08.09.2025 yildagi PF-157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik toʻsiqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2028-yilga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali yiliga aholining 47 milliard soʻm mablagʻlarini tejash hamda maʼmuriy xarajatlarni 80 milliard soʻmga qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarni bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan taʼminlash orqali 49 milliard soʻm maʼmuriy xarajatlarni tejash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish, jarayonlarni soddalashtirish va tezlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nikohni rasmiylashtirishda FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDY organlari tomonidan nikohdan ajratilgan shaxslardan sud qarorining talab qilinishi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli mudofaa organlariga taqdim qilish majburiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-yanvardan ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali taqdim etishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu Farmonga 1-ilovaga muvofiq maʼlumot va hujjatlarni aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur maʼlumot va hujjatlar “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ushbu Farmonga 1- va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarni aholidan talab qilish davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qonunchilik hujjatlariga asosan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar davlat xizmatlarini koʻrsatish funksiyalari yuklatilgan tashkilotlar “Raqamli hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlardan bepul foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) jismoniy shaxslarning ushbu Farmonga 2-ilovaga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir maʼlumotlari ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ushbu maʼlumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda koʻrsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur maʼlumotlarning qogʻoz shaklini talab qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda FHDY organi yoki davlat xizmatlari markazi tomonidan ichki ishlar organlariga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Yagona portal, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz rad etilganda fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismi ular tomonidan fuqarolarga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat xizmatlarini koʻrsatish infratuzilmasini yaxshilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aholi gavjum joylar hamda mahallalar bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan taʼminlanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Adliya vazirligi olti oy muddatda 600 ta interaktiv kiosklarni Adliya vazirligining budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qarori asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini maqbullashtirish evaziga 2025-yilda 2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini Adliya vazirligiga 500 ta interaktiv kiosklarni sotib olish uchun 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 2 foiz stavkada ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan kredit mablagʻlari adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) interaktiv kiosklar, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va maxsus texnikalar, shu jumladan, serverlar, tarmoq qurilmalari, axborot xavfsizligi boʻyicha apparat va apparat-dasturiy qurilmalar, litsenziyali dasturiy taʼminotlar 2028-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Adliya vazirligiga barcha zarur talab va shartlarga javob beruvchi zamonaviy interaktiv kiosklar boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari doirasida yetkazib beruvchi bilan interaktiv kiosklarni sotib olish boʻyicha xarid qilish tartib-taomili natijalariga muvofiq eng yaxshi takliflarni tanlash orqali shartnoma tuzish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanganda tegishli davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat koʻrsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Vakolat.uz” platformasini ishga tushirish haqidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Vakolat.uz” platformasidan bepul asosda foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har bir davlat xizmati boʻyicha uning raqamli pasporti shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat xizmatlarini koʻrsatish, ularning tartibotlarini joriy qilish, oʻzgartirish yoki bekor qilish faqatgina normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi, bundan yangi davlat xizmatlarini eksperiment tariqasida maʼlum bir hududda aprobatsiya qilish holatlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab barcha turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan hamda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali koʻrsatiladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari mustasno;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-83-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/83/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Litsenziya” axborot tizimi orqali tegishli litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganda hamda faoliyatni boshlaganlik haqida vakolatli organ xabardor qilinganda undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 10 foizi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha tartib-taomillar hamda byurokratik talablarni yanada qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik va idoralar rahbarlari 2025-yil yakuniga qadar oʻzlari vakolatli boʻlgan har bir litsenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini ularning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini baholagan holda qayta koʻrib chiqsin hamda takliflar ishlab chiqib Adliya vazirligiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-martga qadar vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan litsenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-157-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvardan ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali taqdim etishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumot va hujjatlar nomi

Masʼul davlat organlari va tashkilotlar

1.

Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

Adliya vazirligi

2.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

3.

Manzil boʻyicha yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma

Ichki ishlar vazirligi

4.

Fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi

5.

Avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

6.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yoʻllanmalar va ularning nusxalari

8.

Tuberkulyoz kasalligi boʻyicha hisobda turish yoki turmasligi boʻyicha maʼlumotnoma

9.

083 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma

10.

063 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma

11.

Davlat ekologik ekspertiza xulosasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

12.

Ekologik auditorning malaka sertifikati va uning nusxasi

13.

Elektron onlayn auksion bayonnomasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14.

Xoʻjalik jamiyatining toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) toʻgʻrisida maʼlumot

15.

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma

16.

Baholovchining malaka sertifikati va nusxasi

17.

Rieltorlarning malaka sertifikati va nusxasi

18.

Davlat ulushi mavjud korxona tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasiga beriladigan elektron hisob-maʼlumot

“Oʻzavtosanoat” AJ

19.

Soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq qoʻmitasi

20.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari roʻyxatda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

21.

Sportchining sportchi pasporti nusxasi

Sport vazirligi

22.

Sportchilar uchun sportchining razryadi va unvonlari maʼlumotnomasi

23.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun berilgan yoʻllanmalar va ularning nusxalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat va uning nusxasi

25.

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar

26.

Tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

27.

9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma

28.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun yoʻllanma va uning nusxasi

29.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot

30.

Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat va uning nusxasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Shaxsga doir maʼlumot nomi

Maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul vakolatli organ

1.

Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot

3.

Davlat tibbiyot muassasasida hisobda turganligi toʻgʻrisida maʼlumot

4.

Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

5.

Biometrik pasport (ID karta) maʼlumotlari

6.

Haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlari

7.

Yashash joyi va turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot

8.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisida maʼlumot

9.

Nomida mavjud boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumot

10.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida maʼlumot

11.

Xorijga chiqish biometrik pasporti toʻgʻrisida maʼlumot

12.

Talaba oʻqish joyidan maʼlumot (oliy taʼlim muassasasidan)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

13.

Shaxsning taʼlim olganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar (oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional va oliy taʼlim)

14.

Shaxsning umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisida maʼlumot (shahodatnoma maʼlumotlari)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

15.

Nomiga rasmiylashtirilgan litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar toʻgʻrisida maʼlumot

Adliya vazirligi

16.

Yakka tartibdagi tadbirkorligi toʻgʻrisida maʼlumot

17.

Ish staji va ish joyi toʻgʻrisida maʼlumot

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumot

Kadastr agentligi

19.

Nomidagi koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot

20.

Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21.

Fuqaroning “Temir daftar”ga kiritilgani haqida maʼlumot

22.

Fuqaroning “Yoshlar daftari”ga kiritilgani haqida maʼlumot

Yoshlar ishlari agentligi

23.

Soliq va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq qoʻmitasi

24.

Ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot

25.

Oʻzini oʻzi band qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

26.

Fuqaroning “Ayollar daftari”ga kiritilgani haqida maʼlumot

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

27.

Toʻlangan pensiyalar (nafaqalar) miqdori toʻgʻrisida maʼlumot

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

28.

Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumot

29.

Ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumot

Majburiy ijro byurosi

30.

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi haqida maʼlumot

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu roʻyxatga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va real vaqt rejimida yangilanib borilishiga roʻyxatdagi tegishli vakolatli organlar hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat xizmati nomi

Joriy etish muddati

Davlat xizmatini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ

1.

Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish

2025-yil dekabr

Migratsiya agentligi

2.

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

3.

Sud eksperti sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarni yagona reyestrga kiritish

Adliya vazirligi

4.

Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ilmiy tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga berishni kelishish

2026-yil mart

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

5.

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olish

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

6.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish

7.

Identifikatsiyalashdan oʻtkazilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish

8.

Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikatni berish

Transport vazirligi

9.

Avtomobilda xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikatini berish

10.

Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish

2026-yil avgust

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

11.

Oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazish

12.

Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish

13.

Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish

14.

Oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik tekshiruvi natijalarini eʼtirof etish

15.

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish

16.

