1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Davlat auditiga doir faoliyatni kengaytirish va takomillashtirish | |||||
1. | Hisob palatasining rivojlanish strategiyasini qabul qilish. | Hisob palatasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida mamlakatimizda milliy davlat auditi asoslarini shakllantirish va yoʻnalishlarini belgilash; Hisob palatasining faoliyatida strategik boshqaruvni, davlat auditining xalqaro standartlari va sifat nazoratini toʻliq joriy qilish; Hisob palatasi faoliyatining mustaqilligi, ochiqligi va samaradorligini oshirish. | Idoraviy hujjat | 2026-yil avgust | Hisob palatasi |
2. | Hisob palatasi faoliyatini va budjet sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: nazorat obyektida, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda audit tadbirini oʻtkazish davomiyligining eng koʻp muddatini Hisob palatasi tomonidan mustaqil belgilash; audit tadbirlarini oʻtkazish jarayonlarining har bir bosqichini jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan sharoitda Hisob palatasining veb-sahifasida real vaqt rejimida yoritish; har qanday davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan Hisob palatasiga nazorat tadbirlarini oʻtkazish va uning xodimlarini bunday tadbirlarga jalb qilish hamda boshqa majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻymaslik. | Qonun loyihasi | 2026-yil aprel | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | “Kapital qoʼyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish orqali ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasidagi loyihalar ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha huquqiy asoslar yaratish. | “Kapital qoʼyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida loyihalarni elektron shakllantirish hamda buyurtmachi va pudratchilar oʻrtasida bajarilgan ishlar boʻyicha hisob-fakturalarni kelishish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | “Shaffof qurilish” platformasida qurilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini toʻliq shakllantirish boʻyicha choralarni belgilash. | 1. “Shaffof qurilish” platformasi orqali qurilish boʻyicha smeta hujjatlari yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish: | Tashkiliy chora-tadbirlar | Soliq qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
Qurilish materiallari milliy klassifikatoridagi materiallar uchun detallashgan mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning identifikatsiya kodlarini (keyingi oʻrinlarda — MXIK) hamda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning Yagona milliy klassifikatori kodlarini ochish va amaliyotga joriy etish; | 2026-yil iyun | ||||
elektron hisob-fakturani shakllantirishda detallashgan MXIK hamda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning Yagona milliy klassifikatori kodlaridan majburiy foydalanishni taʼminlash; umumiy MXIK kodlaridan foydalanishni cheklash. | 2026-yil iyul | ||||
2. “Shaffof qurilish” platformasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish modulini ishga tushirish va undan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
Grafik asosida barcha hududlarda loyihachi tashkilotlarga mazkur tizimdan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabrdan dekabrga qadar | |||
5. | “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish orqali xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish. | 1. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat tashqi qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirishdan boshlab yakuniy natijaga erishilguniga qadar, shu jumladan, loyihalar konsepsiyasi va loyihani baholash hujjati (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari)ni ishlab chiqish, amalga oshirish hamda yakunlash jarayonlarining barcha bosqichlarida monitoring olib borish imkoniyatini yaratish va ishga tushirish. Bunda tizimda loyiha tashabbuskorlarining loyihalarni amalga oshirishdagi samaradorlik koʻrsatkichlarini avtomatik tarzda shakllantirishni nazarda tutish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga tegishli barcha maʼlumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan loyihalar doirasida raqamli xarid tartib-qoidalariga oʻtish boʻyicha muzokara oʻtkazish, tender.miit.uz dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyundan boshlab doimiy | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
3. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda tender.miit.uz dasturini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirib borish. Bunda Davlat budjeti parametrlarida axborot tizimini va elektron xarid boʻyicha dasturni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yildan boshlab har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||
4. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda ishlar tashkil etilishini taʼminlash: yakunlangan har bir loyiha doirasidagi barcha hujjatlarni loyihani amalga oshirish guruhidan qabul qilib, oʻzida saqlash; | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Loyiha tashabbuskorlari | ||
loyihalarning barcha bosqichlardagi maʼlumotlari, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati, loyiha hujjatlari, xarid hujjatlari, shartnomalar, hisobvaraq-faktura va monitoring natijalari “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib borish; | Doimiy | ||||
umumiy qiymati 5 mln AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish obyektlarida kuzatuv kameralari oʻrnatish va ularni ushbu axborot tizimiga ulash. | 2026-yil may | ||||
6. | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga oid dasturlar boʻyicha loyihalarga ajratilgan mablagʻlar sarflanishining oshkoraligini taʼminlash. | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot tizimi orqali loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Hisob palatasining vakili sifatida joriy etilayotgan bosh inspektor faoliyatini samarali tashkil etish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish. | 1. Bosh inspektor uchun alohida xona, ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa zarur jihoz va uskunalar) ajratish. Bunda davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari bosh inspektor faoliyatini tashkiliy jihatdan yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish uchun masʼul hisoblanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Davlat organlari va tashkilotlari |
2. Bosh inspektor faoliyatini tashkil etish va unga Farmon bilan yuklatilgan vazifalar doirasida berilgan koʻrsatmalar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat qabul qilinishini taʼminlash. Bosh inspektor faoliyatini va uning boʻysunuvini tashkil etish, muvofiqlashtirish, unga uslubiy jihatdan koʻmaklashish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish. | Idoraviy hujjat | Ikki oy muddatda | Hisob palatasi | ||
3. Bosh inspektor faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI)ni belgilash. 4. Bosh inspektor lavozimini joriy etish tartibini boshqa davlat organlari va tashkilotlariga tatbiq etish yuzasidan asosli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Tahliliy axborot | 2030-yil yanvar | Hisob palatasi davlat organlari va tashkilotlari | ||
8. | Strategik yirik davlat korxonalari faoliyatini tahlil va nazorat qilish orqali ularning samaradorligini baholash. | 1. Kelgusi yildan boshlab tahlil qilinadigan strategik yirik davlat korxonalari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlash. | Roʻyxat | Har yili 1-fevralga qadar | Hisob palatasi |
2. Strategik yirik davlat korxonalarida joriy etiladigan ishlab chiqarish, moliyaviy oqimlar, tannarx, investitsiya va kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tahlil qilish hamda biznes-reja ijrosini nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarning maʼlumotlar bazalarini Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilish. Bunda strategik yirik davlat korxonalari rahbarlari qayd etilgan dasturiy taʼminotlarni muntazam toʻliq ishlashiga hamda Hisob palatasi maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilib, tegishli maʼlumotlarni taqdim etishga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-sentabr | Strategik yirik davlat korxonalari “UzAssets” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi | ||
3. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida strategik yirik davlat korxonalarida biznes-reja ijrosini monitoring qiluvchi “Biznes reja” modulini yaratish orqali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil 1-oktabr | Hisob palatasi, “UzAssets” AJ, strategik yirik davlat korxonalari | |||
9. | Markaziy bank faoliyatini tahlil va nazorat qilish orqali uning samaradorligini baholash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ishchi guruhini tuzish. 2. Markaziy bank faoliyatini tahlil va nazorat qilish jarayonlarini tashkil etish va baholashdan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Hisob palatasi |
10. | Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlardagi audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish. | Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlardagi audit xizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. Natijasi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Tahliliy axborot | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Hisob palatasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi |
II. Davlat auditi sohasini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish | |||||
11. | Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya qilish guruhining faoliyatini samarali tashkil etish. | Guruh faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. Bunda: 1) guruh rahbari hamda xodimlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Hisob palatasining shoʻba mudiri va tegishli xodimlariga tenglashtirilishini belgilash; 2) Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya qilish guruhi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash: katta hajmli maʼlumotlar (Big Data)ni qayta ishlash orqali monitoring va nazorat tizimlarini joriy etish hamda raqamlashtirish; Hisob palatasi faoliyatida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali qoʻllashni kengaytirish; Hisob palatasining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash, kiberhujumlarga qarshi choralarni kuchaytirish. | Idoraviy hujjat | 2026-yil yanvar | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Hisob palatasining auditi jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratish. | Audit jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha standartlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2027-yil iyun | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
13. | Davlat mulkini, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Davlat mulkini, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) dasturini ishlab chiqish, hujjatlarni tayyorlash, baholashdan oʻtkazish, boshlangʻich narxini belgilash, xususiylashtirish usullarini tanlash, sotuvga chiqarish, tushumlar taqsimoti va boshqa jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlar taqsimotini avtomatlashtirish. | 2026-yil yanvar | ||||
