29.12.2025 yildagi 835-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mebel ishlab chiqaruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati tomonidan to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish amaliyoti joriy etilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining ekspertizadan o‘tkazish xarajatlari Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish davriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni qoplash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
835-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-dekabrdagi 835-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish maqsadida Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) tomonidan “O‘zbekekpertiza” AJning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — “O‘zbekekspertiza” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari (TIF TN bo‘yicha tovar kodi 4403, 4404, 4406 — 4421, 9401310000 — 9401800009, 9402, 940310 — 9403890000).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq vakolatli organ tomonidan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkaziladi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompaniya tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida bir marta qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish uchun to‘lovlar Kompaniya tomonidan qoplab berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya tomonidan qoplab berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar uchun rasmiylashtirilgan sertifikat yoki ekspert xulosasi bilan bog‘liq xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompaniya tomonidan vakolatli organning mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish uchun tadbirkorlik subyekti O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kompaniya tomonidan vakolatli organga bitta sertifikat yoki bitta ekspert xulosasi uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan miqdorda kompensatsiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organning mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli organ mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilib berishi uchun Kompaniyaga har hafta yakuni bilan tadbirkorlik subyektlariga berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi ro‘yxati, berilgan sanasi, sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish narxi, tadbirkorlik subyektining nomi, mahsulot turi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr Kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taqdim etilgan reyestr bo‘yicha ma’lumotlarning haqqoniyligiga vakolatli organ mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organdan ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgandan boshqa hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati Kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ tomonidan Kompaniyaga taqdim etilgan reyestrda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlarining aniqlanishi tadbirkorlik subyektiga berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etib, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan, rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Kompaniyaga qayta ko‘rib chiqish uchun topshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga ko‘ra vakolatli organning xarajatlari qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berish uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari Kompaniya tomonidan 100 foiz miqdorda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kompaniya vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida kompensatsiya mablag‘larini vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishi bilan bog‘liq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organ

(“O‘zbekekspertiza” AJ)

Sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berilishi uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi:

berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi ro‘yxati;

berilgan sanasi;

sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish narxi;

tadbirkorlik subyektining nomi;

mahsulot turi;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.

Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.

Har hafta yakuni bilan

2-bosqich

Kompaniya

(“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ)

Murojaatni ko‘rib chiqadi, vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan qaror qabul qiladi.

Bunda vakolatli organ tomonidan kompaniyaga taqdim etilgan reyestrda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlarining aniqlanishi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida

3-bosqich

Vakolatli organ

(“O‘zbekekspertiza” AJ)

Rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishga haqli.

Qarorni olgan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

4-bosqich

Kompaniya

(“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ)

Vakolatli organ hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib beradi.

Bunda sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar 100 foiz miqdorda qoplanadi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 09/25/835/1242-son)