24.11.2025 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar oliy qadriyat bo‘lib, ularni himoya qilish sudlarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanishini inobatga olgan holda ushbu toifadagi nizolarni hal qilishda vujudga keladigan masalalarni tushuntirish, qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llanilishini va yagona sud amaliyotini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi) 13-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar Konstitutsiyaning 26, 27 va 31-moddalari, Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 99 va 100-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 6 va 34-moddalari va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan huquqlar buzilishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishi, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqi (unutilish huquqi) va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishga haqli ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar deganda shaxsning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayoti va sog‘lig‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy daxlsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy hayot daxlsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy va oilaviy sir saqlash huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ism (nom)ga bo‘lgan huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasvirga bo‘lgan huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqi, shu jumladan intellektual faoliyat sohasidagi huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sha’ni va qadr-qimmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchanlik obro‘si;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq shaxsga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquqlarning buzilishi mulkiy oqibatlarga olib kelishidan qat’i nazar, sud orqali himoya qilinishi mumkin va ularni cheklash faqat qonunlarda belgilangan holatlardagina yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsning shaxsiy nomulkiy huquqlaridan birining buzilishi ularni himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud orqali himoya qilishning shakli va usuli buzilgan huquqning xususiyati, aralashuv usuli, shuningdek ishni ko‘rishda aniqlangan holatlarni hisobga olgan holda belgilanadi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzilgan huquqni tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralashuvning qonunga xilofligini tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarni, jumladan shaxsning roziligisiz axborot, tasvirlar, shaxsga doir ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanish, ularni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, berish, tarqatish, uzatishni taqiqlash, shuningdek egasizlantirish va yo‘q qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralashuvni to‘xtatishga majbur qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raddiya berish majburiyatini yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni buzuvchi axborotlarni o‘chirish, yo‘q qilish yoki bloklash, axborotning noto‘g‘ri ekanligini e’lon qilish majburiyatini yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy zarar va ma’naviy ziyon uchun tovon undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan buzilgan huquqni tiklashni ta’minlovchi boshqa choralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy va boshqa nomoddiy ne’matlarga oid huquqlarning buzilishi (shaxsiy hayot to‘g‘risidagi va shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish yoki noqonuniy tarzda to‘plash, shaxsning roziligisiz uning tasvirini tarqatish yoki tarqatish bilan qo‘rqitish, ismdan g‘ayriqonuniy foydalanish, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, tarqatish yoki uzatish va h.k.) bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan huquqning buzilganligi fakti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun bilan himoya qilinadigan shaxsiy nomulkiy huquqlarga aralashuv fakti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu harakatlarga shaxsning roziligi mavjud emasligi (agar amaldagi qonunchilikda bunday rozilik talab etilsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni buzgan shaxsning xatti-harakatlari va kelib chiqqan salbiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu oqibatlarning xususiyati va og‘irlik darajasi (ma’naviy va ruhiy azob-uqubatlar, ijtimoiy yoki kasbiy obro‘ning yo‘qotilishi, shaxsiy va oilaviy hayotga aralashish va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aybdor shaxs tomonidan axborotdan foydalanish maqsadi (tijorat, siyosiy yoki shaxsiy manfaat va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud himoyasi choralari qo‘llanilishi uchun asoslar mavjudligi aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida talab qo‘yilgan taqdirda, buzilgan huquqning xususiyati, shaxsning aybi shakli va darajasi, shuningdek boshqa muhim holatlarni hisobga olgan holda yetkazilgan ma’naviy azob-uqubatlarning xususiyati ham aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shaxsiy nomulkiy huquqlariga tajovuz qilingan yoki o‘zi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar tarqatilgan shaxs bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 1261 (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), 139 (tuhmat), 140 (haqorat qilish), 141 (fuqarolarning teng huquqliligini buzish), 1411 (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412 (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 