20.01.2026 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-449-son qarori hamda “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha murojaatlari “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “open space” tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishi belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi hamda Adliya vazirligining ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalarini hisobdan chiqarish yoki “antikvar” avtomototransport vositasi sifatida qayd etish, shuningdek, umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari hamda konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan murojaatlari “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “open space” tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — YHXX) yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining (keyingi o‘rinlarda — YAAAT) “Ma’muriy amaliyot” moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar bilan bog‘liq ma’lumotlar YHXX huzuridagi Ma’muriy amaliyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va hududiy markazlar xodimlari tomonidan YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduli orqali olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari hamda konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransport vositalari uchun alohida seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) o‘zgarganini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda talab etiladigan hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik va idoralar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar bilan bog‘liq ma’lumotlar almashinuvi faqat elektron ko‘rinishda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduli orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar bilan bog‘liq hujjat va ma’lumotlar YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduli yordamida olinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan holda YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduli orqali yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni tasdiqlovchi audio, video yoki fotodalillarni sudlarga elektron shaklda yuborish, shuningdek, sudlarga ma’muriy ish hujjatlarini Markaz va hududiy markazlar mas’ul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali taqdim etish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlarini real vaqt rejimida taqdim etish imkonini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar bilan bog‘liq barcha hujjatlar almashinuvini faqat elektron ko‘rinishda amalga oshirish, bunda sudlar tomonidan mazkur ishlarni ko‘rib chiqish natijalari ham elektron ko‘rinishda YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduliga yuborilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan xorijiy avtotransport vositalari, shuningdek, ushbu transport vositalarni boshqarib kelayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida YAAATning “Ma’muriy amaliyot” moduliga yuborilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyundan boshlab, belgilangan shakldagi elektron tibbiy ma’lumotnomalarni, shuningdek, haydovchilarning (haydovchilikka nomzodlarning) sog‘lig‘i transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qilishi to‘g‘risidagi tibbiy xulosalarni elektron shaklda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali YAAATga yuborilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda aholini haydovchilik va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalari bilan ta’minlashni tashkil etish, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta o‘tkazish) jarayonlarida tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, bunda servis va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari hamda davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va avtomototransport vositalarini haydovchilik va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, davlat raqami belgilari bilan ta’minlash faoliyati (asbob-uskunalari)ga servis va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuqoridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlar miqdorlari (stavkalari) “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, xodimlari, ishchi va xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash (pul ta’minoti) tartibi va shartlari, shu jumladan, tarif koeffitsiyentlari va ularni oshirish miqdorlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 123-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “ma’lumotnoma-schyot” so‘zlari “elektron hisob-ma’lumot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 111-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga 2-ilovaning “Avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tavsifi” bo‘limi o‘ninchi xatboshisidagi “manzili” so‘zi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“antikvar” avtomototransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan, asl holati (tashqi ko‘rinishi), tuzilishi va asosiy agregatlari saqlanib qolgan avtomototransport vositalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“antikvar” transport vositalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan transport vositalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Auksion savdolari natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan avtomototransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — YAAAT) “Avtomototransport hisobi” moduli orqali ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi (yoki o‘tkazilmaganligi) tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda avtomototransport vositasi muqaddam DYHXX ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa (sud qarori asosida davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki harbiy tuzilmalarga tegishli harbiy transport vositalari bundan mustasno), mas’ul xodim tomonidan holatga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtotransport vositalariga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) o‘zgarganini tasdiqlovchi ma’lumotlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v1) ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari taqdim etilganda (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “YHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning 5-bandi (manzili) to‘ldirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” so‘zlari “YAAAT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan, yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli “YUK” seriyali RO‘DRB;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan yuridik shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “KON” seriyali RO‘DRB;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “ANT” seriyali RO‘DRB;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga I, IA yoki IE, IAE tipli, “TTT” seriyali RO‘DRB beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqqan holda yuqoridagi seriyali RO‘DRBlarining oxirgi harflari o‘rniga boshqa harflar qo‘llanilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olib qo‘yilgan RO‘DRBlarini yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “hisob-ma’lumotnoma” so‘zlari “elektron hisob-ma’lumot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-bandning birinchi xatboshisidagi “Yagona avtomatlashtirilgan tizimiga” so‘zlari “YAAATga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“avtomototransport vositasi yaroqsiz deb hisoblanganda, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“60. Yaroqsiz avtomototransport vositasini, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalarini (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida tanlangan raqam kombinatsiyasi dastur tomonidan band qilinmagani tekshirilib, buyurtma beruvchi nomiga yagona oshirilgan to‘lov uchun invoys shakllantiriladi. To‘lovni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslarga har biri 20 daqiqagacha vaqtdan iborat bo‘lgan ikkita imkoniyat, yuridik shaxslarga esa 72 soat vaqt beriladi. Ushbu vaqt mobaynida kombinatsiya boshqa shaxslar tomonidan tanlanmasligi uchun tizimda vaqtincha zaxiraga olinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan vaqt mobaynida tanlangan RO‘DRB kombinatsiya uchun yagona oshirilgan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, aynan shu buyurtma beruvchiga aynan shu raqam kombinatsiyasini takroran band qilish Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan olti oy muddatga bloklanadi, to‘lov amalga oshirilmagan tanlangan RO‘DRB kombinatsiyasi 12 soat mobaynida ochiq ma’lumotlar bazasiga qaytariladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi 268-son qarori rus tilidagi matnining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Soglasitsya s predlojeniyem Ministerstva vnutrennix del, Ministerstva transporta Respubliki Uzbekistan o zapreshenii perevozki gruzov cherez pereval “Kamchik” gruzovimi avtomobilyami i avtomobilyami-tyagachami, a takje pritsepami i polipritsepami, s momenta vipuska kotorix proshlo boleye 20 let”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash pasporti 8-pozitsiyasining “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar

1.

