1-ILOVA
T/r | Soha (yo‘nalish) | Mas’ul tashkilot | Oliy ta’lim tashkiloti | Hamkorlik qiluvchi bank |
1. | Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt (IT, AI) | Raqamli texnologiyalar vazirligi | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | AT “Aloqabank” |
2. | Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) | Markaziy bank | Toshkent shahridagi Inxa universiteti | “O‘zmilliybank” AJ |
3. | Tibbiyot (NealthTech) | Sog‘liqni saqlash vazirligi | Toshkent davlat tibbiyot universiteti | “Mikrokreditbank” ATB |
4. | Farmatsevtika | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi | Toshkent farmatsevtika instituti | “Asakabank” AJ |
5. | Qishloq xo‘jaligi (agritech) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi | Toshkent davlat agrar universiteti | “Biznesni rivojlantirish banki” ATB |
6. | Suv xo‘jaligi (water tech) | Suv xo‘jaligi vazirligi | “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti | “Agrobank” ATB |
7. | Kiberxavfsizlik | Ichki ishlar vazirligi | “Cyber university” davlat universiteti | AT “Xalq banki” |
8. | Ta’lim va ilm-fan | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | “Yangi O‘zbekiston” universiteti | “Turonbank” ATB |
9. | Energiya tejamkorlik | Energiya samaradorligi milliy agentligi | Toshkent shahridagi Amiti universiteti | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB |
2-ILOVA
3-ILOVA
J.A. Qo‘chqorov | — | Bosh vazir o‘rinbosari, Kengash raisi |
B.B. Xodjayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshlig‘i, Kengash raisi o‘rinbosari |
T.A. Ishmetov | — | Markaziy bank raisi |
Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
A.A. Xudayarov | — | sog‘liqni saqlash vaziri |
I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xo‘jaligi vaziri |
Sh.R. Xamrayev | — | suv xo‘jaligi vaziri |
I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
Lavozimi bo‘yicha | — | Innovatsion rivojlanish agentligi direktori |
D.G. Xashimov | — | “UzVC” milliy venchur fondi” mas’uliyati cheklangan jamiyat bosh direktori |
T.N. Xusanov | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament boshlig‘i, Kengash kotibi |
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Startap g‘oyalarni shakllantirish bosqichi | ||||
1. | Kraudsorsing tizimini joriy etish | “Startupbase” axborot tizimida kraudsorsing platformasini joriy etish. | 2026-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. | “Mohirlik va biznes soati” tadbirlarini o‘tkazish | 1. “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkaziladigan ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini belgilash va uni kengaytirib borish. | 2026-yil may, har yili 1-mayga qadar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Innovatsion rivojlanish agentligi |
2. “Mohirlik va biznes soati”ning o‘quv dasturini ishlab chiqish. 3. “Mohirlik va biznes soati” bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash yoki tegishli mutaxassislarni jalb qilish. | 2026-yil avgust | |||
4. O‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovni o‘tkazish tartibini tasdiqlash. Bunda tuman darajasidagi g‘oliblarga — 5 million so‘mgacha, viloyat darajasida 10 million so‘mgacha miqdorda mukofot berilishi, ularning loyihalariga Yoshlar ishlari agentligi va IT-park hamrohlik qilishi ko‘zda tutiladi. | 2026-yil may | |||
5. Davlat budjeti parametrlarida o‘quvchilarga kichik grantlar ajratish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutish. | 2027-yildan boshlab har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | ||
3. | “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish | “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni ko‘zda tutish: (a) tanlov birinchi bosqichda barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida oliygoh darajasida o‘tkaziladi va g‘oliblarga oliy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 million so‘m grant beriladi; (b) respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 milliard so‘m etib belgilanib, har bir yo‘nalishga 1 milliard so‘mdan ajratiladi; (v) tanlov g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovkaga hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yuboriladi. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Innovatsion rivojlanish agentligi, oliy ta’lim tashkilotlari |
4. | Ideaton va xakaton tanlovlarini o‘tkazish | Tanlovni quyidagi bosqichlarda o‘tkazish: (a) umumiy o‘rta va kasbiy ta’lim tashkilotlarining yuqori sinf (bosqich) o‘quvchilari o‘rtasida ideaton tanlovlarini o‘tkazish; (b) ideaton bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar o‘rtasida xakaton tanlovini o‘tkazish; (v) respublika final bosqichida saralangan eng yaxshi 200 ta loyiha egalari uchun “Startap oromgohi”ni tashkil etish. | 2026-yildan boshlab har yili | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova) |
5. | Yoshlarning startap, biznes va kreativ g‘oyalarini shakllantirish va loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni yo‘lga qo‘yish | 1. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi hisobidan: (a) quyidagi dasturlarni amalga oshirish: startap yo‘nalishida — “Uz-Combinator” intensiv inkubatsiya dasturi; biznes va tadbirkorlik yo‘nalishida — “Business-Combinator”dasturi; kreativ mahsulotlar yaratish yo‘nalishida — “Creative-Combinator” dasturi; (b) dasturlar doirasida yoshlarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoit va moddiy texnika bilan ta’minlash; (v) istiqbolli tashabbusga ega yoshlarni tanlab olish va o‘qitish hamda dastur ishtirokchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lab berish; (g) zaruratga ko‘ra, boshqa soha va yo‘nalishlarda ham “Combinator” dasturlarini joriy etish orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish. 2. Dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, shu jumladan, “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi hisobidan ularning loyihalariga ulush va investitsiya kiritish orqali qo‘llab-quvvatlash. | 2026-yildan boshlab har yili | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
