Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025 19.06.1992 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUD AMALIYOTIDA FUQARO VA TASHKILOTLARNING SHAʼNI, QADR-QIMMATI VA ISHCHANLIK OBROʻSINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNLARNI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-may va 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini kamsitadigan maʼlumotlar tarqatilgan taqdirda, ularni himoya qilish sudning birinchi darajali vazifalaridan boʻlib hisoblanadi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni ommaviy axborot vositalaridan fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashish, ularning shaʼni, qadr-qimmatlari va ishchanlik obroʻsiga tajovuz qilish maqsadida foydalanishni man etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti, bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda tashkilotlarning obroʻsini tiklash, ijtimoiy munosabatlarda uning faoliyatiga odilona baho berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunni sud amaliyotida qoʻllashda, qanday maʼlumotlar tarqatilganligi va ular qadr-qimmatga qanchalik putur yetkazgani kabi masalalar yuzasidan muammolar yuzaga kelganligini taʼkidlaydi. Hal qiluv qarorlarida hamma vaqt ham shaʼn va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berishning aniq usuli hamda raddiya berilishi lozim boʻlgan muddat koʻrsatilmaydi. Sud xarajatlarini undirish masalasi muhokama qilinmaydi.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishni bir necha martalab qoldirish, ish yuritishni asossiz harakatdan toʻxtatib qoʻyish oqibatida nizoning ahamiyati yoʻqolishi tufayli daʼvogarlar oʻz talablaridan voz kechmoqdalar, shu sababli anchagina arizalar koʻrilmasdan qoldirilmoqda.
(muqaddimaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻpchilik ishlarda hal qiluv qarorining ijro etilganligi haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va kelib chiqqan masalalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi, Fuqarolik kodeksining 100-moddasi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasiga muvofiq har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligi, har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek, notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va oʻzining shaʼni hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlar boʻyicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonunlarni toʻgʻri tatbiq etish, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsiz ekanligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emasligi kafolatlanganligi, ularning huquqlarini amalga oshirishlariga yordam berishini hisobga olib, shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi ishlarni sudlar sinchiklab, puxta koʻrishlari zarur.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini pastga uruvchi maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablar, maʼlumotlar qanday shakl va uslubda tarqatilganidan qatʼi nazar, sudga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasiga binoan eʼlon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻz raddiyasi yoki javobini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali eʼlon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob gazetalarda raddiya olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda eʼlon qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan oʻsha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay efirga beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositasi raddiyani, javobni eʼlon qilishdan boʻyin tovlasa yoxud ularni eʼlon qilish uchun belgilab qoʻyilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi daʼvo arizadan summadan kelib chiqib mulkiy tusga ega boʻlmagan ariza sifatida davlat boji undiriladi. Ayni bir vaqtning oʻzida moddiy va maʼnaviy zararni undirish haqidagi talab ham qoʻyilgan boʻlsa, davlat boji umumiy asoslarda daʼvo bahosidan kelib chiqib undiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarga tushuntirilsinki, badnom qiluvchi maʼlumotlarning oʻziga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan shaxs tomonidan tarqatilganligi faktini tasdiqlovchi dalillarni sudga daʼvogar taqdim etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda, u FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan sudyaning tegishli ajrimi bilan daʼvogarga qaytariladi. Daʼvo arizasining qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudning hal qiluv qarorlari va hukmlarida, tergov organlari qarorlarida va qonunda shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi koʻzda tutilgan boshqacha rasmiy hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablarni Oʻzbekiston Respublikasi FKning 100-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FK 100-moddasining ikkinchi qismiga asosan manfaatdor shaxs badnom qiluvchi maʼlumotlar uning vafot etgan oila aʼzolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini sud orqali himoya qilish huquqiga ega.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badnom qiluvchi maʼlumotlar voyaga yetmaganlar yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan tarqatilganda, ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisida qonuniy vakillari (ota-onalari, bolalikka oluvchilari, vasiylari), homiylari yoki FPKning 50-moddasi tartibida prokuror ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarni tarqatish deganda ularni ommaviy axborot vositalarida chop etish, xizmat taʼrifnomalarida bayon etish, koʻpchilik oldida soʻzlaganda, mansabdor shaxslar nomiga yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan ogʻzaki boʻlsa ham bir necha shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday maʼlumotlarni faqatgina oʻziga aloqador shaxsning oʻziga aytish, bu maʼlumotlarni tarqatish deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining shaʼniga haqoratlovchi maʼlumotlar aytilgan, shuningdek, tuhmat qilingan, yolgʻon axborotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 140 va 1413-moddalariga koʻra, jinoiy javobgarlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40, 41 va 2022-moddalariga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga murojaat qilishga haqli.