Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026 11.07.2017 yildagi PQ-3126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika, oʻrta va quyi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning zimmalariga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — aholini pasportlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda boʻlish, fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish va fuqarolikdan chiqish, siyosiy boshpana berish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va prognoz qilishning taʼsirchan, soha faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishni taʼminlovchi mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida, shu jumladan boshqarilmaydigan navbatlar taʼsiri ostida vujudga keladigan korrupsiya va vakolatni suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni kompleks oʻrganish asosida ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, mazkur sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralar bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — xorijiy, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tez-tez boʻladigan davlatlarning migratsiya sohasidagi qonunchiligini tizimli ravishda oʻrganish, tashqi migratsiya holatini doimiy tahlil qilish, mamlakat fuqarolariga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni tuzish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — davlat xizmatlarini koʻrsatishning shaffofligini taʼminlash va tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻz faoliyatida keng qoʻllash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatishning hamda pasport tizimi masalalari boʻyicha fuqarolar qabulini tartibga solishning bevosita aloqa qilinmaydigan muloqot shaklini taʼminlovchi elektron tizimini joriy qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini taʼminlovchi elektron tizimni ishlab chiqsin va 2018-yil 1-maydan eʼtiboran amalga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarini pasport tizimi masalalari boʻyicha fuqarolar qabulini elektron tartibga solish uchun asbob-uskunalar va dasturiy taʼminot bilan bosqichma-bosqich jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tarkibida umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning elektron tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda boʻlish, fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish va undan chiqish, siyosiy boshpana berish sohasida integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shuningdek axborot tizimlarining xavfsizligini va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, qidiruv ishlarini olib borishda koʻmaklashish masalalarida idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar migratsiya sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarni tanqidiy oʻrgansin, tashqi migratsiya holatini chuqur tahlil qilsin va belgilangan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari son jihatdan eng koʻp boʻladigan davlatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi vakolatli organlari vakolatxonalarini ochish va faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtish va ishga joylashishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish orqali yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror talablariga muvofiq migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport tizimi qoidalariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning respublika hududiga kirish, undan chiqish va unda boʻlish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni, shu jumladan tuzilgan xalqaro shartnomalar doirasida mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirish hamda tajriba almashish orqali kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda chet el pasportini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutgan holda chet el pasportini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) markaziy apparatining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishni va migratsiya jarayonlari monitoringini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh boshqarma oʻz blankasiga va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining toʻliq nomi yozilgan muhriga ega, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan, Bosh boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ramziga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy taʼminlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi axborotni talab qilib olish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolardan va yuridik shaxslarning vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va ularni hal etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yilda pasportlashtirilishi lozim boʻlgan fuqarolar sonini, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini, shuningdek migratsiya borasidagi boshqa masalalarni prognoz qilishni va rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni aniqlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birga profilaktik tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtishning belgilangan tartibini buzishga moyil shaxslarni aniqlash, shuningdek qaytish guvohnomasi (sertifikati) asosida qaytgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoʻqotib qoʻygan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta (yashash guvohnomasi) oʻrniga yangisini olish uchun murojaat etganlarida, ular bilan profilaktika suhbatlarini tashkil etish;
(6-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtish tartibini buzgan shaxslar haqidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
(6-band “a” kichik bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholi orasida pasport tizimi sohasidagi qonunchilikning talablarini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pasport tizimi va fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari manzil-maʼlumot byurolarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish boʻyicha ishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarni tanlash boʻyicha idoralararo komissiyaning qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish uchun ruxsatnomalarni berish boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini rejali tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish, ularning yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolikdan chiqish haqidagi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolikni qabul qilish haqidagi iltimosnomalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish va zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan shaxslarning xorijga vaqtincha va doimiy chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari boʻyicha murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlash, ular boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi maxsus kelishishni talab etadigan mansabdor shaxslarning xorijga vaqtincha chiqishi uchun hujjatlar rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vazirlik va idoralarning iltimosnomalarini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish, ular boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif etish, qabul qilish (yashash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish huquqini amalga oshirishida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirib berish orqali koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning xususiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi uchun viza berishga ruxsat etilishi haqidagi arizalarini koʻrib chiqish, ular boʻyicha qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish rasmiylashtirilishini taʼminlash;
(6-band “b” kichik bandining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish va yashash guvohnomasi berish masalasini koʻrib chiqish, shuningdek qonunda oʻrnatilgan tartibda ularni bekor qilish;
(6-band “b” kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik xorijga chiqish hujjatlari berishni tashkil etish, xorijga vaqtinchalik va doimiy chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor jismoniy shaxslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolalarni qidirishda majburiy ijro organlari bilan hamkorlik qilish.
