27.08.2021 yildagi PF-6300-son
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
2. Hisob palatasining mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichda 2022-yilning I choragida 1-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklarda tashqi audit standartlari hamda qo‘llanmalari asosida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Rais

Raisning birinchi o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi

9

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shu’basi

8

Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shu’basi

8

Huquqiy ta’minot va xalqaro aloqalar shu’basi

4

Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi

7

Davlat qarzi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash, loyihalarga ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va ularning natijadorligini audit qilish shu’basi

7

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shu’basi

3

Kadrlar bilan ishlash shu’basi

2

Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shu’basi

3

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa xarajatlarni audit qilish shu’basi

7

Rejim xizmati shu’basi

1

Pul-kredit va valyuta siyosatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish shu’basi

4

Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavflarni baholash axborot-tahlil shu’basi

6

Moddiy ta’minot va buxgalteriya shu’basi

2

Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shu’basi

5

Axborot tizimlari mutaxassisi

2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini nazorat qilish shu’basi

8

Matbuot kotibi

1

Davlat aktivlarini samarali boshqarilishini nazorat qilish shu’basi

4

Iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash shu’basi

7

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat moliyaviy nazorati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Hisob palatasiga yuridik shaxs maqomi berilayotganligi munosabati bilan Hisob palatasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov)

2.

Tashqi audit faoliyatida masofaviy nazorat va risk tahlilini amalga oshirish hamda baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini ishlab chiqish:

tashqi audit faoliyatida masofaviy nazoratlar o‘tkazish;

davlat moliyaviy nazoratida risk tahlilini amalga oshirish;

tashqi manba ma’lumotlarini kengaytirish, vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan foydalanish ko‘lamini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov)

3.

Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturlarini navbatdagi yil uchun nazorat obyektlari va shakllari kesimida hamda kelgusi ikki yilga nazorat tadbirlarining mo‘ljallari asosida tuzish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mavzuli nazorat o‘tkaziladigan obyektlar ham nazarda tutiladi.

Qo‘shma qaror loyihasi

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

4.

Budjet intizomi buzilishi holatlarining tahlilini amalga oshirish hamda ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida ushbu sohadagi huquqbuzarlik turlarining tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma qaror loyihasi

2022-yil aprel

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

5.

Hisob palatasiga birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi maqomini berish.

Bunda Davlat budjetini shakllantirishda Hisob palatasiga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari Hisob palatasi taqdim etgan taklifda ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Hisob palatasi

(Turabov)

II. Davlat moliyaviy nazoratida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish

6.

Quyidagi texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Davlat auditi” dasturini ishga tushirish:

barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlarini ro‘yxatga olish;

davlat moliyaviy nazorati organlari nazorat ishlarining yillik dasturi, har bir nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) joylashtirish;

davlat dasturlari va budjet xarajatlarining samaradorlik indikatorlari hamda “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni e’lon qilib borish;

davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash;

fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

7.

Budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligini aniqlashga qaratilgan masofaviy nazorat o‘tkazish uchun yagona dasturiy majmua yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

8.

Budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to‘g‘risida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktyabr

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

Bunda:

Moliya vazirligining axborot tizimida xodimlarning mobil telefon raqa�i kiritganligi xatlovdan o‘tkaziladi;

2021-yil sentyabr

SMS xabarnoma jo‘natish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Doimiy ravishda

9.

Qurilish obyektlari va bajarilgan qurilish ishlari hajmi to‘g‘risidagi quyidagi hujjatlarni (ma’lumotlarni) “Shaffof qurilish” axborot tizimida shakllantirish va yuritish tartibini joriy etish:

obyektlarning manzilli ro‘yxatini elektron tarzda shakllantirish va tasdiqlash modulini yaratish;

obyektda bajarilgan ishlar, shuningdek, materiallar sarfi to‘g‘risidagi smeta va uning ijrosi hisobini yuritish;

bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni texnik auditorlar tomonidan kiritib borilishini yo‘lga qo‘yish;

investitsiya dasturlariga hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan obyektlar ro‘yxatini shakllantirish (har bir loyihaga alohida identifikatsiya raqami beriladi);

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil sentyabr

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

obyektlar qurilishini “Shaffof qurilish” axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, uni Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish

2022-yil yanvar

10.

Moliya vazirligining axborot tizimini quyidagilar orqali takomill�shtirish:

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(Azimov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshqulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (“Yagona milliy mehnat tizimi”), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (“Oliy ta’lim” axborot tizimi), Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish;

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish

2021-yil oktyabr

raqamli markirovkalash axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va maishiy texnikalarning hisobini yuritish;

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish

2022-yil aprel

Moliya vazirligining axborot tizimida buxgalteriya hisobiga oid qog‘oz shaklda rasmiylashtiriladigan barcha turdagi hujjatlarning nusxalarini skanerlangan holda kiritish va ulardan masofaviy nazorat tadbirlarida foydalanish;

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish

2021-yil oktyabr

barcha budjet tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish, shuningdek, ularni ish haqi to‘lash moduliga bog‘lash;

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish

2021-yil oktyabr

budjet tashkilotining xodimlar bilan ishlash bo‘linmasi (yoki uning vazifasi yuklatilgan xodim) tomonidan barcha xodimlarning foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabellari, ishga qabul qilish va bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlardan ko‘chirma hamda boshqa (JShShIR, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i, pasport ma’lumotlari va boshqalar) ma’lumotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasiga kiritish va doimiy yangilab borish tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil sentyabr

III. Davlat moliyaviy nazorati va ichki audit ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy ta’lim sifatini oshirish

11.

Xorijiy hamda xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

12.

Nazorat obyektlarida o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash, tahlil o‘tkazish va xulosalarni tuzish tartiblarini ishlab chiqish, shuningdek, xodimlarning ushbu sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichini o‘tkazish uchun xorijiy yetakchi auditorlik tashkilotlarining ekspert va mutaxassislarini jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil I chorak

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

13.

Hisob palatasi xodimlarini xalqaro malaka sertifikatini olish uchun maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish hamda Hisob palatasiga kelgusida xalqaro malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodimlarni ishga jalb qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Hisob palatasi

(Turabov)

14.

Oliy ta’lim muassasalarida davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy darslar o‘�ish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021/2022 o‘quv yildan boshlab

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshqulov)

15.

Budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibini ushbu sohadagi yetakchi xalqaro ta’lim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha reja-grafik tasdiqlash va uni amalga oshirish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Ol�y va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshqulov),

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3 va 4-bandlar hamda Farmonga 1 va 1a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “taqdimnomalar” so‘zi “ko‘rsatmalar” so‘ziga almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.