19.01.2026 yildagi PQ-14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-45-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda migratsiya va personallashtirish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor yo‘nalishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar migratsiya va personallashtirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarini bosqichma-bosqich tezkorlik va shaffoflik tamoyillari asosida aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatuvchi “servis bo‘linmalar”ga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) migratsiya va personallashtirish sohasida respublika — viloyat — tuman (shahar) bo‘linmalar faoliyatini tashkil etishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ular samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) migratsiya va personallashtirish sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) shaxsga doir ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali mavjud axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-maydan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosida faoliyat yuritadigan “Aqlli” migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida 3-ilovada keltirilgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘ziga o‘zi ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) 2027-yil 1-mayga qadar eksperiment natijasidan kelib chiqib, “Aqlli” migratsiya shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida, shuningdek, savdo va ko‘ngilochar markazlar, turistik hududlarda ham tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Aholiga qulayliklar yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab Departament va uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalarining amal qilish muddatini bir marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolatini Departament va uning hududiy boshqarmalariga ham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga chet el fuqarolari ta’lim olayotgan muassasalar yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarda viza muddatini uzaytirish, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun korxona, muassasa va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan shartnoma asosida migratsiya bo‘linmasiga shahodatlangan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar yotoqxonasiga joylashish bo‘yicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda talabalarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2026-yil 1-fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga identifikatsiyalovchi ID kartalar birinchi marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikatini bepul berish hamda fuqaroni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida avtomatik tarzda bepul ro‘yxatdan o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Migratsiya va personallashtirish sohasini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) 2026-yil 1-avgustga qadar sun’iy intellekt texnologiyalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, onlayn huquqiy maslahat berish, yuklamasi kam bo‘lgan migratsiya bo‘linmalari haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining “Passport-visa” mobil ilovasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur mobil ilova orqali ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlari dastlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda bo‘lish qoidalariga rioya etilishini “Xavfsiz shahar” tizimi orqali aniqlash va monitoring qilish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) migratsiya va personallashtirish sohasida boshqa shaxsning roziligi talab etiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ularning shaxsini “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining “Face-ID” moduli orqali masofadan turib aniqlash va roziligini olish imkonini beruvchi “E-Rozilik” platformasini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mulkdor yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining murojaati asosida uning turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun ariza yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar shaxsga doir ma’lumotlar doimiy yangilanishi va xavfsizligini ta’minlash, davlat xizmatlari sonini oshirish hamda takrorlanuvchi ma’lumotlarni birlashtirish orqali axborot resurslaridan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida Personallashtirish markazining ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotlarini Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasiga birlashtirsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shaxsga doir ma’lumotlar jamlangan “Yagona raqamli migratsiya” platformasi yaratiladi (Digital migration platform);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini takomillashtirish, qo‘llab-quvvatlash, Departament va uning quyi tizimlari uchun server, kompyuter va boshqa qurilmalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligi hamda Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki ishlar vazirligi (Z.K. Kurbanov) Departamentning axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, barcha axborot tizimlari, dasturiy ta’minotlar va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) migratsiya va personallashtirish bo‘linmalariga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy chora ko‘rish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshlig‘i D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Bajarish muddati

Mas’ul organ

I. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishida

1.

Migratsiya va personallashtirish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) va uning hududiy bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish.

1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Departament va uning hududiy boshqarmalariga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolatini berish.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berish bo‘yicha elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritish.

Bunda mazkur xizmatni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan bir vaqtda Ichki ishlar vazirligiga berish hamda pul tushumlari taqsimotini qayta ko‘rib chiqish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Ichki ishlar organlariga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunga xilof ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish huquqini berish.

1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

6.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun YIDXP orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov)

7.

Departament va uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalarining amal qilish muddatini bir marta 30 kungacha muddatga uzaytirish huquqini berish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov)

8.

Talaba yotoqxonaga joylashish bo‘yicha murojaat qilganda ta’lim muassasasi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish jarayonida YIDXP orqali kompozit tarzda o‘sha yerning o‘ziga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini joriy etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qo‘mitasi

(Pulatov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

9.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning idoralararo elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Respublikamizga kirishi taqiqlangan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish va Chegara qo‘shinlariga elektron tarzda yuborish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Idoraviy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Idoraviy hujjat loyihasini tasdiqlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

II. Amaliy chora-tadbirlar yo‘nalishida

10.

O‘zbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida Departament axborot tizimini “Xavfsiz shahar” platformasi bilan integratsiya qilish.

1. Departamentning axborot tizimini “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil mart

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov)

2. Texnologik yo‘riqnoma asosida tizimlarni integratsiya qilish.

2026-yil may

3. O‘zbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash va ushlash tartibini ishlab chiqib tasdiqlash.

2026-yil iyun

4. O‘zbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash va ushlash tizimini 2026-yil 1-avgustga qadar ishga tushirish.

2026-yil iyul

11.

Ichki ishlar organlarida migratsiya va personallashtirish sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini yagona ilovaga birlashtirgan holda “PASSPORT-VISA” mobil ilovasini yaratish.

1. Mobil ilova va uning modullari hamda ishlash tartiblari yuzasidan ichki reglamentni ishlab chiqish.

IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari

2026-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Mobil ilovaning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

2026-yil may

3. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan o‘tkazish.

2026-yil iyun

4. Mobil ilovani ishlab chiqish va 2026-yil 1-avgustdan ishga tushirish.

2026-yil iyul

12.