1413 (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish), 143 (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish)-moddalariga ko‘ra jinoiy, yoxud O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40 (tuhmat), 41 (haqorat qilish), 592 (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), 2022 (yolg‘on axborot tarqatish)-moddalariga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortish haqida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilganligi, jinoyat ishi tugatilganligi yoxud oqlov hukmi chiqarilganligi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ishni qo‘zg‘atish rad etilganligi yoki qo‘zg‘atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilganligi shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik tartibida himoya qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atish huquqini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning bunday ariza bilan murojaat qilmaganligi yoxud javobgarning harakatlarida jinoyat tarkibi yoki ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan-aniqlanmaganligidan qat’i nazar, sudlar FKning 99, 100-moddalari bilan qo‘riqlanadigan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish maqsadida, aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib, qaror qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 121-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida, veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, bloglarda va boshqa axborot internet-resurslarida bunday ma’lumotlar e’lon qilinishi natijasida shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa nomoddiy ne’matlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar bunday huquqlarini himoya qilishga, shu jumladan raddiya e’lon qilish yoki tegishli tartibda javob qaytarishni talab etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazeta, teleradio, video, kinoxronika dasturlari va ommaviy axborotni tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan o‘sha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy joylashtirilgan axborotni o‘z ichiga olgan internet-resurslar (veb-saytlar, sayt sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va boshqa raqamli platformalar)ning egalari noto‘g‘ri ma’lumotlarni darhol o‘chirib tashlashi hamda dastlabki axborot joylashtirilgan joyda va shaklda raddiya yoki javob joylashtirilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositasi raddiyani, javobni e’lon qilishdan bo‘yin tovlasa yoxud ularni e’lon qilish uchun belgilab qo‘yilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning raddiya berish haqida resurs egalariga murojaat qilmaganligi uning bunday talab bilan sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarning e’tibori, shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi da’vo arizada bir vaqtning o‘zida biri ikkinchisidan kelib chiqqan faqat nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan talablar (masalan, buzilgan huquqni tan olish, raddiya e’lon qilish, axborotni o‘chirish, uzr so‘rash va h.k.) mavjud bo‘lsa, davlat boji faqat asosiy talab bo‘yicha nomulkiy xususiyatdagi arizalar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib, undirilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nomulkiy huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bilan bir vaqtda moddiy zarar yoxud ma’naviy ziyon uchun tovon undirish to‘g‘risidagi talab qo‘yilgan bo‘lsa, davlat boji umumiy asoslarda — mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan mustaqil talablar uchun alohida belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan davlat boji to‘lovidan ozod qilish holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hayot va sog‘liqqa bo‘lgan huquq Konstitutsiya, fuqarolik, jinoiy va ma’muriy qonunchilik, shuningdek, xalqaro shartnomalar bilan himoyalanadigan asosiy va mutlaq shaxsiy nomulkiy huquqlar sirasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu huquqlarning buzilishi faol g‘ayriqonuniy harakatlar (zo‘ravonlik, o‘z joniga qasd qilishga undash, tan jarohati yetkazish va hk.) shaklida ham, sog‘liqqa zarar yetkazilishiga olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatsizlik (masalan, tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish) shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar javobgarning g‘ayriqonuniy harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan salbiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda shaxsiy daxlsizlik va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini bir-biridan farqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, shaxsning daxlsizlikka bo‘lgan huquqi uning erkinlikda bo‘lishi, qonunga asoslanmagan holda ozodligi cheklanishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi shaxsning tug‘ilishi bilan unda mavjud bo‘ladigan asosiy huquqlardan biri bo‘lib, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, shaxsiy va oilaviy sirlari, yozishmalari va o‘ziga tegishli bo‘lgan boshqa axborotlarni himoya qilish huquqi mavjudligini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ishlarni ko‘rishda, sudlar tarqatilgan axborotning xususiyati, shaxsning roziligi, aralashuv fakti, sababiy bog‘lanishni mavjudligi, yuzaga kelgan oqibatlar hamda tarqatish shakli va usulini aniqlashlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarning e’tibori xususiy va oilaviy sirga bo‘lgan huquq xususiy va oilaviy munosabatlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni, jumladan nikoh, farzandlar, farzandlikka