11.02.1993 yildagi PF-559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BALAND TOG‘DAGI ASTRONOMIYA OBSERVATORIYALARI VA ULARGA XIZMAT KO‘RSATUVChI KOMPLEKSLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va astronomiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, shuningdek baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalaridan samarali foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslar ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Huquqiy tasarrufga olingan astronomiya inshootlariga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zimmasiga yuklansin. Ularning ishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomli Astronomiya instituti tarkibida baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalarining Kitob kompleksi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomli Astronomiya instituti o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonda ko‘rsatilgan baland tog‘da joylashgan astronomiya observatoriyalarini va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslarni 1993-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holatda barcha binolari, inshootlari, shtatlari, teleskoplari, asbob-uskunalari, texnikasi, moddiy-texnikaviy va boshqa mulklari bilan birgalikda qabul qilib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
astronomiya fanini yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini takomillashtirish, qulay astronomik va iqlim sharoitlaridan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yulduzlar fizikasi va evolyutsiyasini, jahon miqyosidagi va mintaqaviy geodinamik jarayonlarni tadqiq etish, zilzilalar to‘g‘risidagi taxminlarni oldindan aniqlash, fundamental fanlarni rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab boshqa sayyoralarni o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
astronomiya fani va texnologiyasi yutuqlarini xalq xo‘jaligi, fan va ta’limning turli tarmoqlariga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
astronomiya sohasida kadrlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddat ichida xalqaro aloqalarni saqlab qolish va kengaytirishni hisobga olib astronomiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishning ilmiy-texnikaviy dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huquqiy tasarrufga olingan baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalarining Kitob kompleksini mablag‘ bilan ta’minlasin, buning uchun moliyaviy ta’minotning mavjud me’yorlariga amal qilib hamda ana shu observatoriyalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslar soni va xarajatlar smetasi 70 foiz qisqartirilishini nazarda tutib, qo‘shimcha mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi ishini tashkil etishga oid qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-559-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1993-yil 11-fevraldagi
PF-559-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatidagi baland tog‘da joylashgan astronomiya observatoriyalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Nomi‎

Joylashgan manzili‎

1.‎ Maskva davlat universitetining Shterenberg nomli Davlat astronomiya institutining Maydanak observatoriyasi ‎ Maydanak tog‘i, “Zapadnaya” cho‘qqisi Maydoni 30,2 ga ‎
2.‎ Sankt-Peterburg universitetining Astronomiya instituti observatoriyasi‎ o‘sha erda‎
3.‎ Ukraina Fanlar akademiyasining Bosh astronomiya observatoriyasiga qarashli observatoriya ‎ o‘sha erda‎
4.‎ Litva Fanlar akademiyasi Fizika va nazariy fizika institutining observatoriyasi‎ o‘sha erda‎
5.‎ Estoniya Fanlar akademiyasi Astrofizika institutining observatoriyasi ‎ o‘sha erda‎
6.‎ Maskva davlat universitetining Shterenberg nomli Davlat astronomiya institutining ishlab chiqarish-laboratoriya kompleksi ‎ Kitob tumani, Kitob davlat xo‘jaligi Maydoni 3,37 ga ‎
7.‎ Sankt-Peterburg universitetining kuzatuv laboratoriyasi‎ Kitob tumani, Sharq yulduz davlat xo‘jaligi Maydoni 2,9 ga ‎
8.‎ Litva Fanlar akademiyasi Fizika va nazariy fizika institutining quyi astrofizika bazasi‎ Kitob tumani, Kitob davlat xo‘jaligi Maydoni 1,02 ga ‎
9.‎ Estoniya Fanlar akademiyasining kuzatuv laboratoriyasi ‎ Kitob tumani, Sharq yulduz davlat xo‘jaligi Maydoni 1,0 ga