Migratsiya va personallashtirish sohasidagi davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda ko‘rsatilishi hamda tashqi tizimlar bilan ma’lumot almashish bo‘yicha veb-xizmatlarni nazorat qilish maqsadida “Pasport-viza” tizimi doirasida “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

1. Departament va uning hududiy boshqarmalarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilib borish maqsadida “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

2. Yagona monitoring tizimi uchun zaruriy texnik qurilmalar bilan jihozlash.

3. Dasturiy ta’minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

4. Texnik ekspertizadan o‘tkazish.

5. “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablag‘lari

2026-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

13.

Departamentning hududiy boshqarma, bo‘lim (bo‘linma)lari binolarini mukammal ta’mirlash.

1. Departamentning hududiy boshqarma, bo‘lim (bo‘linma)lari binolari holatini taftishdan o‘tkazish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari,

mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarining ta’mirtalab binolari ro‘yxatini shakllantirib, ta’mirlash muddatlari belgilangan holda reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026 — 2028-yillar

3. Binolarni mukammal ta’mirlash va foydalanishga topshirish.

Alohida rejaga muvofiq

14.

Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar shaxsga doir ma’lumotlar doimiy yangilanishini ta’minlash maqsadida Personallashtirish markazining ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotlarini IIVning “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasiga birlashtirishni amalga oshirish.

1. Personallashtirish markazi hamda Departament binosida joylashgan ma’lumotlar bazalari, texnika, dasturiy ta’minot va boshqalarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov asosida bosqichma-bosqich bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablag‘lari

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

15.

Shaxsga doir ma’lumotlar jamlangan “Yagona raqamli migratsiya” platformasini yaratish (Digital migration platform).

1. Platforma va uning modullari hamda ishlash tartiblari yuzasidan ichki reglamentni ishlab chiqish.

2. Platformaning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

3. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan o‘tkazish.

4. Platformani ishlab chiqish va 2027-yil 1-yanvardan ishga tushirish.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablag‘lari

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

16.

Talaba yotoqxonaga joylashish bo‘yicha murojaat qilganda ta’lim muassasasi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish jarayonida YIDXP orqali kompozit tarzda o‘sha yerning o‘ziga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarini IIV axborot tizimiga integratsiya qilish.

1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarini Departamentning axborot tizimiga o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Soliq qo‘mitasi

(Pulatov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan o‘tkazish.

2026-yil iyul

3. Axborot tizimlarini integratsiya qilish va 2026-yil 1-sentabrdan YIDXP orqali ishga tushirish.

2026-yil avgust

17.

Fuqaroning turar joyda ro‘yxatdan o‘tkazilganini bekor qilish yoki ro‘yxatga olinganlikni tiklash bo‘yicha sud qarorlarini ichki ishlar organlariga faqat elektron shaklda yuborish.

1. Oliy sudning axborot tizimini Departamentning axborot tizimiga o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy sud

(Islamov)

2. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan o‘tkazish.

2026-yil iyul

3. Axborot tizimlarini integratsiya qilish va 2026-yil 1-sentabrdan yo‘lga qo‘yish.

2026-yil avgust

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aqlli” migratsiya shoxobchalari orqali o‘z-o‘ziga ko‘rsatiladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatiladigan xizmatlar nomi

Shoxobchada rasmiylashtiriladigan xizmatlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga identifikatsiyalovchi ID kartasini rasmiylashtirib berish va identifikatsiyalovchi ID kartasini almashtirish.

2.

O‘zbekiston Respublikasida mulkdorni o‘z uyiga yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish.

3.

Mulkdor tomonidan fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarish.

4.

O‘zining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlikni o‘zi bekor qilish.

5.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish.

6.

Yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma berish.

7.

Yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

8.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish.

Ariza yuborish

9.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ariza yuborish.

10.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.

11.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha ariza yuborish.

12.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga ariza yuborish.

13.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ariza yuborish.

14.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza muddatlarini uzaytirishga ariza yuborish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3126-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-bandning yigirma yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandning yigirma yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandning 51-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3836-son qarorining 9-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4079-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari undirilmagan holda ko‘p martalik vizalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish, yashash joyida hisobga olish va uning muddatini uzaytirishga ruxsat berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning o‘n beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi)” va “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” so‘zlari tegishlicha “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — Migratsiya va personallashtirish departamenti)” va “migratsiya va personallashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligida” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamentida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” va “b” kichik bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati organlari va Personallashtirish agentligiga” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “Personallashtirish agentligiga” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-banddagi “Personallashtirish agentligiga” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligining” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-bandning birinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamentining Personallashtirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56 va 58-bandlardagi “migratsiya bo‘linmasiga” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish bo‘linmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-bandning uchinchi xatboshisidagi “migratsiya bo‘linmalari” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-banddagi “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4343-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” so‘zlari “migratsiya va personallashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 32-pozitsiyasi “To‘lovchilar nomi” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qarori bilan tasdiqlangan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 10-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi” va “(keyingi o‘rinlarda — MvaFRB)” so‘zlari tegishincha “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti” va “(keyingi o‘rinlarda — MvaPB)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 16 — 18-bandlardagi “MvaFRB” qisqartmasi “MvaPB” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi” va “(keyingi o‘rinlarda — MvaFRB)” so‘zlari “Migratsiya va personallashtirish departamenti” va “(keyingi o‘rinlarda — MvaPB)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “MvaFRB” qisqartmasi “MvaPB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)