07.11.2025 yildagi 705-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi hamda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi, ishchilarning sogʻligʻi va hayotiga boʻlgan zarar hamda xavfning oldini olishga qaratilgan xavfsizlik talablarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni boyitish fabrikalarida kompressor stansiyalari, yuk koʻtarish mashinalari va liftlarni, gaz xoʻjaligi, bosim ostida ishlaydigan idishlar va quvur yoʻllarni foydalanishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish mahsulotlarini sinab koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
705-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 705-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish, hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizlik tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Atamalar va taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma suv taʼminoti — suvdan bir xil isteʼmolchilar doimiy foydalanishi shartlarida, suvni tozalash zarurligini koʻzda tutgan retsirkulyatsiyalashga ega boʻlgan sanoat suv taʼminoti tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boyitish — mineral xomashyodan foydali komponentlarini tarkib jihatidan dastlabki xomashyodagidan ortiq konsentratsiyalari bilan ajratish maqsadida uni qayta ishlash jarayonlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boyitish mahsulotlari — foydali qazilmalarni boyitish jarayonida olinadigan mahsulotlar (konsentrat, oraliq mahsuloti, uning chiqindilari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsentrat — mineral xomashyoni boyitish mahsuloti boʻlib, unda qimmatli komponentlar dastlabki material (ruda)dagiga nisbatan yuqori boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydalash — boʻlaklangan, mineral xomashyoni tashqi mexanik kuchlar taʼsirida boʻshatish jarayoni boʻlib, maydalash agregatlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xomashyoni boyitish jarayonida quritish — materiallarni, shu jumladan, boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish jarayoni boʻlib, qizdirish paytida namni bugʻlantirishga asoslanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlar — odamlar tomonidan maishiy va ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilgandan keyin chiqariladigan suvlar. Oqova suvlar keyinchalik foydalanishni hisobga olgan holda belgilangan meʼyorlarda tozalanishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasniflash — xomashyoning donodorlik va yarim disperslik oʻlchami boʻyicha bir jinsli boʻlmagan zarralarini har xil yiriklik turlariga ajratish jarayoni boʻlib, gʻalvirlash, gidravlik (pnevmatik) tasniflash yordamida yoki markazdan qochma maydonda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
flotatsiya — foydali qazilmalarni oʻziga xos sirt energiyalari farqi tufayli fazalararo, shu jumladan, suvli muhitdagi sirtda qolish qobiliyatining farqiga asoslangan foydali qazilmalarni boyitishning bir turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻalvirlash — materialni yiriklik turlariga ajratish jarayoni boʻlib, elaydigan yuzalari boʻlgan qurilmalar (gʻalvirlarda) amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyultirish — pulpani quyultirilgan mahsulotga va toʻkish orqali suyuq fazaga ajratish jarayoni boʻlib, qattiq zarralarni ogʻirlik kuchi va markazdan qochirma kuchlar taʼsirida pulpaga choʻktirish (oʻtkazish) natijasida sodir boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilar — tarkibi asosan jins hosil qiluvchi minerallar va tarkibida foydali komponentlari miqdori ozgina boʻlgan boyitish jarayoni chiqitlari, ularni toʻliq ajratish uchun ayrim hollarda texnologik jihatidan qayta ishlash mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shlam toʻplagich (chiqindi ombori) — qayta ishlangan xomashyoning agʻdarma mahsulotlarini (boyitish chiqindilarini) gidravlik yotqizish, ularni choʻktirish, aylanma suv taʼminoti uchun foydalaniladigan texnik suvning chiqindi pulpalaridan ajratishga moʻljallangan gidravlik inshoot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yerosti sharoitlarida va konlarda foydali qazilmalarni qayta ishlash mazkur qoidalar talablarini hisobga olgan holda va sohaga oid normativ hujjatlarda belgilangan tartibda oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Foydali qazilmalarni boyitish fabrikasi, zavodi, sexi va boshqa ishlab chiqarish obyektini (keyingi oʻrinlarda — fabrika) qurish, qayta taʼmirlash va foydalanishga topshirish ushbu qoidalar hamda qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yangi va qayta taʼmirlangan fabrikalar, shuningdek, ishlab turgan fabrikalardagi obyektlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq foydalanishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga qabul qilib, ishga tushirish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi, xavfli ishlab chiqarish obyektini ishga tushirayotgan korxonaning tayyorligi va xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyalar oqibatining oldini olish va bartaraf etishga tayyorligi koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilishi tugallanmagan, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi holati talab doirasida boʻlmagan va atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga topshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fabrikaning xavfli ishlab chiqarish obyektlarining har bitta maydoni (obyekt, boʻlinma) uchun yongʻin va portlash xavfi toifasi belgilangan boʻlishi va tegishli xavfsizlik choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda fabrikalarda mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot rahbari fabrikadagi ishlayotgan xodimlar soni, ish sharoiti, kasbga oid xavf-xatar darajasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda xizmat tuzilmasi va xizmatdagi xodimlar sonini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati fabrikaning texnik rahbariga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatlari rahbarlari va mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish sohasida 72 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslarini oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Har bir fabrikadagi mexanizm, jihoz, aloqa yoʻllari, bino va inshootlarning xavfsiz holati va ularni toʻgʻri foydalanishga topshirish yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Xavfi yuqori boʻlgan barcha ishlar naryad-ruxsatnomalar boʻyicha bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fabrika rahbari (uning oʻrinbosari) nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi va xavfi yuqori boʻlgan ishlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fabrika rahbariyati barcha uchastkalarda (sexlar, boʻlimlarda) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi holati boʻyicha rahbarlar va mutaxassislarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Foydalanishga qabul qilinayotgan barcha obyektlar uskuna va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar, texnologik jarayonni yuritish xavfsizligi boʻyicha texnologik xaritalar (yoʻriqnomalar), shuningdek, tegishli malakaga ega va ishlarni bajarish xavfsizligi boʻyicha oʻqitilgan ishchi-xizmatchilar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fabrikaga ishga kirayotgan (ishga qabul qilinayotgan) va bir ishdan boshqa ishga oʻtkazilayotgan barcha xodimlar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar (keyingi oʻrinlarda — MTX) dastlabki va davriy ravishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan roʻyxatga binoan xodimlarning alohida toifalari ish sharoitining taʼsir qilishini koʻrib chiqish boʻyicha sogʻliqni saqlash organlari belgilagan tartibda davriy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fabrikaning barcha ishchi-xodimlari, shuningdek, rahbarlari ishga qabul qilinayotganda mehnat xavfsizligi boʻyicha oʻqitilishi, yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi va bilimlari tekshirilishi kerak, shuningdek, belgilangan tartibda mutaxassisliklari va ish turlari boʻyicha davlat nazorati organlari tomonidan oʻrnatilgan muddatlarda qayta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasining hududiy organlari va tegishli kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda fabrikalarda ishchilarning lavozim va mehnat muhofazasi yuzasidan bilimlari tekshiriladigan roʻyxati boʻyicha nizom ishlab chiqilishi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimlarni xavfsiz ishlash uslublari boʻyicha oʻqitishni toʻgʻri tashkil etish va uni umumiy boshqarish javobgarligi fabrikalar rahbarlari va boshqaruv organlariga yuklatiladi. Boʻlimlarda (sexlarda) xodimlar va ustalarni xavfsiz ishlash uslublari bilan oʻqitish ushbu boʻlinmalarning rahbarlariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarni xavfsiz ishlash uslublari bilan oʻz vaqtida va sifatli oʻqitishni nazorat qilish mehnatni muhofaza qilish xizmatiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishga kirayotgan yoki bir ishdan boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarning mustaqil ishlashiga, ular mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilib, zarur malakaviy tajribaga ega boʻlganlaridan va bilimlari tekshirilgandan soʻng ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻta xavfli ishlarga hamda bugʻ va suv isitish qozonlariga, koʻtarish inshootlariga, bosim ostida ishlaydigan idishlarga, elektr qurilmalariga, maxsus mexanizm va mashinalarga xizmat koʻrsatishga ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maxsus oʻqitilib, tegishli hujjatga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining togʻ-kon texnika yoʻnalishi talabalari birinchi ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashdan oldin ikki kun oʻqitilishlari va xavfsizlik texnikasi boʻyicha fabrika boʻlimlarining imtihon komissiyasiga imtihon topshirishlari kerak. Keyingi amaliyotni oʻtashlaridan oldin ular yoʻl-yoʻriq olishlari va xavfsizlik texnikasi boʻyicha fabrika boʻlimlarining imtihon komissiyasi tomonidan ularning bilimlari tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir xodim yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishida ular, xavfsiz uslub va usullar bilan toʻgʻri ish bajarishiga oʻqitiladi, jihozlar, mexanizmlar, moslamalarning tavsiflari va konstruktiv oʻziga xos xususiyatlari, roʻy berishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olishga hamda xavfsiz uslub va usullar bilan ish joyini tayyorlashga oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlimaning masʼul ustasiga oʻziga bevosita biriktirilgan xodimlarni ish joyida yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish bevosita yuklatiladi. Baʼzi hollarda yoʻriqnoma mazkur kerakli yoʻnalishdagi mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi (mexanik, energetik, texnolog xodimlar, konstruktor-navbatchilar va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr-energiyasi xavfsizligi boʻyicha elektrotexnik xodimlarga yoʻriqnoma va malaka guruhi bosh energetik xizmati xodimlari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish joyidagi yoʻriqnoma bevosita sex boshligʻi tomonidan korxona bosh muhandisi tasdiqlagan amaldagi qoidalar va mehnat xavfsizligi yoʻriqnomalariga asoslanib ishlab chiqilgan dasturga binoan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodimlarga ish joyida amaliyot oʻtab, tajriba orttirganidan soʻng birlamchi yoʻriqnoma bevosita mustaqil ish boshlashidan oldin oʻtkazilishi shart, boshqa ishga yoki uchastkaga oʻtkazilganda ish xususiyatlari oʻqitiladi (ishlab chiqarish mehnat sharoitlari oʻzgarganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotga ishga kirayotgan xodimlar uchun amaliyot tajribali malakali xodimlar tomonidan oʻtkazilishi kerak. Xodimlarni amaliyot oʻtashga biriktirish sex boshligʻining yozma farmoyishi bilan oʻqitish davri va masʼul shaxsning (usta) doimiy nazorat olib borilishi koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Har bir ishchi ishni boshlashdan oldin saqlovchi qurilmalar, ish uchun zarur boʻlgan asboblar, mexanizm va moslamalarning borligi va sozligini tekshirishi kerak. Agar ishchi oʻzi bartaraf eta olmaydigan nuqsonlarni aniqlasa, u ishga kirishmasdan bu haqda oʻzining bevosita rahbariga xabar berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar kasbi boʻyicha mehnat staji va malakasidan qatʼi nazar, 6 oyda kamida bir marta mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davriy yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Barcha xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar baxtsiz hodisalardan jabr koʻrganlarga shifokor qabuligacha, shu jumladan, kasbiy zaharlanishlarda va elektr toki orqali shikastlanishlarda yordam koʻrsatish boʻyicha malakaga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararli va toksinli moddalar mavjud sex va boʻlinmalarda ishlaydigan xodimlar zaharli moddalardan foydalanish qoidalari boʻyicha oʻqitish kurslariga borishlari va imtihon topshirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Barcha xodimlarning mustaqil ish boshlashidan oldin yoki bir ishdan boshqa ishga oʻtkazilganda, yoʻriqnoma va amaliyotdan oʻtgandan soʻng mehnatni muhofaza qilish qoidalari va yoʻriqnomalar boʻyicha bilimlari tekshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili jadvalga asosan, xodimlarning bilimlari davriy tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbarlar va mutaxassislarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlari boshqaruv organining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi imtihon komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbarlar va mutaxassislar lavozimga tayinlangandan keyin bir oy oʻtmasdan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi malaka oshirish kurslarini oʻqishlari hamda birlamchi bilimlari imtihon komissiyalarida tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqarishning murakkabligi va texnologik jarayonning xavfliligi, fabrikada ishlayotgan xodimlarning soni va kasbga doir xavf-xatar darajasidan kelib chiqib, rahbarlar va mutaxassislarning mehnatni muhofaza qilish sohasida va ushbu Qoidalarni bilishlari boʻyicha bilimlari uch yilda kamida bir marta tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilimlarni tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzo qoʻyilib tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilimlarni tekshirish bayonnomalari olti yildan kam boʻlmagan muddatda mehnatni muhofaza qilish xizmatida yoki kadrlar boʻlimida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi boʻyicha oʻzgartirish kiritilgan yoki yangi qabul qilingan normativ hujjatlar amalga kiritilsa, yangi texnologik jarayonlar ishga tushirilsa, xodimlar mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha bilimlar talab etiladigan boshqa lavozimga tayinlansa, shuningdek, baxtsiz hodisa, avariya, portlash, yongʻin yoki zaharlanishga yoʻl qoʻyilsa, ish stajida bir yildan koʻp uzilishlar boʻlsa yoki nazorat qiluvchi organlarning talablari boʻyicha rahbar va mutaxassis xodimlar navbatdan tashqari mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi talablari boʻyicha bilimlari imtihon komissiyasi tomonidan qayta tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Fabrika rahbari xodimlarni oʻz vaqtida maxsus kiyim va poyabzal, alohida himoya vositalari, gigiyenik va boshqa vositalar bilan oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fabrikada gaz niqoblari, respiratorlar, shuningdek, boshqa alohida himoya vositalaridan foydalanish vaqtini hisobga olib tashkil qilingan boʻlishi va ularni davriy tekshirish, keyingi foydalanish uchun yaroqsiz vositalarni isteʼmoldan chiqarish, oʻrnatilgan resursning ishlatilgan qismi almashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning individual himoya vositalarini sotib olish, saqlash, yuvish, tozalash, tuzatish, dizenfeksiya va zararsizlantirish ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq mehnat sharoitlari, binolar, inshootlar, jihozlarni ishlatishda xodimlarning xavfsizligi, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarishda xomashyo va materiallarni qoʻllaganda, ishni bajarishda va xizmat koʻrsatishda, ish joylarida mehnat sharoitlarini nazorat qilishda, ayniqsa zararli va xavfli ishlab chiqarishda taʼsir etuvchi omillardan har bir ish joyi himoyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish joylarining holatini ishlab chiqarish nazoratchilarining tekshirish davriyligini fabrika rahbari belgilaydi (smenada kamida bir marta).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mehnat qilish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan ish joylarida xodimlarning ishlashi taqiqlanadi. Ushbu ish joylarida ishlarni faqat xodimlarning hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi zararlar bartaraf etilganidan soʻng yoki qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilganda bajarish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xodimlarga mehnat sharoitlari boʻyicha belgilangan kafolatlar va imtiyozlar tegishli ish joylari boʻyicha mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiya natijalari asosida belgilanadi. Bunda fabrikaning ish joylari mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan kamida besh yilda bir marta oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarga ish joyida ishlash muhiti boʻyicha koʻzda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, nafaqani imtiyozli shartlarda beradigan ishlab chiqarish, tashkilot, ishlar, mutaxassisliklar, lavozimlar va koʻrsatmalar roʻyxatlarida belgilangan nogironlar ishlagan hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ish joylari mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi kamida besh yilda bir marta oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mexanizmlarga elektr-energiyasi xavfsizligi boʻyicha oʻqitilgan va kamida elektr-energiyasi xavfsizligi boʻyicha II-malaka guruhiga ega xodimlar (shaxslar) tomonidan xizmat koʻrsatiladi va ular taʼmirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Har bir xodim ish boshlanishi oldidan ish uchun zarur boʻlgan saqlash qurilmalari, asboblar, mexanizm va moslamalarning mavjudligi va sozligini tekshirishi lozim. Oʻzi tomonidan bartaraf etib boʻlmaydigan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, xodim ishga kirishmasdan ular haqida oʻzining bevosita rahbariga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishchilarning bir yoʻla bir necha kasbda ishlashiga, agar ular tegishli malakaga ega va ishlamoqchi boʻlgan barcha kasblar boʻyicha yoʻl-yoʻriq olgan boʻlsagina ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Fabrikadagi ishlarning texnik rahbarligiga tegishli ixtisoslik boʻyicha oliy va professional taʼlim tashkilotlarini tugatgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindi xoʻjaligi obyektlari ustidan, qoidaga koʻra, gidrotexnik ixtisosligi boʻyicha oliy va texnik professional kasbiy taʼlim tashkilotlarida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar tomonidan texnik rahbarlik qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Barcha ish joylari va ularga borish yoʻllari toza saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Materiallar, ehtiyot qismlar, jihozlar, ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash uchun maxsus joylar tashkil qilingan boʻlishi kerak. Ish joylari va ularga borish yoʻllarini band qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarga naryad — topshiriq beriladigan xonalarda, ish joylarida ishga vazifalar beriladigan, agregatlarning yonida va odamlar harakatlanadigan yoʻlaklarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha plakatlar, yoʻriqnomalar va belgilar osilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bevosita ish joyida chekish va ovqatlanish, shuningdek, texnik yoki ishlab chiqarish suv quvurlaridan suv ichish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chekish va ovqatlanish uchun maxsus binolar (joylar) jihozlangan boʻlishi kerak. Ichimlik suvi taʼminoti bochkalarda, favvorali joʻmraklarda yoki maxsus flyagalarda fabrika rahbariyati tomonidan taʼminlanishi kerak. Issiq sexlarda ishlaydiganlar gazlangan salqin ichimlik suvi bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Barcha xizmat koʻrsatish maydonchalari, oʻtish koʻprikchalari va zinalar mustahkam, pishiq boʻlishi hamda ostidan 0,14 metr balandlikda yaxlit qoplama oʻrnatilgan kamida 1 metr balandlikdagi toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ish maydonlari va mexanizmlarning zinalari quyidagicha qiyalik burchagiga ega boʻlishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ekspluatatsiya qilinadiganlari koʻpi bilan 45°;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zumpflar va quduqlardagilari 90°;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
smenada 1-2-marta oʻtiladiganlari koʻpi bilan 60°gacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zinaning kengligi kamida 0,6 metr, pogʻonalar balandligi koʻpi bilan 0,3 metr, pogʻonalar kengligi kamida 0,25 metr boʻlishi kerak. Zumpflar va quduqlarga tutqichlar (skobalar) oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Binoda va fabrika hududida joylashgan barcha montaj teshiklari, yonbosh chuqurlar, zumpflar, quduqlar, ariq va boshqalar balandligi 1 metr, pasti boʻylab 0,14 metr balandlikda yaxlit qoplamasi boʻlgan toʻsiqlar bilan oʻralgan yoki butun yuza boʻylab toʻshamalar (panjaralar) bilan toʻsilgan, kerakli joylarda esa balandligi kamida 1 metr boʻlgan oʻtish koʻprikchalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Quvurlar, novlar va boshqa kommunikatsiyalar ish maydonlarini band qilmasligi kerak, ular yoʻlaklar va ish maydonchalarini kesib oʻtadigan boʻlsa, pol sathidan 2 metr balandlikda joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reagent oʻtkazgichlar, oʻtish yoʻllari va ish maydonchalari tagliklar bilan jihozlangan boʻlishi, yoʻlak (ish maydonchasi) sathidan taglikning chiqib turadigan qismigacha balandligi kamida 1,8 metr boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Masofali boshqarishga ega boʻlmagan bekitish armaturasiga va pol sathidan 1,5 metr dan balandroqda joylashgan nazorat-oʻlchov asboblaridan foydalanishga xizmat koʻrsatish uchun eni kamida 0,8 metr va suyanchigʻining balandligi kamida 1 metr boʻlgan toʻsiqlar bilan chegaralangan koʻchmas maydonlar qurilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mashinalar va apparatlarning oraligʻidagi va devordan jihozlar gabaritlarigacha boʻlgan minimal masofa qoʻyidagicha boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy yoʻlaklarda kamida 1,5 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