olish, tibbiy, ijtimoiy, maishiy va fuqaro hayotining shaxsiy sohasini tashkil etuvchi boshqa holatlar to‘g‘risidagi axborotlarni himoya qilishni o‘z ichiga olishi, ushbu huquqqa aralashuv faqat qonun asosida yoki shaxsning ixtiyoriy ravishda bergan roziligi bilangina yo‘l qo‘yilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning roziligisiz yoki bunday rozilik berilgan maqsadlar doirasidan tashqari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish, tarqatish, e’lon qilish yoki ulardan foydalanish shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzish hisoblanishi, bunday ma’lumotlarni oshkor etilishi sha’n, qadr-qimmat, obro‘ va boshqa shaxsiy huquqlarga zarar yetkazish deb baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, ism (nom)ga bo‘lgan huquq uni erkin tanlash, foydalanish, o‘zgartirish, uni buzib ko‘rsatilishi va uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ishlatilishidan himoya qilishni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ism shaxsni individuallashtirish elementi hisoblanib, zararning mavjudligidan qat’i nazar shaxsiy nomulkiy huquq sifatida himoyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ismni o‘zlashtirish, almashtirish, qasddan buzib ko‘rsatish, shaxsning roziligisiz uning obro‘siga, qadr-qimmatiga yoki huquqiy shaxsiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda foydalanish bilan bog‘liq harakatlar nomulkiy huquqni buzish deb hisoblanadi. Sudlar ismdan ijodiy asarlarda, nashrlarda, raqamli profillarda va jamoatchilik bilan muloqotda foydalanilganligi shaxsning huquqlariga daxl qilgan-qilmaganligini aniqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu huquqlar huquqni buzganlik faktini tan olish, ismdan foydalanishni to‘xtatish majburiyatini yuklash, uning to‘g‘ri shaklini tiklash, keyingi tajovuzlarni taqiqlash, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash orqali tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soxta ismdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, agar bu ism shaxsni da’vogar bilan bir kishi deb hisoblash imkonini bersa va uning obro‘siga putur yetkazsa, nafaqat ismga bo‘lgan huquq, balki sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘siga bo‘lgan huquqlar ham himoya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlar shaxsning tashqi ko‘rinishining har qanday shaklda qayd etilishi (jumladan, fotosurat, videoyozuv, portret, rasm, raqamli model, grafik yoki sun’iy yaratilgan tasvir) shaxsiy nomulkiy huquq sifatida himoya qilinishini, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollardan tashqari shaxs tasvirini yaratish, undan foydalanish, uni ko‘paytirish yoki tarqatishga faqat uning roziligi mavjud bo‘lganda ruxsat etilishini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning roziligisiz tasvirni qayd etish yoki tarqatish, tasvirni buzib ko‘rsatish yoki uni kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi yoxud chalg‘ituvchi kontekstda joylashtirish, tasvirdan tijorat maqsadlarida ruxsatsiz foydalanish, shaxsning asl ko‘rinishini buzishga olib keladigan tasvirni raqamli qayta ishlash (jumladan, deepfake, videomateriallarga kiritish, soxta “skrinshot”lar yaratish va hokazo), internetda xabardor qilmasdan yoki rozilik olmasdan cheklanmagan kirish huquqi bilan ommalashtirish tasvirga bo‘lgan huquqni buzish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar ushbu toifadagi ishlarni ko‘rishda, mazkur qarorning 4-bandida sanab o‘tilgan holatlardan tashqari, tasvirni qayd etish, undan foydalanish yoki uni tarqatish fakti, raqamli qayta ishlash, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan videotasvirlarda shaxsni aniqlash imkoniyati (jumladan tashqi, ovoz, biometrik belgilar yig‘indisi bo‘yicha), mazkur shaxsga tasodifiy o‘xshashlik holatlari, tasvirning haqiqiy emasligini bildiruvchi dalillar mavjudligini aniqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning tasvirga bo‘lgan huquqini himoya qilish harakatlarni g‘ayriqonuniy deb topish, raqamli muhitda tasvirni o‘chirish yoki bloklash, vizual materialdan foydalanishni o‘chirish, bloklash yoki texnik cheklash majburiyatini yuklash (jumladan, raqamli platformalar ma’murlariga murojaat qilish orqali), tasvirdan keyinchalik foydalanishni taqiqlash, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash shakllarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirdan foydalanish salbiy kontekst bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda (masalan, tahqirlovchi nashrda, parodiyada, soxtalashtirilgan matn qo‘shilganda yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan birga ishlatilganda), nafaqat tasvirga bo‘lgan huquq, balki shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si, shuningdek, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi ham himoya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqi shaxsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlash imkonini beradigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan shaxsiy nomulkiy huquq ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish (jumladan, ularni to‘plash, saqlash, foydalanish, tarqatish, o‘zgartirish va uzatish) faqat ma’lumotlar subyektining xabardorligi va ixtiyoriy, aniq roziligi bilan yoki boshqa qonuniy asosda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, bunday rozilik uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday shaklda bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlar subyekti muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, voyaga yetmagan yoki vafot etgan hollarda, rozilik uning qonuniy vakili yoki merosxo‘rlari tomonidan yozma, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Ma’lumotlar subyekti istalgan vaqtda o‘z roziligini u qanday shaklda berilgan bo‘lsa, o‘sha shaklda yoki yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat ko‘rinishida qaytarib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli rozilikning mavjud emasligi, ishlov berishning belgilangan maqsadlaridan chetga chiqish yoki qonuniylik va yetarlilik tamoyillariga rioya qilmaslik shaxsiy huquqlarning buzilishi deb tan olinadi va fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishi natijasida buzilgan huquqlar ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha harakatlarni qonunga xilof deb topish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni to‘xtatish majburiyatini yuklash, ularni o‘chirish yoki bloklash, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash, shuningdek buzilgan huquqni tiklashga qaratilgan boshqa usullar bilan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish qonunga xilof deb topilganda, sud operatorga ma’lumotlarni to‘liq o‘chirish va ularning zaxira nusxalarini ham yo‘q qilish majburiyatini yuklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlar muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari (mualliflik huquqi, nomga bo‘lgan huquq, asarning daxlsizligi huquqi, e’lon qilish huquqi va boshqalar) boshqa shaxsga o‘tkazilmasligidan, muddatsiz amal qilinishidan va mulkiy manfaatlaridan qat’i nazar himoya qilinishidan kelib chiqishi lozim. Bunday huquqlar intellektual mehnat natijasi yaratilgan paytdan boshlab vujudga keladi va ham milliy, ham xalqaro qonunchilik bilan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mualliflikni o‘zlashtirib olish, asarni ruxsatsiz e’lon qilish, uning mazmuni yoki shaklini buzib ko‘rsatish, shuningdek subyektning ijodiy o‘ziga xosligiga boshqacha tarzda aralashishga qaratilgan harakatlar mualliflik huquqini buzish deb tan olinib, u huquqni e’tirof etish, huquq buzilishini taqiqlash, oqibatlarni bartaraf etish, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash va qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar bunday toifadagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining tushuntirishlarini ham qo‘llashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlar sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi talablarni FKning 99-moddasida sanab o‘tilgan, fuqaro haqidagi ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq holda buzilgan boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi talablardan farqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ma’lumotning daxlsizligi Konstitutsiya va qonunlar bilan muhofaza qilinadi va uni tarqatish, hatto bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelsa ham, biroq, da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazsa, u ma’naviy zarar talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlar sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘si begonalashtirib bo‘lmaydigan shaxsiy nomoddiy boyliklar bo‘lib, mulkiy zarar mavjudligidan qat’i nazar, qonun bilan himoyalanishini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur huquqlar tarqatilgan ma’lumotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan deb tan olish, raddiya berish majburiyatini yuklash, axborotni o‘chirish va (yoki) uni keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash orqali tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Fuqaro FKning 100-moddasiga muvofiq, o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli. Bu qoida yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning qonun normalarini buzganligi, shaxsiy, ijtimoiy yoki siyosiy hayotda noto‘g‘ri xatti-harakatlar sodir etganligi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda vijdonsizlik qilganligi, ishchanlik etikasi yoki ish muomalasi odatlarini buzganligi haqida noto‘g‘ri tarqatilgan ma’lumotlar, shuningdek, fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki fuqaroning yoxud yuridik shaxsning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs yoki shaxslar guruhining qadr-qimmatini jins, irq, millat, til, din, e’tiqod, sog‘lig‘i holati yoki boshqa belgilari bo‘yicha kamsitadigan fikrlar yoki bayonotlar kamsituvchi ma’lumotlar bo‘lib, ular shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi sifatida huquqiy baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tushuntirilsinki, FK 100-moddasining birinchi qismiga muvofiq, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan deb hisoblash uchun bunday ma’lumotlarni birgina uchinchi shaxsga yetkazish yoki undan foydalanish imkonini yaratish yetarli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar bunday ma’lumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matbuotda e’lon qilish, radio va televideniyeda uzatish, kinoxronika, ommaviy chiqishlar, xizmat tavsiflari, mansabdor shaxslarga murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmog‘ida joylashtirish (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, izohlar, messenjerlar, kanallar, guruhlardagi sahifalar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron xatlar va xabarlarni bir yoki bir nechta shaxsga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audio- va video materiallarni videoxostinglar, striming platformalarida tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki ravishda ma’lumotni bir yoki bir nechta shaxsga yetkazish orqali tarqatilishi mumkinligini nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlarni faqat ular taalluqli bo‘lgan fuqaro yoki yuridik shaxs vakilining o‘ziga yetkazish tarqatish deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sud hujjatlari, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari qarorlari, xizmat tekshiruvi xulosalari va boshqa protsessual yoki rasmiy hujjatlardagi ma’lumotlarni rad etish to‘g‘risidagi talablar, agar ularni nizolashish uchun qonunda maxsus tartib belgilangan bo‘lsa, FK 100-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilmaydi. (masalan, xizmat tekshiruvi xulosasida keltirilgan ma’lumotlar faqat Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda nizolashish mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan axborot resursida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalariga taalluqli bo‘lgan qonunchilik hujjatlari qo‘llanilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar ushbu toifadagi ishlarni ko‘rishda quyidagi holatlarni har tomonlama aniqlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raddiya berilishi da’vo qilinayotgan ma’lumotning tarqatilgan-tarqatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu ma’lumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelish-kelmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tushuntirilsinki, da’vogar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talab bilan birga javobgarning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni yoki ma’naviy ziyonni qoplash haqida ham talab qo‘yilgan bo‘lsa, sud bu talabni FKning 985 va 1021-moddalariga muvofiq hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy zararni qoplashga faqat tegishli huquq buzilganligi aniqlangan va ushbu harakat g‘ayriqonuniy deb topilgan, da’vogarga moddiy zarar yetkazilgan yoki u olishi mumkin bo‘lgan foydani olmay qolganligi javobgarning harakatlari bilan yuzaga kelgan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘liqligi isbotlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. FK 1021-moddasining ikkinchi qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ma’naviy zararning miqdorini belgilashda FKning 1022-moddasi talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-sonli qarori tushuntirishlaridan kelib chiqqan holda, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitgan, obro‘sizlantirgan materialning mazmuni va mohiyati, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasi yoki muayyan shaxsning ayb darajasi, auditoriyaning oz-ko‘pligi, da’vogarning jamiyatda tutgan o‘rni, erkin fikr bildirish muvozanatining buzilganligi va boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, moddiy zarar va ma’naviy ziyon uchun tovon summasi da’vogar ko‘rsatgan boshqa shaxslar foydasiga emas, balki bevosita da’vogar foydasiga undirilishi lozimligini inobatga olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. FKning 163-moddasiga asosan shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) ikkinchi bo‘limining 2-kichik bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 26-moddasi birinchi qismining 11-bandiga muvofiq da’vo tartibida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, axborotni tarqatgan shaxsni aniqlashni imkoni bo‘lmasa (anonim xatlar shaklida tarqatilganda, Internet tarmog‘ida yoki boshqa axborot-kommunikatsiya tizimlarida joylashtirilganda, agar tarqatish manbasini aniqlash imkonsiz bo‘lsa, shuningdek, axborot tarqatuvchi shaxs vafot etgan hollarda) huquqi buzilgan shaxsning tarqatilgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar ekanligi faktini aniqlash haqidagi arizasiga asosan alohida ish yuritish tartibida (FPKning 27-28-boblari) ham ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan quyidagilar murojaat qilish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa nomoddiy ne’matlari buzilgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning sha’ni, ismi, tasviriga bo‘lgan huquqini, shuningdek, boshqa nomoddiy boyliklarini himoya qilish haqidagi ishlar bo‘yicha uning merosxo‘rlari (FK 1113-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirmasligi bois, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo talablar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning manfaatida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha tegishli axborotni tarqatish usulidan qat’i nazar (jumladan, bosma nashrlar, radio, televideniye, veb-saytlar, veb-sayt sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, messenjerlar va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari) badnom qiluvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning mualliflari, shuningdek, ularni tarqatgan shaxslar javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar OAVda ma’lumotlar tarqatilgan yoki aniq muallifi ko‘rsatilmagan tahririy yoxud anonim material e’lon qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositasi tahririyati (egasi) ham tegishli javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badnom qiluvchi ma’lumotlar veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, bloglar yoki boshqa internet-resurslar orqali tarqatilgan va muayyan muallifi ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu muallif, muallifi ko‘rsatilmagan yoki axborot resurs, sahifa yoki kanal nomidan joylashtirilgan bo‘lsa, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 121-moddasiga muvofiq e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirish, uning