6. | Kraudfanding faoliyatini tartibga solish | Kraudfanding faoliyatini tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) kraudfanding tushunchasi (raqamli platforma orqali loyihalarni amalga oshirish uchun jamoaviy ravishda pul mablag‘larini jalb etish); (b) kraudfanding asosiy modellari, ishtirokchilar va platforma operatorlarining huquq va majburiyatlari. | 2026-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Markaziy bank (Ishmetov) |
7. | Yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdimotini o‘tkazish | “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: (a) yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalarning ochiq taqdimotini (pitch) o‘tkazish hamda baholash; (b) istiqbolli startaplarni tanlab olish va ularga venchur fondlar mablag‘lari hisobidan investitsiya kiritish; (v) Yoshlar ishlari agentligi binosida zarur qulayliklarga ega taqdimotlar maydoni (Pitch Arena) tashkil etish. | 2026-yildan boshlab har yili | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Innovatsion rivojlanish agentligi |
II. Startap loyihani ishlab chiqish bosqichi | ||||
8. | “Yosh tadbirkorlar” chempionatini tashkil etish | Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi kengashi qarori bilan “Yosh tadbirkorlar” chempionatini o‘tkazish tartibini tasdiqlash va unda quyidagilarni nazarda tutish: (a) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasida Global tadbirkorlar loyiha ofisini tashkil etish; (b) nufuzli xalqaro startap akseleratorlari, innovatsiya markazlari va investitsiya tuzilmalari (Startup Chile, NiCool Global Entrepreneurs Competition, Startup India, Plug and Play kabi) hamda yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish; (v) yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash; (g) chempionat g‘oliblarini nufuzli xorijiy akseleratorlar va kompaniyalarga amaliyot o‘tash dasturlariga yuborish. | 2026-yil mart | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
9. | Startap g‘oyalarni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida “Biznes-farishtalar” faoliyatini rag‘batlantirish | Startap loyihalarining ustav kapitaliga investitsiya mablag‘larini kiritgan investorlar (“biznes-farishtalar”) ushbu ulushni kamida 3 yildan keyin sotganda, sotishdan olingan daromad (foyda) summasini soliqdan ozod qilish orqali startaplarga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish mexanizmini joriy qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish, natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil may | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
10. | Startap loyihaning prototipini ishlab chiqish uchun infratuzilma yaratish | 1. Tadqiqot va ishlanma markazlari (R&D center) tashkil etiladigan Yoshlar texnoparklari va oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Innovatsion rivojlanish agentligi |
2. Sinovdan o‘tkazish uchun saralab olingan yiliga 10 tagacha istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi mablag‘larni qoplab berish uchun tegishincha Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Raqamli startaplar” dasturi hisobidan moliyalashtiriladigan “R&D” vaucher taqdim etish tartibini tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qo‘chqorov) | ||
3. Oliygohlardagi laboratoriya va inkubatsiya markazlaridan maktab o‘quvchilari ham foydalanadigan tizimni yo‘lga qo‘yish. | 2026-yil aprel | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) | ||
11. | Trekerlar tayyorlash dasturini amalga oshirish | IT-park va uning filiallarida startaplarga professional asosda ko‘maklashuvchi mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan Trekerlar tayyorlash dasturini joriy etish. | 2026-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
12. | “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish | 1. “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish tartibini tasdiqlash. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), oliy ta’lim tashkilotlari |
2. Dasturda ishtirok etadigan oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritish. | 2027-yil aprel | |||
13. | Yoshlarning startap yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish | Yoshlarga startap yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan bepul onlayn ta’lim platformasini ishga tushirish. Bunda: (a) onlayn ta’lim platformasida ta’lim modullari, interaktiv darslar, mentorlik xizmati, investorlar bilan bog‘lanish, onlayn hamjamiyat va avtomatlashgan biznes vositalari va boshqa imkoniyatlarni ishga tushirish; (b) platformani yaratish va saqlash xarajatlarini “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish. | 2026-yil noyabr | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
III. Startapni ishga tushirish bosqichi | ||||
14. | Startap loyihalarning xarajatlarini qoplab berish | 1. Startap ekotizimining yagona elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tgan startap tashabbuskorlariga mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq sohalar bo‘yicha xarajatlarni mas’ul tashkilotlar tomonidan qoplab berish tartibini tasdiqlash. | 2026-yil mart | Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qo‘chqorov) |
