23.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3731
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 23.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3731
Kuchga kirish sanasi
24.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Kredit tashkilotlarida isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3731]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit tashkilotlarida isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31/2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-dekabrdagi 31/2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit tashkilotlarida isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari (bundan buyon matnda isteʼmolchi deb yuritiladi) bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish chogʻida ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish maqsadida “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari — banklar, mikromoliya tashkilotlari va lombardlar yoki ularning hududiy xizmat koʻrsatish boʻlinmasi (filial, bank xizmatlari koʻrsatish markazi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz” — kredit tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish chogʻida ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish maqsadida kredit tashkilotining faoliyati doirasida bitimlar tuzish yoki operatsiyalarni bajarish boʻyicha harakatlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) yoki uning hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlari (bundan buyon matnda nazorat tadbiri deb yuritiladi) — kredit tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish chogʻida ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat tadbiri bevosita joyiga chiqqan holda yoki masofadan turib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nazorat tadbiri qonuniylik, tadbir oʻtkazilayotganligining sir saqlanishi, begʻarazlik va xolislik, kredit tashkilotining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik, korrupsiyaga va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik prinsiplariga asoslangan holda “sirli mijoz” tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat tadbiri kredit tashkilotini oldindan xabardor qilmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nazorat tadbirining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari faoliyatida isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda ularning faoliyatiga qoʻyiladigan qonunchilik talablariga rioya qilinishini oʻrganish va ushbu talablar buzilishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonlaridagi mavjud tizimli kamchiliklarini va ularni keltirib chiqarayotgan sabablarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarda bayon etilgan holatlarga hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish natijasida yuzaga kelgan masalalarga aniqlik kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan nazorat tadbiri natijalari asosida amaldagi qonunchilik hujjatlari talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri natijalariga koʻra, kamchilikka yoʻl qoʻygan kredit tashkilotlariga mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar, shuningdek, xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qoidabuzarlik holatlari boʻyicha kredit tashkilotlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq tegishli choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nazorat tadbirini oʻtkazishda kredit tashkilotining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashish, isteʼmolchi sifatida tanishish mumkin boʻlmagan hujjatlarni soʻrash va talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nazorat tadbirini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat tadbiri quyidagi maʼlumotlar asosida tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar bilan bogʻliq murojaatlarida qayd etilgan asosli eʼtiroz va kamchiliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga oid materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari faoliyatida qonunchilik talablari buzilishi alomatlari mavjudligi yuzasidan jamoatchilik fikri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik hujjatlari talablarining kredit tashkilotlari amaliyotida qoʻllanilayotganligini (ijrosini) oʻrganish boʻyicha tahlillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini oldini olishga qaratilgan nazorat choralarini qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat tadbiri mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar asosida va (yoki) isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilishi va qoidabuzarliklarni oldini olish maqsadida Markaziy bank raisining oʻrinbosari yoki Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshligʻining nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishiga (bundan buyon matnda farmoyish deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat tadbiri farmoyishda koʻrsatilgan “sirli mijoz” tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bevosita joyiga chiqqan holda nazorat tadbiri kamida 2 nafar “sirli mijoz” ishtirokida oʻtkazilishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Farmoyishda koʻrsatilgan “sirli mijoz”ni oʻzgartirish zarurati yuzaga kelsa, farmoyishga tegishli oʻzgartirish kiritiladi va ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining mansabdor shaxslaridan biri tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Farmoyishda bir kredit tashkilotida nazorat tadbirini oʻtkazish uchun uch ish kunigacha, davomli operatsiyalar (harakatlar) uchun ushbu operatsiyaning (harakatning) oxirgi kunigacha boʻlgan muddat belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Farmoyishda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri oʻtkaziladigan kredit tashkiloti nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri oʻtkazilishi lozim boʻlgan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan nazorat tadbirining turi (bevosita joyiga chiqqan holda yoki masofadan turib);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan operatsiyalar (harakatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari (zarur boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz”larning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri natijalarini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri davomida foto, audio va videotasvirlarning zarurligi toʻgʻrisida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nazorat tadbiri pul mablagʻlaridan foydalangan holda yoki ulardan foydalanmasdan turib amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat tadbirini bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazish jarayonida kredit tashkiloti xodimini huquqbuzarlik sodir etishga undash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Sirli mijoz” kredit tashkilotiga isteʼmolchi sifatida boradi va farmoyishda koʻrsatilgan operatsiyalarni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nazorat tadbiri masofadan turib amalga oshirilganda kredit tashkilotining rasmiy veb-sayti, masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nazorat tadbiri davomida yashirin audio yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan turib amalga oshiriladigan nazorat tadbiri dasturiy-texnik vositalar yoki kompyuter, planshet va smartfon ekranida namoyon boʻladigan tasvirlarni texnik vositalar yordamida videoyozish orqali amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat tadbiri davomida yozib olingan audio yoki video kuzatuv moslamalaridagi maʼlumotlardan faqat mazkur Nizom doirasida Markaziy bank tomonidan nazorat choralarini amalga oshirishda hamda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha nizoli vaziyatlarga aniqlik kiritish maqsadida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tadbiri natijalari, uni oʻtkazish davomida toʻplangan foto va video materiallar shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish uchun Markaziy bankning rasmiy veb-saytida yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat tadbiri yakunlangandan soʻng, “sirli mijoz” tomonidan mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri amalga oshirilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmoyishning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri bevosita joyiga chiqqan holda yoki masofadan turib oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz” tomonidan nazorat tadbiri davomida amalga oshirilgan operatsiyalar (harakatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri davomida amalga oshirilgan naqd yoki naqd pulsiz toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumot (agar shunday toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz” tomonidan kredit tashkiloti faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklar (yoki ularning mavjud emasligi) toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirini amalga oshirgan “sirli mijoz”ning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma “sirli mijoz” tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida uning nusxasi nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosariga “sirli mijoz” tomonidan qogʻoz shaklida topshiriladi va bu haqda dalolatnomaga belgi (dalolatnoma nusxasini qabul qilib olgan kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosari imzosi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosari dalolatnoma nusxasini olishdan bosh tortgan taqdirda, “sirli mijoz” dalolatnomaga uning nusxasini olishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida belgi (kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosari dalolatnoma nusxasini olishdan bosh tortdi deb yozadi va imzosi bilan tasdiqlaydi) qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosari dalolatnoma nusxasini olishdan bosh tortganda yoki nazorat tadbiri yakunida kredit tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosarini topishning imkoni boʻlmaganda, dalolatnoma nusxasi mazkur dalolatnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nazorat tadbiri natijasiga asosan kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, dalolatnoma nusxasi mazkur dalolatnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotining bosh ofisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agar kredit tashkilotida oʻtkazilgan nazorat tadbiri yuzasidan eʼtirozlar (fikr-mulohazalar) mavjud boʻlsa, bu toʻgʻrisida dalolatnoma nusxasini olgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay Markaziy bank yoki uning hududiy boshqarmasiga asoslantirilgan tushuntirish yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar nazorat tadbiri kredit tashkilotida oʻtkazilayotgan inspeksiya tekshiruvi davomida amalga oshirilgan boʻlsa, dalolatnoma nusxasi kredit tashkilotida oʻtkazilgan inspeksiya hisobotiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Dalolatnoma kredit tashkiloti tomonidan qabul qilingan kundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kundan kechiktirmay Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga (roʻyxat raqami 3478, 2023-yil 15-noyabr) muvofiq, nazorat tadbiri paytida olingan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni toʻxtatadi yoki uning tugatilishini taʼminlaydi va yoʻq qiladi yoki ularning yoʻq qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttiz ish kunidan kechiktirmay “sirli mijoz” tomonidan olingan Markaziy bankning mablagʻlarini ushbu “sirli mijoz”ning soʻroviga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kredit tashkiloti nazorat tadbirini oʻtkazish davomida tadbirda ishtirok etgan “sirli mijoz” bilan amalga oshirilgan harakatlar boʻyicha maʼlumotlarni kredit byurolariga yuborgan taqdirda, kredit tashkiloti dalolatnoma nusxasini olgan kundan keyingi oʻn ish kunidan kechiktirmay kredit tarixi yozuvlarini va (yoki) boshqa maʼlumotlarni bekor qilish yoxud kredit hisobotlariga kiritiladigan maʼlumotlardan chiqarish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Dalolatnomaning qogʻoz shakli va skaner qilingan pdf formati hamda audio va videoyozuvlar bir yil muddat davomida Markaziy bank yoki uning hududiy boshqarmasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari boʻyicha kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit tashkilotlarida isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nazorat tadbiri amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma

№__________

Nazorat tadbiri oʻtkazilgan hudud va sana:____________________________

“___” “___________” 20___ yil

Mazkur dalolatnoma ________________________________ da (nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotining qisqartirilgan yoki toʻliq nomi) oʻtkazilgan nazorat tadbiri natijalari boʻyicha tuzildi.

Nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishning raqami va sanasi: № _______, “____” __________ 20___ yil.

Nazorat tadbirini amalga oshirish shakli: _________________________. (bevosita joyiga chiqqan holda yoki masofadan turib koʻrsatiladi)

Nazorat tadbiri davomida amalga oshirilgan operatsiyalar (harakatlar):

_________________________________________________________________________________________

_________________

Nazorat tadbiri davomida amalga oshirilgan naqd yoki naqd pulsiz toʻlovlar haqida maʼlumot (agar amalga oshirilgan boʻlsa):

_______________________________________________________________.

Nazorat tadbirini oʻtkazish jarayonida:

1. Sarflangan pul mablagʻlari summasi (agar sarflangan boʻlsa): ___________

2. Markaziy bankning foydalanilgan boshqa mol-mulki (agar foydalanilgan boʻlsa):

____________________________________________________________

3. Masofadan turib nazorat tadbirini oʻtkazishda foydalanilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida maʼlumot:

___________________________________________________________________

4. Aniqlangan holatlar (kredit tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish chogʻida ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga doir amaldagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi aniqlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qonunchilik hujjatining nomi va tegishli moddasi/bandi koʻrsatiladi)

________________________________________________________________________________________

5. Yashirin audio yoki video texnik moslamalaridan foydalangan yoki foydalanmagan holda amalga oshirilganligi koʻrsatiladi:

________________________________________________________________________________________

6. Dalolatnomaga ilova qilinadigan hujjatlar (agar mavjud boʻlsa):

________________________________________________________________________________________

7. Qoʻshimcha maʼlumotlar: _________________________________________________

Mazkur dalolatnomaning nusxasi “___” ___________ 20__ yil soat __:__ da nazorat tadbiri oʻtkazilgan kredit tashkilotiga taqdim etildi:

Topshirdi: (F.I.O va imzosi) _________________________________________________

Qabul qildi: (F.I.O va imzosi) ________________________________________________

Dalolatnoma nusxasini olishdan bosh tortdi: (bosh tortgan shaxs va “sirli mijoz”ning F.I.O va imzosi)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________

“Sirli mijoz”ning F.I.O va imzosi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/3731/1204-son)