1-ILOVA
T/r | Tadbirning nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Ijro uchun mas’ullar |
1. | Yangiobod MFY hududida 1979 — 1981-yillarda qurilgan 4 ta ikki qavatli 48 xonadonli uy bo‘yicha renovatsiya dasturini amalga oshirish. Natijada 42 mlrd so‘mlik 4 ta yetti qavatli 168 xonadonli zamonaviy turar joy hamda ularning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi, uy-joyga muhtoj aholiga qo‘shimcha 120 ta yangi xonadon, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, yashil hudud barpo etiladi, 160 ta yangi ish o‘rni yaratiladi | 1. Renovatsiya dasturini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishish. 2. Mulkdorlar bilan kelishuvga erishilganidan so‘ng renovatsiya dasturini amalga oshirish yuzasidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berish. 3. Tanlov natijalari bo‘yicha berilgan eng yaxshi taklif asosida investitsiya shartnomasini tuzish. 4. Talabgor bilan renovatsiya dasturining TIAsini ishlab chiqish. 5. Qurilish ishlarini amalga oshirish va foydalanish bo‘yicha reja-grafikni ishlab chiqish va uning doirasida qurilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. | 2025 — 2027-yillar davomida | Jizzax viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi, Sh. Rashidov tumani hokimligi |
2. | Ravalliq MFY hududida ko‘p kvartirali turar joy va ijtimoiy obyektlarni qurish. Natijada 410 mlrd so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish orqali 40 gektar yer maydonida 17 ta yetti qavatli va 16 ta to‘qqiz qavatli turar joy, 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1200 o‘rinli maktab, 100 qatnovli poliklinika, istirohat bogi va stadion quriladi. | 1. Ravalliq MFY hududida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 40 gektar bo‘z yer maydonini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga o‘zgartirish Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. | Ikki oy muddatda | Jizzax viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sh. Rashidov tumani hokimligi |
2. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish. 3. Mazkur yer maydonlarini ko‘p kvartirali turar joy va ijtimoiy obyektlarni qurish sharti bilan elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish. 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish va bitgandan so‘ng qabul qilinishini ta’minlash. | 2025 — 2027-yillar davomida | |||
3. | Ko‘rpasoy va Tinchlik MFYlari hududlarining tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lmagan tog‘ yon bag‘rilarida sihatgoh, uy-mehmonxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish. Natijada mahallada 10,8 mlrd so‘m qiymatidagi 150 o‘rinli sihatgoh barpo etiladi, 20 ta uy-mehmonxonasi, 145 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil qilinadi, 260 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. | 1. O‘rmon fondiga tegishli Ko‘rpasoy MFY Tangi qishlog‘i hududidagi 3 gektar hamda Tinchlik MFY Uvopsoy qishlog‘i hududidagi 32 gektar, jami 35 gektar bo‘sh turgan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish. | Bir oy muddatda | O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi |
2. Ushbu yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgandan so‘ng qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga o‘zgartirish Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. | Ikki oy muddatda | Jizzax viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi | ||
3. Yer maydonlarining lotlarga bo‘lgan holda elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilinishini tashkillashtirish. 4. Investorlar tomonidan reja-grafikka asosan loyihani ishga tushirish. | 2025 — 2027-yillar davomida | Turizm qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sh. Rashidov tumani hokimligi | ||
4. | Viloyatda ta’lim, tibbiyot va turizmni rivojlantirish maqsadida tashabbuskor tomonidan ko‘p tarmoqli nodavlat oliy ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda NOTT) faoliyatini tashkil etish. Natijada 2025-2026 o‘quv yilida 2 ming nafar, 2026-2027 o‘quv yilida 7 ming nafar talaba qabul qilinadi, 1,5 mln AQSH dollari investitsiya kiritiladi, savdo va xizmat ko‘rsatish tushumlari hamda aholi daromadlari oshadi. Tumanda 70 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga 1,5 mlrd so‘m tushadi. | 1. Tashabbuskorning murojaatiga asosan NOTT faoliyatini tashkil etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berish hamda uslubiy jihatdan ko‘maklashish. | Bir oy muddatda | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. NOTT faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, “Xizmatlar ipotekasi” xizmati orqali binolar sotib olinishida hamda kreditlar ajratilishida amaliy yordam berish. | 2025-yil yakuniga qadar | Jizzax viloyati hokimligi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ | ||
3. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan maxsus Davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar berib borish. | 2025-yil yakuniga qadar | Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Sh. Rashidov tumani hokimligi, Tashabbuskor | ||
4. Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonini yakunlash. | 2025-yil yakuniga qadar | |||
5. | Yaxtanlik MFY O‘zbekiston ko‘chasini to‘liq mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish. Natijada tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 34 ta mebelsozlik, 43 ta yog‘ochsozlik loyihasi amalga oshiriladi, 144 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 554 mln so‘m soliq undiriladi. | 1. Mebelchilik va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan 77 ta tashabbuskorga hokim yordamchilari tomonidan loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqish. 2. Hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra tashabbuskorlarni mebelchilik va yog‘ochsozlikni tashkil etishga asbob-uskunalar va xomashyo sotib olish uchun “Savdoga ko‘maklashish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. | 2025 — 2027-yillar davomida | Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi, “Savdoga ko‘maklashish kompaniyasi” AJ, Sh. Rashidov tumani hokimligi |
6. | Yangiobod hamda Nonisangil MFYlar hududlarida xizmat va servis sohalarini rivojlantirish. Natijada Yangiobod MFY Paxtakor ko‘chasining 500 metr yo‘l qismida aholi uchun sayrgoh barpo etiladi, 4R-34 Jizzax-Zomin avtomobil yo‘lining Nonisangil MFY hududidan o‘tuvchi 2 500 metrli qismida 24/7 rejimda ishlaydigan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari quriladi, 45 ta yangi obyekt barpo etiladi, 90 ta yangi ish o‘rni yaratiladi | 1. Yangiobod MFY Paxtakor ko‘chasining 500 metr yo‘l qismida aholi uchun sayilgoh barpo etish hamda 4R-34 Jizzax-Zomin avtomobil yo‘lining Nonisangil MFY hududidan o‘tuvchi qismida 24/7 rejimda ishlaydigan savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish. 2. Mazkur hududlarda savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish choralarini ko‘rish. 3. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirib berish. 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025 — 2027-yillar davomida | Jizzax viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sh. Rashidov tumani hokimligi |
7. | Ko‘rpasoy MFY hududidagi Parpiota madaniy meros obyektini rekonstruksiya qilish. | 1. Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Parpiota madaniy meros obyektining TIAsini ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish. | 2025 — 2027-yillar davomida | Madaniy meros agentligi, Jizzax viloyati hokimligi, Sh. Rashidov tumani hokimligi |
Natijada turistlar uchun jozibadorlik yanada oshib, ziyoratgohga yiliga 10 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrifi amalga oshiriladi. | 2. Pudratchi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha tender o‘tkazish. |
2-ILOVA
T/r | Manzili | Faoliyati | Maydoni (ga) | Bino va inshoot maydoni (kv) |
x | Jami: | x | 0,3688 | 2 682 |
1. | Yangiobod MFY hududida | 4 ta yetti qavatli 168 xonadonli turar joy, shu jumladan, birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etish (1979 — 1981-yillarda qurilgan 4 ta ikki qavatli uy o‘rnida) | 0,0922 | 670,5 |
2. | 0,0922 | 670,5 | ||
3. | 0,0922 | 670,5 | ||
4. | 0,0922 | 670,5 |