2. O‘qish xarajatlari qoplanadigan o‘quv kurslari hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari ro‘yxatini belgilash. | 2026-yil mart | |||
15. | Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida milliy va xalqaro tanlovlar o‘tkazish tartibini takomillashtirish | Milliy startap ekotizimini yanada boyitish va xalqaro tajribani jalb qilish maqsadida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovi umumiy mukofot jamg‘armasini 1 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollariga ko‘paytirish. Bunda qo‘shimcha ajratilayotgan mablag‘lar esa grant shaklida emas, balki investitsiya ko‘rinishida taqdim etilishini ko‘zda tutish; (b) xorijiy startap loyihalar va ularning ta’sischilarini O‘zbekistonga jalb etishni ko‘zda tutuvchi umumiy mukofot jamg‘armasi 5 million AQSH dollari bo‘lgan “Startaplar makoni” (“Land of Startups)”) yangi xalqaro tanlovini joriy etish. | 2026-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
16. | Yoshlar, yosh startap va biznes vakillarining tadbirkorlik salohiyatini oshirish va bozordagi faol ishtirokini ta’minlash | 1. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan biznes-forumlar, o‘quv oromgohlari, mahsulot va xizmatlar ko‘rgazmalari, tajriba almashish dasturlari hamda tanlovlar tashkil etish bo‘yicha reja-grafikni tasdiqlash. | 2026-yildan boshlab har yili mart oyida | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
2. Tasdiqlangan reja-grafiklarga asosan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026 — 2030-yillarda | |||
17. | Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan startap loyihalar natijasida yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarning davlat xaridlari tizimida sotilishini yo‘lga qo‘yish | Startap ekotizimining yagona elektron platformasida muvaffaqiyatli startaplar reyestridagi startap loyihalar natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bo‘yicha davlat xaridlari elektron tizimlarida joylashtirilgan oferta hamda tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi sahifani davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida yaratish. | 2026-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
18. | Startaplar klubini tashkil etish | 1. Hududlarda bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida startap loyihalar hamda hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlaridan iborat Startaplar klubini tashkil qilish. | 2026-yil aprel | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
2. Salohiyatli startap loyihalarga yirik tadbirkorlik subyektlarini biriktirish amaliyotini joriy qilish. | Doimiy | |||
3. Startaplar klubida startaplar hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda doimiy davra suhbatlari tashkil qilish. | Doimiy | |||
19. | “Startap ekspo” ko‘rgazmasini o‘tkazish | “Startap ekspo” ko‘rgazmasini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil mart | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
IV. Startapni masshtablashtirish (eksport qilish) bosqichi va tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
20. | Mahalliy startaplarni xalqaro miqyosda rivojlantirish | 1. TechCrunch, AlchemistX, Kremniy vodiysi rezidentligi dasturi hamda “Silkroad Innovation Nub” kabi yetakchi global akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Bunda: (a) yetakchi global akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari bilan muzokaralar o‘tkazish va hamkorlik o‘rnatish; (b) xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega startaplarga xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishiga ko‘maklashish. 2. “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasining AQSHning Kremniy vodiysida o‘zbekistonlik yoshlar va mahalliy startap asoschilarini xalqaro bozordagi yirik kompaniyalar, investor va akseleratorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydigan Startap loyihalari ofisini tashkil etish. | 2026-yil yakuniga qadar | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
21. | Startap ekotizimini muvofiqlashtirish | 1. Startap ekotizimi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash tartiblarini tasdiqlash. | 2026-yil mart | Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qo‘chqorov) |
2. Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishlarini o‘tkazib borish. | Har chorakda | |||
22. | Startap ekotizimining yagona elektron platformasini joriy etish | “Startupbase” axborot tizimi negizida quyidagi imkoniyatlarga ega Startap ekotizimining yagona elektron platformasini joriy etish: (a) startap ekotizimi ishtirokchilari, jumladan, sohalar va hududlar kesimida startap loyihalar, shundan, investitsiya olgan startaplar, muvaffaqiyatli startaplar, venchur fondlar, “biznes-farishtalar”, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarining elektron reyestrlarini yuritish; (b) startap loyihalarini moliyalashtiradigan tashkilotlar hamda ular tomonidan moliyalashtirish shartlari (term sheet); (v) kraudsorsing elektron platformasini joriy qilish. | 2026-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Markaziy bank (Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Innovatsion rivojlanish agentligi |
23. | Muvaffaqiyatli startaplar reyestrini joriy etish | Startap ekotizimining yagona elektron platformasida muvaffaqiyatli startaplar reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash. | 2026-yil mart | Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qo‘chqorov) |