devor va mashinalar orasidagi ish yoʻlaklarida kamida 0,7 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinalar orasidagi ish yoʻlaklari yonida kamida 1 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinalar hamda devor (qurilish konstruksiyasi) va mashinalar orasidagi normal ish yoʻlaklariga rioya qilgan holda toraygan joylar kamida 0,7 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun baklarga, chanlarga, rezervuarlarga borish yulaklari kamida 0,6 metr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng kam miqdor masofa deganda mashinalar, poydevorlar chiqish qismlarining, bino toʻsiqlari va devorlarining oraligʻidagi ularga mahkamlangan quvur yoʻllari, apparaturalar va shu kabilarni hisobga olgan holda yorugʻlikdagi oʻlchovlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Jihozni taʼmirlash vaqtida yirik almashinadigan mexanizm qismlarini va detallarni transportlash uchun moʻljallangan yoʻlaklarning minimal kengligi tomonlariga 0,6 metr qoʻshish bilan tugunlar va detallarning eng koʻndalang tushgan oʻlchovlari orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Har bir baxtsiz hodisa toʻgʻrisida jabrlanuvchi yoki ushbu hodisaning guvohi boʻlgan shaxs zudlik bilan boʻlim, fabrika rahbariga xabar berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va mehnatga oid xodimlarning ish majburiyatlarini bajarishidagi sogʻliqlarining turli shikastlanishlari, shuningdek, kasb kasalliklari hamda fuqarolik-huquqiy shartnomalar munosabatida ish bajarayotgan shaxslar bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va mehnatga oid turli shikastlanishlari, kasb kasalliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiriladi, roʻyxatga va hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yuz bergan avariyalarning texnik sabablari qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Moʻrilar (tuynik) sohaga oid normativ hujjatlarda oʻrnatilgan tartibda foydalanishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Pudratchi tashkilotlar korxonadagi ishlarni ushbu Qoidalar talablariga qatʼiy amal qilgan holda bajarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma buyruq-ruxsatnomaga koʻra berilgan sex, korxona maydonida ushbu Qoidalarni bajarish uchun javobgarlik shu maydonda ishlar bajarayotgan boshqa tashkilot rahbariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Jihozlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Fabrikalarda kompressor stansiyalari, yuk koʻtarish mashinalari va liftlar, gaz xoʻjaligi, bosim ostida ishlaydigan idishlar va quvur yoʻllari sohaga oid normativ hujjatlarda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Mashinalar va mexanizmlarning barcha harakatlanadigan va aylanadigan qismlari, yuritma va uzatmaning xuddi shunday elementlari, ularga yaqin borishga imkon bermaydigan, ishonchli mahkamlangan toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Aylanadigan qismlari (vallar, muftalar, barabanlar va boshqalar) yaxlit yoki kataklarining oʻlchamlari koʻpi bilan 25x25 millimetr boʻlgan toʻrsimon toʻsiqlarga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konveyerlar barabanlari toʻrsimon toʻsigʻi kataklarining oʻlchamlari koʻpi bilan 40x40 millimetr boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Joylashgan balandligi va harakatlanish tezligidan qatʼi nazar, tishli va zanjirli uzatmalar yaxlit toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mashinalarni ishga tushirishda xizmat koʻrsatuvchi xodimning xavfsizligini toʻliq taʼminlash lozim. Jihozlarni ishga tushirishdan oldin ogohlantiruvchi yorugʻlik yoki tovushli signal berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrinish hududida tashqarida turgan jihozlarni ishga tushirishdan oldin ishga tushiriladigan barcha mexanizmlarning yonida eshitilishi farq qiladigan, davomiylik vaqti kamida 10 soniya boʻlgan ogohlantiruvchi signal berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi signal berilgandan keyin kamida 30 soniya tanaffus koʻzda tutilishi shart, shundan keyin jihozlarni ishga tushirishdan oldin davomiyligi 30 soniya boʻlgan ogohlantiruvchi signal berilishi shart. Mexanizmlar va jihozlarni ishga tushirish ishga tushirishdan oldingi signalizatsiyani taʼminlovchi qurilmalar bilan birlashtirilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, jihozlarning ishga tushirilishi radiokarnayli aloqa orqali ishga tushirilayotgan jihozning nomi va texnologik raqami aytilishi bilan bildiriladi. Shovqin darajasi yuqori boʻlgan joylarda takrorlanuvchi yorugʻlik signalizatsiyasi koʻzda tutilishi shart. Jihozni ishga tushirishdan oldin beriladigan signal tartibi bilan xizmat koʻrsatish va uni foydalanishga qabul qilishga aloqador korxona xodimlarining hammasi tanishtirilishi shart. Beriladigan signallarning shartli belgilanishlari ish joylariga osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Fabrika rahbari tomonidan tayinlangan komissiya jihozni foydalanishga qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jihoz toʻxtatib qoʻyish va montaj yoki taʼmirdan keyin ishga tushirish yorliq tizimi qoidalariga rioya qilgan holda va faqat texnika nazorati xodimi yoki taʼmirlash-montaj ishlarini oʻtkazgan brigadir ishtirokida, xavfli hududda odamlar yoʻqligi tekshirilgandan keyin ishga tushirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ishlayotganda jihozning harakatlanuvchi qismlari va toʻsiqlarini taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish, mexanizmlarni moylash yoki qoʻl bilan yigʻishtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Elektr energiyasining berilishi, uzatilishi toʻxtaganda yoki biror sabab bilan toʻxtatilganda jihoz yuritmasining oʻz-oʻzidan ishlab ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan barcha elektr motorlari ulanishini cheklaydigan (avtomat tarzda oʻchuvchi) qurilmaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Fabrikada smenani qabul qilish va topshirish, agregatlarni koʻzdan kechirish tartibi ishlab chiqilgan va rahbar (bosh muhandis — rahbar oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan, ularni bajarishning belgilangan tartibiga rioya etilishini uchastka (sex, boʻlinma va fabrika) nazorati tomonidan tekshirish davriyligi belgilangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Jihoz pasportlari, texnologik kartalari va foydalanish qoidalarida yoki maxsus yoʻriqnomalarda belgilangan texnik idora usullariga rioya etilgan holda foydalanishga qabul qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Jihoz, asbob va moslamalarni koʻzdan kechirish, sinash hamda davriy tekshirish amaldagi yoʻriqnomalar va foydalanish qoidalariga tegishli ravishda oʻtkazilishi shart. Nosoz jihozda ishlash, nosoz moslamalar va asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Yongʻin xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishlab chiqarish bino (xona)lari va yongʻinga qarshi inventarlar sohaga oid normativ hujjatlarda belgilangan tartibda saqlanishi hamda ulardan foydalanilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ishlab chiqarish mahsulotlarini joylashtirish va sinab koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ishlab chiqarish mahsulotlari, qoidaga koʻra, avtomatik idora usulida yoki masofadan boshqariladigan mexanik namuna olgichlar bilan sinab koʻrilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻlda sinab koʻrish faqat texnolgik sxemada belgilangan, fabrika rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan belgilangan nuqtalarda amalga oshirilishi mumkin. Namuna (proba)larni olish uchun qulay va xavfsiz, mahalliy yoritish va toʻsiqqa ega boʻlgan joy (maydoncha)lar jihozlangan boʻlishi shart. Tasodifiy, jihozlanmagan nuqtalardan namunalar olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Qadoqlash-joylash avtomatlari va qadoqlash liniyasi mashinistining ish joyi hududida tayyor mahsulotlarni paketlar, qutilar va xaltalarga shu ish joyi uchun ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan pasportga muvofiq joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Qadoqlash mashinalarining xonasi tayyor mahsulot omboridan konveyer lentalari oʻtadigan teshiklar boʻlgan devor bilan himoyalangan boʻlishi shart. Teshiklar konveyerda mahsulot oʻtishiga toʻsiqlik qilmaydigan, maxsus etaklar yoki pardalar koʻrinishidagi shibbalagichlar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Qadoqlash mashinasi mashinstining ish joyiga tayyor mahsulot joylanadigan qogʻoz, qop, qutilar va shu kabilar mexanizatsiyalashtirilgan usulda yetkazib berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor mahsulotlar solingan xaltalarni yoʻnaltirish uchun press-konveyerlar oldiga maxsus yoʻnaltirgich oʻrnatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Xonalarda joylashtirilgan shnekli yuk tushirgichlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning erkin oʻtishi uchun yuk tushiradigan teshiklari bekitiladigan koʻchma qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shnekli yuk tushirgichlar aravacha yurish yoʻlini chegaralovchi qurilmaga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Materiallarni maydalash va yanchish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Rudani yetkazib berish, qabul qiluvchi va oraliq bunkerlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Rudani qabul qilish binosi (boʻlinmasi) oldiga tarkiblarning yuk ortilgan vagonlarining (poyezdlar, agʻdarma mashinalar, skiplar, arqon yoʻllar va boshqalar) bunkerlar maydonchasiga kirishlariga ruxsat beruvchi yoki kirishlarini taqiqlovchi yoʻlchiroq (svetofor) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Ayrim holatlarda yuklar bunker oldiga oʻrnatilgan va koʻtarma gʻov bilan toʻsilgan yoʻlchiroqlar(svetofor)ning ruxsat berish signallarida tushirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklarni qabul qilish va tushirish moslamalari hamda bunkerlarning ishchi maydonchalari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni temiryoʻl tarkiblarining kelgani toʻgʻrisida xabardor qiluvchi tovushli va yorugʻlik signalizatsiyalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Signallar tarkiblarning kelishi va skipli koʻtargichlar hamda arqon yoʻllarning ishga tushishidan 1,5 — 2 daqiqa oldin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qabul qilish moslamalarining ishchi maydonchalarida, temiryoʻl relslarining kallaklari sathida harakatdagi tarkiblarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Ushbu maqsadlarda relslar orasiga va kallaklarining sathida bir tekisda toʻshamalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Temiryoʻl izlarining gabaritlari har doim rudalarning toʻkilmalari va begona narsalardan toza boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Bunkerlarning qabul qilish voronkalarida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganda, qabul qilish qurilmalariga olib boradigan yoʻllar koʻtarma gʻovlar bilan toʻsilgan yoki transport xodimlarini ogohlantirish uchun boshqa usullar bilan yopilgan boʻlishi kerak. Poyezdlarning tarkiblari qabul qilish qurilmalari hududidan chiqarilgan boʻlishi lozim. Ikki va undan ortiq qabul qilish qurilmalari boʻlganda, ularning bittasida taʼmirlash ishlarini taʼminlash uchun mahalliy sharoitlarga bogʻliq holda korxona rahbari (rahbar oʻrinbosari — bosh muhandis) tomonidan tasdiqlangan xavfsizlikning maxsus choralari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Bunkerning qabul qilish joyi va taʼminlagich hamda yirik maydalaydigan maydalagichning maydonchalari oʻrtasida aloqa oʻrnatilgan boʻlishi kerak (telefon, radiokarnay, yorugʻlik va shu kabilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Qabul qilish moslamalarining yuklash teshiklarining yon tomonlari va yuklarni tushirish tomonining qarama-qarshi tomonidan mustahkam panjaralar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Tushirish ikki tomonlama boʻlganda, toʻsiqlar yon tomonlardan oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Bunkerlarning qabul qilish maydonchalari va mahsulotlarni yuklab berish maydonchalari chang hosil boʻladigan holatlarda samarali chang toʻsish (chang tutqich) vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Qabul qiluvchi bunkerlarning yuklarni tushirish tuynuklari ochiq boʻlganda, bunkerlardan yuklarni tushirishda esa — yuklarni tushirish hududida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Bunkerlardagi toʻplanib qolgan narsalar, osilib qolgan rudalarni bartaraf etish va ularni kovlashni faqat maxsus moslamalar hamda vositalar (elektr titratkichlar, pnevmatik moslamalar, suv bilan yuvish va boshqalar) yordamida amalga oshirishga ruxsat beriladi. Ushbu maqsadlar uchun bunkerga odamlarni tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Oraliq bunkerlar, agar ular oʻz yuklarini oʻzlari tushiradigan aravachalardan toʻldirilayotgan boʻlmasa, toʻshamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Oʻz yuklarini oʻzlari tushiradigan aravachalar yoki reversivli konveyerlar qoʻllanganda, yuklash teshiklari teshigining eni 200x200 millimetrdan katta boʻlmagan panjaralar bilan yopib qoʻyilishi yoki ular balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan toʻsiqqa ega boʻlishlari kerak. Xuddi shunday toʻsiqlar yoki panjaralar konveyer transportlarini qayta yuklash joylaridagi bunkerlarga ham oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Bunkerlarning qabul qilish voronkalariga, ularni koʻzdan kechirish yoki taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun odamlarning tushishi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida yozma koʻrsatma-ruxsatnoma va ishlarni tashkillashtirishning loyihasi tuziladi, shuningdek, albatta quyidagi talablar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker, uning konstruksiyalari, bunkerusti maydonchalari va shu uchastkadagi temiryoʻl izlari materiallardan toʻliq tozalangan hamda shamollatilgan boʻlishi kerak. Bunda bunkerdagi havo albatta nazorat qilinishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunkerda ishlar bajarilayotganda undagi brigada uch kishidan kam boʻlmasligi va ularning ikkitasi bunkerning ust qismida turishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunkerlarda ishlayotgan odamlarga xavf paydo boʻlganda, ularni zudlik bilan taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotgan hududdan olib chiqib ketish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker ichini yoritish uchun kuchlanishi 12 volt (tok kuchidan)dan yuqori boʻlmagan koʻchma lampalardan fodalanish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar bajarilayotgan bunkerga narsalarning tushib ketishining oldini olish imkoniyati boʻlmaganda, bunkerda ishlayotgan odamlarning jarohatlanishlariga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli toʻsiqlar qoʻyilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq bunkerlarning qabul qilish va transport moslamalari ishchi maydonchalari hamda bunker tambalari mexanizmlari oldida bunkerlar ichida ishlar bajarilayotganini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash ishlarini bajarayotgan xodimlar saqlovchi kamarlarni taqishlari va mustahkam tayanchga bogʻlanishlari kerak. Ishlar bajarilayotgan vaqtda tros yoki arqonni bunkerning ustki qismida turgan yordamchi(dublyor) ushlab turishi kerak. Saqlovchi kamarlar va xavfsizlikni taʼminlovchi arqonlar ulardan foydalanish jarayonida 6 oyda kamida bir marta 5 daqiqa davomida 2250 kN statik yuklamada sinovdan oʻtkazilishi hamda oxirgi marta sinovdan oʻtkazilgan sana tamgʻasiga ega boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nazorat xodimlarining doimiy nazorati boʻlishi va xodimlarga, albatta, bunkerlardagi ishlarni xavfsiz oʻtkazish boʻyicha korxona tomonidan ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar koʻrsatmalari berilishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tros yoki saqlovchi kamarning arqonini temiryoʻllarning relslariga, mokisimon konveyerlar va yuk tushirish aravachalarining ramalariga, shuningdek, boshqa jihozlarga bogʻlash taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni bunkerga tushirishdan oldin yuklarni ortish va tushirish taʼminlagichlarini toʻxtatish, ularni oʻchirish hamda “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” plakatlarini osib qoʻyish, shuningdek, elektr sxemalarini uzib qoʻyish va bunkerdan oldingi hamda keyingi texnologik jihozlarning uzatmalarini yorliq tizimi talablarini hisobga olgan holda tokdan uzib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Qabul qiluvchi, oraliq va toʻplovchi bunkerlarda portlatish ishlarini amalga oshirishga faqat qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Maydalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Maydalagichning ishi va unga rudaning berilishini nazorat qiluvchi operatorning ishchi maydonchasi maydalagichlardan maydonchaga tushishi mumkin boʻlgan rudaning boʻlaklaridan saqlash uchun panjarasimon metall toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Maydalagichlarning ishchi boʻshligʻida rudaning katta boʻlaklari qadalib qolganda, ularni maydalagichlardan maxsus moslamali koʻtarish vositalari bilan olib tashlash zarur. Maydalagichning ishchi boʻshligʻida qadalib qolgan ruda boʻlaklarini qoʻlda olib tashlash va ularni bolgʻalar yoki bosqonlar bilan maydalash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maydalagichga tushib qolgan metall texnikaviy nazorati xodimi nazoratida naryad-ruxsatnoma boʻyicha kesib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Odamlar maydalagichning ishchi boʻshligʻiga tushirilganda, ushbu Qoidalarning 442-bandi talablariga rioya etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Maydalagichlar avariya holatida toʻla yuki bilan toʻxtatilganda, ularning yuklarini tushirish va ishga tushirish fabrika rahbari (rahbar oʻrinbosari — bosh muhandis) tomonidan tasdiqlangan, maxsus ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Tebranma gʻalvirlar joylashtiriladigan yopib qoʻyilgan tomlar va maydonchalar jihozlar ishlaganda paydo boʻladigan titrashga chidamlilikka hamda titrashni singdirishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Gʻalvirlar va maydalagichlarda odamlarni ruda boʻlaklarining tasodifiy otilib chiqishidan saqlaydigan quyidagi himoya moslamalari nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konussimon maydalagichlar uchun hamma tomoni olinadigan toʻsiqlar, I bosqichdagi yirik maydalaydigan “uyum ostida” ishlaydigan maydalagichlardan tashqari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yassi yuzali maydalagichlar uchun — balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan soyabonli, yon tomondan hamma tomoni berk toʻsiqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Taʼminlagichlarning rudani gʻalvirlarga uzatadigan chiqarish teshigini, taʼminlagichlar va gʻalvirlar ishlab turganda yuklarni ortish hamda tushirish voronkalarini kovlash faqatgina maxsus moslamalar va qurilmalar mavjud boʻlgandagina mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Gʻalvirlarning yuk tushirish voronkalarini qoʻlda tozalashga va ularga odamlarni tushirishga faqatgina ushbu Qoidalarning 70-bandiga rioya etilgandagina ruxsat beriladi. Bunda gʻalvirlarning elektr motorlari yorliq tizimi talablariga muvofiq oʻchirilgan boʻlishi va ishga tushirish moslamalariga “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi plakatlari osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Elektr tebranma taʼminlagichning novlarini ular ishlab turganda tozalash, taʼminlagichning bortida turish, ularga teginish, shuningdek, tebranma uzatmaning tiqishlarini tozalash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Kulachokli, gorizontal va vertikal bolgʻachali maydalagichlar, ularning korpusi qopqogʻi ochiq boʻlganda, ularni ishga tushirish imkoniyatini bartaraf etadigan avtomatik qurilmaga ega boʻlishlari kerak. Qopqogʻining ogʻirligi ellik kilogrammdan ortiq boʻlgan kulachokli va gorizontal bolgʻachali maydalagichlarning qobiqlarini ochish va yopish mexanizatsiyalashgan usulda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Maydalanganda portlash xavfi boʻlgan chang hosil qiladigan rudalarni changning portlashini bartaraf etadigan chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda maydalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Oʻrta va mayda maydalash maydalagichlariga metall tushib qolishining oldini olish uchun ularni ruda bilan taʼminlaydigan tasmali konveyerlar metall qidirgichlar, chiqarib olgichlar, magnitli shaybalar va boshqa maxsus moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konveyerning ishchi maydonidan chiqmagan tasmasi va magnitli chiqarib olgichdan metallni olishga faqat konveyer toʻxtatilgandan hamda magnitli tizim oʻchirilgandan keyin ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yanchish va tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Mahalliy boshqarishda tegirmon va tasniflagichlarning ishga tushirish moslamalari shunday joylashtirilishi kerakki, tegirmon hamda tasniflagichni qoʻshayotgan xodim ularning ishlarini nazorat qila olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Tegirmonning ichida ishlashga faqatgina mazkur Qoidalarning 432-bandi talablari bajarilgandan keyin texnika nazorati xodimi yoki brigadirning nazoratida naryad-ruxsatnoma boʻyicha ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Tegirmonning qopqoqli tuynugi pastga boʻlgan holatda uning tuynugi qopqogʻi gaykalarini yechib olish yoki ularni boʻshatish, shuningdek, tegirmonning harakati vaqtida chigʻanoqli taʼminlagichning gʻilofi boltlarini mahkamlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Sharlarni konteynerlarga yuklayotganda yuklash joyi toʻsilgan boʻlishi va “Xavfli” plakati osib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Konteyner koʻtarilayotganda odamlar undan xavfsiz masofada boʻlishlari kerak. Konteynerlar sharlar bilan bortlaridan 100 millimetrgacha past boʻlgan sathda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Sterjenlarni yuklash boʻyicha sharli taʼminlagichlar va mexanizmlardan foydalanilgan holda, ularning xavfsiz ishlashi tartibini belgilaydigan maxsus yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Tasniflagichlarga xizmat koʻrsatish uchun ishchi maydonchalar tasniflagich vannasi bortidan loti 100 millimetrdan kam boʻlmagan pastlik sathida joylashtirilishi kerak. Tasniflagichlar vannasining qarama-qarshi tomonidan ishchi maydonchalar balandligi 1000 millimetrdan kam boʻlmagan metall toʻsiqlar bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasniflagichlarda aylanadigan mexanizmlarga xizmat koʻrsatish va spirallar yoki reykalarni koʻtarish uchun toʻsiqli koʻprikchalar (maydonchalar), shuningdek, ushbu Qoidalar talablariga muvofiq uzatish elementlarining toʻsiqlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Flotatsiya boʻlimi, magnitli separatsiyalash boʻlimi, boyitishning elektrik va radiometrik usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Flotatsiya boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Sarflash maydonchasidagi oraliq bochkalar (kichik idishlar) va taʼminlagichlarga suyuq reagentlar va reagentlar eritmalari quvurlar orqali nasos yordamida uzatilishi shart. Quruq holatdagi sianidlarni va natriy sulfidni bevosita jarayonni taʼminlash nuqtasiga uzatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kam miqdordagi reagentlarni flotatsiya boʻlimiga faqat maxsus yopiq idishlarda olib kelishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Reagentlardan mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar yordamida namuna olinishi kerak. Qoʻl bilan namuna olishda xodimlar dastasining uzunligi kamida 200 millimetr boʻlgan namuna olgichlardan foydalanishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Sianidlarni sarflash bochkalari reagentlar maydonchasida mahalliy soʻruvchi ventilyatsiyali alohida xonada turishi va xona qulflangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Uzatish nuqtalariga sianidlarning reagent-quvurining kirish qismi sianid eritmasiga erkin borishni istisno etadigan qilib joylashtiriladi. Reagentlar uzatiladigan nuqtada ularning miqdorini oʻlchash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Reagentlar chanlari, oraliq va sarflash bochkalari hamda ular bilan bogʻlangan kommunikatsiyalar avariyaviy sigʻimga ega boʻlishi shart, zarur boʻlganda unga reagentlarni toʻliq toʻkish lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reagentlar maydonchasining oqova suvlari maxsus quvur yoʻllari orqali, flotatsiya boʻlimining drenaj qurilmalarini chetlab oʻtgan holda oqizilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kislotalarning sianidlar, ksantogenatlar, aeroflotlar, natriy sulfid va gidrosulfid eritmalari bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mis, rux va temir kuporoslari eritmalarining, xlorli rux va xlorli kalsiy eritmalarining natriy sulfid, gidrosulfid va sianid eritmalari bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda vodorod sulfid va sianid kislotaning yuqori toksinli gazlari chiqishi, shuningdek, quvur yoʻllariga tiqiluvchi erimaydigan choʻkindilar ajralishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Smena boshligʻi (ustasi) tasdiqlangan yoʻriqnomalarga asosan reagentlar maydonchasiga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarda oʻziga tegishli himoya vositalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Kameralarni shlamlashda flotatsion mashina impelleri shpindel blokini qoʻl bilan faqat koʻpik haydagich toʻxtatilganda, yigʻma yogʻoch minbarda turib burashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Flotatsion mashinani avariyaviy boʻshatish va yuvuvchi suvlarni yigʻish uchun nasoslar bilan zumpflar (yoshdosh chuqurchalar) koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Pnevmatik flotatsion mashinalarda aeroflot naychalarini tozalashda xodimlar himoya koʻzoynagini taqishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Pulpaning texnologik namunalarini bevosita ishlayotgan flotokameradan olishga faqat shunga moʻljallangan tekshirgichlar bilan koʻpik haydagich toʻxtatilgandagina ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Pnevmomexanik va pnematik flotomashinalarning kamerlariga havo uzatadigan havo purkagichlar tovushdan izolyatsiyalangan va shovqin yutadigan maxsus xonalarga joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Magnitli separatsiyalash boʻlimi va boyitishning elektrli usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Elektromagnitli va magnitli separatorlarni ekspluatatsiya qilishda magnit tizimiga metall buyumlarni olib kirish taqiqlanadi. Elektromagnitli separatorlar toʻxtatilganda magnit tizimi chulgʻamlaridagi kuchlanish oʻchirilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Quruq holda magnitli va elektromagnitli separatsiyalashda apparatura germetik soʻruvchi ventilyatsiya tizimiga ulanadigan qisqa quvurlari boʻlgan gʻilofga joylanishi shart. Nosoz yoki oʻchirilgan ventilyatsiya bilan separatorlarni ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Novlar va separatorlarning kuzatish va kovlash lyuklari ishlayotgan paytida yopiq boʻlishi shart. Taʼminlagich kuraklaridan mayda tarasha va boshqa narsalarni qoʻlda terib olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Separator tasmasining tagiga begona predmetlarni qoʻyib, uning oraligʻini (zazorini) va toʻgʻri yurishini rostlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Elektrseparatorlar xonasiga begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Elektrseparatorning korpusi chang-nam oʻtmaydigan boʻlishi kerak. Agar korpus va barcha lyuklar (kuzatish teshiklari) uning qoplamasi va boshqa zichlagichlar nogermetik boʻlsa, separatorni ishga tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Separatorning ichki elektr qismlariga borishni taʼminlaydigan eshikchalari separator ishlayotganda ularni ochishni istisno etadigan elektr blokirovkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Yuqori kuchlanishli tarmoqdan oʻchirilgan elektrseparatorning tok oʻtkazish qismlariga ular elektrsizlanguncha va indikator bilan tekshirilguncha tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Ikkinchi shaxsning ishtirokisiz elektrseparatorning qoplamasi eshikchalarini ochish va jihozni joriy taʼmirlashga ruxsat etilmaydi (apparaturaning past kuchlanishli tomonidagi kontaktlarni artish va tortish,saqlagichlarni almashtirish bundan mustasno). Bunda ushbu apparatdan kuchlanish olinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektromagnitli separatorlarning barabanlarini almashtirish va jihozlarni joriy taʼmirlashda elektr sxemasidan uzib olingandan soʻng, bajarishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlayotgan elektromagnit separatorlarning rezina qoplamalarini kesish va tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Elektrseparator mashinisti va toʻgʻrilagichli qurilma operatorining ish joylari maxsus dielektrizolyatorlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Sulfidli