(6-band “b” kichik bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy taʼminlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini oʻrganish, pasportlarni (yoʻl hujjatlarini), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berish, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirish, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va sharhlar ishlab chiqish, shuningdek ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga pasportlar (yoʻl hujjatlari), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berishda, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirishda, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda amaliy yordam koʻrsatish;
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan, shu jumladan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizasining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishda ish beruvchilarning pasport tizimi qoidalarini belgilovchi hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlarning va boshqa axborotlarning saqlanishini va axborot xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning identifikatsiya raqamini (shaxsiy kodini) tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va xorijda yoʻqolgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning yagona maʼlumotlar bazasini yuritish;
(6-band “v” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etish, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish masalalarida ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari va davlat organlari bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro axborot almashishni va tadbirlar oʻtkazishni amalga oshirish;
(6-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi va boshqa organlar bilan fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish, fuqarolikdan chiqish, pasport va chegara rejimini mustahkamlash, aholi migratsiyasini hisobga olish, shuningdek xorijga chiquvchi va Oʻzbekiston Respublikasiga kiruvchi shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
(6-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qidiruvdagi shaxslar, bedarak yoʻqolgan shaxslar va uzoq vaqt yashash joyida boʻlmagan shaxslarning pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlarini taqdim etish orqali ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish sohasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
(6-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarni oʻz vaqtida hisobga qoʻyishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini tasdiqlash boʻyicha soʻrovlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish boʻyicha soʻrovlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini yuritish huquqiga egaligi tasdiqlangan chet el fuqarolarining respublika hududida oʻrnatilgan pasport tizimi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish, uning hududidan tranzit oʻtish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlari ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalarida hamkorlikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish, ilgʻor xorijiy va milliy tajribani ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatiga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga, shu jumladan biometrik hujjatlarni olish, xorijga chiqish uchun materiallarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini berish jarayoniga joriy etish va ulardan foydalanish;
(6-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport tizimi qoidalariga rioya etish muammolari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish va oʻtkazish, axborot materiallarini tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridan va boshqa tashkilotlardan aholi migratsiyasi masalalari boʻyicha statistik, tahliliy materiallarni soʻrash, talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma berish tartibiga rioya etilishini tekshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalarda va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimini, shuningdek Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma berish tartibini buzish hollarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport va viza rejimi qoidalarini buzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy jazo choralari qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida prokuratura, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga pasport tizimi, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, undan chiqish va unda boʻlish qoidalarini buzgan shaxslar haqida axborot taqdim etish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya va pasport tizimi masalalari boʻyicha qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi IIVga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining ish faoliyati haqidagi zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh boshqarma boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining vakolati doirasida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar chiqaradi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga farmoyishlar loyihalarini kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazishni va ularning kasbiy tayyorgarligini, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil qiladi, oʻrnatilgan tartibda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga oʻrnatilgan tartibda Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni ragʻbatlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma xodimlarini oʻrnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma xodimlariga oʻz vakolati doirasida taʼtillar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmada oʻrnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma boʻlinmalarida maxfiylik rejimi, shu jumladan axborotni texnik himoya qilish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita oʻzi va oʻrinbosarlari orqali migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek xodimlar tomonidan har bir qonuniylik buzilishi holatlari oʻrnatilgan tartibda tekshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash haqida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh boshqarma boshligʻi yoʻqligida uning vazifasini birinchi oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, safdorlar tarkibi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) xodimlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ish yuritish va maxfiylik rejimi boʻyicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan oʻrnatilgan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarini maxsus texnika va boshqa moddiy-texnik vositalar hamda mol-mulk bilan taʼminlash oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 644-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)