24. | Startaplar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish | 1. Startap ekotizimi rivojlangan xorijiy davlatlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident Administratsiyasi hamda mas’ul vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhlarning tashriflarini uyushtirish. | 2026-yil fevral — iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Markaziy bank (Ishmetov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
2. Startap ekotizimi ishtirokchilari bilan muhokamalar o‘tkazish hamda qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil sentabr | |||
3. Xorijiy tajriba, startap ekotizimi ishtirokchilari takliflari, amaldagi holat va qonunchilik bazasi tahlili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor idoralar bilan kelishish: (a) startap ekotizimi ishtirokchilarining huquqiy maqomi hamda ularning huquq va majburiyatlari; (b) startap ekotizimini muvofiqlashtirish uchun mas’ul organ, vazirlik va idoralar vazifalari; (v) startap ekotizimi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash choralari va instrumentlari. | 2027-yil mart | |||
4. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, jumladan, davra suhbatlari tashkil qilish, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi muhokamasiga kiritish. | 2027-yil aprel | |||
5. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil iyun | |||
25. | To‘rt bosqichli startap ekotizimini moliyalashtirish | Startap loyihalar uchun Jahon bankidan jalb qilinadigan kredit liniyasini O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturining tashqi davlat qarzi jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatiga kiritish choralarini ko‘rish. | 2026-yil yakuniga qadar | Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
26. | Raqamli startaplar dasturini takomillashtirish | Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini qo‘llash tartibini belgilovchi nizomlarni mazkur qaror talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qo‘chqorov) |
27. | Muvaffaqiyatli startaplarni targ‘ib qilish | Muvaffaqiyatli startaplar to‘g‘risida maqola va videoroliklar tayyorlash, ularni har chorakda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, shuningdek, startap egalari tomonidan o‘z mahsulotlarini ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha realiti shoularni tashkil qilish. | 2026-yil apreldan boshlab doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), O‘zMTRK (Djurabayev) |
5-ILOVA
T/r | Qo‘llab-quvvatlash chorasi | Taqdim etuvchi tashkilot / moliyalashtirish manbai | Qo‘llab-quvvatlash chorasi taqdim etiladigan subyektlar | Foydalanish muddati |
I. Kreditlar ajratish* | ||||
1. | Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga** tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 100 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish. | “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, AT “Aloqabank”, tijorat banklari / Jamg‘arma | 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolar. 2. Dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoshlar. 3. Ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan yosh fuqarolar. 4. Ta’sischisi yosh fuqaro bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. | 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha |
Bunda loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 24 oygacha muddatga ajratilishi mumkin. | Har 1 yilda so‘ndirish sharti bilan 5 yilgacha | |||
2. | Jamg‘arma resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 100 mln so‘mdan yuqori, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish. | 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolar. 2. Dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoshlar. 3. Ta’sischisi yosh fuqaro bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. | 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha | |
3. | Jamg‘arma resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 500 mln so‘mdan yuqori, 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish. | 1. Ta’sischisi yosh fuqaro bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar. 2. Yaratiladigan ish o‘rinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlari. | 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha | |
4. | Jamg‘arma resurslari hisobidan minitraktor, kultivator, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahsulotlarni saralash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash uskunalarini xarid qilish va sug‘orish tizimlari (quduqlar burg‘ilash) loyihalari uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish. | 1.A’zolarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etuvchi qishloq xo‘jaligi kooperativlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmatlar ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jaligi kooperativlari. | ||
II. Kompensatsiyalar taqdim etish | ||||
5. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmonida belgilangan tartib va shartlar asosida ajratiladigan kreditlar va lizinglar bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish. | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmonida belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari. | 3 yilgacha muddatga |
III. Jamg‘arma tomonidan qarz ajratish*** hamda startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash | ||||