rudalarni boyitishda qoʻshimcha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Yongʻin va portlash xavfi boʻyicha A va B toifalarga kiritilgan, portlovchi yoki zaharli bugʻlar va gazlar katta miqdorda ajralishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish xonalari uchun, shuningdek, maydalagichlarda chang portlaganda oltingugurtli gazlar ajraladigan bosqonli maydalagichlar boʻlinmalarida avariyaviy soʻruvchi ventilyatsiya qurilmasi koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Sulfidli ruda portlashlarining oldini olish uchun bosqonli maydalagichlar ishlaydigan maydonda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydalagichlar ishlayotgan maydalash maydoniga ishlatilib boʻlgan bugʻlar va mayda purkalgan suvni (tuman hosil qilgichlar, forsunkalar bilan) doimiy uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydalash boʻlinmasidagi barcha elektr-texnik qurilma, quvur yoʻllari, metall havo-purkagichlar, konveyer romlari, metall konstruksiyalarni yerga ulash (zaminlash) zanjiri uzluksizligini taʼminlash orqali maydalagichlarda statik elektr toʻplanishidan himoyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Maydalagichning ichidagi “qarsillashlar”dan hosil boʻladigan oltingugurtli gazlardan himoyalash uchun bosqonli maydalagichlar boʻlinmalari xodimlariga izolyatsiyalovchi gazniqob berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Sulfidli rudalarni oʻrtacha maydalashga oid maydalagichlarni yer yuzasining nol belgisidan pastga joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Rudalarni boyitishning radiometrik usullari va ularni qayta ishlash jarayonini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Radiometrik boyitish hamda radioaktiv va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan(gamma va beta nurlanishlar, neytronlar manbalari izotoplari, rentgen naychalari va boshqalardan) foydalangan holda nazorat qilish usullari qoʻllanadigan boyitish fabrikalarida amaldagi Radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga rioya etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Nurlanish manbalaridan, shuningdek, ularni qoʻllashga asoslangan separatsiya, nazorat va tahlil usullari hamda tegishli qurilmalar, separatorlar, priborlar va shu kabilardan foydalaniladigan ishlar va jarayonlar radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga qatʼiy amal qilingan holda amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Mazkur Qoidalarning 116-bandida koʻrsatilgan yoʻriqnomalar korxona tomonidan Radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha sanitariya meʼyorlari va qoidalari asosida ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Nurlanish manbalari qoʻllanadigan boyitish fabrikalarida, radioaktiv va ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari bilan ishlayotganda odamga nurli taʼsirning barcha turlarini hisobga oladigan tadbirlar hamda ichki va tashqi nurlanishni yuzaga keltiradigan barcha manbalarning jamlangan dozasi, xodimlarning tegishli toifalari uchun chegaraviy ruxsat etilgan dozalardan oshmaydigan darajagacha kamaytirilishini taʼminlaydigan himoya tadbirlarini koʻzda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Radioaktiv preparatlar qoʻyilgan joylardagi tashqi radioaktiv nurlanishning barcha mumkin boʻlgan turlari tegishli dozimetrik priborlar bilan nazorat qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Ish joylaridagi radiatsiya darajasi radiatsiyaviy xavfsizlik meʼyorlarida koʻzda tutilgan chegaraviy ruxsat etilgan miqdordan ortiq boʻlmasligi shart. Radioaktiv izotoplarni ish joylarida saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Radioaktiv izotoplar bilan ishlaydigan xodimlar maxsus oʻqitilgandan keyin ishga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Gravitatsion boyitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Yuvish barabanlari, ogʻir suspenziyalarda boyitish apparatlari va gravitatsion boyitish apparatlari ichiga odamlarni apparatlar ichki yuzasini koʻrikdan oʻtkazish, taʼmirlash hamda shlamlar va qoldiq materialdan tozalash uchun kiritish sohaga oid normativ hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Gravitatsion boyitish apparatlari ishlayotgan paytda uning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlariga tegish, podshipniklarni moylash, apparatdan begona narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Gravitatsion boyitishning yuvilgan rudasi va mahsulotidan qoʻlda namunalar olishga apparatlar va yordamchi jihozlarning faqat shunga moʻljallangan maxsus joylarida ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita harakatlanayotgan mexanizmlardan boyitish mahsulotlari namunalarini qoʻl bilan olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Himoya koʻzoynagisiz zolotniklarni (bugʻ, suyuqlik va gaz taqsimlovchi klapan) rostlash, avtorostlagichni sozlash va pnevmatik uzatmali porshensiz choʻktirish mashinalari mexanizmlarini koʻrikdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Rotor tipidagi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda atmosferaga chiqariladigan havoga moʻljalllangan darchalar metall toʻrlar bilan qoplangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Shiberli qurilma elaklarini taʼmirlash yoki almashtirishni, choʻktirish mashinasi ichki tanasini tozalash va taʼmirlashni bir vaqtda suvsizlantiruvchi elevatorning boshmogʻini tozalash va taʼmirlash bilan qoʻshib bajarish taqiqlanadi. Koʻrsatilgan ishlar mashina tanasida bajarilayotganda elevatorlarning elektrik sxemasi qismlarga ajratilishi va ogohlantiruvchi plakat osib qoʻyilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Ogʻir suspenziyalarda boyitishga moʻljalllangan apparatlardan, qotib qolgan ferrosilitsiy, boshqa ogʻirlatgichlarni va jihozning metall qismlaridan rudani himoya koʻzoynagisiz parchalab olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Apparatga material yetkazuvchi va boyitish mahsulotini olib ketuvchi novlar qiyaligi 45° dan ortiq boʻlganda, ruda va pulpa otilib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tepalari yopilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Quyultirish, suvsizlantirish va quritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Quyultirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Radial quyultirgich, piramidasimon va togʻorasimon tindirgichlar, agar ular bortlarining yuqori qirrasi ish maydonchalari sathidan kamida 1000 millimetr balandlikda boʻlsa, toʻsilgan boʻlishi lozim. Piramidasimon tindirgichlarni borti boʻylab tepasini yopib toʻsmaslik ham mumkin, ammo barcha teshiklari, taʼmirlash tuynuklari va lyuklari metall qopqoqlar bilan berkitilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Radial quyultirgich, piramidasimon va togʻorasimon tindirgichlarning bortlari boʻylab yurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Pulpa zichligini oʻlchash va namunalar tanlab olishda doiraviy novning ustida turish va ferma maydonchasi toʻsigʻining orqasiga kirish taqiqlanadi. Quyultirgichlar koʻchma fermasi gabaritlarini doiraviy nov ortiga xizmat koʻrsatish (oʻtish) maydonchalariga chiqarish taqiqlanadi. Quyultirgich koʻchma fermasining tepasiga chiqish suyanchigʻi boʻlgan maxsus zina boʻylab amalga oshiriladi. Faqat koʻchma rama yuritmasi uzilgandan keyin quyultirgichning doiraviy novini tozalash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyultirgich yuritmasi xizmat koʻrsatish maydonchalarining nam va sirpanchiq yuzalari boʻylab harakatlanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Suvsizlantirish gʻalvirlarining eni boʻyicha materiallarning bir tekis taqsimlanishini taʼminlaydigan qurilmalar konstruksiyalari, suvsizlantirilgan materiallar otilib chiqishi va pulpa sachrashi imkoniyatini istisno etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Chalkash yoʻlaklarni shlamdan tozalashga oid ishlar bajarilayotganda gʻalvir toʻxtatilgan, gʻalvir yoki yoysimon elak taʼminlagichi uzilgan, ishga tushirish qurilmalariga “Ishga tushirilmasin! Odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlar osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Filtrlovchi apparatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Barabanli va diskli vakuum-filtrlar ishlayotganda sektorlarni tortib bogʻlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Filtrlovchi apparatlarni ekspluatatsiya qilishda ramalarni va polotnolarni kekdan tozalash uchun maxsus kuraklardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Filtr-pressning qisuvchi qurilmasi ishlayotgan vaqtda ramalar, plitalar va filtrlovchi salfetkalarni tuzatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Filtr-pressni yuksizlantirishdan oldin, uni siqilgan havo bilan suyuqlik maksimal ketkazilishiga qadar puflatish lozim, yuksizlantirishga oid ish kamida ikkita xodim tomonidan bir vaqtda bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Puflatish paytida eritma sachrashining oldini olish uchun filtr-pressni mato bilan yopish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Vakuum-filtr barabani ulanganida, tortuvchi simning uzilgan joyini tiklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Filtrlovchi apparatlar zararli ajralib chiquvchilar bilan ishlayotgan vaqtda soʻruvchi ventilyatsiya uzluksiz ishlashi shart. Nutch-filtrlar qopqoqlari yopilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Choʻkindini yuvishga moʻljallangan botirilgan qurilmalar bilan jihozlangan barabanli filtrlar, xizmat koʻrsatuchi xodimlarni sachraydigan tomchidan himoyalash uchun toʻsiqqa ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Suriluvchi ramalari boʻlgan yaproqli filtrlar, choʻkindini yuvishga qulay boʻlishi uchun statsionar maydonchalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Markazdan qochirma kuch taʼsirida qorishmani mexanik ravishda ajratuvchi apparat (sentrifuga) qopqogʻi ochiq, titrashi baland boʻlganda, ortiqcha yuklanganda va notekis taʼminlanganda, uning ishlashini istisno etadigan blokirovka bilan jihozlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Bugʻlatuvchi apparatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Bugʻlatuvchi apparatlarning bekitish armaturasi, saqlovchi klapanlari va manometrlari nosoz boʻlganda, shuningdek, soʻruvchi shamollatish oʻchgan, apparat ochiq boʻlganda, himoya koʻzoynagisiz va qarash oynasi nosoz boʻlganda, apparatda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugʻlatuvchi apparatlarda qopqoqli teshiklar yelvizakli shamollatishni taʼminlaydigan, chiqarish quvurlari esa saqlovchi klapanlardan tashqariga chiqarilgan holda joylashtirigan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Bugʻlatuvchi apparatni ishlayotgan vaqtda faqat kuzatish oynasi orqali koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apparatning payvand choklarini koʻrikdan oʻtkazish uchun koʻchuvchi qurilma koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Bugʻlatuvchi apparatlarni ish sharoitidan chiqarib, ularning ichiga odamlarni xavfsiz kiritish uchun bugʻlatuvchi apparatdan taʼminlovchi (bugʻ va eritma) magistrallarini ishonchli uzish, apparatdagi bosimni atmosfera bosimiga tenglashtirish va undagi temperaturani + 40°S gacha kamaytirish koʻzda tutiladigan tartib har bir fabrikada uning rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart. Bugʻlatuvchi apparatdagi ishlar texnik nazorat xodimi ishtirokida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Ishlayotgan bugʻlatuvchi apparatlarda sathi, zichligi oʻlchanishi va namuna olinishi zarur boʻlsa, ular ushbu operatsiyalarni bajarishning xavfsiz tizimi bilan jihozlangan yoki ularni bajarish uchun oʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Pechlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Pechlarni ishga tushirish va toʻxtatish, forsunkalarni boshqarish, fabrika bosh muhandisi tasdiqlagan pechlarga xizmat koʻrsatishga oid yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Temperatrua +60°S dan yuqori boʻlganda tozalash va taʼmirlash uchun pechning ichiga odamlarni kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Pech ulangan boʻlganda, pechning eshikchalarini ochib qoʻyish, polini tozalash va keklarni urib tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Pechning yoniga toʻkilgan mazutlarga zudlik bilan qum sepilishi va yigʻishtirib olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Sarflash bakidagi suyuq yoqilgʻi yonganida, zudlik bilan suyuq yoqilgʻi avariya bakiga oqizilishi, maxsus vositalar bilan yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrilishi va yongʻindan saqlash guruhi chaqirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Gidrometallurgik jarayonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Past bosimli uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Reaktorlar va eritmaga oʻtkazgichlar, ularni eritmalar bilan toʻldirish sathini nazorat qilishning texnik vositalari, signallar va belgilangan sathdan ortib ketishini istisno etadigan boshqarish tizimi bilan bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eritma komponentlarini dozalash va ularni aralashtirishda qaynoq moddalar taʼsirini, gazlar ajralishi va aralashmalarni otilishini istisno etgan holda avtomatik usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Reaktorni tushiruvchi shtutserlarni tozalash faqat aralashtirgich toʻliq toʻxtatilgan, reaktorda eritma yoʻq boʻlganda va taʼminlovchi quvur yoʻllar yopilgandan keyin bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eritmalarni avariyaviy toʻkish uchun reaktor konstruksiyasida tegishli kommunikatsiyalar yoki sigʻimlar bilan maxsus chiqarish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Reaktorlar ishlayotganda, ulardagi qopqoqlar zich yopilgan va mustahkamlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reaktorni ishga tushirishdan avval soʻruvchi va umumiy almashtiruvchi shamollatish tizimini ishga tushirish lozim. Reaktorni shamollatish tizimini ulashdan oldin ishga tushish imkoniyatini istisno qilish uchun tegishli blokirovka va signalizatsiya oʻrnatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Agressiv muhitlarda ishlaganda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi va tegishli reaktivlar bilan ishlash boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yuqori bosimli uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Yuqori bosimli apparatlarni loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish sohaga oid normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Barcha yuqori bosimli apparatlar nazorat-oʻlchash asboblari va apparatning ishlash (bosim, temperatura va boshqalar) tartibini ruxsat etilgan miqdorlardan chetga chiqishini istisno etadigan saqlovchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Yuqori bosimli apparatlarni yuklash va yuksizlantirish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi shart. Yuqori bosimli apparatlarni qoʻl bilan yuksizlantirishga faqat avariya vaziyatlarida yoʻl qoʻyiladi va mahsulotlardan boʻshatishni tegishli magistral quvur yoʻllari orqali kamida ikki xodim bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Atmosferasida insonning sogʻligʻiga zarar yetkazadigan gazlar, aerozollar va boshqa aralashmalar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan barcha xonalar soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan, zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyalar (keyingi oʻrinlarda — CHREK) oshganligi haqida signallash tizimlari boʻlgan tegishli nazorat-oʻlchash asboblari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish zonasi havosida zararli moddalarning CHREK miqdorlari mazkur Qoidalarga 1-ilovaga, Xoʻjalik-ichimlik va madaniy-maishiy yoʻnalishdagi suv obyektlaridagi suvda zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi va taxminiy ruxsat etilgan sathi 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xonalar atmosferasidagi zararli moddalar konsentratsiyasi CHREKdan ortiq boʻlganda, shuningdek, individual himoya vositalaridan foydalnish, shu jumladan, avariyaviy otqinlarda odamlarning oʻzini tutish uchun fabrika boshligʻi tomonidan tasdiqlangan tegishli yoʻriqnoma bilan belgilanadi. Yoʻriqnoma talablarida odamlarni binolardan tezda olib chiqish va ish joyidagi zararli gazlarning konsentratsiyasini sanitariya meʼyorlariga yetkazishdan keyin ishni qayta tiklashni ham nazarda tutishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Yuqori bosimli apparatlardagi ishlar zavod boshligʻi tomonidan tasdiqlangan maxsus koʻrsatma asosida amalga oshiriladi, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparatni ishga tushirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparatda bajariladigan ishlarning xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparatni taʼmirlash yoki unga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarni apparatda ishlashga qabul qilish tartibi va ularning xavfsizligi choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasini toʻxtatib turish uchun uning notoʻgʻri boshlanishiga toʻsqinlik qiladigan tadbirlarni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunaning favqulodda toʻxtashi holatida texnik xodimlarni tayyorlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Margimushli angidrid ishlab chiqarishda qoʻshimcha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Margimushli angidrid ishlab chiqarishda barcha texnologik operatsiyalar individual himoya vositalari yordamida germetik tizimlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Oltin rudalari va qumlarga ishlov berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Oltin ajratib oladigan yangi fabrikalarni loyihalashtirish, mavjud fabrikalarni tiklash va amaldagi fabrikalarda amalgamalash (qoplash) jarayonlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Oʻta zaharli reagentlar (sianidlar va boshqalar) qoʻllanadigan oltin ajratib oluvchi fabrikalarning pollari, devorlari, shiftlari hamda sexlar va boʻlinmalarning qurilish konstruksiyalari eritmalarni yutmaydigan hamda oson yuviladigan zich, silliq boʻlishi va namlanmaydigan qoplamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qavatlar oʻrtasidagi yaxlit boʻlmagan toʻsiqlarning erkin chetlari, panjaralardan tashqari, nam oʻtkazmaydigan balandligi 20 santimetrdan kam boʻlmagan toʻsiqlar bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Oltin ajratib oluvchi fabrikalarning pollari (shu jumladan sigʻimlar va jihozlarning ostidagi) sizot kanallari va zumpflar tomonga, eritmalar yoki pulpalarning yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan nishablikda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maydonchalar va qavatlar oʻrtasidagi toʻsiqlarga oʻrnatiladigan jihozlarning ostida oqovasi pastda joylashgan zumpflar yoki sigʻimlarga tushadigan sizot tizimi qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pollarning nasoslari boʻlgan kanallar va zumpflardan iborat sizot tizimi, barcha oqovalarning toʻplanishini hamda texnologik jarayonga qaytishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Sianlash bilan nordon muhitda kechadigan jarayonlarni bitta xonada oʻtkazishga ruxsat etilmaydi. Agar har ikkala jarayon yagona texnologik zanjirni tashkil etsa, istisno tariqasida, ruxsat etiladi. Bunday holatlarda ehtiyotkorlikning alohida choralari (barcha apparatlarning vakuum ostida ishlashi, ish joylaridagi havo tarkibini uzluksiz nazorat qilish va boshqalar) koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Texnologik jarayonlar nordon muhitda oʻtadigan boʻlinmalar fabrikaning qolgan qismidan sizot tizimlari bilan ajratib qoʻyilishi kerak: nordon sizot suvlari chiqarib tashlanishidan oldin neytrallanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu boʻlinmalarning pollari, devorlari, qurilish konstruksiyalari va jihozlari nordonlikka chidamli qoplamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Quyidagi boʻlinmalarda havoni mahalliy soʻrib olish koʻzda tutilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reagent boʻlinmasida — zaharli reagentli idishlarni ochish va boʻshatish kameralaridan, reagentlarning taʼminlovchilaridan, loyqalatgichlar va terma chanlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxli choʻkmalarni quritish boʻlinmasida — quritish shkaflarining (pechkalar) yuklash qopqoqli tuynuklarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat oqovalarini zararsizlantirish boʻlinmasida — zararsizlantirish apparaturasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash boʻlinmasida — tiklash kolonkalari va reagent sigʻimlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fabrikaning ezish boʻlinmasida — tegirmonning yuklash va yuksizlantirish boʻgʻizidan, sianli muhitda hosil boʻlayotgan ezilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsentratni quritish boʻlinmasida — quritish pechlarining (barabanlar) yuklash va yuksizlantirish tuynuklarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektroliz boʻlinmasida — elektrolizerlar va grafitlangan vatinni kuydirish uchun moʻljallangan pechlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yutilish boʻlinmasida — mumni ajratish uchun pachuklar va elaklardan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Ketayotgan gazlarni chiqarib tashlash shartlari (miqdori, joyi, balandligi va boshqalar) davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Yuqori konsentratsiyali portlash va yongʻin xavfi boʻlgan moddalar (vodorod, uglerod sulfid, sianid vodorod va boshqalar) ajralib chiqishi mumkin boʻlgan apparatlardagi soʻruvchi ventilyatsiya tizimlari portlash xavfi boʻlmagan tarzda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Sianlash boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning sianli eritmalar (pulpa) bilan bevosita ishlashiga yoʻl qoʻymaslik va ish zonalarida zaharli ajralmalarni kamaytirish uchun sianlash boʻlinmasining jihozlari hamda sigʻimlari imkon qadar mahkam zichlanishi yoki mahalliy havo soʻrish moslamalari boʻlgan toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnologik jarayonni nazorat qilish va jihozlarni boshqarish toʻliq avtomatlashgan boʻlishi yoki masofadan turib boshqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Sianli jarayonning jihozi va sigʻimlari eritmalarning (pulpa) bexosdan toʻkilib ketishi oldini oladigan avtomatik moslamalar va quyishga moʻljallangan quvur yoʻllar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Jihozlar detallari, quvur yoʻllar, armatura va sianli eritmalarga (pulpa) yoki ularning bugʻlariga tegadigan boshqa moslamalar sianlarga chidamli materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak; elektr simlar va rangli metallar hamda ularning qotishmalaridan (misli, misruxli, aluminiyli va boshqa) tayyorlangan detallar sianidlar bilan kontaktda boʻlishdan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Yopilmagan va aspiratsiya qilinmaydigan jihozlar hamda sigʻimlardagi sianli eritmalaridagi (pulpa) himoyalovchi ishqorlarining konsentratsiyasi SaO boʻyicha doimo 0,01-0,025% dan kam boʻlmagan darajasida tutib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Sianlash va sianli eritmalarni tayyorlash boʻlinmalarida soʻruvchi ventilyatsiya bilan chiqarib tashlanayotgan havo xonaning yuqorigi qismidan olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqimli ventilyatsiya tizimlari berayotgan havo ishchi hududining belgilangan ish joylari va oʻtish yoʻlaklariga berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Vakuum-nasoslar soʻrib oladigan gaz-havo aralashmasi atmosferaga chiqarib tashlanishidan oldin zararli komponentlar va moylardan tozalanishi hamda oqimli ventilyatsiya tizimining havo yigʻadigan moslamasiga tushmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakuum-nasoslarning havoni chiqarib tashlaydigan va havo yigʻadigan moslamalar nuqtalarining oʻzaro joylashishi amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq tanlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Tindiruvchi va choʻktiruvchi qurilmalarning filtrlaridan filtrlovchi jildlarni (polotnolarni) olishdan avval sianidlar toʻliq ketgunga qadar suv bilan yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Filtrlovchi matolarni (gʻiloflar, polotnolar va boshqalar) kislota bilan yuvishga faqat umumiy almashinuv ventilyatsiyasi bilan jihozlangan, alohida qilingan xonalarda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Filtr matolarni tiklash boʻyicha barcha ishlar (kislota bilan ishlov berish, yuvish, quritish) imkon qadar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Filtrlovchi matolarni bevosita filtrning oʻzida kislotalar bilan yuvishga, ayrim hollarda, filtrni pulpadan tozalagandan va u suv bilan sianidlar toʻliq ketgunicha yuvib tashlangandan keyin ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Rux choʻkmalarini quritish, yanchish, sinab koʻrish va qadoqlash uchun moʻljallangan xonalar, sianlash boʻlinmalaridan ajratilgan va chiqindilarni texnologik va sanitariya tozalash koʻzda tutilgan umumiy almashinuv ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Rux choʻkmalarini quritish zichlangan quritish shkaflarida (pechlar) vakuum ostida amalga oshiriladi. Rux choʻkmalarini ochiq plitalarda quritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Quritilgan rux choʻkmali protivnalar zichlangan shkaflarda vakuum ostida sovitilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Tarkibida sian boʻlgan sanoat oqovalarini zararsizlantirish uchun moʻljallangan xonalar, fabrikaning boshqa xonalaridan izolyatsiyalangan boʻlishi va masofadan boshqariladigan umumiy almashinuvli hamda avariyali ventilyatsiyalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Tarkibida sian mavjud boʻlgan sanoat oqovalarini xlor mahsulotlari va boshqa reagentlarni (vodorod peroksidi, va boshqalar) qoʻllab zararsizlantirishni, faqat havoni soʻrgʻichlar, nazorat