12.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3704
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qarori, 12.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3704
Kuchga kirish sanasi
14.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3704]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 13-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 5-noyabrdagi 95-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat auditi” dasturiy kompleksi (bundan buyon matnda “Davlat auditi” dasturi deb yuritiladi) — davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining nazorat (audit) tadbirlarini roʻyxatga olish, nazorat (audit) tadbirlarining natijalarini jamlash, saqlash, ishlov berish hamda hisobotlar shakllantirish imkonini beruvchi Hisob palatasining axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning tasarrufidagi vakolatli organlar va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlari — davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari xodimlari tomonidan davlat moliyaviy nazorati va ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan nazorat (audit) obyektida, shu jumladan masofaviy ravishda amalga oshiriladigan jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlari natijalari — davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmati xodimlari tomonidan nazorat (audit) obyektlarida, shu jumladan masofaviy ravishda oʻtkazilgan nazorat (audit) tadbirlarida aniqlanib, ularning yakuni boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektlar — “Davlat auditi” dasturidan foydalanuvchi davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
administrator — “Davlat auditi” dasturiga huquqiy egalik qiluvchi, kirish huquqlarini va undan foydalanishni boshqaruvchi va nazorat qiluvchi Hisob palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik administrator — “Davlat auditi” dasturini texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borishni amalga oshiruvchi tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator — davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtgan va hujjatlarni yaratish, maʼlumotlarni kiritish, tahrirlash, yangilab borish, hisobini yuritish va boshqa amallarni bajarish vakolati berilgan masʼul xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Davlat auditi” dasturidan foydalanishning maqsadi davlat organlari va tashkilotlarida budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini tahlil qilish, takroriy va asossiz moliyaviy nazorat (audit) tadbirlarining oldini olish maqsadida ularning samaradorligini oshirish uchun davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining nazorat (audit) tadbirlariga doir maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash orqali hisob va hisobot jarayonini avtomatlashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Davlat auditi” dasturidan foydalanishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlarini roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan nazorat (audit) tadbirlarini majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining nazorat (audit) obyektlari, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (vazifa va funksiyalari, tashkiliy tuzilmasi, shtat birliklari, xodimlar) bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlari natijalarini toʻplash, saqlash va qayta ishlash orqali hisobotlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) obyektlari tomonidan nazorat (audit) tadbirlari boʻyicha yozma fikr bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar ishtirokida oʻtkaziladigan nazorat (audit) obyektlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) obyektlariga koʻrsatmalar yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlari natijalari yuzasidan tegishli davlat organlariga xabarnomalar yuborish imkonini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Foydalanuvchi subyektlarni “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Davlat auditi” dasturida quyidagilar foydalanuvchi subyektlar sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi va ularga quyidagi kirish huquqlari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining rahbari va oʻrinbosari uchun — “tasdiqlovchi” huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbari oʻrinbosari, tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari uchun — “maʼqullovchi” huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari (2 nafargacha) uchun — “operator” huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining “operator” huquqi berilmagan xodimlari uchun — “foydalanuvchi” huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Hisob palatasiga soʻrovnoma taqdim etiladi. Soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektlarning lavozimi va ular faoliyat yurituvchi boʻlinmaning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektlarning pasport (ID-karta) seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan kirish huquqlari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlarining malaka sertifikati raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektlarning elektron pochta manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Davlat auditi” dasturida xodimlarni operator sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va shaxsiy kabinetni ochish uchun davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarining xodimga “operator” vazifasi yuklatilgan buyrugʻi nusxasi soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Foydalanuvchi subyektlarni “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnoma taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taqdim etilgan soʻrovnomada mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar boʻlmasa yoki toʻliq koʻrsatilmagan boʻlsa Hisob palatasi tomonidan foydalanuvchi subyektlarni “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining foydalanuvchi subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran soʻrovnoma taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslari mavjud boʻlmasa, foydalanuvchi subyektlar “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda shaxsiy kabinet ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Foydalanuvchi subyektlarning “Davlat auditi” dasturidagi shaxsiy kabinetida quyidagi maʼlumotlar saqlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektning identifikatori (ID-raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinetning yaratilgan sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi subyektning lavozimi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Davlat auditi” dasturidan roʻyxatdan oʻtkazilgan foydalanuvchi subyektlar ushbu dasturdagi shaxsiy kabinetiga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) yoki elektron raqamli imzo orqali kirish huquqiga ega boʻladi, bunda dasturga oʻziga tegishli boʻlmagan Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) yoki elektron raqamli imzo orqali kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat moliyaviy nazorat organlari, davlat organlari va tashkilotlari foydalanuvchi subyektlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ular boshqa lavozimga oʻtkazilganda yoki ularning “Davlat auditi” dasturidan foydalanish huquqi bekor qilinishi yoxud oʻzgarishiga sabab boʻladigan boshqa holatlar yuz bergan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida Hisob palatasini yozma xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Hisob palatasi tomonidan yigirma toʻrt soat ichida foydalanuvchi subyektlarning “Davlat auditi” dasturiga kirish huquqlari yangilanadi yoki ularning shaxsiy kabineti bloklanadi hamda arxivga koʻchiriladi va kamida bir yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Davlat auditi” dasturidan foydalanish huquqi bekor qilingan shaxslar oʻrniga boshqa foydalanuvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Davlat auditi” dasturidan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Foydalanuvchi subyektlar “Davlat auditi” dasturidan roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng uch ish kuni ichida operator tomonidan ushbu dasturga tegishli