19.12.2025 yildagi 803-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda faoliyat yuritayotgan sanoat zonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini yanada jadallashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining sanoat zonalarida sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi hamda sanoat zonalari direksiyalari ushbu qarorga ilovada tasdiqlangan vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarning bajarilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
803-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-dekabrdagi 803-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash, qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish hamda qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-martdagi PF-41-son Farmoniga muvofiq “Sanoat zonalari toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar qiymati vakolatli baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiya — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarorlariga asosan sanoat zonasi faoliyatini tezkor boshqarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya bitimi — iqtisodiy, ijtimoiy va foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan, tomonlar majburiyati koʻrsatilgan Direksiya va ishtirokchi oʻrtasida tuziladigan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olishga talabgor yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonasi ishtirokchisi — belgilangan tartibda sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan va sanoat zonasi hududida loyihani amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonasi — sanoat, ishlab chiqarish korxonalarini bir joyda joylashtirish, infratuzilma obyektlaridan oqilona foydalanish, aholini ish bilan taʼminlash maqsadida, aholi punkti hududining qonunchilik hujjatlari bilan muayyan maqom berilgan va hududi doirasida xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish maydonlari joylashadigan hamda chegaralari aniq belgilangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniga yetkazilmagan loyiha — sanoat zonasida amalga oshirilishi belgilangan, biroq sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya bitimida koʻrsatilgan majburiyatlarni muddatida bajarilmasligi yoki bajara olmasligi maʼlum qilingan loyiha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sanoat zonalarida yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi yakunlanmagan bino va inshootlarni direksiyaga oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanoat zonasidagi yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash investorning sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini yoʻqotgandan soʻng uning loyiha doirasida amalga oshirgan xarajatlarini maʼlum shartlar asosida qoplab berish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini yoʻqotgan investor va direksiya oʻrtasidagi kelishuv bitimi asosida ishtirokchi tomonidan qurilishi boshlanib, qurilishi tugallanmagan obyektlar ular qurilishiga sarflangan xarajatlarni qoplash sharti bilan direksiyaga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholashdan oʻtkazish xarajatlarini qoplash va baholashdan oʻtkazish natijalari boʻyicha ikki tomonning roziligini tasdiqlash masalalari kelishuv bitimida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investorning sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilingandan soʻng yer uchastkasi qurilishi tugallanmagan obyekt bilan birgalikda direksiyaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ikki hafta muddatda direksiya qurilishi tugallanmagan obyektni oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazib, bir oy muddatda mazkur obyektni baholashdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obyekt baholangandan soʻng, direksiya yer uchastkasini qurilishi tugallanmagan obyekt bilan birgalikda yoki obyekt qurilishini yakunlab, foydalanish uchun ruxsatnoma olingandan soʻng uch kunlik muddatda yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron-onlayn auksionga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektron-onlayn auksion savdolari yakuni gʻolib aniqlanib, toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng, elektron-onlayn auksion operatori mablagʻlarni Direksiyaga yoʻnaltiradi hamda direksiya bir kun muddatda kelishuv bitimiga muvofiq qurilishi tugallanmagan obyektning baholangan qiymatini ishtirokchi maqomi bekor qilingan investorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron-onlayn auksion savdosidan tushgan mablagʻning qurilishi tugallanmagan obyektning baholangan qiymatidan ortiqcha qismi direksiya hisobida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya bitimida yangi sanoat zonasi ishtirokchisi (loyiha tashabbuskori) kompensatsiya toʻlovi majburiyatini olayotgan vaqtda baholovchi xulosasi bilan tanishtiriladi hamda xulosaning bir nusxasi bitimga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar tomonlarning oʻzaro muzokaralari natijasida hal etilmasa, sud tartibida koʻrib chiqiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 09/25/803/1191-son)