hamda masofadan boshqarish asboblari bilan jihozlangan zich yopilgan jihozlarda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Zaharli moddalardan zararsizlantirilmagan maxsus kiyimni fabrika hududidan olib ketish va maxsus kiyimda uning hududidan tashqariga chiqish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus kiyimlar oldindan zararsizlantirilib, keyin markazlashgan holda yuviladi va taʼmirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Sianli eritmalar (pulpa) bilan ishlashga faqat rezina qoʻlqoplar, fartuk va etiklarda ruxsat etiladi. Shim pochalari etikning ustiga tushiriladi. Sianli eritmalar bilan ishlanadigan joylar mahalliy havo soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Sianlash boʻlinmasining barcha hududida shoshilinch yordam koʻrsatish uchun barcha ishchi maydonchalarida, ulardan siani boʻlgan har qanday jihozgacha boʻlgan masofa 25 metrdan oshmaydigan hisob-kitob bilan joylashtiriladigan, profilaktika punktlari qurilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Punktlarga borish yoʻllari yoritilgan, oson boriladigan hamda jihozlar va kommunikatsiyalar bilan band qilib tashlanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Profilaktika punkti zaharga qarshi vositalar, medikamentlar va bogʻlash vositalariga ega boʻlgan birinchi yordam aptechkalari, shuningdek, kerakli idishlar, zaharga qarshi vositalarni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika punktiga, suv aralashtirgich orqali poldan 2 metr balandlikda oʻrnatilgan sarflash patrubkasiga beriladigan sovuq va issiq suv keltirilgan boʻlishi va uzatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sarflash patrubkalariga suv sachratgichlarni oʻrnatishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yutilish, ajralish, tiklanish va elektroliz boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Ishchi xonalar atmosferasiga oʻta zaharli moddalarning tushishi oldini olish uchun boʻlinmaning jihozlari (pachuklar, kolonkalar, gʻalvirlar) toʻliq germetizatsiyalangan, gazlarni soʻrish esa bevosita qobiqlarning ichidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Ajralish va tiklanish jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish avtomatlashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Yutilish, ajralish, tiklanish, reagentlarni tayyorlash va saqlash xonalari havo muhitini nazorat qiladigan, uzluksiz ishlaydigan, signalizatsiya (tovushli, yorugʻlikli) tizimi bilan bloklangan, ish joylarida sianid kislotasi bugʻlarining RECHK miqdoridan oshganligi toʻgʻrisida xabar beruvchi avtomatik asboblar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Ajralish, tiklanish va elektroliz xonalarida ishlashga umumiy almashinuv ventilyatsiyasi uzluksiz amalda boʻlgandagina ruxsat etiladi. Ventilyatsiya tizimi ishdan chiqqan hollarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar zudlik bilan xonani tark etishlari kerak. Xonaga kirishga umumiy almashinuv ventilyatsiyasi ishga tushgandan keyin va xonaning havosidagi zararli aralashmalar (sianid kislotasi va boshqalar) miqdori RECHK darajasigacha kamaygandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Mumlar kolonkalar boʻylab siljiganda kolonkalarning kuzatish oynalari va qopqoqlari zich yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Mumlarni boshqa muhitli tarkibdagi kolonkaga (ishqorlidan nordonligiga va teskarisiga) tashishda eritmalar toʻliq ajratilishi kerak. Eritmalarni mumlar bilan birga tashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Kolonkalardan mum va eritmalar namunalarini faqat ularning qopqoqlaridagi tuynuklari yoki kolonka yonboshidagi eshikchalardan olishga ruxsat etiladi. Namuna olish uchun kolonkalar qopqoqlarini ochish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Ajralish va tiklanishning nordon yuvish eritmalarini sianli jarayonga qaytarishga, ularni avval ishqorlar (ohak, oʻyuvchi natriy) yordamida neytrallagandan keyingina ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Tovar regeneratining elektrolizi xonasi umumiy almashinuv va avariya ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan hamda havoda konsentratsiyasi RECHK dan oshgan kislota bugʻlari va vodorod mavjudligi toʻgʻrisida signal beradigan asboblar bilan butlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Elektrolizerlarda katod bloklarini almashtirish vaqtida xodimlar rezinali maxsus kiyimlar, rezinali etiklar, etak, qoʻlqop kiyishlari va himoya koʻzoynaklaridan foydalanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qumlarni boyitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Konveyer-skrubberli yuvish asboblarida ishlayotganda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (operator, bunkerchi va nasos stansiyasi mashinisti) oʻrtasidagi aloqa ikki tomonlama va zaxirali boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Yuvish asbobining konveyer tasmasidan tosh boʻlaklarini tashlab yuborish uchun maxsus novlar qurilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tosh boʻlaklari toʻplanadigan joy toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Sanoat asboblarining bunkerlaridagi yopishmalarni bosim ostidagi suv oqimi yoki maxsus moslamalar bilan bartaraf etishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunkerdan tosh boʻlaklarini olib tashlashni faqat taʼminlovchi va konveyer toʻxtatilgandan keyin kran yoki maxsus moslamalar (bloklar, troslar va hokazolar) yordamida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Gidromonitorchining ish joyi qumlarni parchalash, gidrovashgert novlari va shagʻal uyumlari joylari, shuningdek, gidroelevator yaqinida joylashgan boshqa asboblar yaqqol koʻrinadigan holda joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Qish mavsumida ishlash uchun moʻljallangan isitiladigan sanoat asboblari uchun har bir alohida holatda, xodimlarning xavfsizligi va jihozlarning ishonchli ishlashini taʼminlaydigan chora-tadbirlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Reagent boʻlinmalari va reagentlar omborlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Reagentlarni qoʻllaydigan barcha korxonalar, reagentlarning (ularning texnologik aralashmalari) xavflilik klassini, sanitariya talablari va mazkur Qoidalarni hisobga olgan holda, ularni xavfsiz saqlash va reagent rejimini yuritish boʻyicha rahbar (rahbar oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Reagentlar saqlanadigan yoki ular bilan ishlanadigan xonalar, ularning havosidagi zararli moddalarning miqdorini RECHKdan yuqori boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlaydigan ventilyatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Reagent xonalaridan chiqarib yuboriladigan havo atmosferaga chiqarilishidan oldin tozalanishi va neytrallanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Reagent boʻlinmasida ventilyatorlar toʻxtab qolgani toʻgʻrisida xabar beruvchi tovushli yoki yorugʻlik signalizatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ventilyatsiya qurilmasi toʻxtab qolganda yoki xona havosidagi zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalardan oshib ketganda xonadagi ishlar zudlik bilan toʻxtatiladi va xodimlar toza havoga olib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xonaga kirishga faqat umumiy almashinuv ventilyatsiyasining ishlashi tiklangandan keyin va xonaning havosidagi zararli moddalar miqdori RECHK darajasigacha kamaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Reagentlar tushiriladigan, taralar va idishlar ochiladigan joylar, eritmali chanlar, tindirgichlar va boshqa zararli moddalar ajralib chiqishi mumkin boʻlgan joylar umumiy ventilyatsiya tizimidan tashqari zichlagichli va nasosli qobiq bilan oʻralgan mahalliy havo soʻrish moslamamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Reagentlar bilan ishlayotganda ularni tuproqqa, polga, jihozga, idishga va kiyimga sachrashi, sochilishi va toʻkilishlarining oldini oladigan choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pol yoki apparaturaga tushgan reagentlar amaldagi yoʻriqnomalarga muvofiq yigʻishtirib olinishi, neytrallanishi va suv bilan yaxshilab yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reagentlar saqlanadigan, ortiladigan va tushiriladigan joylarda toʻkilgan yoki sochilgan reagentlarni zararsizlantirish uchun yetarli miqdorda tegishli vositalar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Reagent boʻlinmalarida teri yuzasidan ximikatlarni tez ketkazish uchun avariya dushi yoki vannalar oʻrnatish, shuningdek, koʻzlarni yuvish uchun favvorachalar qurish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan moslamalardan faqat belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Reagentlar saqlanadigan yoki ular bilan ishlanayotgan xonalarga begonalarning kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Reagentlar boʻlinmalaridagi, shuningdek, omborlardagi ventilyatsiya tizimlari va reagent oʻtkazgichlarni taʼmirlash, tozalash ishlari, sigʻimlarni koʻzdan kechirish, tozalash hamda zararsizlantirish ishlariga qoʻyilgan shaxslar ishlarning rahbaridan dastlabki koʻrsatmalarni olishi, ishlarning hajmi va xavfsizlik choralari koʻrsatilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Ishlatilgan artish materiallarini har tomonga tashlash, shuningdek, chan (idish, sigʻim) va apparatlarning ichida qoldirish taqiqlanadi. Barcha ishlatilgan artish materiallari bir joyga yigʻiladi va yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Reagentlar mavjud boʻlgan xonalarda shaxsiy kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, shuningdek, xodimlarning chekishi va ovqatlanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Flotoreagentlarni saqlash, ularning eritmalarini tayyorlash, ularni transportlash va ulardan foydalanish korxonada har qaysi reagent uchun ishlab chiqilgan va fabrika rahbari (rahbarning oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan texnologik rejim haritalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan, ifloslangan reagent qoldiqlari va reagent boʻlinmasidan chiqadigan oqovalarni kimyoviy tozalash yoki zararsizlantirish ishlari boshqa texnologik sikl xonalaridan ajratilgan xonada amalga oshiriladi. Bu xonalarda begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashganda zaharli moddalar (vodorod sulfid, sianli vodorod, margimushli vodorod va boshqalar) yoki quvurlarni ifloslantiruvchi erimaydigan choʻkmalar hosil qiladigan oqovalarning qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Reagentlar omborlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Reagentlar maxsus yoʻriqnomalarga muvofiq yopiq omborxonalarda yoki bostirmalar ostida saqlanishi kerak. Aeroflotlar, moylar, xlorid kislotasi, natriy sulfogidrati, kerosin, oksallarni (T-80) oʻralgan reagent omborlari hududida quyosh nurlari va yogʻingarchilikdan himoyalovchi bostirma ostiga joylashtirilgan metall rezervuarlar va sisternalarda saqlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xlorid kislotasini ochiq omborxonalarda shisha idishlarda (butilda) va silikat-palaxsalarda saqlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzaro taʼsirga kirishadigan reagentlarni bitta omborxonada birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Omborlarda idishi shikastlangan reagentlarni saqlashga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Reagentlarni qayta qadoqlash, qabul qilish va berish maxsus ajratilgan maydonchalarda oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Suyuq reagentlarni saqlash uchun moʻljallangan sigʻimlar va ular bilan bogʻliq kommunikatsiyalar reagentlarning toʻliq tushishini taʼminlaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agressiv (kislotalar, ishqorlar) va zaharli reagentlarni transportlashga moʻljallangan quvur yoʻllari xodimlar oʻtish yoʻlaklari va ish joylari ustida joylashgan boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Ksantogenatlar, natriy sulfid va sianidlar omborlari uchun xonalarda havoning harorati 25° S dan oshmasligi kerak. Kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalar maxsus alohida xonalarda saqlanishi lozim. Zaharli reagentlar va soʻndirilmagan ohakni boshqa reagentlar bilan birga saqlash taqiqlanadi. Soʻndirilmagan ohakni saqlash uchun uni suv bilan qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydigan yonmaydigan xonalar ajratilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Portlash xavfi boʻlgan bugʻlar va zaharli taʼsir etadigan yoki qoʻlansa hidli gazlar ajratib chiqaradigan reagentlarni saqlash uchun moʻljallangan xonalarda havosi oʻzgarmaydigan turgʻun zonalar yuzaga kelmasligi uchun havo xonaning pastki va tepa zonalaridan soʻrib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Reagentlar omborlari va reagent xoʻjaligi barcha xonalarining pollari, devorlari va tutib turuvchi qurilish konstruksiyalari tegishli kimyoviy himoyaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Devorlar va shiftlar shunday qurilgan boʻlishi kerakki, ularda changlar va bugʻlar toʻplanmasligi hamda yutilmasligi kerak va ularning yuzasini tozalash hamda yuvish mumkin boʻlsin. Pollar suvlarning, neytrallovchi eritmalar kelib tushadigan sizot zumpflariga oqishi va chetlatilishi uchun moʻljallangan ariqchalarga, shuningdek, yetarli darajadagi nishablikka ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Aeroflot, natriy sulfogidrat, ammiak va boshqa kuchli hid chiqaradigan reagentlar, faqat yaxshi holatdagi sisternalar yoki metall tiqinlar bilan zich yopiladigan metall bochkalarda tashilishi va saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Suyuq, agressiv va oʻta zaharli reagentlarni korxona hududi boʻylab maxsus jihozlangan transportlarda va ximikatlarning toʻkilishiga yoʻl qoʻymaydigan idishlarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻtillar saqlanadigan idishlarning somonlari, payrahalar va yogʻochlari xlorli rux yoki natriy sulfid shimdirilgan boʻlishi kerak. Suyuq reagent solingan boʻtillarning tiqini zich, lekin germetiklanmagan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Reagentlar saqlanadigan omborga kirishga havo soʻruvchi ventilyatsiya oldindan 10 daqiqa davomida uzluksiz ishlagandan keyin ruxsat etiladi. Ventilyator toʻxtab qolganda, reagentlarning yopiq omborlarida ishlash taqiqlanadi. Ventilyatorning ishga tushirgichi omborning tashqi eshigi yonida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ventilyator nosoz boʻlgan hollarda, uni taʼmirlash uchun omborga bir vaqtning oʻzida kamida ikki nafar kishi protivogazda kirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Har bir reagentning taxlanadigan joyi saqlanayotgan reagentning nomi koʻrsatilgan yozuv bilan aniqlagan boʻlishi kerak. Reagentlarni turlari boʻyicha saralanmagan koʻrinishda saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Kislotalar, ammiakli suvlar, aeroflotlar, natriy sulfgidrat va boshqa suyuq flotoreagentlarni transport vositasidan tushirish mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sisternalardagi suyuq reagentlar toʻkib boʻlingandan soʻng ularning shlangi yechib olinadi va reagent qoldiqlari suv bilan yuvib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sisternalardan yonuvchi reagentlar toʻkib olinayotganda, quvur yoʻllari va sisternalar zaminlangan (yerga ulangan) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Flotoreagentlar va ximikatlarni boshqa idishlarga quyib olishdan avval sigʻimlarning toʻlishi sathini nazorat qiladigan tizimning ishonchliligini tekshirib koʻrish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Omborda, shuningdek, portlash xavfi boʻlgan reagentlar mavjud ombor yaqinida va nasoslar joylashgan xonada oʻtkaziladigan payvandlash ishlarini faqat fabrika rahbariyatining xavfsizlik choralari koʻrsatilgan maxsus (yozma) ruxsatnomasi hamda korxonaning yongʻindan muhofaza qilish xizmatining olovli ishlarni oʻtkazishga bergan ruxsatnomasi boʻyicha bajarish mumkin. Bunda barcha yengil uchadigan ximikatlar ombordan oldindan chiqarilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Reagent omborlarida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyuq reagentlar saqlanadigan statsionar sigʻimlardagi sath oʻlchagichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy almashinuv va mahalliy soʻruvchi ventilyatsiyalarining ishlashi toʻxtaganligi toʻgʻrisida xabar beradigan tovushli va yorugʻlik signalizatsiyasi. Bunday signalizatsiyalarning zaharli boʻlmagan va portlash xavfi boʻlgan bugʻlarni ajratib chiqarmaydigan reagentlar omborlarida boʻlishi shart emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fabrika rahbariyati, yongʻindan muhofaza qilish xizmati va tibbiy punkt bilan bevosita yoki fabrika dispetcheri (operator) orqali telefon aloqasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sianidli bankalarni ochish jarayonlari, shuningdek, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalar bilan bogʻliq barcha ishlar, shu jumladan, eritmalar tayyorlashlar mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Reagentlarni tayyorlash boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Suyuq va qattiq kimyoviy mahsulotlar suvda hamda boshqa erituvchilarda eritiladigan, tayyorlangan eritmalar tindiriladigan va baklarga quyiladigan reagent boʻlinmalari fabrikaning boshqa obyektlaridan (boʻlinmalari) izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Reagentlarni tayyorlash boʻlinmalari va ularning alohida xonalaridagi harorat rejimi ushbu xonalarda tayyorlanadigan reagentlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Toʻsatdan katta miqdorda zararli gazlar ajralishi mumkin boʻlgan reagent boʻlinmalarida avariyali havo soʻrish ventilyatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Zaxiradagi gazniqoblar, ularning soni smenada ishlayotgan roʻyxatdagi xodimlarning eng koʻp tarkibidan 50 foizga koʻp boʻlishi va maʼlum joyda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Eritmali chanlar va tindirgichlar, shuningdek, ular bilan bogʻliq boʻlgan kommunikatsiyalar shunday oʻrnatilgan boʻlishi kerakki, lozim boʻlgan holatda ulardagi reagentlarni eritmalar boʻlinmalarida koʻzda tutilgan avariyali sigʻimlarga toʻliq chiqarib tashlash mumkin boʻlsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reagent boʻlinmalarida eritmali chanlarning toʻlishi sathini tovushli yoki yorugʻlik signalizatsiyasi bilan avtomatik tarzda nazorat qilish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Organik hamda boshqa yongʻin va portlash xavfi boʻlgan moddalarni eritish uchun moʻljallangan apparatura, uchqun chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan ijroda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Sianli eritmalarni tayyorlash uchun moʻljallangan xona reagent boʻlinmasidagi boshqa xonalardan izolyatsiyalangan boʻlishi va doimo yopiq turishi, undan chiqayotgan oqova suvlar sizoti hamda chiqindilar boshqa reagentlar boʻlinmalari sizotlaridan ajratilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan boʻlinmada ishlashga qoʻyilgan shaxslar, ishlarni xavfsiz bajarish uslublari boʻyicha oʻqitilgan va maxsus guvohnomalarga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sianidli bankalarni ochish, ularni bunker va chan-eritgichlarga tushirish, shuningdek, tayyor eritmalarni saqlash hamda eritish uchun moʻljallangan barcha apparatura va qurilmalar yaxshi bekitilgan hamda zichlangan boʻlishi va zaxira ventilyatsiya qurilmasi bilan blokirovka qilingan tortish ventilyatsiyasining mahalliy soʻrishlariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Har bir reagent uchun chanlar va tindirgichlar quyish naylari va sath oʻlchagichlar, shuningdek, reagent nomi aniq koʻrsatilgan yozuv bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Signallar ranglari va xavfsizlik belgilari talablariga rioya qilgan holda barcha quvur yoʻllari va sigʻimlar amaldagi soha standartlariga muvofiq xavfsizlik belgilaridagi ramziy tasvirlar va tushuntirish yozuvlari boʻlgan shartli ranglarga boʻyalishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Barabanlarni ochish, yirik boʻlaklarni maydalash, ularni eritish baklariga toʻkishda koʻriladigan xavfsizlik choralari ishchi yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Flotoreagentlar eritmalarini tayyorlashda mahalliy yoritish uchun kuchlanishi koʻpi bilan 12 volt boʻlgan koʻchma yoritkichlardan foydalanish ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Reagent boʻlinmasining ishchi xonalarida idishlarni saqlash taqiqlanadi. Idishlarni zararsizlantirish va omborga topshirish tartibi fabrikaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sianli birikmalar tashilgan idishlar zudlik bilan zararsizlantirilishi va omborga boshqa idishlardan alohida topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Chiqindi xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Chiqindi omborlari, quyqa omborlari va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan gidrotexnik inshootlar, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Chiqindi omborlaridan foydalanish, ularni loyihalashtirish va qurish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Chiqindi suvlarini, ularni suv havzasiga chiqarishdan oldin tozalash usuli loyiha va texnik hujjatlarda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Chiqindi omborlari suvlarini ochiq suv havzalariga (daryolar, koʻllar, irmoqlar), ularni baliq xoʻjaligi suv havzalari uchun moʻljallangan sanitariya meʼyorlarigacha, tegishli tozalamasdan chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Chiqindi omborining suv yuvib ketgan uchastkalari toʻsilgan va ularga ogohlantiruvchi plakatlar va belgilar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Chiqindi omborining yuvilmalariga xizmat koʻrsatish uchun panjarali koʻprikchalar quriladi. Chiqindi omborida paydo boʻlgan tindirish irmogʻining suvlariga, oʻprindilar, jarliklar yoki voronkalarga borish, shuningdek, tindirish irmogʻining muzliklari boʻylab yurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Suv tashlanadigan inshootlarni koʻzdan kechirish va ularda taʼmirlashlarni amalga oshirish maxsus naryad-ruxsatnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Quduqlar, sigʻimlar va kollektorlarda odamlarning borligi toʻgʻrisida plakatlar bilan xabardor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Har bir fabrikada, korxona rahbari (rahbar oʻrinbosari — bosh muhandis) tasdiqlaydigan, chiqindilar ombori toʻgʻonini suv yuvib ketishi va boshqa avariyali vaziyatlarda yuz berishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etish rejasi soʻzsiz ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira chiqishlari, odamlar harakatlanadigan yoʻllar, ishlarning texnologiyalari oʻzgarganda, uch kun muddatda avariyalarni bartaraf etish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi va bu haqda xodimlar hamda mutaxassislarga imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning mutaxassislarini avariyali holatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish va unga rahbarlik qilish hamda ularda shaxsan ishtirok etishning tartibi bilan fabrika rahbari (uning oʻrinbosari — bosh muhandis), xodimlarni esa tegishli boʻlim (sex, uchastka, boʻlinma) rahbari tanishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanishtirish reja amalga kiritilishidan kamida 15 kun oldin, avariyalarni bartaraf etish boʻyicha rejaning oxirgi varagʻiga, shuningdek, avariyalarni bartaraf etish rejasi dalolatnomalariga imzo qoʻydirib oʻtkaziladi. Qayta tanishtirish har yili oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariyalarni bartaraf etish rejasining oʻzi bajaradigan ishlarga taalluqli qismi bilan tanishib chiqmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Chiqindi ombori yuqori qatlamini chang bosishining oldini olish uchun uni mahkamlash (oʻt ekish, daraxtlar oʻtqazish va boshqalar) boʻyicha choralar amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Minerallarning bir-biriga yopishishi va gʻoʻlaklash, ohaktoshni pishirish, quritish boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Minerallarni bir-biriga yopishishi va gʻoʻlaklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Har bir fabrikada oʻrnatilgan tartibda minerallarni bir-biriga yopishishi va gʻoʻlaklash jarayonlarini olib borish texnologiyasi boʻyicha, energiya tashuvchilar (gaz va boshqalar), yuqori haroratli operatsiyalarning qoʻllanishi, gaz hamda chang ajralishlari va omillarining xavfsizligi boʻyicha boshqa noqulayliklarning mavjudligi bilan bogʻliq holda, aniq sharoitlar uchun rudalar hamda konsentratlarni gʻoʻlaklash uslublari aniqlashtirilgan yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Bunkerlardagi dastlabki xomashyo, aralashtirish, qaytarish va toʻshamalar, shuningdek, bunkerlar yuklanadigan joylar chang, bugʻ va gaz ajralib chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan aspiratsiya qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Bunkerlarning tuynuklari kataklari oʻlchamlari 200 x 200 millimetr boʻlgan panjaralar bilan yopilgan va balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Chang oʻtkazadigan moslamalardan changni yigʻishtirib olish gidro, pnevmotransport bilan yoki boshqa usulda amalga oshiriladi. Changni oʻtkazadigan moslamalardan changni gidro yoki pnevmotransport tizimiga tushirish usuli, uni atrof-muhitga chiqib ketishi va tarqalishi imkoniyatini qoldirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Aralashtiruvchi barabanlar va baraban-sovitkichlarga, ularni tozalash va taʼmirlashda odam kirishi uchun moʻljallangan tuynukning eshiklari mahalliy boshqarishda ham, xuddi, shuningdek, masofadan boshqarishda ham barabanning eshiklari ochiq boʻlganda, uning ishga tushishi imkoniyatiga yoʻl bermaydigan blokirovka bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aralashtirgich ishlab turganda bevosita