19.01.2026 yildagi PF-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 7-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy transport kommunikatsiyalari orqali tranzit tashuvlarini koʻpaytirish hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududi boʻylab oʻtuvchi tranzit yoʻlaklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit erkinligi tamoyili asosida tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bojxona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish, tranzit yoʻriqnomalarini tasdiqlash va raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlarining tranzit yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarning tranzit tashuvlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari, takliflari va soʻrovnomalarini koʻrib chiqish va ushbu tashkilotga aʼzo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan tranzit tartibotlari toʻgʻrisida xabardor etib borish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 7-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

I.R. Maxkamov

transport vaziri, Idoralararo kengash raisi

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi, Idoralararo kengash raisining oʻrinbosari

A.Ya. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

X.F. Teshabayev

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

M.A. Madraximov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

A.T. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

Lavozimi boʻyicha

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

I.K. Ergashev

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

Z.Gʻ. Narzullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

J.Yu. Tursunov

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

M.A. Omarov

transport vazirining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

Idoralararo kengash kotibiyati funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-oktabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5262-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-banddagi va ilovaning nomidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmonidan kelib chiqib, 2024-yil 21-fevraldan boshlab amal qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ilovaning 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

15.

3402

(3402209000, 340211-340219dan tashqari)

Sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari (tovar pozitsiyasi 3401 boʻlgan vositalardan tashqari)

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-115-son qarori 13-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “8701 94 100” raqami “8701 92 900 0” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu ilovaning 3-bandi 2026-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5564-son Farmoniga 2-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6066-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3873-son qaroriga 3-ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)