtgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish maqsadida shartnoma tuziladi hamda oʻqish uchun belgilangan toʻlov amalga oshiriladi.

Dastur asosida oʻqitish uchun toʻlov miqdori Institut tomonidan mustaqil belgilanadi.

Taʼlim muassasalari oʻquv mashgʻuloti boshlanishi haqida talabgorga kamida uch kun oldin elektron xabarnoma yuboradi (elektron pochta manzili, mobil ilova yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali).

Talabgorlarga oʻz ish joyidan ajralgan va ajralmagan holda oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishga (oʻqishiga) ruxsat beriladi.

Talabgorlar oʻquv jarayoni davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan yigimni toʻlaydi.

Taʼlim muassasasi dastur asosidagi oʻqish yakunlangandan soʻng talabgorlarning oʻzlashtirgan bilimini test sinovidan oʻtkazish uchun Agentlikka soʻrovnoma yuboradi.

Soʻrovnoma orqali Agentlikka roʻyxati yuborilgan talabgorlar oʻqish yakunlangan kundan boshlab uch oy muddat ichida test sinovlarida ishtirok etishi lozim.

Test sinovidan oʻta olmagan hamda tegishli toifasini oshirmoqchi boʻlgan talabgorlarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigim toʻlab, uch oy muddat ichida qaytadan test topshirish uchun imkoniyat beriladi.

Bunda qayta test topshirgan talabgorning test natijasidagi eng yuqori koʻrsatkich hisobga olinadi.

Ushbu muddat davomida oʻtkazilgan test sinovlarida ishtirok etmagan talabgorlar test sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.

Agentlik soʻrovnoma kelib tushgandan keyin besh ish kunidan koʻn boʻlmagan muddatda test sinovi oʻtkazilishini taʼminlaydi.

Test topshiriqlari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda maxfiyligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi hamda tizimli ravishda yangilab boriladi.

Test topshiriqlarini ishlab chiqishda dastur hamda amaldagi shaharsozlik faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlaridan foydalaniladi.

Talabgor test sinovi oʻtkaziladigan hudud (bino)ga shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasporti, Xorijga chiqish pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi kabi hujjatlardan birini) aslini koʻrsatgan holda tekshirib kiritiladi.

Test sinoviga kelmagan yoki kechikkan talabgorlar uch oy davomida navbatdagi test sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat etiladi.

Test sinovi kompyuterda Agentlik tomonidan tasdiqlangan komissiya aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi.

Test sinovidagi topshiriqlar soni talabgorlarning soʻrovnomasida qayd etilgan yoʻnalishga muvofiq 50 tadan iborat boʻladi.

Talabgorga test sinovini topshirish uchun ikki soat vaqt beriladi.

Test sinovi oʻtkaziladigan xonaga barcha turdagi mobil aloqa vositalari va shpargalka olib kirish, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.

Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovidan chetlashtiriladi va test sinovidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Test sinovidan chetlashtirilgan talabgorlar boʻyicha dalolatnoma tuziladi (koʻrilgan taʼsir chorasi faqat mazkur test sinoviga tegishli).

Test sinovi natijasi test yakunlangan vaqtning oʻzida kompyuterda chiqariladi.

Talabgor test sinovi natijalaridan norozi boʻlsa, kompyuterda test sinovi natijalari eʼlon qilingan vaqtning oʻzida, Agentlikka test sinovi natijalari yuzasidan shikoyat berish huquqiga ega.

Shikoyatni koʻrib chiqish uchun har yili bir marotaba Agentlik va Institut rahbarlarining qoʻshma buyrugʻi bilan 5 yoki 7 nafar aʼzodan iborat komissiya tuziladi.

Komissiya tomonidan shikoyat bir hafta mobaynida koʻrib chiqiladi. Talabgor komissiya qarori toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.

Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatning qanoatlantirilishini rad etish;

test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va shikoyatni qanoatlantirish.

Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, shikoyatning qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar asosli deb topilsa, komissiya qarori bilan test natijalari oʻzgartiriladi.

Takroriy shikoyat koʻrib chiqilmaydi.

Talabgorlar komissiyaning qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Test sinovidagi topshiriqlar talabgorlarning soʻrovnomasida qayd etilgan yoʻnalish va obyektlar xavf-xatar toifalariga muvofiq boʻlishi shart.

50 ta test topshirigʻining:

28 — 35 tasiga (56 — 70 foiz) toʻgʻri javob bergan talabgorga xavf-xatarligi boʻyicha II toifali;

36 — 42 tasiga (71 — 85 foiz) toʻgʻri javob bergan talabgorga xavf-xatarligi boʻyicha III toifali;

43 — 50 tasiga (86 — 100 foiz) toʻgʻri javob bergan talabgorga xavf-xatarligi boʻyicha IV toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat oʻlchovini amalga oshirish huquqi beriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida sertifikatlangan mutaxassislarining elektron reyestri yuritiladi.

Reyestrda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:

a) sertifikatlangan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami;

b) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

v) sertifikat raqami, berilgan sanasi va uning amal qilish muddati;

g) sertifikatlangan mutaxassislar:

hududlar (viloyat va tumanlar) kesimida;

sohalar (arxitektura, muhandislik, qurilish va uy-joy kommunal);

yoʻnalishlar (loyiha-qidiruv, pudrat, texnik nazorat va arxitektura, ekspertiza, davlat nazorati, nazorat oʻlchovi).

Reyestrga sertifikatning amal qilish muddati tugab, reyestrdan chiqarilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritib boriladi.

Reyestrni yuritish tartibi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Quyidagilar sertifikatning amal qilishini toʻxtatib q)shish uchun asos hisoblanadi:

mutaxassis tomonidan sertifikatga ega boʻlish uchun ushbu pasportda belgilangan maʼlumotlarni qasddan notoʻgʻri toʻldirilgani aniqlanganda;

sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori yoxud ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;

sertifikat egasiga nisbatan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu ish boʻyicha sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;

sertifikat egasining vafot ettanligi munosabati bilan.

Sertifikatning amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingan sanadan boshlab bekor qilinadi va sertifikatlangan mutaxassisning shaharsozlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi toʻxtatiladi.

Mutaxassis Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi 60-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarorining 2-bandi va unga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga ilovaning 50-bandi “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 22-oktabrdagi 666-son qaroriga ilovaning 8-bandi “d” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)