barabandan namunalarni olish taqiqlanadi. Barabandan chiqqan shixtadan namuna olish avtomatlashtirilgan namuna olgichlar yordamida, ayrim hollarda esa qoʻlda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Boʻlaklash va gʻoʻlaklash mashinalarining oʻchogʻi gorelkalariga gaz hamda bugʻni qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻchoqning gaz gorelkalarini yoqish va oʻchirish tartibi, nazorat joylari va parametrlari, xavfsizlikning kerakli choralari korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus yoʻriqnomada keltirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Boʻlaklash mashinalari (minerallarni bir-birida yopishishi va qizdirilgan boʻlaklarni pishirish mashinalari) favqulodda va rejali toʻxtatilganda, ularga shixta, gaz va havo berishni toʻxtatish kerak. Bunda gaz gorelkalari gaz kelishini toʻxtatadigan avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish-puflash mashinalarini (eksgausterlar, ventilyatorlar, tutun soʻruvchilar) toʻxtatish, mashinadagi yonilgʻi toʻliq yonib boʻlgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Kollektorlar va gorelkalarning surilma qopqoqlariga xizmat koʻrsatish uchun ularga borishga qulaylik yaratilgan boʻlishi kerak. Magistral shiberlar masofadan turib, operator xonasidan boshqariladi. Bundan tashqari ularni qulay holda qoʻlda boshqarish imkoniyati ham koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Pishirish mashinalarining yondiruvchi oʻchoqlarining devorlari va gumbazlari issiqlikdan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Tashqi yuzasidagi harorat 45° S dan yuqori boʻlgan oʻchoqlar ustida binoning eng yuqori qismidan 1-2 metr balandlikka chiqarilgan havo tortish quvurlari va deflektorlar bilan jihozlangan soyabonlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minerallarni bir-biriga yopishishi mashinasi boʻylab yondiruvchi oʻchoqlarga zich tutashadigan pana joy boʻlmagan hollarda qizib turgan shixta yuzasini toʻliq ekranlanishini taʼminlaydigan sovitish pardalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Fabrikaning gaz xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan shaxslar, gazdan himoyalaydigan, ish joylariga yaqin boʻlgan maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi va muntazam tekshirilishi kerak boʻlgan zarur apparatura bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Shixtani yondirish uchun suyuq yonilgʻida ishlaydigan boʻlaklash qurilmalaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Minerallarni bir-biriga yopishishi va pishirish mashinalarining ishchi maydonchalari zonasining aravachalarga yotqizish tushamalari va shixtalarni yuklash joylarida, shuningdek, gʻildiraklarni yotqizgichning gʻildiraklari uzatmalari va mashinalarning yon qismlarida, mashina ishlab turganda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning aravachalar panjaralarini almashtirish uchun ishchi tarmoqqa chiqadigan joyiga kirib qolishlariga yoʻl qoʻymaydigan toʻsiqlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu joylarga kirish pishirish mashinasi toʻxtatilgandan va tegishli blokirovka oʻrnatilgandan keyin taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Fabrikalarning barcha boʻlaklash amalga oshiriladigan ish joylarida yorugʻlik-tovush signalizatsiyasi va telefon aloqasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Amaldagi fabrikalarda shixtani qizdirish uchun qaynoq qaytmadan foydalanishga, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan bajarilgan loyiha boʻyicha amaldagi sanitariya meʼyorlariga muvofiq mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlari taʼminlangan holatda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi fabrikalar loyihalashtirilayotganda texnologik jarayonda qaynoq qaytmadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Qaytarish tuguni fabrikaning boshqa uchastkalaridan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pishirish (qizdirib biriktirish) boʻlinmasi va qaytarish tuguni oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Minerallarning bir-biriga yopishishini qizdirib biriktirish texnologiyasi qaytma bunkerida osilib qolishlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan qaytmani olishni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaynoq qaytmalar bunkerga yopishib qolgan holda, uning oʻpirilishini maxsus vositalar (pnevmokoʻchirgich va boshqalar) bilan amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunkerdagi qaytma materialni suv bilan sovitish qatʼiy taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunkerlar va gʻalvirlar konstruksiyalarini suv bilan sovitish faqat bunker qaytmadan tozalangandan va xavfsizlikning qoʻshimcha choralari koʻrilgandan keyin mumkin boʻladi. Qaynoq qaytma bunkerlari issiqlikdan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Bugʻ hosil boʻlishini kamaytirish maqsadida qaynoq qaytma tashiladigan galereyalar oqimli-soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan, yilning sovuq vaqtida beriladigan havo esa oldindan isitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Baraban-sovitkichda qaytmani sovitish paytida bugʻ hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun baraban-sovitkichlar materialni ortish va tushirish joylarida aspiratsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Mashinaning qaytma bunkerlari ostidagi tarnovlarni faqat maxsus maydonchalardan turib, moslamalar yordamida tozalashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Qaynoq qaytmani tasmali konveyerda tashiganda, uni konveyer tasmasiga oldindan yotqizilgan shixta ustiga joylashtirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaytmani berish va konveyerda sovuq shixtaning boʻlishi avtomatlashtirishning maxsus tizimi bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Qizdirilgan boʻlaklarni (aglomerat) vagonlarga yuklash uchun moʻljallangan temir yoʻllar izlari chodirlar (zont) bilan yopilgan boʻlishi kerak, uning ostidagi changlangan havo maxsus ventilyator yordamida soʻrib olinadi, chiqindilarni tozalash esa maxsus moslamalar bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Yuklarni ortishni kuzatish uchun televizion yoki boshqa avtomatik moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yuklash ishlash uchun normal sanitariya-gigiyena sharoitlari taʼminlangan maxsus izolyatsiyalangan xonadan boshqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Qizdirilgan boʻlaklarni (aglomerat) yuklash joylaridagi temir yoʻl izlarini tozalash, odatda mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshiriladi. Qizdirilgan boʻlaklarni (aglomerat) tashish uchun ularning toʻkilishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus vagonlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Qizdirilgan boʻlaklardan namunalar olish avtomatik namuna olgichlar bilan maxsus joylardan, qizdirilgan boʻlaklarni konveyerda uzatish mavjud boʻlmagan hollarda esa koʻprikli kran greyferi bilan temir yoʻl vagonlaridan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. Qizdirilgan boʻlaklarni (aglomerat) sovitish jarayoni ularning kalorimetrik usul bilan aniqlanadigan haroratini 140° S dan kam boʻlmagan haroratgacha tushishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Tayyor qizdirilgan boʻlaklarni gʻalvirdan oʻtkazish xonalari pishirish korpusidan binoning butun balandligi boʻyicha ajratilgan boʻlishi kerak. Gʻalvirdan oʻtkazish boʻlinmasiga va yuklarni tushirish maydonchalariga kirish eshiklari teshikni zich bekitishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. Sulfidli rudalardan qizdirilgan boʻlaklarni (aglomerat) ishlab chiqarishda boʻlaklash fabrikalari oltingugurtni tutib qoluvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276. Ketayotgan gazlar, retsirkulyatsiya va rekuperatsiya tizimlarining gaz-havo kollektorlari, mos ravishda ularning pishirish korpusi, xom-ashyoni tayyorlash boʻlinmasi va boshqa xonalarda joylashgan chang yigʻish bunkerlari issiqlikdan izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqlik izolyatsiyasining yuzasini muntazam changdan tozalab turish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
277. Pishirishning yangidan loyihalashtirilayotgan korpuslarida pishirish mashinalarining tortish-puflash qurilmalari alohida korpusga (oraliq) yoki pishirish korpusi tarkibiga kiruvchi, yaxlit devorlar bilan izolyatsiyalangan xonaga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortish-puflash qurilmalarining xonasi pishirish boʻlinmasi bilan yorugʻlik-tovush signalizatsiyasi va tovushni izolyatsiyalaydigan kabinaga oʻrnatilgan telefon aloqasi bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278. Ketayotgan gazlar va rekuperatsiya gazlari kollektorlarida tortish -puflash jihozigacha yoki undan keyin oʻrnatilgan surilma qopqoqlarni boshqarish mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279. Pishirish mashinalarining konstruksiyasi bilan xonada foydalanish jarayonida gazlarning chiqishi va qizdirilgan boʻlaklarning qizib turgan qatlamidan issiqlikning chiqishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “kon-pishirish aravachalari” tugunida samarali zichlik taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280. Tutun soʻrgʻich yoki pishirish mashinasining ventilyatori avariyaviy toʻxtagan hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonilgʻi berilishi avtomatik tarzda darhol toʻxtaydi va svechaning surilma qopqogʻi ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pishirish mashinasi avtomatik tarzda toʻxtaydi. Ishlab turgan tortish-puflash qurilmalarining ishlashi yonilgʻi toʻliq yonib tugaguncha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ohaktoshni pishirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281. Ohaktoshni pishirish va ohak tayyorlash uchun moʻljallangan qurilmalarga mazkur Qoidalarning 249, 250, 254, 261-bandlarida koʻrsatilgan minerallarning bir-biriga yopishishi (aglomeratsiya qilish) mashinalaridan foydalanishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282. Ohaktoshni pishirish va ohak tayyorlash uchun moʻljallangan qurilmalarda chang bostirishning amaldagi sanitariya normalariga muvofiq normal sanitariya-gigiyena mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan samarali vositalar qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
283. Ohakni parchalash uchun suvdan foydalanish xavfsizlikning qoʻshimcha choralari koʻrilgan sharoitlarda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284. Ohak uning changishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitlarda oʻtkazilishi tashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ohakni pishirish boʻlinmalarida shamollatish yetarli boʻlmaganda yoki u nosoz boʻlganda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Quritish boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
285. Quritish qurilmalari va ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
286. Quritish qurilmasining yuqori haroratlargacha qiziydigan barcha yuzalari issiqlikdan izolyatsiyalangan yoki toʻsilgan boʻlishi, ish joylari esa havo dushlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287. Quritish pechlariga material beriladigan tarnovlar va quvurlar yopiq va chang hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi uchun zich bekitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanadigan barabanlarning oʻtxona va yuk tushiriladigan kameralar bilan tutashgan joylari zich bekitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288. Quritish qurilmalari va pechlar gazlarni chang va zararli aralashmalardan sanitariya meʼyorlarigacha tozalanishini taʼminlaydigan gazni tortish tizimi bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289. Havoni tortish-puflash tizimi oʻchirilgan holatda quritish qurilmasining (pechlar) ishlashi taqiqlanadi. Havoni tortish-puflash qurilmalari ishlaganda, ishchi xonaga gazlar kirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290. Quritish qurilmasini texnologik yoʻriqnoma talablariga muvofiq ishga tushirilishi va toʻxtatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. Mazutni toʻkish uchun moʻljallangan avariyaviy bak nosoz yoki toʻla boʻlgan hollarda yoqish moslamalarini ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292. Ishlab chiqarish xonalaridagi quritish qurilmasini yoqish uchun mazut zaxirasi bir kunlik ehtiyojdan koʻp boʻlmaganda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Ruda, konsentratlar va noruda materiallar omborxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293. Ekskavator (agʻdarmalar) omborxonalari va ulardan foydalanish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294. Shtabel ustidagi galereyalar isitish, drenaj va chang tutadigan aspiratsiya tizimlariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295. Shtabel taxlagichlar yordamida choʻqqili omborxonalar qurishda relsli iz va suv yigʻish ariqchalarining holati, ularning koʻmilib qolmasligi, shuningdek, ishchi maydonchalar, traplar, zinalarni koʻkalamzorlashtirilgani nazorat qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtabel taxlagichlarning harakat hududi qorongʻi paytda yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296. Quvur yoʻllari orqali sochiluvchan materiallar omborxonaga tashilayotganda quvurlar birlashgan joylarining germetikligi va yuk solinadigan joylarning zich yopilgan taʼminlangan boʻlishi lozim. Texnologik sharoitlar zich bekitish imkonini bermaydigan joylarda aspiratsiya tizimi soʻrgichlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297. Tovar kaolin xomashyosi va talk rudasini koʻmir, sement va ohak uyumlari yaqinida saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talk, kaolin va grafitni sochilgan holda vagonlarga ortish chogʻida changni bosish vositalari qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
298. Sutkaning qorongʻi paytida omborxonalardagi temir yoʻl izlari yoritilgan boʻlishi kerak, yoritilmagan temir yoʻl izlarida ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299. Ekskavator ishlayotgan paytda uning kovshi, trosi, bloklari, skreperining harakat hududida odamlar (shu jumladan, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar)ning boʻlishi taqiqlanadi. Kovsh (rotor)ni tozalash ekskavator toʻxtagan paytda va ekskavator mashinistining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda kovsh (rotor) yerga tushirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Materiallarni ekskavatorlar yoki koʻprikli ortish qurilmalari bilan temiryoʻl vagonlariga ortish chogʻida brigada ekskavator yoki koʻprikli ortish qurilmasi mashinistining qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda beradigan signallariga boʻysunishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan xoli vaqtda ekskavatorning kovshi (ortgichning rotori) yerga tushirilgan, kabina yopilgan, elektr energiyasi uzilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300. Koʻp choʻmichli ekskavatorlar yoki koʻprikli yuklash qurilmalari ishlayotgan paytda yuk ortilayotgan vagon yaqinida, yuklarni ortish, tushirish lyuklari, konveyerlar va yuklash qurilmalari ostida odamlar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301. Ekskavatorlar yordamida yuk ortiladigan omborxonalarda shtabellarning balandligi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302. Materiallarni ortish va tushirish paytida ish hududi havosidagi changni sanitariya normalari darajasida boʻlishini taʼminlaydigan chang bosish yoki chang tutish choralari koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hududi havosidagi changni sanitariya normalari darajasida boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan hollarda xodimlar respiratorlardan foydalanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303. Omborxonalarda buldozerlarni motori ishlayotgan va pichogʻi koʻtarilgan holatda qarovsiz qoldirish, ish paytida esa trosni yoʻnaltirish, osma rama va pichoqda turish mumkin emas. Uzatmalar qutisi qoʻshilgan holatda motorni ishga tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka yoki motorni kabinadan turib yurgizish qurilmasi boʻlmagan buldozerda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304. Taxlanadigan materialning maksimal qiyalik burchagi buldozer koʻtarilishda ishlayotganda 25 gradusdan, pastlikka (yuk bilan tushayotganda) ishlayotganda esa 30 gradusdan oshmasligi kerak. Material ortilayotganda bunkerlarga borish yoʻllarining qiyaligi 6 gradusdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305. Piyodalar uchun moʻljallangan va shosse yoʻllar ruda boʻlaklari omborxonasi tomonidan brustver yoki toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306. Tasmali konveyerlar, oʻziyurar bunkerlar yoki rotorli ekskavatorlar yordamida yuk tushiriladigan omborxonalarda galereyalarning yuk tushiriladigan boʻylama tuynuklari doimiy toʻsiqlar bilan oʻralgan yoki kataklarining oʻlchami 200 x 200 millimetr boʻlgan panjara bilan bekitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Elektrotexnik qurilmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307. Fabrikalarda elektr qurilmalari va ularga kelayotgan tarmoqlar, elektr qurilmalar qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi kerak, ularni ishlatish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308. Binolar va inshootlar qonunchilikda belgilangan tartibda yashindan himoyalagich bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Yashin qaytargichlarni koʻzdan kechirish va ularning holatini hamda zaminlovchi moslamaning qarshiligini tekshirish har bir chaqmoqlar mavsumidan oldin natijalarni muvofiq ravishda jurnalga qayd etgan holda oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309. Elektromexanik jihozni taʼmirlash, uni ishga tushirish va toʻxtatish tartibini korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari qonunchilikda belgilangan tartibda taʼmirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310. Har bir elektr qurilmasi uchun ulardan normal va avariyaviy tartiblarda foydalanish sxemalari tuzilgan boʻlishi kerak. Elektr ulanish sxemalariga kiritilayotgan barcha oʻzgarishlar, shuningdek, zaminlagichlar oʻrnatilgan joylarning oʻzgarishi sxemada belgilanishi kerak. Foydalanish elektr sxemalari va ularga kiritilayotgan oʻzgarishlar fabrikaning elektr xoʻjaligiga masʼul boʻlgan xodim tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311. Elektr sxemalarda isteʼmolchilarni ortiqcha kuchlanish va qisqa tutashuvlardan himoya qilish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312. Portlash-yongʻinga xavfli va yongʻinga xavfli boʻlgan materiallar ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan yoki saqlanadigan binolar hamda tashqi qurilmalar qonunchilikda belgilangan tartibda portlash-yongʻinga va yongʻinga xavfi boʻyicha tasniflangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektr qurilmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Elektr qurilmalarini koʻzdan kechirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313. Elektr qurilmalarini koʻzdan kechirish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bitta shaxs tomonidan bartaraf etish mumkin boʻlmagan nosozliklar aniqlanganda, u bu haqda zudlik bilan oʻzining bevosita boshligʻiga xabar berishi va foydalanish jurnaliga tegishli yozuvni kiritishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu xildagi nosozliklar yuqori turuvchi boshliqning koʻrsatmasi boʻyicha ikkinchi shaxsning nazorati ostida koʻrsatilgan qoidalarda koʻzda tutilgan, ishlarni xavfsiz bajarishni taʼminlaydigan choralarga rioya qilgan va himoyalash vositalarini qoʻllagan holda bartaraf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314. Himoyalash vositalaridan foydalanishdan oldin ular diqqat bilan koʻzdan kechiriladi va tozalanadi. Ularda tashqi shikastlanishlarning bor yoki yoʻqligini, shuningdek, tamgʻasi boʻyicha ularning mazkur qurilma kuchlanishiga muvofiqligini va ularni davriy sinovdan oʻtkazishning muddati oʻtib ketmaganligini tekshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nosoz himoyalash vositalari yoki sinovdan oʻtkazish muddati oʻtib ketgan tamgʻa aniqlanganda, ularni zudlik bilan qoʻllashdan olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyalash vositalarining nomenklaturasini, ularni saqlash joylari va tegishliligini elektr qurilmalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs belgilaydi hamda fabrika rahbari tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Elektr qurilmalarida ish bajarayotganda va ularga xizmat koʻrsatayotganda qoʻshimcha xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315. Taqsimlash qurilmalari xonasiga uzun narsalarni (quvurlar, narvonlar va shu kabilar) olib kirish va kuchlanish ostida boʻlgan barcha qismlari, tasodifan tegib ketish imkoniyatini bartaraf etadigan toʻsiqlar bilan toʻliq yopilmagan elektr qurilmalari yaqinida ular bilan ishlash, ishlarni bajaruvchi yoki ajratilgan kuzatuvchining uzluksiz nazorati ostida oʻta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
316. Taʼmirlash ishlari uchun qoʻllanadigan havozalar va narvonlar mustahkam hamda ishonchli boʻlishi, silliq yuzalarga oʻrnatilayotgan narvonlarning ostida qoqilgan rezina asosi, yerga oʻrnatilayotganlarida esa oʻtkir metall uchliklari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvonlar yuqorigi uchlari bilan mustahkam tayanchga ishonchli tayangan holda turishi kerak. Bogʻlangan narvonlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tirab qoʻyiladigan narvonlarni kranosti balkalari balandligiga, metall konstruksiyalarning elementlariga va boshqalarga oʻrnatishda narvonning yuqorisi va pastki konstruksiyalariga ishonchli qilib mahkamlanishi kerak. Elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatishda, shuningdek, ularni taʼmirlashda metall narvonlarni qoʻllash taqiqlanadi. Tirab qoʻyiladigan narvonlar sinovdan oʻtkazilgan boʻlishi va sinovdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi tegishli yorliqqa ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
317. Ayrim ishlab chiqarish mashinalari va mexanizmlarni, ushbu mashinalar hamda mexanizmlarga xizmat koʻrsatishga ruxsat olgan, tegishli koʻrsatmalardan oʻtgan va ularga mustaqil xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ishga tushirish apparaturalari yordamida qoʻshishlari hamda oʻchirishlari mumkin. Taʼmirlash uchun oʻchirilgan vaqtda ularning ishga tushirish moslamalariga “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” plakati osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318. Vaqtincha oʻchirib qoʻyilgan jihozni ishga tushirishdan oldin uni koʻzdan kechirish, uning kuchlanishni qabul qilishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish va unda ishlaydigan xodimni uni qoʻshilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
319. Vaqtincha toʻsiqlarga “Toʻxta! Kuchlanish. “Hayot uchun xavfli!” ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320. Fabrikalarda davlat standartlari talablariga yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan texnikaviy shartlarga javob beradigan elektromexanik jihozlar, elektr motorlar, transformatorlar, apparatlar, oʻlchov asboblari, himoya apparatlari, kabellar, simlar va shu kabilarni qoʻllashga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Gʻilof bilan yopilgan yoki shchit orqasiga oʻrnatilgan kommutatsiya apparatlari uzatmalarida qoʻshish va oʻchirish holatlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr yoritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322. Chiroqlar ularga elektr jihozlardan kuchlanishni uzmasdan turib xizmat koʻrsatish mumkin boʻlgan holda joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323. Umumiy yoritishdagi chiroqlarni tok bilan taʼminlash uchun 220 voltdan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324. Yuqori xavfli va oʻta xavfli xonalarga choʻgʻlanma lampali chiroqlarni poldan 2,5 metrdan past balandlikka oʻrnatishda maxsus konstruksiyali chiroqlarni qoʻllash yoki 42 voltdan yuqori boʻlmagan kuchlanishdan foydalanish kerak. Bu talablar malakali xodimlar tomonidan kranda yoki maydonchalarda turib xizmat koʻrsatiladigan chiroqlarga qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chiroqlar sexlarda yuqorida balandlikda joylashgan boʻlsa, ularga kranlar yordamida xizmat koʻrsatilishi mumkin, ishlar dielektrik qoʻlqoplarda ikkinchi shaxsning ishtirokida bajarilishi kerak. 127 — 220 voltga moʻljallangan lyuminessent lampali chiroqlarni, ularning kontaktli qismlarini tasodifiy tegib ketishlar imkoniyati mavjud boʻlmaganda, 2,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikka oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325. Mahalliy statsionar yoritish choʻgʻlanma lampali chiroqlarini tok bilan taʼminlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi xavf boʻlmagan xonalarda — 220 voltdan yuqori boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi xavf hamda oʻta xavfli xonalarda — 42 voltdan yuqori boʻlmagan kuchlanishlarni qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida, quyidagi maxsus konstruksiyali chiroqlarda 220 volt va ungacha boʻlgan kuchlanishlarni qoʻllashga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil tok manbaidan tok oladigan avariyali yoritishning tarkibiy qismi boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori xavfli xonalarga oʻrnatiladigan (lekin oʻta xavfli xonalarga emas).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42 voltdan ortiq kuchlanishdagi chiroqlarning metall armaturalari ishonchli zaminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326. Nam, oʻta nam, issiq va kimyoviy faol muhitli xonalarda mahalliy yoritish uchun lyuminessent lampalarni faqat maxsus konstruksiyali armaturadagilarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327. 42 volt va undan past kuchlanishli chiroqlar birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlari alohida chulgʻamli elektr transformatorlaridan tok bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328. Ishlab chiqarish xonalarida ochiq (himoyalanmagan) lyuminessent lampalarni odamlarning uzoq vaqt boʻlishiga moʻljallanmagan xonalarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Koʻchma elektr asboblar va qoʻl chiroqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329. Elektr asboblar (elektr drellar, elektr gayka buragichlar, elektr shpilka buragichlar, silliqlash va sayqallash mashinalari, elektr payvandlagichlar, rezba qirqqichlar, titratkichlar va boshqalar) quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda xavfsiz boʻlishi va tok oʻtkazuvchi qismlariga tasodifiy tegib ketish imkoniyatlarining boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmogʻiga tez qoʻshilishi va tarmoqdan tez uzilishi, oʻz-oʻzidan qoʻshilmasligi va uzilmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330. Koʻchma elektr asboblarining kuchlanishi quyidagicha boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf yuqori boʻlmagan xonalarda va xonalardan tashqarida 220 voltdan yuqori emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf yuqori boʻlgan xonalarda 42 voltdan yuqori emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavf yuqori boʻlgan xonalarda qoʻl chiroqlarini tok bilan taʼminlash uchun 42 voltdan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. 42 voltdan yuqori kuchlanishga moʻljallangan elektr asboblarining korpusi zaminlovchi sim ulanadigan “Z” yoki “Zamin” deb yozilgan farqlovchi belgisi boʻlgan maxsus qisqichga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