2. Shartnoma shartlari yoki qoʻshimcha shartlar bajarilishi doirasida oʻtkazilgan auksion savdolari boʻyicha shartnoma tuzilgandan soʻng yerning egasi yoki ijarachisi tomonidan shartlari bajarilishini kuzatib borish mexanizmini joriy qilish. | 2026-yil yanvar | ||||
14. | Mahalliy budjet mablagʻlariga doir mahalliy kengashlar va hokimliklar qarorlari qabul qilinishi va ularga kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha axborot almashinuvi tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Qoʻshimcha manbalar hisobidan manbasiz xarajatlarni oldini olish uchun “E-Kengash” va “E-Qaror” dasturlarini “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish orqali qaror qabul qilish va mablagʻ ajratish jarayonlarini raqamlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi |
2. Mahalliy budjet xarajatlarining budjet tasnifiga muvofiq 4-guruh xarajatlarni “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimini “E-Kengash” va “E-Qaror” dasturlariga integratsiya qilish orqali tegishli qaror qabul qilingandan soʻng xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish amaliyotini joriy qilish. | 2026-yil oktabr | ||||
15. | Hududlarda raqamli boshqaruvni tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida jamlovchi “Raqamli hokimiyat” dasturiy kompleksini yaratish. | Buxoro viloyatida eksperiment tariqasida “Raqamli hokimiyat” dasturiy kompleksini joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Buxoro viloyat hokimligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Natijasi asosida ushbu dasturiy kompleksni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etish. | Reja-grafik asosida | 2027-yil iyun | |||
16. | Katta hajmli maʼlumotlar (“Big Data”) va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yangi xavf-tahlil mexanizmlari hamda monitoringini joriy qilish. | 1. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yangi xavf-tahlil mexanizmlarini raqamlashtirish orqali davlat ulushi mavjud banklarining moliyaviy holatini monitoring qilib borish modullarini ishlab chiqish. 2. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, mahsulotlarini yetishtirish, soliq solish (yer va mol-mulk) bazasini tahlil qilish imkoniyatini yaratish. | Texnik topshiriq | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, Soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, Hisob palatasi, Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, davlat ulushi mavjud tijorat banklari |
17. | Davlat xaridlarida xarid qilishning ayrim tartib-taomillarini raqamlashtirish. | Davlat xaridlarining elektron tizimlarida eng yaxshi takliflarni tanlab olish, tender savdolari boʻyicha xarid qilish hujjatlarini (texnik topshiriqlarni bosqichma-bosqich) majburiy tartibda elektron shaklda tayyorlash va tasdiqlash imkoniyatini nazarda tutuvchi alohida modul joriy qilish. | Texnik topshiriq | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, Hisob palatasi |
18. | Budjet tashkilotlari isteʼmol qilgan elektr va gaz xarajatlarni tegishli axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida toʻlash. | 1. Budjet tashkilotlarining barcha elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarini zamonaviysiga almashtirib, ularni “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi” bilan integratsiya qilish. Bunda ushbu hisoblagichlarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini tegishliligi boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Oʻzenergoinspeksiya, Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Oʻzenergoinspeksiya, Hisob palatasi |
2. “Uzasbo-2” dasturiy majmuasini “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi” bilan oʻzaro integratsiyasini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil iyul | ||||
Budjet tashkilotlarining elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”dagi elektron hisoblagichlarning koʻrsatkichlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil 1-avgustdan boshlab | ||||
19. | “Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari (resurslari) yagona reyestri”ning platformasini yaratish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda (davlat siri bilan bogʻliq va muhim axborot infratuzilma obyektlari bundan mustasno) ishga tushiriladigan (tushirilgan) axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini joriy etishdan ishga tushirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni oʻzida mujassam etgan “Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari (resurslari) yagona reyestri”ning himoyalangan platformasini ishga tushirish. Bunda platformada barcha hujjatlarni joylashtirish hamda undan roʻyxatdan oʻtmagan axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik chorasini koʻrish. 2. Platformani axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
20. | Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan tashkilotlardagi maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalari va uskunalarining texnik koʻrsatkichlari hisobini raqamlashtirish. | 1. Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalarini xarid qilish, ruxsat berish boʻyicha barcha jarayonlar hamda xarid qilingan qurilmalar hisobini yuritish yuzasidan axborot tizimini joriy etish. | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi | 2026-yil fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Axborot tizimlariga hujumlar hamda tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimlarni, shuningdek, aloqa kanallari orqali maxfiy axborot tarqalishidan himoya qiladigan texnik vositalar hamda dasturiy mahsulotlarni xarid qilish, ishlab chiqish, joriy qilish va ruxsat berish boʻyicha barcha jarayonlar hamda xarid qilingan tizimlar hisobini yuritish yuzasidan axborot tizimini yaratish. Bunda mazkur tizimlardan foydalanish himoyalangan tarmoq orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish. | Davlat budjeti, maxsus jamgʻarma | 2026-yil fevral | “Kiberxavfsizlik markazi” DUK | ||
2. Davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarini tadbirkorlik subyektlari serverlarida saqlanishini taqiqlash (kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vakolatli organ xulosalari boʻyicha ruxsatlar bundan mustasno). | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi, Personallashtirish markazi | ||
3. Davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga joylashtirish. Bunda serverlarni ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatish narxlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
21. | Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar va realizatsiya qilinayotgan tovar hamda moddiy boyliklar hisobini raqamlashtirish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarining tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar realizatsiyasi boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida shakllantirib, soliq organlariga yuborilishining elektron tizimini yaratish. 2. Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalarni xatlov raqamlari bilan hisobini, qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga berilgan tovarlar hisobini har bir tovar kesimida “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida yuritishni joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi |
22. | Budjet tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarga hisoblangan ish haqi toʻlovlari boʻyicha soliq hisobotida avtomatik shakllanishini raqamlashtirish. | “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida har bir xodimga tayinlangan ish haqi va boshqa toʻlovlar hamda undan hisoblangan soliq toʻlovlari (imtiyoz)ni hisobot oyi uchun taqdim qilinadigan “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisobot”larini soliq organlariga inson omilisiz avtomatik yuborilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi |
23. | Davlat manfaatiga yetkazilgan zararlar boʻyicha budjet tashkilotining maxsus hisob raqamlariga undirilgan yoki saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazib, umumiy hisob-kitobi olib borilishini raqamlashtirish. | 1. “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar hisobini olib borish uchun yangi modulni ishga tushirish. 2. Davlat manfaatiga yetkazilgan zararlar boʻyicha undirilgan mablagʻlarni faqatgina gʻaznachilikning hisob raqamlarida yuritishni joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Gʻaznachilik qoʻmitasi, Hisob palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Majburiy ijro byurosi |
24. | Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilayotgan turar va noturar obyektlar boʻyicha yakuniy loyihalar tasdiqlangandan soʻng xonadon, savdo yoki xizmat koʻrsatish shoxobchalari soni, maydon oʻlchami hamda ularning 1 m2 narxlari boʻyicha maʼlumotlar joylashtirilishini raqamlashtirish. | Qurilish sohasini shaffoflashtirish, investor va aholi uchun ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish va nazoratni avtomatlashtirish orqali narxlar tahlili, qurilish rivojini bashorat qilish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan axborot platformasini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Auditorga koʻmaklashish” modulini ishlab chiqish. | 1. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan Lex.uz tizimini integratsiya qilish, tegishli texnik, huquqiy hamda tashkiliy chora-tadbirlarni joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Adliya vazirligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Milliy qonunchilikka sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash orqali interaktiv savol-javob funksiyasini yaratish va uslubiyotini ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | ||||
3. Sunʼiy intellektga mashinali oʻqitish orqali Hisob palatasining audit standartlarini oʻrgatish. Auditorlar uchun qaror qabul qilishga yordamlashuvchi-tushunuvchi “Sunʼiy intellekt assistent”ni yaratish. | 2027-yil iyun | ||||
26. | Iqtisodiyot va moliya vazirligining 22 ta vazirlik va idoralarning budjet mablagʻlarini monitoring qilish uchun moʻljallangan “Monitoring portal” axborot tizimini barcha vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarga foydalanish imkoniyatini yaratish. | Barcha vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarga foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida “Monitoring portal” axborot tizimining yangi versiyasini ishlab chiqish. Bunda raqamlashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Axborot texnologiyalari markazi” DUK, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
27. | Xorijiy davlatlar oliy audit organlari bilan qoʻshma auditlarda ishtirok etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Xorijiy davlatlar oliy audit organlari bilan qoʻshma auditni tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish. Bunda sinov-tajriba loyihasi tarzida Xitoy va Turkiya oliy audit organlari bilan hamkorlikda audit tadbirlarini amalga oshirishni koʻzda tutish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
28. | Xalqaro tashkilotlar tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditida qatnashish. | 1. Xalqaro tashkilotlar tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditida qatnashish uchun muzokaralar oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Hisob palatasi |
2. Tenderlarda ishtirok etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhini tuzish va uning vazifalarini belgilash. | Idoraviy hujjat | 2026-yil yanvar | |||
29. | Toshkent shahrida “Audit jarayonlaridagi katta hajmli (Big data) maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish. | 1. Xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish. Xalqaro konferensiya materiallarini toʻplash va chop etish. Xalqaro konferensiyani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Raqamlashtirish vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
30. | Buxoro davlat universitetida davlat auditi sohasiga oid taʼlim yoʻnalishini joriy etish. | Buxoro davlat universitetida uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan davlat auditi taʼlim yoʻnalishini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universiteti, Hisob palatasi |
31. | Buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro darajada tan olingan kasbiy sertifikatlardan birini qoʻlga kiritgan talabalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. | 1. Davlat auditi oliy maktabi bitiruvchilari tarkibidan buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar roʻyxatini shakllantirish. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro darajada tan olingan kasbiy sertifikatlardan birini qoʻlga kiritgan talabalarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etish. 2. Oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) kamida 4,0 boʻlgan bitiruvchilarga malaka imtihonini topshirmasdan ichki audit milliy malaka sertifikatini berish tartibini belgilash va joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi |
32. | Ichki audit, moliyaviy nazorat, strategik rejalashtirish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoʻnalishlarida davlat xizmatchilariga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish. | 1. Davlat fuqarolik xizmatchilariga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha maʼlumotlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taqdim etish. 2. Universitet tomonidan maʼlumotlarni umumlashtirish asosida buyurtmalar portfelini shakllantirish. Buyurtmalar portfeli asosida Davlat auditi oliy maktabiga qabul parametrlarini belgilash hamda Universitet kengashida tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili 1-iyunga qadar | Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi |
33. | Davlat auditi oliy maktabiga oʻquv jarayonlari va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan “fan-taʼlim-ishlab chiqarish” boʻyicha manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Buxoro davlat universiteti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida ular ishtirokida “Fan-taʼlim-ishlab chiqarish” tamoyili asosida hamkorlikni muvofiqlashtirib boruvchi ilmiy-amaliy hamkorlik kengashi tarkibi va uning nizomini tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
34. | Ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash. | Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ajratilgan davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Davlat auditi oliy maktabida “Davlat auditini tashkil etish uslubiyotini shakllantirish” mavzusida ilmiy-konferensiyalarni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi |
35. | “CIPFA” va “INTOSAI” standartlari boʻyicha ixtisoslashgan modullarni joriy etish. | “CIPFA” va “INTOSAI” standartlari boʻyicha ixtisoslashgan modullarni joriy etish. “INTOSAI ISSAI” standartlari boʻyicha uslubiy materiallar tayyorlash. “CIPFA” standartlari boʻyicha oʻqituvchilarni tayyorlash dasturini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026 — 2029-yillar | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston auditorlar palatasi |
36. | Talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish. | 1. Xalqaro amaliyot va stajirovka dasturini tashkil etish hamda “CIPFA” shogirdlik dasturi (Level 7 Apprenticeship) bilan hamkorlik oʻrnatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2027-yil oktabr | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi |
2. Talabalarning xalqaro seminar va vorkshoplarda qatnashishini tashkil etish. Soha boʻyicha xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish. | Reja-jadvalga muvofiq oʻquv yili davomida | ||||
37. | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Xitoyning Nankin audit universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Xitoyning Nankin audit universiteti hamkorligida qoʻshma akademik tadbirlarni oʻtkazish, pedagoglar salohiyatini rivojlantirish, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarida hamkorlikni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, qoʻshma oʻquv rejalarini tuzish, axborot texnologiyalari auditi fanini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar — mart | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi |
2. Oliy taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarni oʻqitish orqali xalqaro darajada tan olingan sertifikatlarni olish imkoniyatini yaratish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni | shu jumladan, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari |
I toifali hududlar boʻyicha | |||
1. | Andijon viloyati | 62 | 4 |
2. | Qashqadaryo viloyati | 70 | 4 |
3. | Samarqand viloyati | 62 | 4 |
4. | Toshkent viloyati | 69 | 4 |
5. | Fargʻona viloyati | 63 | 4 |
II toifali hududlar boʻyicha | |||
6. | Buxoro viloyati | 62 | 4 |
7. | Navoiy viloyati | 61 | 3 |
8. | Namangan viloyati | 63 | 4 |
9. | Surxondaryo viloyati | 63 | 4 |
10. | Xorazm viloyati | 64 | 4 |
III toifali hududlar boʻyicha | |||
11. | Jizzax viloyati | 59 | 4 |
12. | Sirdaryo viloyati | 58 | 3 |
Toifadan tashqari | |||
13. | Toshkent shahri | 104 | |
Jami | 855 | 46 | |
”. | |||