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Badnom qiluvchi maʼlumotlar deganda, ayrim fuqarolar yoki jamoat fikrida amaldagi qonunlarga va axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan qaraganda shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini oyoq osti qiluvchi, obroʻni toʻkuvchi maʼlumotlar hisoblanishini sudlarga tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdagi kamchiliklarni, jamoat va ish joylaridagi, turmushdagi feʼl-atvorini tanqid qiluvchi, haqiqatga toʻgʻri keladigan maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablarni asosli deb hisoblab boʻlmaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar arizada ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan maʼlumotlarga raddiya berish talab etilgan boʻlsa, javobgar sifatida muallif va tegishli ommaviy axborot organi jalb etilishini inobatga olgan holda, ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash tartibida ish boʻyicha daxldor javobgarlarni aniqlash lozim boʻladi. Maʼlumotlar rasmiy xabarlarda koʻrsatilgan hollarda (“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasi”) sud yolgʻon maʼlumotlarni dastlab tarqatgan shaxsni ham javobgar sifatida jalb qilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat tavsifnomalarida koʻrsatilgan badnom qiluvchi maʼlumotlarni rad etish haqidagi daʼvolar boʻyicha uni imzolagan shaxslar hamda taʼrifnomani bergan korxona, muassasa yoki tashkilot javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badnom qiluvchi maʼlumotlar devoriy yoki fuqarolik protsessual huquq layoqatiga ega boʻlmagan koʻp nusxali roʻznomalarda eʼlon qilingan boʻlsa, eʼlon qilingan maqola muallifi bilan bir qatorda roʻznomaning organi hisoblanadigan tashkilot javobgar boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sud majlisida quyidagi holatlar har tomonlama aniqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) daʼvo qilingan, raddiya berilishi talab qilinayotgan maʼlumotning tarqatilgan-tarqatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bu maʼlumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bu maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelish-kelmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarqatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlash FK 100-moddasiga koʻra javobgar zimmasiga yuklatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 163-moddasiga asosan shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berish haqidagi talablarga daʼvo muddati tatbiq qilinmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi daʼvo bilan bir vaqtda daʼvogar tomonidan shu badnom qiluvchi maʼlumotlar tarqatilganligi oqibatida yetkazilgan moddiy zararni yoki maʼnaviy ziyonni undirish toʻgʻrisida ham talab qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talabni FKning 985-moddasiga muvofiq hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 1021-moddasi 2-qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishini nazarda tutish lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviy (mulkiy boʻlmagan) zararning miqdorini belgilashda sud fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatini oyoq osti qilgan, obroʻsini toʻkkan maqolaning mazmuni va mohiyatini, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni eʼlon qilgan ommaviy axborot vositasi yoki muayyan shaxsning ayb darajasini shu maqola bilan bogʻliq boʻlgan boshqa eʼtiborga molik holatlarni hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 1022-moddasiga muvofiq maʼnaviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlar jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy zararning ogʻirligiga subyektiv bahosi, shuningdek, daʼvogarning jismoniy va maʼnaviy azoblarining darajasini tasdiqlovchi obyektiv maʼlumotlar xususiyati va haqoratlovchi yolgʻon maʼlumotlari tarqatilgan doirani hamda boshqa ahamiyatga molik holatlarni eʼtiborga olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan deb topilgan maʼlumotlarga raddiya berish usulini koʻrsatishi shart. Raddiya aynan shu notoʻgʻri maʼlumotni chop etilgan gazetada yoki boshqa ommaviy davriy nashrda eʼlon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u eʼlon qilinadigan muddatni koʻrsatadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tashkilot tomonidan berilgan hujjatda ifodalangan boʻlsa, sud hal qiluv qarorida bunday hujjatni almashtirish majburiyatini oʻsha tashkilotga yuklashi lozim.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga koʻpchilik oldida kechirim soʻrash, tarqatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligini yigʻilishda eʼlon qilish, daʼvogarni badnom qiluvchi maʼlumot xabar qilingan tashkilotga raddiya yozib yuborish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlarning eʼtibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib hal qilish zarurligiga va ishlarni koʻrishda sansolarlikka yoʻl qoʻymaslikka qaratilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlar qonun bilan man etilgan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish maqsadida, badnom qiluvchi maʼlumotlar tarqatilganligi sabablarini sinchkovlik bilan aniqlashlari, bajarilishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatgan holda xususiy ajrim chiqarishlari lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son