332. Oʻta xavfli xonalarda, shuningdek, oʻta noqulay sharoitlarda, yaʼni elektr tokidan shikastlanish xavfini oshiradigan tirbandlik, ishlovchining yaxshi zaminlangan katta metall yuzalarga (qozonlarda, baklar, sisternalar va boshqa shu kabilarda ishlash) tegishi kabi noqulay holatlarda qoʻl va koʻchma chiroqlarni tok bilan taʼminlash 12 voltdan ortiq boʻlmagan kuchlanishda qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333. Elektr asbobini masofadan boshqarishni va unda korpusga tutashish yoki zaminlovchi simning uzilishi boʻlganda avtomatik tarzda - zudlik bilan oʻchirishni taʼminlaydigan himoyalovchi ishga tushirgich mavjud boʻlganda, xonaning toifasidan qatʼi nazar, shuningdek, xonadan tashqarida 220 volt kuchlanishli elektr asbobidan foydalanishga ruxsat etiladi. Elektr asbobining 42 voltda ishlashini taʼminlashning imkoniyati boʻlmaganda, faqat, himoya vositalarini (qoʻlqoplar) qoʻllagan holda va elektr asbobning korpusi ishonchli zaminlangan boʻlganda 220 volt kuchlanishli elektr asboblardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334. Elektr asboblarning ulanishi uchun moʻljallangan shtepselli ulagichning tok oʻtkazuvchi qismlariga teginishning imkoniyati boʻlmasligi va u qoʻshimcha zaminlovchi kontaktga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335. 12 va 42 voltli kuchlanishlarda qoʻllanadigan shtepselli ulagichlar (rozetkalar, vilkalar) oʻzlarining konstruktiv ijrosi boʻyicha 127 hamda 220 volt kuchlanishga moʻljallangan oddiy shtepselli ulagichlardan farq qilishi kerak hamda 12 va 42 volt kuchlanishlarga moʻljallangan vilkalarning 127 va 220 voltga moʻljallangan shtepselli rozetkalarga ulash imkoniyatlari boʻlmasligi kerak. 12 va 42 volt kuchlanishlarga moʻljallangan shtepselli ulagichlar 127 va 220 volt kuchlanishga moʻljallangan shtepselli ulagichlarning rangidan keskin farq qiladigan rangga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336. Xodimning qoʻliga elektr asbobini berishdan avval uni korpusida tutashuvning yoʻqligi, zaminlovchi tomirning (simning) uzilmaganligi va simlar izolyatsiyasining holatini tekshirib koʻrish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
337. Elektr asbobini tokka ulash uchun shlangli sim qoʻllanishi kerak, izolyatsiyasi 500 voltdan kam boʻlmagan kuchlanishga moʻljallangan, rezina shlangga solingan koʻp tomirli egiluvchan (PRG tipidagi) simlarni qoʻllashga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
338. Elektr asbob bilan ishlayotganda tok uzilib qolganda yoki ishdagi tanaffuslar vaqtida elektr asbobi elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bob. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
339. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini koʻzdan kechirishda bir nafar shaxs tomonidan qanday boʻlmasin ishlarni bajarish, shuningdek, toʻsiq orqasiga oʻtish, taqsimlash moslamasi kameralari va moyli uzgichning portlash kameralariga kirish taqiqlanadi. Jihozlar, apparaturalar va oshinovkalarni koʻzdan kechirishni kamera ostonasidan yoki toʻsiq oldida turib amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340. Elektr qurilmasining qandaydir tok oʻtkazuvchi qismi yerga tegib turgani aniqlanganda, uni uzib qoʻyguncha bunday shikastlanish joylariga yopiq taqsimlash moslamalarida 4-5 metrdan yaqin masofaga va ochiq podstansiyalarda 8 — 10 metrdan yaqin masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan yaqinroq masofalarga yaqinlashishga, faqat ulash apparaturasida yerga boʻlgan ulanishni bartaraf etishga imkon beradigan operatsiyalarni bajarish uchun, shuningdek, jabrlanganlarga kerakli yordamlarni koʻrsatishda ruxsat beriladi. Bunday holatlarda albatta oʻzini qadam kuchlanishi taʼsiridan xavfsizlantirishi kerak: dielektrik botinkalar kiyiladi, gilamchalar yoki yerdan ishonchli izolyatsiya qiladigan boshqa narsalar toʻshaladi. Barcha operatsiyalar dielektrik qoʻlqoplarda yoki izolyatsiyalovchi shtangalarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341. Vaqtincha toʻsiqlarda elektr toki bilan shikastlanish xavfi borligi toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalaridagi taʼmirlash ishlarini Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarida va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida koʻzda tutilgan tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar amalga oshirilgandan keyin oʻtkazish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343. Ishlarni bajaruvchi (kuzatuvchi), nazoratni amalga oshiruvchi doimo ish joyida boʻlishi kerak. Kuchlanishi 1000 voltdan ortiq boʻlgan qurilmalar xonasida yoki ochiq podstansiyada taʼmirlash brigadasidan bir kishining, shu jumladan, ish bajaruvchining (kuzatuvchining) yolgʻiz qolishiga ruxsat berilmaydi. Mabodo ishni bajaruvchida (kuzatuvchida) bu yerdan chiqish zarurati boʻlsa va bu vaqtda masʼul rahbar uning oʻrnida turolmasa, u oʻzi boʻlmaydigan vaqtga brigadani xonadan tashqariga chiqarishi va eshikni tashqaridan qulflab qoʻyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344. Ish kuni davomida ishdagi tanaffuslar (tushlik yoki ishlab chiqarish mehnat sharoitlari boʻyicha) vaqtida brigada elektr qurilmalari xonasidan yoki ochiq podstansiyadan chiqishi kerak. Plakatlar, toʻsiqlar va zaminlashlar oʻz joyida qoladi. Tanaffusdan keyin ishlarni bajaruvchi yoki kuzatuvchi boʻlmaganda, ishlovchilardan hech birining kuchlanishi 1000 voltdan ortiq boʻlgan qurilmalar xonasiga yoki ochiq podstansiyaga kirishga haqqi yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tanaffuslardan keyin tezkor xodimlar brigadaga ruxsat berish bilan shugʻullanmaydi. Ishlarni bajaruvchining (kuzatuvchining) oʻzi brigadaga ish joylarini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
345. Ishlar toʻliq tugaganidan keyin brigada ish joylarini yigʻishtiradi va shundan keyin uni masʼul rahbari koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
346. Koʻchma toʻsiqlar (katak yoki shchit) ishlovchilarning tasodifan yoki xato qilib kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruksiyaga va toʻsiqlarning oʻzi bilan tok oʻtkazuvchi qismlarni yopib turishiga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, toʻsiqlarni xavfsiz oʻrnatish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlishi va toʻsiqlarning barqarorligi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bob. Elektr motorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
347. Ushbu Qoidalar kuchlanishi 1000 voltgacha va 1000 voltdan yuqori boʻlgan elektr motorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
348. Elektr motorlarga va ular harakatga keltiradigan mexanizmlarga elektr motori hamda mexanizmlarning aylanish yoʻnalishini koʻrsatadigan strelkalar chizib koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
349. Elektr uzatmaning odatdagi ish rejimi buzilgan holatlarda ular zudlik bilan (avariyaviy) elektr tarmogʻidan uzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fabrikaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan mahalliy yoʻriqnomada qaysi holatlarda elektr motorini avariyaviy oʻchirish kerakligi, shuningdek, avariya holatini bartaraf etish va elektr motorini ishga tushirishning tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350. Elektr mashinalar stator chulgʻamlarining chiqishlari va kabel voronkalarini mahkamlash hamda mashina ishlayotgan vaqtda olish taqiqlanadigan toʻsiqlar bilan himoyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr mashinalari hamda ishga tushirish-rostlash apparaturalari chiqishlarining korobkalari uni maxsus asboblarsiz ochish mumkin boʻlmagan holda zichlangan va qopqoq bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Stator, yakor va qutbiy toklar chulgʻamlarining chiqishlari belgilarga ega boʻlishi kerak. Ishga tushirish-rostlash moslamalarida “pusk” (ishga tushirish) va “stop” (toʻxtatish) holatlari belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
352. Guruhli shchitlarga montaj qilingan uzgichlar, kontaktorlar, magnitli ishga tushirgichlar, biriktirgich-ajratkichlar va boshqa shu kabilarda, shuningdek, saqlagichlarda ularning qaysi motorga tegishliligini koʻrsatadigan yozuvlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353. Elektr motorni taʼmirlash uchun toʻxtatgandan keyin shchitdan yoki yigʻilgan joydan unga tok yetkazib beradigan kabeldan kuchlanishni uzish, oʻchirgichning uzatmasiga esa “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” plakatini osib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” plakatini olish va mashinani qoʻshish faqat ishlarni bajarayotgan shaxs ishlarni tugatgani toʻgʻrisida jurnalga yozuv kiritgandan keyingina mumkin, ishni qabul qilib olgan shaxs esa elektr motorni qoʻshishga ruxsat berilgani toʻgʻrisida yozuv kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bob. Maxsus elektr qurilmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Elektr payvandlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354. Binolardagi doimiy elektr payvandlash ishlari buning uchun maxsus ajratilgan shamollatiladigan, oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlangan xonalarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Payvandlash uchun moʻljallangan xonalarda yengil alangalanadigan vositalar va materiallarni saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355. Elektr payvandlash qurilmalarini fabrikaning boʻlinmalari va sexlarida faqat doimo qulf bilan yopilgan holatda boʻladigan maxsus kommutatsion apparaturalarga (biriktirgich-ajratkichlar) ulash mumkin. Apparatlarga boshqa tok qabul qilgichlarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
356. Elektr payvandlash qurilmasining korpusi, shuningdek, payvandlash transformatorining buyumga ketadigan sim ulanadigan (qaytish simi) ikkilamchi chulgʻami qisqichi, har biri alohida zaminlashning umumiy konturiga zaminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
357. Tutashtirilgan va borish qiyin boʻlgan boʻshliqlarda, xavfli sharoitlarda (balandlikda), sigʻimlarning ichlarida, nam xonalarda va shu kabilardagi payvandlashlarni, odatda doimiy tokdan foydalangan holda oʻta xavfli ishlar uchun olinadigan naryad-ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirish kerak. Payvandlash apparatlari payvandlash zanjiri uzilganda, salt yurish kuchlanishini cheklaydigan yoki avtomatik tarzda uziladigan moslamaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq sigʻimlar ichidagi payvandlash ishlarini maxsus naryad boʻyicha elektr xavfsizligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan ikkitadan kam boʻlmagan shaxslar bajaradi. Bunda ularning bittasi, elektr xavfsizligi boʻyicha III-malaka guruhiga ega boʻlgani, payvandlanayotgan sigʻimning tashqarisida turishi kerak va ishlarni xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sigʻimning ichida ishlayotgan shaxs, albatta arqonning bir uchi bogʻlangan saqlovchi kamar bilan taʼminlanishi, arqonning ikkinchi uchi esa sigʻimdan tashqarida turgan ikkinchi shaxsda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
358. Payvandlash qurilmasini har qanday taʼmirlashni u kuchlanish ostida boʻlganda bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359. Payvandlash elektrod tutgichning konstruksiyasi milliy standartlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360. Elektr yoyi yordamida payvandlashda ishlar tugagandan keyin tok manbai elektr tarmogʻidan uziladi, elektrod tutgichning simi tok manbaidan uziladi va yigʻishtirib yopiladigan qutiga (xonaga) solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
361. Ustaxonalarda, kabinalarda, payvandlashning ish joylarida ogohlantirish plakatlari osib qoʻyilishi kerak. Elektr payvandlash ishlari bajariladigan joylarni yorugʻlik oʻtkazmaydigan shchitlar yoki yonmaydigan materiallardan tayyorlangan pardalar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362. Bosim ostida boʻlgan (qozonlar, ballonlar, uzatuvchi quvurlar va shu kabilar) yopiq idishlarda yoki alangalanib ketadigan yoki portlash xavfi boʻlgan moddalari mavjud idishlarda payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sisternalar, baklar, bochkalar, rezervuarlar va boshqa yonilgʻi hamda yengil alangalanadigan suyuqliklar, shuningdek yonuvchi hamda portlash xavfi boʻlgan gazlar ostida boʻlgan sigʻimlarni, oldindan diqqat bilan tozalamasdan, bu sigʻimlarni yaxshilab bugʻlamasdan va shamollatib gazlarini ketkazmasdan elektr payvandlashga va kesishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Gaz tozalovchi elektr qurilmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363. Gazlarni elektr tozalash va chang tutish boʻyicha qurilmalar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bajarilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
364. Kuchaytirish-toʻgʻrilash agregatlarining katakchalari va 1000 voltdan yuqori kuchlanish ostida boʻlgan boshqa qismlarning joylashgan joylari kalitlaridan, bir vaqtning oʻzida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarida va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq malaka guruhiga ega boʻlgan ikki kishidan kam boʻlmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
365. Gaz tozalash qurilmasi boʻyicha bir nafar navbatchiga, elektr filtrlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha mahalliy yoʻriqnomalarda bajarilishi koʻzda tutilgan ishlardan tashqari qandaydir ishlarni bajarishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
366. Elektr agregatlar hamda toʻgʻrilangan kuchlanish liniyalarini qoʻshish va oʻchirish boʻyicha, shuningdek, zaxira agregatlarga oʻtish operatsiyalarni tezkor xodimlarning bir nafar shaxsi amalga oshirishi mumkin. Gaz tozalash qurilmasi boʻyicha navbatchini brigada aʼzosi (ikkinchi shaxs) sifatida jalb etish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
367. Elektr filtri yoki uning seksiyalarini ichki koʻzdan kechirish hamda taʼmirlash, elektr filtri har ikkala tomonidan zich va soz shiberlar yoki tiqinlar bilan gazdan uzilgan, kuchlanish olingan, nazorat tizimlari zaminlangan, korpus qoldiq gazlardan toʻliq tozalanguncha shamollatilgan hamda elektr filtrida zaharli gazlarning yoʻqligi tahlili oʻtkazilgandan keyin, faqat elektr filtri uchun masʼul boʻlgan shaxsning bevosita kuzatuvida yoki ishtirokida oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368. Elektr filtrlari, chang tutkichlarning yuqorigi qismida ishlaganda, faqat yuqorigi qopqoqli tuynuklarini ochishi kerak. Elektr filtrlari, chang tutgichlarning pastki qismida ishlarni boshlashdan oldin elektrodlarni qoqish va bunkerlarni changdan toʻliq tozalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr pechlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369. Elektr energiyasidan texnologik maqsadlar uchun elektr isitish maqsadida qoʻllash masalasini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishish uchun, uning energiya eltuvchi sifatida qoʻllanishini va isitishning boshqa usullariga (yoqilgʻi oʻti pechlari, bugʻ bilan qizdirish, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanib) almashtirishning imkoniyati mavjud emasligi asoslab berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370. Elektrotermik qurilmalarning (pechlar) tuzilishi va joylashishi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371. Elektrotermik qurilmalardan (pechlar) foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
372. Fabrikalarda elektr isitish asboblari va oʻrnatilishi hamda ishlashi amaldagi xavfsizlik qoidalari va meʼyorlariga mos kelmaydigan, seriyali ishlab chiqarilmagan elektr jihozlarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Aloqa, signalizatsiya va avtomatika
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373. Aloqa, signalizatsiya va avtomatika moslamalarini tok bilan taʼminlash 220 voltdan ortiq boʻlmagan kuchlanishli kuch tarmogʻidan, akkumulyator batareyalaridan yoki toʻgʻrilash qurilmalaridan amalga oshirilishi kerak. Barcha telefon liniyalari ikki simdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
374. Aloqa, signalizatsiya va avtomatika qurilmalarini yuqori kuchlanishli liniya, yashin razryadlari hamda adashgan toklar taʼsiridan himoya qilish taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
375. Aloqa, signalizatsiya va avtomatika moslamalari zanjirlaridagi ishlar ijro sxemalari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-bob. Transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Temiryoʻl va avtomobil transporti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376. Korxona ixtiyoridagi temir yoʻllar va inshootlar, koʻchma tarkib, aloqa, signalizatsiya va blokirovka, shuningdek, poyezdlar harakatini tashkil etish va yuklash-tushirish ishlarini bajarish sohaga oid normativ hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377. Yuklash-tushirish uchastkalariga vagonlarni uzatish va olib chiqish mexanizatsiyasining jihozlari va inshootlari ihotalarga hamda harakatlanvuchi va aylanuvchi qismlar yoki ularning taʼsir zonalari ishlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan toʻsiqlarga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378. Temiryoʻllar yaqiniga joylashgan binolardan chiqish yoʻlaklari, temiryoʻllarga parallel qilib qurilishi kerak. Agar chiqish yoʻlaklari bevosita fabrika temiryoʻl transporti koʻtarmasi tomonga yoʻnaltirgan boʻlsa, unda rels yoʻli piyodalarning harakatlanish yoʻnalishi boʻylab binoning butun uzunligida jihozlangan oʻtish joyigacha yoki yaqin yoʻlgacha panjaralar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaqinlashayotgan poyezdni normal koʻrishni toʻsuvchi binolar va inshootlardan temiryoʻllariga chiqish joylarida ham toʻsuvchi gʻovlar oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fabrikalarga temiryoʻllarini kesib oʻtish joylarida oʻtish koʻprikchalari yoki tonnellar koʻzda tutilgan boʻlishi shart. Agar bularni qurishning iloji boʻlmasa, unda harakatlanvuchi tarkib yaqinlashayotgani haqida xabar beruvchi yorugʻlik va tovushli signalizatsiya oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379. Yukni tushirish uchun temiryoʻl vagonlarini fabrika korpusiga kiritish korpusning xizmat koʻrsatuvchi personali tomonidan ruxsat beruvchi yorugʻlik signali (svetofor) ulangandan keyin amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380. Temiryoʻl tarkiblari yaqinlashayotganda qabul qiluvchi qurilmalar (bunkerlar) yaqinida odamlar xavfsiz turadigan joylar koʻzda tutilgan boʻlishi shart. Uzatish va toʻkish paytida qabul qiluvchi bunkerning toʻkish tomonida odamlarning turishi taqiqlanadi. Vagonlardan yukni faqat ruda qabul qiluvchining koʻrsatmasi va signali boʻyicha tushirish kerak.Toʻkish ishlarini bajarayotganda bunkerlarning lozim sahtgacha toʻlishini nazorat qilishni taʼminlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381. Bunkerlarning qabul maydonchalarida rudalarni yarim vagonlarga uzatishda odamlarning xavfsiz va qulay harakatlanishlari uchun (temir yoʻl izlari boʻylab) yurish maydonchalari qurilishi kerak. Maydonchalarni oʻz vaqtida toʻkilmalardan tozalash zarur. Yarim vagonlarning qopqoqli tuynuklarini ochish uchun vagonlardan yuklarning xavfsiz tushirilishini taʼminlaydigan, relslarning kallaklaridan baland boʻlgan traplar qurish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
382. Qabul qiluvchi moslamalarning ishchi maydonchalarida joylashgan vagon agʻdargichlar mustahkam panjarali toʻsiq bilan toʻsilishi kerak. Vagon agʻdargichlar ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan, yuklarni tushirish maydonchalarida yaxshi koʻrinadigan xonadan boshqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383. Rudalar kontaktli elektrovozlarda olib kelinganda, ularni tushirish joylariga elektr tokidan shikastlanishning xavfi toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
384. Elektrovozda foydali qazilmani tashishda qabul qilish bunkerlari ustidagi xonaga kiradigan kontakt simlari, seksiyali zaminlovchi pichoqli ajratkichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunkerusti xonasida joylashgan kontakt tarmogʻidan kuchlanishni uzmasdan turib, vagonlardagi yuklarni tushirish taqiqlanadi. Kontakt tarmogʻida kuchlanishning yoʻqligini yorugʻlik signali bilan tasdiqlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontakt tarmogʻidagi kuchlanish uzilmagan boʻlsa, elektrovoz vagonlarining ustiga chiqish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385. Nosoz vagonlardan yuklarni tushirish, shuningdek, qabul qilish moslamalarining yuklarni tushirish maydonchasida taʼmirlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386. Vagonlardan yuklarni tushirish, uni yopishib qolgan rudalar va boshqa materiallardan mexanizatsiyalashgan usulda (agʻdarish, suradigan va tekislaydigan mashina bilan, gidroyuvish va boshqalar) yoki bu ishlarning xavfsizligini taʼminlaydigan mexanizmlar va moslamalar yordamida tozalanishi kerak. Yuklar tushiriladigan zonada odamlarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387. Temiryoʻl izlari, qabul qilish moslamalarini tozalashda ishlar bajariladigan joy transport vositasining toʻxtash signallari bilan tormoz yoʻlidan kam boʻlmagan masofada toʻsilgan boʻlishi, stansiya boʻyicha navbatchi esa bajariladigan ishlar toʻgʻrisida oldindan ogohlantirilgan boʻlishi kerak. Turgan tarkibning vagonlaridan yuklar tushirilayotgan vaqtda yoʻllarni tozalash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
388. Metallurgiyaning qayta ishlash chiqindilari (domna pechlarining yoqilgʻi tashlanadigan yuqori qismi changlarini, aglomerat fraksiyasining mayda chiqitlari va boshqalar) maxsus oʻz yuklarini oʻzlari tushiradigan vagonlar yoki avtoagʻdargichlarda fabrikaga olib kelinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
389. Changib ketadigan maxsulotlarni ortish va tushirishda changni bostirish boʻyicha choralar koʻrilishi va changdan himoyalaydigan shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
390. Fabrikalarda avtomobil transportidan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
391. Fabrika hududida avtomashinalar va poyezdlarning harakatlanish tezligi hamda tartibini mahalliy sharoitni hisobga olga holda korxona belgilaydi va tegishli yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
392. Ruda avtotransport vositasi bilan berilganda qabul qilish bunkerining yuklarni tushirish maydonchasida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomashinaning bunkerga qulab tushishiga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklarni oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nosozlik oqibatida avtomobil koʻtarilish yoki nishablikda toʻxtaganda, uning oʻz-oʻzidan yurib ketishini bartaraf etadigan (mashinani tormozlash, motorni oʻchirish, gʻildiraklar ostiga tirgaklar qoʻyish va shu kabilar) va nosozlikni bartaraf etgunga qadar uchastkada xavfsizlikni taʼminlaydigan choralarni koʻrish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni tushirish joyiga orqaga tislanish harakatini 30 metrdan ortiq boʻlmagan masofaga moʻljallash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
393. Avtoagʻdargichlarning yuklarni tushirib boʻlgandan keyin kuzovi koʻtarilgan holda harakatlanishiga, shuningdek, uzluksiz tovushli signal bermasdan turib orqaga harakatlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Osma poʻlat arqonli yoʻllar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
394. Osma poʻlat arqonli yoʻllarni qurish va ulardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395. Rudalar osma poʻlat arqon yoʻllar orqali yetkazib berilganda, qabul qilish bunkerlarining yuklarni tushirish voronkasi katakchalari oʻlchami 400x400 millimetrdan kam boʻlmagan panjaralar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
396. Stansiyadan poʻlat arqonlarning chiqish zonasida yuklarni tushirish voronkasi oldidagi ish joylari, vagonetka oʻz-oʻzidan uni tortib turadigan poʻlat arqondan uzilib ketgan holatda ishlarning xavfsizligini taʼminlaydigan toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak. Kontryuklar ostidagi joylar 2 metrdan kam boʻlmagan balandlikda toʻsilgan boʻlishi, kontryuklarning quduqlari esa toʻshamalar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