6. | Jamg‘arma tomonidan uning resurslari hisobidan tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash, jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming baravarigacha miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarz ajratish. | Jamg‘arma | 1. Ta’sischisi yosh fuqaro bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. 2. Yaratiladigan ish o‘rinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni (shu jumladan, “Yoshlar daftari”ga kirganlarni) ishga joylashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. Bunda ro‘yxatning ushbu pozitsiyasida ko‘zda tutilgan subyektlar: Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi bo‘yicha kamida “BB” (61 — 75 ball) ko‘rsatkichga ega; ajratiladigan mablag‘ qiymatining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mol-mulkni garov ta’minoti sifatida taqdim etgan; kamida 12 oydan ortiq muddat davomida faoliyat ko‘rsatayotgan; xarid qilinadigan tovar va xizmatlar qiymatining to‘rtdan bir qismi miqdorida Jamg‘arma daromadini qo‘shgan holda ajratiladigan jami qarz mablag‘larini teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan bo‘lishi lozim. Hukumat qaroriga muvofiq ro‘yxatning ushbu pozitsiyasida ko‘zda tutilgan subyektlarga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. | 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga |
7. | Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan yoki startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan yoxud boshqa venchur jamg‘armalaridan investitsiya jalb qilgan: istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 million so‘mgacha; O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 2 milliard so‘mgacha; xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega startap loyihaga — 5 milliard so‘mgacha investitsiya ajratiladi. | Venchur jamg‘arma / Jamg‘arma | Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi keyinchalik yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki ta’sischi yosh bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyekti. | - |
8. | Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan startap g‘oyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha bo‘lgan qismini, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab berish. | Jamg‘arma | Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. | - |
9. | Startaplar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan yo‘nalishlardagi o‘quv kurslarida o‘qish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha bo‘lgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda to‘lab berish. | Jamg‘arma | Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Bunda yo‘nalishlar ro‘yxati Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. | - |
10. | Yoshlar texnoparki va oliy ta’lim tashkilotlarida Tadqiqot va ishlanma markazlarida (R&D center) sinovdan o‘tkazish uchun saralab olingan istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi xarajatlar uchun mablag‘ ajratish. | Jamg‘arma | Bunda har yili saralab olingan 10 tagacha istiqbolli loyihalar uchun mablag‘ ajratiladi. | - |
11. | Startap-studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz qarz (ssuda) ajratish | Jamg‘arma | Yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. Bunda qarz (ssuda) startap-studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish bo‘yicha reja Jamg‘arma kengashi tomonidan ma’qullanganda ajratiladi. | 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga |
12. | Mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bog‘liq badal to‘lovlari uchun oyma-oy jami bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha grant ajratish. | Jamg‘arma | Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Bunda to‘lovlar oyma-oy ajratiladi. | - |
13. | Yoshlarning startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bog‘liq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini qoplab berish. | Jamg‘arma | O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bog‘liq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplab beriladi. | - |
14. | “Yosh tadbirkorlar” chempionatining eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalarining har biriga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritish. | Venchur jamg‘arma / Jamg‘arma | O‘tkazish tartibi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan “Yosh tadbirkorlar” chempionatining eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalariga investitsiya kiritiladi. | - |
15. | “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari bo‘yicha startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlarini to‘lash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratish. | Jamg‘arma | “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari bo‘yicha g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan startap va biznes loyihalari egalari. | - |
16. | O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega biznes loyihalarga ulush kiritish va 5 milliard so‘mgacha investitsiya ajratish. | Jamg‘arma | Ta’sischisi yosh fuqaro bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari. | - |
17. | Olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratish. | Jamg‘arma | 1. Qarz ajratishda quyidagi talablar belgilanadi: yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan yosh fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining yosh ta’sischisi xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan bo‘lishi; qarz oluvchi subyektlar bilan Jamg‘arma ijro etuvchi organi o‘rtasida affillanganlik holati bo‘lmasligi. 2. Qarz quyidagi subyektlarga ajratiladi: yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga; ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida yosh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga. | 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga |