09.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3749
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 09.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3749
Kuchga kirish sanasi
12.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3749]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmita raisi A. MAVLONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo sanoat palata raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 5-yanvardagi 24-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik tanqislik — dori vositalari va tibbiy jihozlarning respublika aholisi va davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarining (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) ehtiyojini qondirish uchun yetarli miqdorda mavjud emasligi yoki cheklangan miqdorda mavjud boʻlish holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, qoʻllanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda, majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga dori vositalari va tibbiy jihozlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqislik yuzaga kelgan taqdirda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash quyidagi yoʻllar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalaridagi mavjud dori vositalari va tibbiy jihozlar zaxiralarini qayta taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan dori vositalari va tibbiy jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) va tibbiyot amaliyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqislik yuzaga kelgan taqdirda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqislik yuzaga kelgan taqdirda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish quyidagilar tomonidan taqdim etiladigan mazkur Nizomning 4-bandida keltirilgan maʼlumotlarni tahlil qilish asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlaridagi assotsiatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ulgurji farmatsevtika tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari (“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali dori vositalari va tibbiy jihozlarning tanqisligi aniqlanganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari, tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlaridagi assotsiatsiyalari, ulgurji farmatsevtika tashkilotlari, Vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda Vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan Vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan holatlarda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha doimiy ishchi guruhga (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasi va tibbiy jihozning klinik ahamiyati, shu jumladan qamrab olinadigan aholi soni, dalillarga asoslangan tibbiyotda samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasi va tibbiy jihozning terapiya tuzilishidagi xavflar, shu jumladan tanqislikning kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillar hamda tibbiyot muassasalarida mavjud qoldiqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasi va tibbiy jihozning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (import qilinishi) yoki ishlab chiqarilishi toʻxtatilishi rejalashtirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik tanqislikni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan dori vositasi va tibbiy jihozning 3 oylik minimal miqdori (soni).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi, doza va shakllari, tibbiy jihozlarning texnik talablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning 4-bandidagi maʼlumotlar Ishchi guruh tomonidan ular taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va maʼlumotlarni oʻrganish uchun Vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” va “Xaridlar markazi” davlat muassasalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 5 ish kuni ichida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositasi yoki tibbiy jihoz haqida quyidagi maʼlumotlarni oʻrganadi va oʻrganish natijalarini Ishchi guruhga taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida mavjud yoki mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish holati va ishlab chiqarish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hamda ulgurji tashkilotlarning omborlarida mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi 5 ish kuni ichida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositasi yoki tibbiy jihoz haqida quyidagi maʼlumotlarni oʻrganadi va oʻrganish natijalarini Ishchi guruhga taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi hamda oʻrnini bosuvchi dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va sertifikatlashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dozasi, dori shakli va qoʻllash yoʻli boʻyicha mosligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi 5 ish kuni ichida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositasi yoki tibbiy jihozning davlat xaridi rejasiga kiritilganligi va yetkazib berish muddatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadi va oʻrganish natijalarini Ishchi guruhga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi guruh Vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” va “Xaridlar markazi” davlat muassasalari tomonidan taqdim etilgan oʻrganish natijalari asosida 5 ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy jihozlarning vaqtinchalik tanqisligini bartaraf etish yuzasidan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni mavjud tibbiyot muassasalari doirasida qayta taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni respublikada faoliyat yuritayotgan ulgurji farmatsevtika tashkilotlari yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish mumkinligi toʻgʻrisida respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari hamda tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlaridagi assotsiatsiyalarga tavsiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) va tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkinligi hamda ularning vaqtinchalik tanqisligini bartaraf etish uchun zarur minimal miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, biroq Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan qadoqlanishdan farq qiluvchi qadoqlardagi dori vositalarini majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) va tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkinligi hamda ularning vaqtinchalik tanqisligini bartaraf etish uchun zarur minimal miqdorlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruhda koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari, tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi muassasalarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruhni majlislarini Ishchi guruh raisi, Ishchi guruh raisi boʻlmagan taqdirda Ishchi guruh raisi oʻrinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi guruh majlisi unda Ishchi guruh aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi guruh qarori uning majlisida qatnashgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Ishchi guruh raisining yoki raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishchi guruh qarorlari Ishchi guruh majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Ishchi guruh majlisining bayoni Ishchi guruh raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi guruhning tegishli qarori bilan Vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) va tibbiyot amaliyotida qoʻllashi mumkin boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning roʻyxati Vazirlikning rasmiy veb-saytida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 1 ish kuni ichida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Import qiluvchi tashkilotlar Vazirlikning rasmiy veb-saytida Vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) va tibbiyot amaliyotida qoʻllashi mumkin boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning roʻyxati eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Vazirlikka vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish) imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida takliflarni kiritadi. Bunda ushbu takliflar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiy jihozlarning ishlab chiqaruvchi davlatda yoki boshqa davlatda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiy jihozlarning sifat nazoratini amalga oshirish uchun korxona farmakopeya maqolasi, standart, spetsifikatsiya, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (import qilinishi) nazarda tutilgan seriyaning sifat sertifikati, qadoq maketlari, davlat tilidagi dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasi (davlat tili bilan birga boshqa tilda ham berilishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiy jihozlarning narxi va yetkazib berish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashni amalga oshirish boʻyicha majburiyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi dori vositalari va tibbiy jihozlarning ishlab chiqaruvchi yoki boshqa tashkilotlardagi mavjud zaxira tasdigʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport-logistika rejasi va kafolat xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda import qiluvchi tashkilotlar tomonidan 15 kun ichida Ishchi guruhga taklif kelib tushmasa, takliflarni qabul qilish muddatlari qoʻshimcha 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishchi guruh mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng 3 ish kuni ichida import qiluvchi tashkilotlarning takliflarini mazkur Nizomning 3-bobida keltirilgan ustuvorlik tartibi asosida oʻrganib chiqadi va import qiluvchi tashkilotga yoki import qiluvchi tashkilotlarga dori vositalari va tibbiy jihozlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (import qilinishi) mumkinligi toʻgʻrisida xulosani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Ishchi guruh xulosasi uning majlisida qatnashgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda qabul qilingan xulosa Ishchi guruh majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Ishchi guruh majlisining bayoni Ishchi guruh raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Import qiluvchi tashkilot yoki import qiluvchi tashkilotlar xulosani olgan kundan eʼtiboran dori vositalari hamda tibbiy jihozlarni xulosada belgilangan muddatlarda yetkazish choralarini koʻradi hamda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga (roʻyxat raqami 3386, 2022-yil 12-sentabr) muvofiq sertifikatlashtirish organlariga murojaat qiladi, majburiy sertifikatlashtirilmaydigan tibbiy jihozlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sertifikatlashtirish organiga import qiluvchi tashkilot tomonidan sifat nazoratini amalga oshirish uchun taqdim qilgan hujjatlarga muvofiq sifat nazoratini amalga oshirish hamda referent narxdan qatʼi nazar sertifikatlashtirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida (import qilinishida) yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ular raqamli markirovkalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tegishli sertifikatlashtirish organi tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati va boshqa qonunchilikda taqdim etilishi belgilangan hujjatlar import qiluvchi tomonidan erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun tegishli bojxona organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bojxona organlari tomonidan dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻrganib chiqilib, belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vaqtinchalik tanqislikni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) dori vositalari hamda tibbiy jihozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning rasmiy veb-saytida doimiy joylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasida Vaqtinchalik tanqislikni bartaraf etish maqsadida dori vositalari va tibbiy jihozlarni belgilangan minimal miqdordan ikki barobargacha miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga (import qilishga) ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) retsept bilan beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tibbiyot muassasalari import qiluvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) dori vositasi va tibbiy jihozlarni sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga olmaydi. Bunda tibbiyot muassasalari faqatgina oʻz moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sotib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ustuvorlik tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan dori vositasi va tibbiy jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda (import qilishda) quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning oldini olish, tashxislash va ularni davolash boʻyicha tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam va intensiv terapiya (jonlantirish) xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli kasalliklarni aniqlash, davolash va epidemiologik xavflarni bartaraf etish boʻyicha tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona va bola salomatligi, perinatal yordam hamda akusherlik-ginekologiya xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologiya kasalliklarini tashxislash va davolash boʻyicha tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurak-qon tomir va miya qon aylanishi bilan bogʻliq oʻta xavfli holatlarda diagnostika va davolash boʻyicha tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayot uchun muhim uzluksiz terapiya talab etiladigan surunkali kasalliklar boʻyicha tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrak yetishmovchiligida hayotni saqlab turuvchi terapiya xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarrohlik aralashuvlari, ogʻriqsizlantirish va operatsiyadan keyingi intensiv kuzatuv bilan bogʻliq tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon va qon komponentlari bilan bogʻliq transfuzion terapiya va unga doir tibbiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam uchraydigan (orfan) va boshqa yuqori xavfli holatlarda davolashni uzluksiz taʼminlash talab etiladigan tibbiy xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bir xil turdagi dori vositasi va tibbiy jihoz boʻyicha ikki yoki undan ortiq import qiluvchi tashkilotlardan takliflar kelib tushgan taqdirda Ishchi guruh birinchi navbatda dori vositasi va tibbiy jihozni eng qisqa muddatlarda yetkazib berish imkoniyatiga ega import qiluvchi tashkilotga yoki import qiluvchi tashkilotlarga ustuvorlik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda ustuvorlik asosida Ishchi guruhning dori vositalari va tibbiy jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi (import qilishi) mumkinligi toʻgʻrisida xulosasini olgan import qiluvchi tashkilot yoki import qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish muddatlarini buzgan taqdirda ularga berilgan xulosa Ishchi guruh tomonidan bekor qilinadi va mazkur Nizomning 2-bobida keltirilgan tartibda boshqa import qiluvchi tashkilotlarning takliflari qabul qilinib ular koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2026-y., 10/26/3749/0032-son)