Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 07.04.1993 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BALAND TOG‘DAGI ASTRONOMIYA OBSERVATORIYALARI KITOB KOMPLEKSI ISHINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish, O‘zbekistonda astronomiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi ishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Farmonda belgilangan uning faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarining birinchi navbatda bajarilishini nazarda tutib, bir oy muddat ichida baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston davlat kosmik tadqiqotlar agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda astronomiya sohasidagi fundamental va amaliy ishlarni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni saqlab olish va kengaytirish uchun Maydanak tog‘i rayonining nodir astroiqlim sharoitlaridan samarali foydalanish maqsadida 2 oy muddat ichida astronomiya tadqiqotlari xalqaro markazini tuzish yuzasidan takliflar ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga 1993-yilda baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksini ta’minlash uchun, ko‘rsatib o‘tilgan observatoriyalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi komplekslarning xodimlar soni va xarajatlar smetasi 70 foizga qisqartirilishini nazarda tutgan holda, zarur mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi astronomiya sohasidagi ilmiy-texnika dasturini amalga oshirishga 1994-yildan boshlab har yili mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi astronomiya fani sohasida kadrlarni samarali tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun Qarshi davlat universiteti huzurida astronomiya kafedrasini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zshartnomasavdo” Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining asoslangan ehtiyojiga yarasha 1993-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlariga kvota ajratishni ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi ana shu mahsulotlarning yetkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baland tog‘dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksini barpo etish va uni yanada rivojlantirishga, uni yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bilan birgalikda Maydanak tog‘i rayonining nodir astroiqlim zonasining ekologik holatini nazorat qilsin va uni saqlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son