ishonchliligini ta’minlash va noto‘g‘ri materiallarni darhol olib tashlash majburiyati yuklangan tegishli axborot resursi egasi yoki boshqaruvchisi (shu jumladan, bloger) tegishli javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ma’lumotlar xodim tomonidan tashkilot nomidan xizmat vazifalarini bajarish yoki kasbiy faoliyat bilan bog‘liq holda tarqatilgan bo‘lsa, FKning 989-moddasiga muvofiq, ushbu xodim qaysi yuridik shaxsning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs tegishli javobgar deb topiladi, bu holda xodim mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida yoki sud qarori bilan sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar ma’lumotlarni birgalikda tarqatgan bir nechta shaxslarning biriga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘lib, bunday hollarda sud boshqa shaxslarni ishda sherik javobgar sifatida ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risida da’vo ariza topshirilganda, FPKning 189-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, arizada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vogarning fikricha buzilgan aniq shaxsiy nomulkiy huquq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalanadigan sohaga aralashuvga olib kelgan javobgarning harakatlari (yoki harakatsizligi) nimadan iboratligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolashilayotgan ma’lumotlar mazmuni, ularning ifodalanish shakli (matn, tasvir, audio- yoki videoyozuv va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizoli axborotni tarqatish usuli, kanali va muhiti, jumladan aniq internet-resurslar, bosma nashrlar, efir uzatishlari va boshqa vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq buzilishining yuzaga kelgan oqibatlari (ma’naviy azob-uqubatlar, obro‘-e’tiborning yo‘qolishi, shaxsiy yoki oilaviy hayotga aralashuv, boshqa salbiy ta’sirlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni rad etish, o‘chirish yoki bloklash, keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash va boshqa himoya choralarini o‘z ichiga olgan talablar ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha isbotlash predmeti va dalillar tarkibini aniqlashda, FPKning 72-moddasiga muvofiq har bir taraf o‘z talablari yoki e’tirozlarini asoslash uchun tayanayotgan holatlarni isbotlashi shartligini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, tarqatilgan ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlash majburiyati FKning 100-moddasiga ko‘ra javobgar zimmasiga yuklatilganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. FPKning 71-moddasiga muvofiq, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha taraflarning vajlarini asoslayotgan har qanday faktik ma’lumotlar dalil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ishlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- video va audioyozuvlar, shu jumladan elektron shakldagi fayllar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- Internet tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa platformalardagi nashrlar mazmunini aks ettiruvchi skrinshot va boshqa raqamli tasvirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoq sahifalari, forumlar va boshqa raqamli axborot manbalaridan olingan kontentlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- ma’lumotlar tarqatilganligi, ularning mazmuni va uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi guvohlar ko‘rsatmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- maxsus bilim talab etuvchi holatlarda tilshunoslik, axborot texnologiyalari, raqamli izlarni aniqlash, biometriya va boshqa sohalardagi mutaxassis tushuntirishlari yoki ekspertiza xulosalari maqbul dalillar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 702-moddasiga ko‘ra, notarius guvohlarning ko‘rsatmalarini yozib olish, yozma, ashyoviy va raqamli dalillarni ko‘zdan kechirish va tasdiqlash, ekspertiza tayinlash, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlash huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, sudlar FPK 75-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial harakat belgilangan tartibda amalga oshirilgan va uning haqiqiyligi FPKning 235 va 236-moddalarida nazarda tutilgan tartibda rad etilmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmasligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan baholovchi fikr yoki mulohaza o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga ta’sir qiladi deb hisoblagan shaxs FK 100-moddasining oltinchi qismi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasiga ko‘ra, o‘ziga berilgan javob, sharh, luqma huquqidan foydalanib, o‘sha ommaviy axborot vositasida tarqatilgan fikrlarning asossizligini isbotlash uchun ularni boshqacha baholashni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subyektiv fikr da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini kamsituvchi shaklda ifodalangan bo‘lsa, u shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarini himoya qilishga hamda haqorat qilish natijasida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, agar huquq buzilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilgan bo‘lsa, raqamli muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, quyidagi holatlar e’tiborga olinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