Gidrometeorologik maʼlumotlarni berish

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

17.

Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga charter reyslarni tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish

Turizm qoʻmitasi

18.

Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish

19.

Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish

Bojxona qoʻmitasi

20.

Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish

Innovatsion rivojlanish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat xizmati nomi

Davlat xizmati koʻrsatish muddati

Vakolatli organ

umumiy

tezlash-tirilgan

1.

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berish

7 ish kuni

4 ish kuni

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2.

Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya berish

10 ish kuni

5 ish kuni

3.

Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya berish

14 ish kuni

10 ish kuni

4.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya berish

7 ish kuni

3 ish kuni

5.

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish

10 kun

5 ish kuni

Ichki ishlar vazirligi

6.

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

2 ish kuni

4 ish soati

Adliya vazirligi

7.

Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

4 ish kuni

4 ish soati

8.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv maʼlumotnomalarini berish

2 ish kuni

1 ish kuni

9.

Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish

20 ish kuni

10 ish kuni

10.

Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish

5 ish kuni

3 ish kuni

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur davlat xizmatlari ariza beruvchilarning xohishlariga asosan qoʻshimcha haq evaziga koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha tartib-taomillar hamda byurokratik talablarni yanada qisqartirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

1.

Mazkur Farmonga 2-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetida aks ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

“Litsenziya” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligi mablagʻlari

2026-yil iyun

Adliya vazirligi

4.

YIDXPda axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari

2026-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

“Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bojxona qoʻmitasi mablagʻlari

2026-yil iyun

Bojxona qoʻmitasi

6.

Jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimida (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek foydalanuvchi kabinetini tiklashda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Davlat xizmatlari markazlariga YIDXPdagi barcha davlat xizmatlarini koʻrsatish huquqini berish boʻyicha tegishli texnik imkoniyatni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

8.

Avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni kompozit tarzda ichki ishlar organlariga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

9.

YIDXP, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz ravishda rad etilganda, fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini vakolatli organlar tomonidan fuqarolarga qaytarib berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.

Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilish:

avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;

davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;

avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) oʻzgarganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Oʻzavtosanoat” AJ

11.

Tibbiy koʻrik natijalari tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritilishini taʼminlash. Bunda:

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan OIV/OITS, psixik, narkologik, tanosil va sil kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrik natijalarini majburiy tartibda faqatgina “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlariga kiritish tartibi joriy etiladi;

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

12.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq boʻlgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda koʻrib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali qarorlarni oʻzaro bogʻlash tartibini joriy etish. Bunda:

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

sudning nikohdan ajratish haqidagi qarorlari qonuniy kuchga kirgan kunning oʻzida avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron shaklda, nikohdan ajrashayotgan shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda dalolatnoma yozuvi raqami (ID) asosida yuborilishi;

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Adliya vazirligi,

Oliy sud

nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tenglashtirilishi;

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Adliya vazirligi,

Oliy sud

nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan undirilishini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Adliya vazirligi,

Oliy sud

Oliy sud axborot tizimi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali nikohdan ajrashish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni dalolatnoma yozuvi raqamiga (ID) bogʻlash hamda barcha instansiya sudida ish koʻrib chiqilayotganligi jarayonlarini va natijasi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Oliy sud,

Adliya vazirligi

13.

Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish, oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha harakatlarni faqatgina “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida amalga oshirilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

14.

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali Mudofaa vazirligiga taqdim etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Mudofaa vazirligi

15.

Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabini bekor qilish yuzasidan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi shakliga tegishli oʻzgartirish kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

16.

Mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Mazkur Farmonga 1-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijrochi mablagʻlari

2025-yil noyabr

Mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

18.

“Vakolat.uz” platformasidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

19.

Korxona direktori hamda bosh buxgalteri ishga qabul qilingani, ular axborot tizimlarida korxona direktori hamda bosh buxgalteri sifatida belgilanganini identifikatsiya qilishni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshirish. Bunda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinadi.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi

20.

Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu tizim foydalanuvchilariga taqdim etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

“Vakolat.uz” platformasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni taʼminlash:

jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish;

yuridik shaxslar tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish;

notarial shaklda rasmiylashtirilgan hamda “Vakolat.uz” platformasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;

“Vakolat.uz” platformasini “Raqamli hukumat” tizimini yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolat berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish;

“Vakolat.uz” platformasini YIDXP hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligi mablagʻlari

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

22.

“Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Adliya vazirligi

23.

Adliya vazirligining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bazasida “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot modulida Davlat xizmatlari yagona reyestrini doimiy tarzda yangilanadigan hamda dolzarbligi taʼminlanadigan shaklda elektron shaklda yuritilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligi mablagʻlari

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

24.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini yagona adliya boʻlimlari sifatida qayta tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil may

Adliya vazirligi

25.

Quyidagi davlat xizmatlarini oʻzaro kompozit tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish:

fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot;

fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot;

shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqida maʼlumot;

hisoblangan ish haqi summalari haqida maʼlumot;

mehnat faoliyatini tasdiqlash haqida maʼlumot.

Amaliy chora-tadbirlar

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil fevral

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

26.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligi mablagʻlari

Doimiy

Adliya vazirligi

27.

Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi talablarni Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma talablariga oʻzaro muvofiqlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil mart

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

28.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

davlat xizmatlari koʻrsatishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilganda maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlarni avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish;

davlat xizmatlari koʻrsatishda arizalarni asossiz rad etish va boshqa qonun buzilishi holatlari uchun (bundan muddat buzilishi holatlari mustasno) jazo choralarini kuchaytirish;

davlat xizmatlari koʻrsatilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik uchun turli javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni oʻzaro muvofiqlashtirish;

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻiga va tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil mart

Adliya vazirligi

29.

Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish sifatini tubdan takomillashtirish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

markazlashtirilgan manbalar, davlat organlari va korxonalari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash tartibini Hukumat qarori darajasida belgilash;

loyiha-tadqiqot ishlarining muddatlarini maqbullashtirish;

markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda mualliflik nazoratini amalga oshirishda toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mablagʻlari

2026-yil iyun

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

31.

Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mablagʻlari

2026-yil iyun

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

32.

Obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berish tartibini takomillashtirish. Bunda:

obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablari tizimlashtiriladi;

sanitariya-epidemiologiya talablari mavjud boʻlmagan obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha tegishli xulosalar berishga yoʻl qoʻyilmaydi;

sanitariya-epidemiologiya xulosalari obyektlarning kadastr raqamiga bogʻlagan holda beriladi;

obyektning ixtisoslashishi oʻzgartirilmagan, qayta qurilmagan yoki rekonstruksiya qilinmaganda, mazkur obyektga nisbatan qaytadan sanitariya-epidemiologiya xulosalarini olish talab etilmaydi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

2026-yil iyul

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

33.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish.

Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mablagʻlari

2026-yil dekabr

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

34.

Attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish.

Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi mablagʻlari

2026-yil dekabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

35.

Kemalarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, shuningdek, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Transport vazirligi mablagʻlari

2026-yil dekabr

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

36.

Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlari boʻyicha maʼmuriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi

Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini joriy etish muddatlaridan ikki oy oldin

Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-133-son Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(d) mehmonlar uchun belgilangan uy-joy ijara toʻlovlari miqdoriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilish. Bunda uy-joy ijara toʻlovlarining belgilangan miqdordan oshgan qismi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4913-son qarorining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat taʼlim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan hamda Adliya vazirligining “Agent” platformasida roʻyxatdan oʻtgan oʻquv markazlarining oʻquv kurslarida yoki Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oʻqigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlarga beriladigan agent sertifikatiga ega boʻlishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻrtinchi xatboshidagi “yagona platformasi” soʻzlari “Agent” platformasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) beshinchi xatboshidagi “mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan davlat xizmatlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 12.05.2026-y., 06/26/83/0480-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)