Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻQUVChI VA TALABA YoShLARNI SPORTGA JALB QILIShGA QARATILGAN UZLUKSIZ SPORT MUSOBAQALARI TIZIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda oʻquvchi va talabalarni sport mashgʻulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq tashkil etish hamda ushbu tizimning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari oʻzaro bogʻliq holda rivojlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va jamoat tashkilotlari tomonidan taʼminlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 192-modda)
*2—4 ilovalar berilmaydi
3. Musobaqalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlash va anjumanlarni koʻngilli oʻtkazish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va musobaqalar davrida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
5. Tashkiliy qoʻmitalar mazkur musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisida alohida dasturlar ishlab chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda sport oʻyinlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylarning mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda oʻtkazilishi nazarda tutilsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbeknavo” birlashmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 192-modda)
mazkur sport musobaqalarining respublika final oʻyinlari boʻlib oʻtadigan inshootlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash;
musobaqalar davomida oʻquvchi yoshlarda oʻz ona yurti bilan faxr-iftixor tuygʻularini kamol toptirishga, ularning vatanparvarlik ruhini koʻtarishga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish topshirilsin.
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Tashkiliy qoʻmitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarining yoʻl xarajatlari uchun imtiyozli tarif qoʻllasinlar.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.T. Risqiyev va Bosh vazir oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-iyun,
244-son
Oʻquvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini oʻtkazish
REJASI
|
Yillar |
“Umid nihollari” |
“Barkamol avlod” |
“Universiada” |
|
2003 |
Xorazm viloyati |
Andijon viloyati |
|
|
2006 |
Qashqadaryo viloyati |
|
|
|
2009 |
Sirdaryo viloyati |
|
|
Eslatma: Oʻquvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichlari 2000-yilda Namangan, 2001-yilda Jizzax, 2002-yilda Fargʻona va Buxoro viloyatlarida oʻtkazildi. 2004-yildan boshlab ushbu sport musobaqalarining Respublika final bosqichlari uch yilda bir marta oʻtkaziladi. 2012-yildan boshlab sport musobaqalarining ikkinchi davrasi boshlanadi.