internetda axborot tarqatish anonim tarzda yoki tarqatuvchining shaxsini yashirish uchun texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ba’zi hollarda tarqatish manbai raqamli izlar, jumladan IP-manzil, domen nomi, vaqt belgilari, internet-provayderlar, xosting-kompaniyalar, domen nomlari ma’murlari va boshqa texnik vositachilarda saqlanadigan ma’lumotlar orqali aniqlanishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli muhitda ma’lumotlarni keng auditoriyaga yetib borishi, kesh va qidiruv tizimlarida saqlanishi va ko‘paytirilishi oqibatida yetkazilgan zararning darajasi yuqori ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha taraflar FPKning 166-moddasi tartibida kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzishlari mumkinligini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashda uning shartlari uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari, jamoat manfaatlariga zarar yetkazmasligini aniqlashi, kelishuv shartlarini xolisona baholashi, uning qonuniylik talablariga muvofiqligini tekshirishi shart (FPKning 169-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Da’vogarning nizoli axborotni tarqatgan shaxs haqidagi yoki uni joylashtirish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dalillarni mustaqil ravishda olish imkoni bo‘lmasa, sud FPK 72-moddasining uchinchi qismiga asosan bunday dalillarni to‘plashda ko‘maklashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu maqsadda internet xizmatlari provayderlari, domen nomlari ro‘yxatga oluvchilari, sayt ma’murlari va texnik ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa subyektlarga so‘rovnoma yoki sud topshirig‘i yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. FPKning 105, 106-moddalariga ko‘ra, agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, sud tarafning iltimosnomasi yoki o‘z tashabbusiga binoan ish mazmunan hal etilgunga qadar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish haqidagi ishlarda, FPKning 106-moddasida ko‘rsatilgan da’voni ta’minlash choralaridan tashqari, raqamli muhit sharoitida bunday choralarga quyidagilar kirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizoli ma’lumotlarni har qanday shaklda (shu jumladan Internet tarmog‘i va boshqa axborot kanallari orqali) tarqatishni vaqtincha taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vogarning huquqlarini buzuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan veb-sahifa, akkaunt yoki boshqa raqamli resursga kirishni to‘sib qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash yoki tarqatishni to‘xtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vo qilinayotgan tasvir, audio, videoyozuv, matn yoki boshqa obyektni o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchilarni muhrlash, olib qo‘yish yoki ularga kirishni boshqacha tarzda cheklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sudlar shaxsiy hayot, shaxsga oid ma’lumotlar, oilaviy, tibbiy yoki qonun bilan himoyalanadigan boshqa sirlarga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqishda, FPKning 12-moddasiga asoslanib, sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan deb topilgan ma’lumotlarga raddiya berish usulini ko‘rsatishi shart. Raddiya aynan shu noto‘g‘ri ma’lumotni e’lon qilgan ommaviy axborot vositasida e’lon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u e’lon qilinadigan muddatni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tashkilot tomonidan berilgan hujjatda ifodalangan bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida bunday hujjatni almashtirish majburiyatini o‘sha tashkilotga yuklashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga ko‘pchilik oldida kechirim so‘rash, tarqatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligini yig‘ilishda e’lon qilish, da’vogarni badnom qiluvchi ma’lumot xabar qilingan tashkilotga raddiya berish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. FKning 100-moddasi tartibidagi nizo ko‘rib chiqilayotgan vaqtda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, shaxsni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasining faoliyati to‘xtatilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa, sud javobgar ommaviy axborot vositasi tahriri, ta’sischi yoki egasi hamda axborotning muallifiga o‘z hisobidan raddiya berish yoki da’vogarning javobini boshqa ommaviy axborot vositasida e’lon qilish majburiyatini yuklashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori sud belgilagan muddatda bajarilmagan taqdirda, aybdor shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1981-moddasining ikkinchi qismi hamda Jinoyat kodeksining 232-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralarining qo‘llanilishi uni sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Sudlarning e’tibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib hal qilish zarurligiga va ishlarni ko‘rishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish raqamli muhitda undiruvchi uchun ko‘p zarar keltirishi yoki uning ijro etilishi mumkin bo‘lmay qolishini inobatga olib, sud tomonidan hal qiluv qarorining darhol ijroga qaratilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin (FPK 267-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Sudlar qonun bilan man etilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish maqsadida, badnom qiluvchi ma’lumotlar tarqatilganligi sabablarini sinchkovlik bilan aniqlashlari, bajarilishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatgan holda xususiy ajrim chiqarishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar ko‘rilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi U. XOLOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son