davlat moliyaviy nazorat organi, davlat organi yoki tashkilotining nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, manzili, vazifa va funksiyalari, tarkibiy tuzilmasi, shtat jadvali, davlat moliyaviy nazorat organi yoki ichki audit xizmati xodimlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining kelgusi yil uchun yillik rejalari (dasturlari) loyihalarini “Davlat auditi” dasturida shakllantirish, kelishish va tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kelgusi yil uchun yillik reja (dastur) loyihasi har yili dekabr oyining 10-sanasiga qadar shakllantiriladi va Hisob palatasiga kelishish uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Hisob palatasi kelishish uchun kelib tushgan yillik reja (dastur) loyihasini nazorat (audit) obyektida oʻtkazilishi rejalashtirilgan nazorat (audit) tadbirlari takrorlanmasligi va asoslanganligi nuqtai nazardan besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik rejasida (dasturida) ayni bir obyektda bir xil masala yuzasidan nazorat (audit) tadbirini oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlsa, ushbu nazorat (audit) tadbiri takroriy hisoblanadi (bundan mavjud jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari bundan mustasno) hamda Hisob palatasi tomonidan yillik rejani (dasturni) kelishish rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan obyektda nazorat (audit) tadbirini oʻtkazish uchun muayyan asoslar (qonunchilikdagi majburiy talab, xavf tahlili natijalari) mavjud boʻlmasa, nazorat (audit) tadbirini oʻtkazish asossiz deb hisoblanadi hamda Hisob palatasi tomonidan yillik rejani (dasturni) kelishish rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kelishish rad etilgan yillik rejaga (dasturga) davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan tegishli tuzatishlar kiritilgan holda Hisob palatasiga kelishish uchun qayta yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) koʻrib chiqilgan yillik reja (dastur) Hisob palatasi tomondan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Hisob palatasi bilan kelishilgan yillik reja (dastur) davlat moliyaviy nazorat organi, davlat organi yoki tashkilotining rahbari tomonidan har yili dekabr oyining 25-sanasiga qadar tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik rejasiga (dasturiga) oʻzgartirish kiritish va tasdiqlash ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, Hisob palatasi tomonidan kelishilgan yillik rejaga (dasturga) oʻzgartirishlar davlat moliyaviy nazorat organi, davlat organi yoki tashkilotining rahbari tomonidan shu kunning oʻzida tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik rejaga (dasturga) oʻzgartirish kiritish asosli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan nazorat (audit) tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlar “Davlat auditi” dasturida yaratiladi hamda ular tasdiqlanganidan soʻng ushbu dasturda avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi va raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Davlat auditi” dasturida yaratilgan buyruqlar ushbu dasturning oʻzida yoki “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo hujjat aylanish tizimi orqali tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat (audit) tadbirlariga doir barcha hujjatlar axborot tizimida jamlanadi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, nazorat (audit) tadbirlari hisoboti (dalolatnoma, maʼlumotnoma) tasdiqlanganidan soʻng nazorat (audit) tadbiriga oid hujjatlar va maʼlumotlar uch ish kunidan kechiktirmasdan “Davlat auditi” dasturiga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ichki audit xizmatlari tomonidan Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali yuborilgan risk-tahlillarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻn kun ichida “Davlat auditi” dasturiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ichki audit xizmatlari “Davlat auditi” dasturi orqali bir ish kuni ichida quyidagi holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi aniqlagan va vakolati doirasida hal etish imkoni boʻlmagan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari, moliyaviy xato va kamchiliklar, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar kamomadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat alomatlari, korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari (shu jumladan, ichki audit tadbirini amalga oshirgan shaxslar tomonidan) aniqlangan taqdirda, tegishli choralar koʻrish (hujjatlashtirish, oldini olish choralarini koʻrish) va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nazorat (audit) tadbirlari materiallarining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi, tuzilgan maʼmuriy bayonnomalar va sudlar tomonidan qoʻllanilgan maʼmuriy jazo choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar operator tomonidan “Davlat auditi” dasturiga uch ish kuni ichida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Davlat auditi” dasturi orqali fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektlarni va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son “Fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan aniqlanadi hamda natijalari eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nazorat (audit) tadbirlari natijalari boʻyicha nazorat (audit) obyektlariga yoki ulardan yuqori turuvchi organlarga kiritiladigan koʻrsatma, taqdimnoma, taklif va tavsiyalar “Davlat auditi” dasturi orqali yuboriladi hamda ularning ijrosi davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat (audit) tadbirlari natijalari hamda davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining samaradorligi boʻyicha hisobotlar “Davlat auditi” dasturiga kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Davlat auditi” dasturiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishini taʼminlashga davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Texnik administratorning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Texnik administrator “Davlat auditi” dasturini texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quyidagilar texnik administratorning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik qoʻllab-quvvatlash orqali “Davlat auditi” dasturining barqaror, uzluksiz va samarali ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimning normativ-huquqiy hujjatlar, axborot xavfsizligi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimning axborot xavfsizligini hamda maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida “Davlat auditi” dasturini takomillashtirish va uning texnik sozlamalarini oʻzgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Operatorning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “Davlat auditi” dasturida hujjatlar va maʼlumotlarni yaratish, kiritish, yuklash, tahrirlash, qayta ishlash, yuborish, hisobini yuritish va hisobotlar chiqarish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagilar operatorning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlariga oid mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritish, yangilash va tahrir qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat (audit) tadbirlari toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlarni oʻz vaqtida yaratish, kiritish, yuklash, tahrirlash, qayta ishlash, yuborish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan xatolar yoki nosozliklar haqida Hisob palatasiga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida “Davlat auditi” dasturidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
administratordan va texnik administratordan yordam soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat auditi” dasturi boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat auditi” dasturi orqali qonunchilikka zid harakatlarni amalga oshirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilgan hujjat va maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi, haqqoniyligi, toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining mazkur Nizomda nazarda tutilgan qonuniy talablariga amal qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/3704/1049-son)