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun o‘quv avtomototransport vositalarining mavjudligi:*

8 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “V” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;

12 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “S” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;

24 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “D” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi.

2.

Avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha ta’lim tashkilotiga qo‘yiladigan talablar (ushbu talablar avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun tatbiq etiladi):*

Haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni hamda YHXX mas’ul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;

haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining shakllantirilganligi;

imtihonlarni o‘tkazish tizimlari unumdorligining xizmat ko‘rsatish hududi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon topshiruvchilar soniga muvofiqligi;

Respublikaning barcha hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida) filiallarning mavjudligi;

dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish bo‘yicha axborot tizimining mavjudligi;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;

o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillarini YHXXga muntazam taqdim etib borish;

imtihonlar jarayonini YHXX va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, o‘tkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa ma’muriy tartib-taomillar) YHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan holda tasdiqlanganligi.

3.

Haydovchilarni tayyorlash ta’lim tashkilotining hududiga qo‘yiladigan talablar:*

tungi yoritgichlar o‘rnatilganligi; ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi;

hojatxona bilan ta’minlanganligi; avtomototransport vositalarining toifa(lar) yo‘nalishi bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 18000 m2 yer maydoniga ega bo‘lgan, avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi.

4.

Axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi:*

audio va videokuzatuv tizimi mavjudligi;

nazariy imtihonlarni o‘tkazishning oshkoraligini ta’minlash uchun video yozib olish tizimi mavjudligi;

imtihonlar jarayonini YHXX va uning bo‘linmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;

nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan kamida 25 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan), shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar)ning mavjudligi.

5.

Imtihon topshiruvchilarning maksimal soni:*

guruhda — 24 nafar

6.

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazuvchi ta’lim muassasasi rahbariga qo‘yiladigan talablar:

korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun sudlanganlik holati bo‘lmasligi (sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lmasligi);

7.

Ta’lim muassasasining ustav jamg‘armasi minimal miqdoriga qo‘yiladigan talablar:*

BHMning 150 000 baravaridan kam bo‘lmasligi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandning beshinchi xatboshisidagi “DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga” so‘zlari “YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-banddagi “nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha malaka oshirishlari shart” so‘zlari “malaka oshirishlari hamda nazariy va amaliy imtihonlar topshirishlari shart” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58 — 62-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“63. Yaroqsiz holga kelgan milliy haydovchilik guvohnomasi ushbu Nizomning 57-bandiga muvofiq almashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“66. Yo‘qolgan (o‘g‘irlangan, yongin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati haydovchining arizasiga muvofiq, mas’ul xodim tomonidan haydovchilik guvohnomasi olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilgandan so‘ng imtihonlarsiz beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67 — 70-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-banddagi “tibbiy ko‘rikdan o‘tib,” so‘zlari chiqarib tashlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-iyuldagi 514-son qarorining 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “uning filiallari” so‘zlari “hududiy ma’muriy amaliyot markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “ma’muriy amaliyot inspektori” so‘zlari “ma’muriy amaliyot markazlari xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boshqaruvi organlari hamda tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq avtomobillar, elektromobillar (gibrid avtomobillar) va ularning tirkamalarini (yarimtirkamalarini), mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlarni, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni (keyingi o‘rinlarda — transport vositalari) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarga (davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari bundan mustasno) tegishli bo‘lgan barcha (M, N, O, L) toifadagi transport vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, maxsus hamda yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha (o‘n to‘rtinchi yili ham) bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq bo‘lgan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tirkamalar texnik ko‘rikdan transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) STG-3 turdagi gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalari (mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — uch yilda bir marta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha (o‘ninchi yili ham) bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-band va 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bobning nomidagi “Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalariga” so‘zlari “Davlat organlari va tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, maxsus va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) joyda yoki ularning murojaatlariga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida quyidagi joylarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, ko‘tarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun xandaq (yama)larga, nazorat-o‘lchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis shrizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlarda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 va 33-bandlardagi “davlat boshqaruvi organlari va” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlari hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“37. Trolleybuslar va tramvaylarning texnik holati foydalanish qoidalariga, standartlariga, yo‘l harakati va texnika xavfsizligiga mosligini tekshirish maqsadida texnik ko‘rikdan DYHXX xodimlari tomonidan trolleybus va tramvay depolarida o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
512-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport vositalarini texnik holatini tekshirish joylari DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli bo‘lgan texnik bazalardan ular bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “binosida kengligi” so‘zlari “binosining kirish qismida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi, xonalari va unga kirish-chiqish joylariga zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,0 metrdan kam” so‘zlari “6,0 metrdan kam” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “kengligi 0,9 metrdan kam bo‘lmasligi kerak” so‘zlari “kengligi 0,9 metrdan, chuqurligi 1,6 metrdan kam bo‘lmasligi kerak” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarorining 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 4-sentabrdagi 562-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) barcha davlat raqami belgilarini berish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi. Bunda skuter, elektromototsikl va elektromobillar uchun davlat raqami belgilarining to‘lovlari qolganlarga nisbatan kamaytirilgan holda belgilanadi;”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)