17.12.2025 yildagi O‘RQ-1102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 1-noyabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy xizmatlar va yordam qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatilishini taʼminlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ushbu sohaga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va boshqa manbalar hisobidan ajratilgan mablagʻlarni aniq yoʻnaltirish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-taomillarni buzganlik, shuningdek ijtimoiy himoya organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash, ijtimoiy yordam berishda jamoat birlashmalari va homiylik tashkilotlarining faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tegishincha ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-taomillarni buzganlik, ijtimoiy himoya organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha xulosa olishni, ushbu hujjatsiz faoliyatni (harakatni) amalga oshirganlik yoki mazkur hujjatni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun jarimalar miqdorlarini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun mazkur Agentlikka maʼlumotlarga ishlov berish vakolati berilishini nazarda tutuvchi qoidalar belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdori oshirilishini hamda nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda undiriladigan davlat bojining belgilangan stavkasi miqdori kamaytirilishini, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati takomillashtirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga, ijtimoiy himoya organi tomonidan ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini har tomonlama baholash orqali davlat tomonidan aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning aniq yoʻnaltirilishini hamda ularning samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 99-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 1988-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1988-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2155-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “ifodalangan tarzda buzilishi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu Kodeksning 2159-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi 2159-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2159-modda. Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni taʼminlamaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni taʼminlamaslikda ifodalangan tarzda buzilishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish milliy standartlariga rioya etmaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“472, 474, 475, 476, 477, 478, 48, 491, 494, 511” raqamlari “474, 475, 476, 477, 478, 491, 494” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2415” raqami “2415 (bundan litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismi mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 501, 511-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 851-moddalarida, 99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn ikkinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631-moddalarida, 175-moddasining birinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida, 211 va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 24512-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 472, 48, 511-moddalarida, 99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida, 1988, 2159-moddalarida, 2415-moddasida (litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Ijtimoiy inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik taʼminotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631 va 1632-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda; 2024-yil, № 5, 460-modda, № 9, 958, 964-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda) 45-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining fuqaroning ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishga muhtojligini aniqlashga qaratilgan soʻrovi boʻyicha”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2024-yil, № 10, 1076-modda, № 12, 1286-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 6-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoya organi deb yuritiladi) umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan yuborilgan soʻrovga koʻra, amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 18-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy himoya organiga taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan ijtimoiy himoya organi tomonidan yuborilgan soʻrovga koʻra taqdim etishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 34-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ijtimoiy kartani rasmiylashtirish haqidagi arizadagi ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolarini notarial shahodatlash talab etilmaydi. Mazkur arizada ijtimoiy himoya organiga ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolari ularga doir boʻlgan, ushbu Qonun 6-moddasi toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlarni, shuningdek kredit axborotini, qimmatli qogʻozlar bozoridagi maxfiy axborotni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, olishga hamda ularga ishlov berishga boʻlgan roziligidir. Bunda ijtimoiy himoya organining xodimlari mazkur arizadagi imzolarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2022-yil, № 4, 337-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 194-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ariza beruvchiga va u bilan birga yashovchi oila aʼzolariga (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasiga, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda eriga, xotiniga hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlariga) doir bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan olishga hamda ularga ishlov berishga haqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191-moddalar) 50-moddasining ikkinchi qismi “davlat soliq xizmati organlariga” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2025-yil, № 3, 369-modda) 24-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qism “shuningdek” degan soʻzdan keyin “ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maqsadda va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan kredit axboroti subyektining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) toʻlovga qobiliyatliligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kredit axboroti taqdim etiladi hamda uning almashinuvi amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar) 378-moddasi quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201) Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar) ilova 7-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2024-yil, № 9, 956, 958-moddalar, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 27-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan tartibda nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun bepul asosda taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqaroni nogironligi boʻlgan shaxs yoki oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolani nogironligi boʻlgan bola deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi qismidagi “shaxsiy yigʻmajildlarini” degan soʻzlar “koʻrik ishlarini elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 34-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Protez-ortopediya moslamalarining va reabilitatsiya qilish texnik vositalarining roʻyxati, bunday vositalar bilan taʼminlash tartibi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 36-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “sogʻliqni saqlash organlari, bandlik va mehnat munosabatlari organlari” degan soʻzlar “davlat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “yoki pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrda qabul qilingan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-644-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 597-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 8, 630-modda) 24-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining soʻroviga koʻra”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 2-ilova quyidagi mazmundagi 125-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 

 

 

125.

Obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha xulosa

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya olish, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish, kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish, tibbiy faoliyat uchun litsenziya olish, farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya olish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

 

 

 

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-ilovaning II-boʻlimi quyidagi mazmundagi 115-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

115.

Obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha xulosa

100

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 9-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan bepul shugʻullanish uchun davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini taqdim etish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 1 va 11-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 8-moddasining qoidalari 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1102-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)