1-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Ijro uchun masʼul |
| ||||
I. Intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy bazani rivojlantirish | ||||
1. | Fuqarolik kodeksi, “Garov toʻgʻrisida”, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Fuqarolik-protsessual, Iqtisodiy-protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarga patent vakillarining intellektual mulk bilan bogʻliq nizolarda (masalalarda) fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda ish yuritilishida shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX |
3. | Yuqori texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirishga oid yangi ustuvor yoʻnalishlar va tadbirlarni inobatga olgan holda, 2027 — 2030-yillarga moʻljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiyani xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2026-yil sentabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
4. | Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, maʼmuriy yoxud jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllangani reyting ballarini kamaytiruvchi koʻrsatkich hamda tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlishni qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkich sifatida belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Biologik faol moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) boʻlgan huquqlarga rioya etilgani “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali majburiy ravishda tekshirish va (yoki) oʻrganish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi |
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya va arizalarni “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali qabul qilish; Apellyatsiya kengashining ish yuritish jarayonlarini (bayonnoma, qaror qabul qilishni) toʻliq raqamlashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: tarkibiy tuzilmasida texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etiladigan oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklar roʻyxati; texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomining logotiplarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil may | Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
12. | Kontrafakt tovarlarga qarshi kurashishda tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasini amalga oshirish. Bunda: tadbirkorlik subyekti loyihada ixtiyoriy ishtirok etadi; tadbirkorlik subyektining roziligi bilan uning savdo nuqtalarida kontrafakt tovar mavjud yoki mavjud emasligi adliya organlari xodimlari tomonidan oʻrganiladi; loyiha doirasida savdo nuqtasida adliya organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi; kontrafakt tovar aniqlanmagan savdo nuqtasiga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikati beriladi, reyestrga kiritiladi va OAVlarda eʼlon qilinadi; “Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikatiga ega savdo nuqtasida kelgusida kontrafakt tovar mavjudligi aniqlanganda, sertifikat chaqirib olinadi va bu haqda OAVlarda eʼlon qilinadi. | Adliya vaziri buyrugʻi loyihasi | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. | Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar yuzasidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Qishloq xoʻjaligi vaziri buyrugʻi loyihasi | 2026-yil may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
14. | Intellektual mulk obyektlari va ularga oid shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha talabnoma va arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish tartibini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
15. | Adliya vazirligining patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga berish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi |
16. | Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga berilgan qoʻshimcha vakolatlardan kelib chiqib uning nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Ichki idoraviy hujjat loyihasi | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi |
II. Intellektual mulk sohasidagi tartib-taomillarni takomillashtirish | ||||
17. | “Intellektual mulk muhofazasi” portalini “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
18. | “Intellektual mulk muhofazasi” portali quyidagi maʼlumotlar almashinilishi yuzasidan tegishli tizimlar bilan integratsiya qilinishini taʼminlash: Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi — tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili oʻzgarganligi yoki faoliyati tugatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi — fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargani yoki oʻlimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — meros tarkibidagi hamda korxonani sotish shartnomasi predmeti boʻlgan intellektual mulk obyektlariga oid maʼlumotlar; “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi — fuqaroning manzili oʻzgargani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
19. | Kamida toʻrtta oliy taʼlim muassasasida intellektual mulk obyektlarini boshqarish mutaxassisligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2029-yil iyul | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
20. | Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʻyicha bitimi (TRIPS) normalari va tamoyillariga nomuvofiq boʻlgan intellektual mulk sohasidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumot va taklif | 2026-yil mart | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
21. | “oriGIn Uzbekistan” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish. Muassasani bino, kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash. Muassasani “oriGIn” xalqaro geografik koʻrsatkichlar tarmogʻi tashkilotiga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Adliya vazirligi |
22. | Roʻyxatdan oʻtgan geografik koʻrsatkichlarni turizm xaritasiga hamda sayyohlik platformalariga kiritish maqsadida Turizm qoʻmitasiga taqdim qilish. Taqdim etilgan geografik koʻrsatkichlarni Turizm qoʻmitasi tomonidan turizm xaritalari hamda sayyohlik platformalarida eʼlon qilib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | Doimiy | Adliya vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
23. | Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda ularning taʼsischilariga tovar yoki xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlishning afzalliklari va tartibi toʻgʻrisida SMS xabarnomalar yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi |
24. | “Sanoat mulki muhofazasi” va IP Protection portallari negizida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va unda quyidagi imkoniyatlarni belgilash: intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish; sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini takomillashtirish; intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq shartnomalarni onlayn tuzish; intellektual mulk masalalariga oid uslubiy tavsiyalarni joylashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining savollariga real vaqt rejimida (onlayn) javob berish; kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzgani uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025 — 2028-yillar davomida | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
25. | “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va uning barqaror, uzluksiz texnik taʼminotini taʼminlash boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tahliliy maʼlumot | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
26. | Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda sanoat namunalari mualliflarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Central Asia Design” platformasini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy maʼlumot | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
27. | “Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
28. | Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida Oʻzbekiston milliy koʻrgazmasini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi |
2-ILOVA