397. Yuklarni tushirish voronkalari oldidagi ishchi maydonchalari va poʻlat arqon yoʻllar oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqasi hamda signalizatsiya bilan taʼminlangan boʻlishi, shuningdek, poʻlat arqon yoʻlining uzatmasini mashinistga signal berish bilan avariyali toʻxtatish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Poʻlat arqon yoʻli toʻsatdan toʻxtab qolganda, toʻxtashning sabablari aniqlanishi va nosozlik bartaraf etilgunga qadar uni ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Uzluksiz transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
398. Korxona maʼmuriyati tomonidan fabrikada konveyerlar va uzluksiz transportning boshqa turlarining holati hamda ulardan xavfsiz foydalanishni nazorat qiladigan shaxslar doirasi aniqlab olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
399. Tasmali konveyerlarda tasmalar joyidan jilmay aylanganda va uzilganda, shuningdek, yuk tushiradigan voronka hamda novlar tiqilganda uzatmani oʻchiradigan moslama koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400. Tasmali konveyerlarda tasmalar va barabanlarni yopishib qolgan materiallardan mexanik tozalaydigan moslamalar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401. Konveyerlardagi yuklar tushiriladigan aravachalar uchun soʻngi toʻxtatkich, relsli yoʻllarda esa maxsus tirgaklar kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklarni avtomatik tarzda tushiradigan aravachalar va koʻchma mokidek qatnab borib keluvchi konveyerlarning elektr motorlariga elektr tokini olib borish osma shlangli kabellarda bajarilishi kerak. Yuklarni avtomatik tarzda tushiradigan aravachalar va koʻchma mokidek qatnab borib keluvchi konveyerlarning elektr motorlarini elektr toki bilan poldan yoki xizmat koʻrsatadigan maydonchadan 3,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda joylashgan kontaktli simlar boʻyicha taʼminlashga ruxsat beriladi. Trolley simining ilgagi bundan kam balandlikda (3,5 metrdan 2,2 metrgacha) boʻlsa, maxsus toʻsiqlar qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk tushiradigan aravachalar, ularning oʻz-oʻzidan harakatlanib ketishini bartaraf etadigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402. Tasmali konveyerlar ostiga toʻkilgan materiallarni yigʻishtirish mexanizatsiyalashgan (gidravlik yigʻishtirish va boshqalar) boʻlishi kerak. Bosh, oxirgi va ogʻishdan chetga chiqish barabanlari ostidagi materallarni qoʻlda yigʻishtirishga faqat konveyer toʻxtatilganda, uzatmaning elektr sxemasi ajratilganda, ishga tushirish moslamalarida “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi plakati osib qoʻyilganda ruxsat beriladi. Konveyerning motorini ishga tushirish tizimi bosh va oxirgi barabanlarning toʻsiqlari olinganda, motorning ishlashiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403. Konveyerning tasmasi harakatlanganda yon tomonga siljimasligi, barabanlar va rolik tayanchlarining chetlari chegarasidan chiqib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konveyer tasmasining harakati yoʻnalishini tartibga soluvchi maxsus markazlashtiruvchi qurilmalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konveyer ishlab turganda qoʻl bilan tasmaning harakatini yoʻnaltirish, shuningdek, yon tomon zichliklarini tuzatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404. Konveyer tasmasining joyidan jilmay aylanishini barabanlar va tasmalar tozalangandan hamda tasmani tortish moslamalari bilan tegishli darajada tortgandan keyin bartaraf etish kerak. Konveyerning harakatlanadigan va aylanadigan qismlariga (tasma, barabanlar, roliklar) tashilayotgan materiallar toʻkilib qolganda, ularni qoʻshish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konveyerlar uzatish barabanlarining oʻqlari polning sathidan 1,5 metrdan balandda joylashganda, uzatmalarga xizmat koʻrsatish uchun toʻsiqlar va narvonlar bilan jihozlangan maydonchalar qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405. Polning sathidan galereya va estakada konstruksiyalarining pastki qismigacha boʻlgan balandlik 2 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Galereya va estakadalarning eni oʻtishni taʼminlaydigan sharoitlarga muvofiq boʻlishi kerak, yaʼni konveyerning bir tomonidan 800 millimetrdan kam boʻlmasligi (odamlarning oʻtishi uchun); boshqa tomonidan tasmaning eni 1400 millimetrgacha boʻlganda, 700 millimetrdan va tasmaning eni 1400 millimetrdan ortiq boʻlganda, konveyerning har ikkala tomonidan 800 millimetrdan, ikki va undan ortiq parallel konveyerlarning oraligʻi 1000 millimetrdan, galereyaning devori hamda konveyerning staninasi oraligʻi tasmaning eni 1400 millimetrgacha boʻlganda, 700 millimetrdan va tasmaning eni 1400 millimetrdan ortiq boʻlganda, 800 millimetrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
406. Plastinkasimon konveyerlarni oʻrnatishda, ularga har ikki tomondan xizmat koʻrsatish imkoniyati koʻzda tutilishi kerak. Konveyerlar oʻrtasidagi erkin oʻtish yoʻlagining enini 1,2 metrdan, bino devorlari va konveyer oʻrtasida yoʻlakning enini esa 1 metrdan kam boʻlmaydigan qilib qabul qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
407. Nishab holatda oʻrnatilgan plastikasimon va kurakli konveyerlarning tashuvchi boʻlimlari konveyer tasmasi uzilganda, uning qochib ketishining oldini olish uchun tutgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
408. Shneklar va kurakli konveyerlarni oʻrnatishda, ularga eni 0,8 metrdan kam boʻlmagan erkin oʻtish yoʻlagidan bir tomonlama xizmat koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shneklar va kurakli konveyerlarning qoplamalari qopqoqlarini (maxsus kuzatish darchalari va tuynukchalaridan tashqari), shneklar hamda kurakli konveyerlar ishlayotganda, ularning aylanayotgan va harakatlanayotgan qismlariga tegishga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka bilan jihozlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
409. Tasmali konveyerda barabanli agʻdaradigan aravachalar yoki harakatlanuvchi taʼminlagichni oʻrnatishda, mazkur Qoidalarning 404-bandi talablariga muvofiq konveyerning har ikkala tomonidan oʻtish yoʻlaklari koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
410. Yerosti-yerusti konveyer galereyalari yer ustiga chiqqanda, ularda tashqi kirishlar koʻzda tutilgan va konveyer ustidan oʻtish yoʻllari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
411. Galereya va estakadalardan avariyaviy holatlarda chiqish yoʻllari hamda oʻtish koʻprikchalarini kamida har 100 metrda joylashtirish kerak. Koʻprikchalar toʻshamalari yaxlit boʻlishi va pastdan 0,14 metr balandlikka yonlari qoplangan, balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan panjaralar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
412. Konveyer galereyasining 7 gradusdan ortiq qiyalikdagi oʻtish yoʻlaklarida pogʻonalar yoki yogʻoch traplar qurilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413. Chang-gaz ajratadigan materiallar tashiladigan konveyer galereyalarida, ularning binolarga toʻtashgan joylarida oʻz-oʻzidan yopiladigan eshiklar bilan toʻsiqlar qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
414. 6 gradusdan ortiq nishablikdagi barcha tasmali va plastinkasimon konveyerlar, konveyerlar toʻxtaganda tasmaning yuklangan tarmogʻi teskari yoʻnalishga siljib ketishiga toʻsqinlik qiladigan toʻxtatadigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
415. Konveyer tasmasining harakatlanish tezligi rudalarni qoʻlda ajratishda 0,5 metr/soniyadan ortiq boʻlmasligi kerak. Rudalarni ajratish joylarida tasmani toʻsib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
416. Konveyerlar oʻtish joylari va jihozlarning ustida joylashganda, ularning pastki qismi toʻkilayotgan materiallarning tushishiga yoʻl qoʻymaydigan yaxlit qoplamalar bilan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
417. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changiydigan, yuqori haroratli hamda bugʻ ajratadigan materiallar tashilganda, yuklarni tushirish va ortish joylarini yopib qoʻyishni koʻzda tutish, shuningdek, ushbu ajralib chiquvchilar bilan kurashishning qoʻshimcha chora-tadbirlari aspiratsiya sugʻorish moslamalari, pollarning yuvilishi va boshqalar koʻzda tutilib, havoda chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyalar miqdorlarini taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quruq kukunsimon changiydigan materiallarni tashiganda, ularning koʻchish zonalari germetizatsiyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
418. Yuk tashuvchi transporterlar (elevatorlar), kurakli konveyerlar va shneklarda quruq va changiydigan materiallar tashilganda butun uzunligi boʻyicha zich qoplamalar bilan yopish, yuklarni tushirish va ortish joylari ham zich yopgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Mexanizmlarning ishchi organlarini davriy nazorat qilish uchun qoplamalarda koʻz bilan koʻrib kuzatadigan, eshiklari zich yopiladigan kuzatuv darchalari (tuynukchalar) qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
419. Yuk tashuvchi transporterlarda hoʻl mahsulotlar tashilganda (elevatorlar) quyqalarning sachrab ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun butun uzunligi boʻyicha saqlovchi shchitlar yoki qoplamalar bilan yopilishi kerak. Yuk tashish transporterlarining (elevator) yuklarni ortish va tushirish joylarida avariyali oʻchirgichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420. Materiallarni ketma-ket tashiyotgan bir nechta konveyerlar texnologik seksiyaning (zanjirning) boshqa jihozlari bilan bir vaqtda ishlaganda, ayrim apparatlar va mashinalarning elektr uzatmalari blokirovka qilib qoʻyilishi kerak. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga tushirish va toʻxtatish, apparatlar zanjirlari sxemasi va fabrika texnologiyasiga muvofiq ketma-ketlikda koʻzda tutilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qandaydir jihoz yoki konveyer toʻsatdan toʻxtab qolgan holatda, sxema boʻyicha oldingi konveyerlar va qurilmalar avtomatik tarzda toʻxtashi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konveyer yoki mashinani masofadan boshqarish pulti bilan ishga tushirishni bartaraf etadigan mahalliy blokirovka qurilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
421. Barcha konveyerlar, konveyerning butun uzunligi boʻyicha asosiy oʻtish yoʻlagi tomonida uzatmani avariyaviy toʻxtatishni taʼminlaydigan moslamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mexanizmlardagi blokirovka va avariyaviy toʻxtatish moslamalaridan, ularni ishga tushirishni boshqarish apparatlari sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
422. Barcha yuk tashuvchi transporterlar (elevatorlar) kovshli zanjirning orqaga qaytishiga yoʻl qoʻymaydigan tormoz moslamalari va u uzilganda tutgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
423. Ishchi tarmogʻidan materiallarning dumalab tushishi mumkin boʻlgan konveyerlarda saqlovchi zichlashlar oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
424. Oʻz yukini oʻzi tushiradigan aravachalar va oʻzi yurar konveyerlarning skatlari (yurish gʻildiraklari) toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiq va relsning kallagi oʻrtasidagi tirqish 10 millimetrdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
425. Konveyerlar tortuvchi moslamalarining yuklari, shuningdek tortuvchi barabanlar toʻsilgan boʻlishi va ular shunday joylashgan boʻlishi kerakki, tasma yoki arqon uzilganda yuk yoki barabanning odamlar yoki pastdagi qavatlarda joylashgan jihozlar ustiga tushishi imkoniyati boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bob. Taʼmirlash-montaj va takelaj ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426. Fabrikalarda, korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalda koʻzda tutilgan muddatlarda jihozlar muntazam profilaktik koʻriklardan va taʼmirlashlardan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427. Fabrikalarda jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashlarni tashkillashtirish, oʻtkazish korxonalar mexanik jihozlariga texnikaviy xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash toʻgʻrisidagi nizomga hamda jihozlar va transport vositalarini rejali-oldini olish taʼmirlashlar toʻgʻrisidagi nizomlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
428. Asosiy jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkillashtirish loyihalari (keyingi oʻrinlarda — ITL) boʻyicha oʻtkaziladi. ITLda xavfsizlik talablarining bajarilishiga masʼul shaxslar va taʼmirlashlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha choralar, shuningdek, taʼmirlash ishlarini bajarishning tartiblari hamda ketma-ketligi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
429. Har bir fabrikada obyektlar va jihozlarni taʼmirlash roʻyxatlari tuzilgan, yorliq tizimi, naryad-ruxsatnomalar, ITL rasmiylashtirilib, fabrikaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
430. Ishlarni mexanizatsiyalash uchun ogʻir jihozlar, uzellar va detallarni koʻtarish hamda yechish imkoniyatini beradigan kerakli yuk koʻtarish vositalari va moslamalari koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk koʻtarish moslamalaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431. Jihozlar, agregatlar, apparatlar va kommunikatsiyalarni ichki koʻzdan kechirish, tozalash hamda taʼmirlash uchun toʻxtatish, shuningdek, ularni ishga tushirish fabrika bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432. Ichki koʻzdan kechirish, tozalash yoki taʼmirlash uchun toʻxtatilgan jihoz, agregatlar, apparaturalar va kommunikatsiyalarni bugʻli, suvli va texnologik quvur yoʻllaridan, gaz yoʻllari va elektr energiyasi bilan taʼminlash manbalaridan uzish kerak; barcha quvur yoʻllariga tiqinlar qoʻyilishi kerak; jihozlar, agregatlar, apparatlar va kommunikatsiyalarni texnologik materiallardan ozod qilish kerak. Ish rejimidagi zaharli yoki portlash xavfi boʻlgan gazlar, bugʻlar yoki changlar apparatlarda mavjud boʻlganda, ular puflab tozalanishi va shundan keyin havo muhiti zaharli hamda xavfli moddalarning mavjudligiga tahlil qilinishi kerak. Taʼmirlash jarayonida davriy havoning nazorat tahlilini oʻtkazib turish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzatmalarning elektr sxemalari boʻlaklarga ajratilishi, ishga tushirish moslamalariga esa “Qoʻshilmasin! Odamlar ishlayapti!” plakatlari osib qoʻyilishi, shuningdek, moslamalarning xatolik bilan yoki oʻz-oʻzidan qoʻshilib ketishining oldini oladigan choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
433. Taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan hududni amaldagi jihozlar va kommunikatsiyalardan toʻsib qoʻyish kerak. Hududga xavfsizlik belgilari, plakatlar, signal vositalari osib qoʻyiladi va ular sanitariya meʼyorlari talablariga muvofiq yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Taʼmirlash ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
434. Barcha taʼmirlash ishlari fabrika, sex maʼmuriyati tomonidan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar rahbarligi ostida bajarilishi kerak. Taʼmirlashni amalga oshirish bilan band boʻlgan shaxslar tegishli maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
435. Taʼmirlash-montaj maydonchasining oʻlchamlari, ularga mashinalar, moslamalarning yirik uzellari va detallarini hamda asboblarni, shuningdek, taʼmirlash ishlarini bajarish uchun kerakli boʻlgan materiallarni joylashtirishni taʼminlaydigan boʻlishi kerak. Mashinalarning uzellari va detallarini taʼmirlash-montaj maydonchasiga joylashtirishda, ularning orasida meʼyorlarga muvofiq oʻtish yoʻlaklari boʻlishi kerak. Maydonchani tiqishtirib tashlash mumkin emas, unga joylashtiriladigan yuklarning massasi hisob-kitob boʻyicha mumkin boʻlganidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
436. Yuklarni koʻchirish boʻyicha barcha ishlar, ishlarni bajarish va yuklarni koʻchirish xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan shaxsning koʻrsatmasi hamda ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yirik gabaritli va ogʻir yuklarni koʻtarish, siljitish hamda tushirish, taʼmirlashlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsning ishtirokida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
437. Havozalar, taxta toʻshamalar va narvonlardan foydalangan holda bajariladigan ishlar — amaldagi milliy standartlar talablariga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
438. Toʻshamalar va taxta toʻshamalar qurishning imkoniyati boʻlmaganda, havozalardan turib 1,3 metrdan balandlikda ishlar bajarilganda, xodimlar xavfsizlikni saqlovchi arqonli kamarlardan foydalanishlari kerak. Balandlikda ishlar bajarilganda, saqlovchi kamarlarni mahkamlaydigan joylar konstruksiyalarda belgilangan va naryadda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
439. Balandlikda ikki va undan ortiq qavatda taʼmirlash ishlari bajarilganda, ular oʻrtasida materiallar hamda boshqa narsalar ishlayotganlarning ustiga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan mustahkam bostirma qurilishi yoki toʻr tortib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
440. Taʼmirlash-montaj va takelaj ishlarini fabrikaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, ishlarni amalga oshirish boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarishda xavfsizlik choralari koʻzda tutilishi kerak boʻlgan texnologik xarita boʻyicha bajarish kerak. Koʻrsatilgan xaritalar mavjud boʻlmaganda, taʼmirlash ishlari yozma naryad-topshiriqlar boʻyicha, zarur boʻlgan hollarda esa xavfsizlikning aniq choralari koʻrsatilgan naryad-ruxsatnomalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
441. Taʼmirlash-montaj ishlarini fabrikaning amaldagi sexlari va boʻlimlarida bajarilganda, taʼmirlash ishlarining rahbari sex yoki boʻlinma maʼmuriyati bilan birgalikda, ushbu ishlarning xavfsizligini, shuningdek, ishlaydigan jihozlarning texnik sozligi hamda ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼmirlash ishlari pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilganda ishlarni tashkillashtirish loyihasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun naryad-ruxsatnoma boʻyicha yoki taʼmirlash ishlarini uchastkani topshirish dalolatnomasi boʻyicha bajarish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼmirlash ishlarini olib borayotgan tashkilot rahbari dalolatnoma orqali qabul qilib olgan uchastkadagi taʼmirlash ishlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga, taʼmirlash ishlari naryad-ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirilganda esa fabrika rahbari bilan birgalikda (naryad-ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan, kelishilgan sharoitlarni taʼminlash qismi boʻyicha) javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
442. Maydalagichlarda taʼmirlash ishlarini bajarayotganda odamlarni koʻtarish va tushirishni narvonlardan foydalangan holda amalga oshirish kerak, odamlarni ishchi hududga saqlovchi kamarlarsiz hamda xavfsizlikni taʼminlovchi arqonlarsiz tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
443. Rotorlari va detallari (bolgʻachali, kulachokli, zarbali-qaytaruvchi maydalagichlar, barabanli gʻalvirlar va shu kabilar) aylanadigan va harakatlanadigan jihozlarda maʼlum bir ishni bajarishga faqat mexanizmlarning harakatlanadigan qismlari, shuningdek, ushbu jihozlar korpuslarining (qoplamalarining) ochiq qopqoqlari, ularning majburiy va oʻz-oʻzidan harakatlanishi imkoniyatini bartaraf etadigan holatda ishonchli mahkamlaganda, shuningdek, naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
444. Eritilgan rux bilan futerovkalar maxsus oʻqitilgan, koʻrsatmalardan oʻtgan va xuddi shunday ishlarni bajarishda tajribaga ega boʻlgan, maxsus kiyimlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan shaxslar tomonidan qoʻyilishi kerak. Quyishda, albatta, usta yoki brigadir ishtirok etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
445. Bunkerlardagi futerovkalarni taʼmirlash va almashtirish uchun bunkerning nishab devorlarida xavfsiz ishlashni taʼminlaydigan moslamalarni qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
446. Bunkerlarni taʼmirlash ishlari zonasida yuklash taqiqlanadi. Taʼmirlanayotgan uchastka ustida joylashgan yuqorigi yuklash tirqishlari maydonchasi, taʼmirlash ishlarini bajarishning xavfsizligini taʼminlash uchun yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447. Yuk tashuvchi transportyorlarning (elevatorlar) zanjirlarini almashtirish, ularning uchlarini ulash va konveyer tasmalarini yamashni tegishli yuk koʻtarishga ega boʻlgan takelaj moslamalari yordamida, zavod yoʻriqnomasiga muvofiq korxonaning texnik boshligʻi tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
448. Tegirmonlarni sharlar va sterjenlar bilan yuklash, shuningdek, tegirmonlardan sharlarni tushirish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
449. Tegirmon barabanlarini burish, shuningdek, tegirmonning barabanida yangi futerovka oʻrnatish, futerovka boltlarini urib chiqarish uning ichida odamlar boʻlganda taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
450. Tegirmonlar barabanlarining ichida futerovka plitalarini siljitish va oʻrnatish uchun mexanizmlar mavjud boʻlmaganda, bu ishlar xavfsizlikning kerakli choralarini aniqlab beradigan maxsus yoʻriqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451. Futerovka plitalarini tegirmon barabanining ichida payvandlash va kesish gaz xavfi boʻlgan ishlarni xavfsiz oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
452. Zaharli reagentlar (sianidlar va shu kabilar) muhitida ishlaydigan jihozni taʼmirlashdan oldin diqqat bilan tozalash va ushbu reagentlardan zararsizlantirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
453. Pishiradigan qurilmalar ishlaganda, gaz kommunikatsiyalari va nazorat-oʻlchov apparaturalarida taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
454. Pishiradigan mashinalar oʻchogʻi taxlamini taʼmirlashga naryad-ruxsatnoma boʻyicha uni tabiiy sovitilgandan va mashina hamda tortish-puflash vositalari uzatmalarining elektr sxemasi uzilgandan, shuningdek, sovuq havo berish uchun koʻchma shamollatish uskunasi oʻrnatilgandan keyin ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pishirish mashinalarining oʻchogʻidagi ishlarda kuchlanishi 12 voltdan ortiq boʻlmagan, saqlovchi toʻrli, ishga yaroqli koʻchma elektr chiroqlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Gaz alangali ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
455. Gaz alangali ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va fabrikaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
456. Portlash va yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida ochiq olov qoʻllanadigan taʼmirlash ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
457. Barcha alangalanadigan materiallarni (moy, artish materiallari va shu kabilar) payvandlash va olovli ishlar amalga oshiriladigan joydan 10 metrdan kam boʻlmagan masofaga yigʻishtirib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
458. Payvandlash vaqtida inshootlarning payvandlash joyidan 2 metrdan kam masofadagi barcha yogʻochli yoki boshqa yonadigan qismlarini asbestli yoki poʻlat varaqlar bilan himoyalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
459. Payvandlash va gaz alangali ishlarni amalga oshirish joylarida oʻt oʻchirgich, yaqindagi oʻt oʻchirish quvur yoʻllariga ulangan oʻt oʻchirish stvoli shlangi bilan yoki 0,2 kub metrdan kam boʻlmagan suv zaxirasi boʻlgan bochka va qum solingan quti boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460. Payvandlash boʻlinmasida yengil alangalanadigan yonuvchi moddalarni saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461. Gaz alangali ishlarni bajarishga moʻljallangan gorelkalar va keskichlar teskari klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-bob. Ishlab chiqarish sanitariyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Sanitariya talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
462. Fabrikalarni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va ulardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
463. Fabrikalarning barcha yangidan ishga tushirilayotgan va qayta qurilayotgan obyektlarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish joylarida sanitariya sharoitlarini taʼminlaydigan shamollatish, gazni tozalash, changlarni tutish va sunʼiy iqlim hosil qilishning samarali tizimlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir fabrikada sanitariya-texnik tizimlardan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha xizmatlar (uchastkalar, brigadalar, sexlar) tashkillashtirilgan hamda masʼul shaxslar tayinlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi fabrikalarda ish joylaridagi mehnat sharoitlarini muntazam yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. Barcha ish joylarini amaldagi meʼyorlarga muvofiq holatga keltirishning muddatlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishish boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464. Ish joylarini yoritish Shaharsozlik normalari va qoidalari (Tabiiy va sunʼiy yoritish qoidalari) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
465. Ishlab chiqarish xonalaridagi, ish oʻrinlaridagi shovqin va titrash darajasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat etilgan shovqin va titrash darajasidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
466. Xodimlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq sanitariya-maishiy xonalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni boyitish bilan band boʻlgan xodimlar amaldagi qonunchilikka muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari (keyingi oʻrinlarda — SHHV) bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
467. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar umumiy ovqatlanish bilan “Zararli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar uchun davolash-profilaktik ovqatlanishni qoʻllash hamda berish tartibiga koʻrsatmalar”ga muvofiq, lozim boʻlganda, davolash-profilaktik ovqatlanish bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
468. Tarkibida yuqori tabiiy radioaktivli komponentlari boʻlgan rudalarni qayta ishlash va boyitishda SHHV amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHHV beriladigan barcha xodim va xizmatchilar, ulardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalardan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
469. Ishlab chiqarish binolarining shamollatish tizimlari va ularning isitish tizimi amaldagi Qurilish meʼyoriy qoidalari talablariga muvofiq loyihalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boyitish fabrikalarining odamlar doimiy yoki uzoq vaqt (2 soatdan ortiq) boʻladigan barcha ishlab chiqarish xonalaridagi havo muhitining parametrlari “Ishchi zonasi havosidagi zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (CHREK)” va ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq boʻlishi kerak. Ish jarayoni belgilangan gigiyenik talablar xavfsizligiga rioya qilgan holda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shamollatish va aspiratsion qurilmalar bilan chiqarilayotgan havo atmosferaga chiqarilishidan oldin undagi changning konsentratsiyasi sanitariya meʼyorlarida koʻzda tutilganidan kam boʻlguniga qadar tozalanishi kerak. Tozalash moslamalarini (skrubberlarda, siklon-yuvgichlarda, elektr filtrlarda, yengli filtrlar va boshqalarda tozalash) changning fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
470. Binolarning devorlari, shiftlari va ichki konstruksiyalari yengil yigʻishtirilishni taʼminlaydigan hamda sianidlar va boshqa moddalarning yigʻilishi, yutilishiga yoʻl qoʻymaydigan yuzalar hamda qoplamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnologik operatsiyalar kislotali muhitda amalga oshiriladigan xonalarning devorlari, pollari, panellari va qavatlararo toʻsiqlarining qoplamalari amaldagi qonunchilikka muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
471. Fabrikaning barcha xonalarida changlarni yigʻishtirish soʻruvchi pnevmatik moslamalar yordamida mexanizatsiyalashgan usulda yoki gidroyuvish bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pollarni suv bilan yuvish koʻzda tutilgan sexlarda, shuningdek, nam texnologik jarayonli barcha sexlarda pollar suv oʻtkazmaydigan qoplamali boʻlishi kerak. Suvning oqib ketishi uchun pollarning nishabligi 0,02 (1,8 gradus) dan kam boʻlmasligi kerak. Asosiy oʻtish yoʻlaklarida pollarning nishabligi 0,04 (2,6 gradus)dan va xizmat yoʻlaklarida 0,1 (6 gradus) dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
472. Fabrika hududidagi oqar suvlar va pollarning yuvilishidan chiqqan suvlar suv havzasiga tashlanishidan oldin Shaharsozlik normalari va qoidalari (“Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiyaning tashqi tarmoqlari hamda inshootlari”) talablariga muvofiq mahalliy tozalanishi yoki umumiy tozalash inshootlariga yoʻnaltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida sian boʻlgan sanoat oqovalarini xlor mahsulotlari va boshqa reagentlarni qoʻllab zararsizlantirishni aspiratsiya, nazorat asboblari hamda masofadan boshqarish bilan taʼminlangan germetizatsiyalangan jihozlarda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochilayotgan teshiklarning maydoni, shuningdek, ularning joylashishi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473. Koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda tomning tuzilishi ifloslangan havoning teskari oqimlarini paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ortiqcha issiqlik (20 kkal/kub. metrdan ortiq) ajralib chiqqanda, korpuslarda yorugʻ aeratsiyali shamoldan himoyalaydigan panelli fonarlarni loyihalashtirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
474. Katta miqdordagi issiqlik ajratib chiqarish manbai boʻlgan ishlab chiqarish jihozlarining (quritish, pishirish pechlari va boshqalar) yuzasi yuzaning haroratini sanitariya meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlaydigan termoizolyatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
475. Quruq mahsulotlar va konsentratlarni ortish va tushirish, tayyor konsentratlarni shixtalash va qadoqlash ishlari mexanizatsiyalashtirilgan va germetiklangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
476. Rudani qabul qiladigan bunkerlar rudaning yopishib, osilib va yaxlab qolishi oldini oladigan moslamalar bilan jihozlanishi kerak. Ishchi hududga chang kirishining oldini olish maqsadida bunkerlarga yuklarni ortish va tushirish uchun, materialning notekis tushishiga yoʻl qoʻymaydigan dozalash moslamalari qoʻllanishi kerak. Quruq ruda uchun moʻljallangan bunker-toʻplagichlar va sigʻimlar ularning toʻlib ketishi hamda toʻliq boʻshashiga yoʻl qoʻymaydigan avtomatik moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi, bunkerdagi qoldiq material qatlamining balandligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
477. Maydalagichlar, ruda va oraliq mahsulotlarni yetkazish uchun moʻljallangan transportyor tasmalari, ularni jihozlarga (taʼminlagichlar, quritish agregatlari, elektrostatik va elektromagnit separatorlar, flotomashinalarning koʻpik qabul qiluvchi tarnovlari, reagent eritmalari solingan idishlar va boshqalar) toʻkish va yuklash joylari ishlari ishlab chiqarish jihozlari bilan blokirovka qilinadigan aspiratsion tizimlar yoki suv bilan changsizlantirish tizimlariga ega boʻlgan bostirmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Tizim moslamalari blokirovkasi ularning ish boshlanishidan 3-5 daqiqa oldin qoʻshilishini va jihoz toʻxtagandan soʻng kamida 5 daqiqa oʻtgandan keyin yoki jihoz yuksiz ishlaganda oʻchirilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
478. Dozirovka maydonchalarida joylashgan sarflash sigʻimlaridan kontaktli chanlar, flotatsion mashinalari va boshqa agregatlarga reagentlarni yetkazib berish yopiq kommunikatsiyalar orqali germetiklangan avtomatik dozatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
479. Ishlovchilarning flotoreagentlar bilan aloqada boʻlishi mumkin boʻlgan boʻlinmalarda, sovuq va issiq suvli yuvingichlar oʻrnatilgan, teriga tushgan moddalarni suv oqimi bilan yuvish orqali tez ketkizishga moʻljallangan moslamalar, koʻzlarni yuvish uchun fontanchalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
480. Konsentratlarni quritish va donadorlashtirish, ularni ortish uchun yetkazib berishni boshqarish, shuningdek, shamollatish va chang-gazdan tozalash tizimlari ishlarini boshqarish operator xonasida oʻrnatilgan pultlardan amalga oshirilishi kerak. Quritish qurilmalariga xizmat koʻrsatiladigan joylarda beriladigan havo haroratini avtomatik tarzda tartibga soluvchi havoni xushboʻylashtiruvchi moslamalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Shamollatish qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
481. Fabrikaning sexlari, omborxonalari va boshqa xonalarini shamollatish loyihaga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
482. Yangi oʻrnatilgan va qayta tiklangan shamollatish qurilmalarini foydalanishga fabrika (korxona) rahbariyati tomonidan tayinlagan komissiya qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chala bajarilgan ishlari boʻlgan va samarali ishlamagan shamollatish qurilmalarini foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
483. Ventilyatsiya qurilmalaridan foydalanish va ularga qarash tartibi fabrika rahbariyati tomonidan tasdiqlangan alohida yoʻriqnomalarda belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
484. Texnologik jihozlar ishlayotgan vaqtda fabrikaning barcha asosiy oqimli-soʻruvchi shamollatishlari va aspiratsiya qurilmalari uzluksiz ishlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlaganda chang va gaz ajratadigan shamollatish tizimlari nosoz boʻlgan holatlarda texnologik jihozlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shamollatish qurilmasi toʻxtab qolganda yoki xonadagi zararli moddalar konsentratsiyasi sanitariya meʼyorlaridan ortiq boʻlganda, xonadagi ishlarni zudlik bilan toʻxtatish, odamlarni esa toza havoga olib chiqish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
485. Shamollatish va aspiratsiya qurilmalarining ishlashi asosiy va yordamchi jihozlar bilan blokirovka qilinganda, bevosita shamollatish va aspiratsiya jihozlari oldida qoʻshimcha ishga tushirish moslamalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnologik jihozni u bilan blokirovka qilingan shamollatish tizimisiz ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
486. Shamollatish qurilmalari havo uzatgichlari va moslamalarida nazorat qilish va havo yoʻllarida havoning tezligi, bosimi, haroratini oʻlchash, harakatlanayotgan havo hajmlarini tartibga solish uchun moslamalar (tuynukchalar, shtutserlar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
487. Ish joylaridagi havoning tarkibidagi gaz, chang miqdorini aniqlash, shuningdek, haroratini, namligini va harakatlanish tezligini tekshirish uchun havodan namunalar olish, ulardan normal foydalanish mehnat sharoitlarida, shuningdek, ventilyatsiya va aspiratsiya qurilmalari qayta tiklangan hamda kapital taʼmirlangandan soʻng texnologik rejimi oʻzgargan hollarda ham muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havodan namunalar olish joylari va davriyligi fabrika rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan reja yoki jadval asosida 6 oyda kamida bir marta etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bob. Rudalarni qayta ishlashda radiatsiya xavfsizligining qoʻshimcha talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
488. Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklash ishlari amalga oshirilganda, atrof tabiiy muhitni radioaktiv ifloslanishdan himoyalash taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning radiatsiya xavfi omillari mavjud boʻlgan rudani qayta ishlash korxonalarida, har yili “Radiatsiya xavfsizligining sanitariya meʼyorlari” talablarining bajarilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rudalarni qayta ishlash korxonalarini radiatsiya xavfi boʻlgan ishlab chiqarish toifasiga kiritish, shuningdek, koʻrsatilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni korxona maʼmuriyati davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etib amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning radiatsiya bilan ifloslanganlik darajasini belgilash uchun radiatsiya holati tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xududiy boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda, lekin uch yilda kamida bir marta oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
489. Radiatsiya xavfi boʻlgan korxonalar toifasiga kiritilgan korxonalar, radiatsiya nazoratini maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarini nazorat qilish xizmati kuchlari bilan amalga oshirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiatsiya foni ish joylarida va korxona rahbari tomonidan tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha boshqa hududlarda nazorat natijalarini maxsus jurnalga qayd etgan holda tekshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
490. Radiatsion nazoratda quyidagilar aniqlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarida va ishlar olib borilayotgan tutash hududlarda radiatsiya xavfi omillarining darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsion holatning radiatsiya xavfsizligining ruxsat etilgan meʼyorlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsion xavfli omillar kompleksining ishlovchilarga koʻrsatadigan taʼsiri darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanganlik darajasi va radiatsion omillarning xodimlarga va rudalarni qayta ishlash korxonalari joylashgan hududda yashaydigan aholiga taʼsiri darajasini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori radiatsiya xavfining asosiy manbalarini aniqlash va baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
491. Radiaktiv nurlanish manbalari mavjud boʻlgan korxonalarga ishga kirayotgan xodimlar, albatta, radiatsiya xavfsizligi boʻyicha oʻqitiladi va ularning bu boradagi bilimlari tekshiriladi. Takroriy oʻquv mashgʻulotlarini uch yilda kamida bir marta oʻtkazish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
492. Radiatsion holati yuqori boʻlgan rudani qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirishda va ulardan foydalanishda ishlovchilarni ionlovchi nurlanish taʼsiridan himoyalash boʻyicha, havoga chiqarilayotgan radioaktiv va boshqa zararli moddalar hamda korxonaning sanoat oqova suvlarini tozalash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
493. Korxonaning sanoat maydonchalari atrofida sanitar-himoyalash hududlari oʻrnatiladi, oʻlchamlari loyihada aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning sanitariya-himoyalash hududida yordamchi va qoʻshimcha obyektlarni joylashtirishga, shuningdek, magistral avtomobil yoʻllarini oʻtkazishga ruxsat etiladi. Koʻrsatilgan obyektlarni radiatsiya chiqaruvchining asosiy manbalaridan yoki radioaktiv aerozollarning tashkillashtirilmagan kirib kelishidan xavfsiz masofalarga joylashtirilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-himoyalash hududidagi yerlardan qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun foydalanishga davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishuv boʻyicha ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
494. Rudalarni uzoq muddatga saqlash uchun moʻljallangan omborxonalarni maxsus maydonchalarga joylashtirishda, ularning hududi oʻralgan boʻlishi kerak. Ruda omborxonalarini joylashtirishni ularni shamollatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratishni hisobga olgan holda koʻzda tutish kerak. Omborxonalarning alohida xonalari oʻrtasidagi boʻshliq kamida 20 — 25 metr boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat maydonchasi hududidagi ruda saqlanadigan omborxonalar asosiy sexlar binolaridan kamida 50 metr va maʼmuriy-xoʻjalik hamda yordamchi binolar va inshootlardan kamida 100 metr masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
495. Texnologik jarayonni boshqarishni mexanizatsiyalash, tartibga olish yoki sozlashda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga ionlovchi nurlanish darajasi yuqori boʻlgan yoki yuzasi va havosi radioaktiv ifloslangan joylarga kirishi talab etilmaydigan holda loyihalashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
496. Har bir boʻlinmada ajaralib chiqayotgan chang, radioaktiv aerozollar va radonning miqdori belgilangan uslublar boʻyicha yoki boshqa ishlab chiqarishlardagi singari hisob-kitoblar yordamida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
497. Oʻzining xususiyatiga koʻra toʻliq germetiklanmaydigan va oʻz navbatida ishlab chiqarish xonalarining radioaktiv gazlar va aerozollar bilan ifloslanishi sababchisi boʻlishi mumkin boʻlgan texnologik operatsiyalar alohida xonalarga ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
498. Filtrlash jarayonlari uchun choʻkmalarni olish va tozalash boʻyicha qoʻlda bajariladigan operatsiyalarga yoʻl qoʻymaydigan, uzluksiz ishlaydigan apparatlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
499. Chang va radon (toron) ajralib chiqishi manbai boʻlgan barcha apparatlar qoplamalar bilan jihozlangan, ularning ishchi tuynuklari maxsus uslub boʻyicha hisoblanadigan eng kam kerakli oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500. Tarkibida katta miqdorda radioaktiv moddalar boʻlgan tuzlarni quritish va qizdirish boʻlimlarida yuklarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda ortadigan va tushiradigan uzluksiz ishlaydigan pechlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quritish va qizdirish boʻlinmalaridagi barcha apparatlar tayyor mahsulotlardan changlarni tutib qolish va keyin bu changlarni yana jarayonga qaytarish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501. Urandan boshqa foydali qazilma konlarining shaxta (karyer) suvlari, agar ular texnik shartlar talablariga javob bersa, rudalarni qayta ishlash korxonalarining asosiy texnologiyalari uchun ishlatiladi. Shaxta suvlarini, uzoq muddat saqlanuvchi alfa-aktivlik yigʻindisi boʻyicha oʻrtacha yillik konsentratsiya 3-109 Kyuri/l boʻlishiga rioya qilgan holda, nazorat qilinayotgan hududda ishlayotgan transportlarni yuvish uchun ham qoʻllash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
502. Tabiiy radionuklidlarning suvdagi miqdori ruxsat etilgan konsentratsiyalardan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichida, tarkibida radioaktiv moddalari mavjud oqovalar boʻlgan quvur yoʻllari aholi yashaydigan hududdan kamida 200 metr masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
503. Xoʻjalik-ichimlik suvi oʻtkazish trassasining suyuq radioaktiv chiqindilarni transportda tashish va saqlashga moʻljallangan kommunikatsiyalarga nisbatan joylashishi va quvur yoʻllarini yotqizish tizimi radioaktiv moddalarning har qanday vaziyatlarda ham suv quvurlariga tushishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
504. Korxona hududi tashqarisidan oʻtgan maxsus kanalizatsiya liniyalari trassasi oʻzlarini tanituvchi belgilarga ega boʻlishi kerak. Ushbu trassalarda tuproqning buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan birorta qurilish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
505. Tarkibida radioaktiv izotoplar boʻlgan oqova suvlar, odatda, texnologik jarayonga qaytarilishi, ular ochiq suv havzalariga tashlanadigan holatda, avval suv uchun ruxsat etilgan konsentratsiya darajasigacha tozalanishi kerak. Texnologik jarayonda ifloslanmaydigan oqova suvlar texnik suv taʼminoti tizimida ishlatilishi kerak. Sanoat obyektlarining suyuq texnologik radioaktiv chiqindilari chiqindi omborlaridan alohida kanalizatsiya tizimi (maxsus kanalizatsiya) boʻyicha chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
506. Rudalarni qayta ishlash obyektlarining barcha korpuslarida mexanik qoʻzgʻatishli oqimli-soʻruvchi shamollatish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak, zararli ajralmalar boʻlmagan hollarda ayrim xonalarni tabiiy shamollatishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida katta miqdorda radioaktiv moddalar boʻlgan rudalar bunkerlarda saqlanganda, ularda yengillashish paydo qilish uchun havoni soʻrib oluvchi mexanik shamollatish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Havoni soʻrish tezligi ochiq qopqoqli tuynuklarda 1 m/s boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chang chiqaradigan jihoz qoplamasi ostidan soʻrib olinayotgan havoning miqdori hisoblash orqali aniqlanadi, bunda havoni soʻrib olish tezligi 1,5 — 2,0 m/s deb qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
507. Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish uchun kerak boʻlgan havo miqdori, zararli ajralmalarning aralashishi radioaktiv moddalar boʻyicha ruxsat etilgan konsentratsiyalar darajasigacha va umumiy zaharli moddalar boʻyicha ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalar darajasigacha hamda boshqa parametrlar (havoning harorati, namligi va boshqalar) boʻyicha talab etiladigan normativlarning taʼminlanishlari shartlaridan kelib chiqib, hisoblash orqali aniqlanadi. Koʻrsatilgan hisoblashlarda ishlovchilarning tashqi nurlanish omillari ham inobatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
508. Oqimli shamollatish tizimlari uchun havoni olish, atmosfera havosida radioaktiv va zaharli moddalar miqdori 0,1 ruxsat etilgan konsentratsiyalardan hamda ishchi xonalar uchun 0,3 ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalardan oshmaydigan hududlarda amalga oshirilishi kerak. Koʻrsatilgan kattaliklardan yuqori boʻlgan hollarda oqimli havo tozalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy soʻrish qurilmalari yordamida soʻrib olinayotgan va tarkibida chang, radioaktiv, kimyoviy va badboʻy moddalar boʻlgan havo chiqarib tashlanishidan oldin tozalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
509. Barcha texnologik jihozlar metallolomga topshirilishidan oldin tozalanishi, radioaktiv moddalardan xoli qilinishi, ifloslangani koʻrsatkichi 30 mkR/ch ga teng gamma-nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvati darajasigacha tushirilishi kerak. Taʼmirlash uchun joʻnatilayotgan jihozlar ham xuddi shunday gamma-nurlanish dozasi va yuza ifloslanish darajasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat etiladigan chegaraviy darajagacha tozalash imkoni boʻlmagan jihozlar radioaktiv chiqindi sifatida koʻrilishi kerak. Ularni koʻmish masalasini davlat sanitariya nazorati organlari bilan hal qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
510. Rudalarni qayta ishlash obyektlaridan foydalanishda amaldagi meʼyorlarga muvofiq ishlovchilarning shaxsiy himoya va gigiyenasi boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerozollar ajralib chiqadigan xonalarda ishlaydigan ishlovchilar individual himoya vositalari (maxsus kiyim, respiratorlar va hokazolar) bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
511. Sanitariya-himoyalash hududiga tutash boʻlgan, odamlar yashaydigan massivlar tomonidan chiqindilar ombori toʻsigʻidan kamida 200 metr masofada eni 15 — 20 metr boʻladigan ihota daraxtzorlari barpo etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometallurgiya ishlab chiqarish chiqindilari poʻlat quvurlar yoki yopiq temirbeton novlar orqali gidrotransportda tashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chang hosil boʻlishining va yuviladigan oʻtirindili qiyaliklarning yuzasidan radioaktiv aerozollarni uchirib ketishining oldini olish uchun oʻtirindili qiyaliklar ustiga oʻtirindi oʻlchami boʻyicha loyiha belgisiga qadar toza tuproq sepish kerak. Sepilma qatlamining qalinligi 0,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Sepilgan yuzaga oʻt ekish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
512. Sizot suvlarining radioaktivlik darajasini nazorat qilish uchun chiqindi omborlari perimetri va sizot suvlari oqimi yoʻnalishi boʻyicha namuna olish (kuzatish) quduqlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quduqlarning joylashishi va soni gidrogeoligik sharoitlariga bogʻliq holda shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, bunda quduqlar orasidagi masofa 300 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Bunda bir-ikkita quduq sanitariya-himoyalash hududidan tashqarida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
513. Chiqindi omborini konservatsiya qilish ishlarini loyihaga muvofiq amalga oshirish va yuvilgan materiallar filtrlanish va suyuq fraksiyalarning belgilangan miqdorga qadar bugʻlanishi natijasida yer ishlari uchun kerakli texnikalardan foydalanishga imkon beradigan darajada tabiiy zichlangandan keyin boshlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-bob. Atrof tabiiy muhitning muhofazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
514. Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish va ruda hamda konsentratlarni boʻlaklash jarayoni ishlarining barcha bosqichlarida tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, shuningdek, tabiat atrof-muhiti radioaktiv, zaharlovchi va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishlaridan himoyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamning atrof tabiiy muhitga texnogen taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan, foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish va ruda hamda konsentratlarni boʻlaklash jarayonlarini ham hisobga olgan holdagi faoliyati bunday ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish bosqichida davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrib chiqilayotgan faoliyatni amalga oshirish jarayonida, atrof muhitni ifloslantiradigan manbalar va ularning zararli taʼsirlarining hisobi yuritiladi, atrof-muhitga ifloslantiradigan moddalar otqinlari hamda tashlanmalarining ekologik meʼyorlari ishlab chiqiladi, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni joylashtirish hamda foydalanishga tiklash masalalari hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan faoliyatning yerosti boyliklari, tuproqlar, yerosti va yuza suvlari, atmosfera havosi, aholi sogʻligi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga salbiy taʼsirlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish faoliyatining taʼsiri boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarda atrof tabiiy muhitning monitoringi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-bob. Xavfsizlik qoidalari buzilishi yuzasidan javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
515. Ushbu Qoidalarni buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish, hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalariga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish zonasi havosida zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (CHREK)*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


T/r

Moddaning nomi

CHREK miqdori, mg/kub.m

1.

Tarkibiy qismlarga ajraladigan aerozol koʻrinishdagi aluminiy oksidi (tuproq, elektrokorund, monokorund)

6

2.

Amilatsetat

100

3.

Alifatik aminlar*
 S7 —  S9

1

4.

C15  — S20

1

5.

Ammiak

20

6.

Atseton

200

7.

Benzin (erituvchi, yonilgʻi)

100

8.

Dixloretan*

10

9.

Dietil efir

300

10.

Dolomit

6

11.

Ohaktosh

6

12.

Kerosin (S ga hisoblangan)

300

13.

Chang (kvarsit, dinas va boshqalar)  tarkibida 70 foiz  boʻlgan kristall kremniy 4 oksidi (kvars, kris-tobelit, tridimit)

1**

14.

Chang tarkibida 10 dan 70 foizgacha boʻlgan kristall kremniy 4 oksidi (granit, shamot, slyuda-xomashyo, uglerod changi va boshqalar

2**

15.

Chang tarkibida 2 dan 10 foizgacha boʻlgan kristall kremniy 4 oksidi (yonuvchi kukersit slanslar, mis-sulfid rudalar va boshqalar)

4**

16.

Karbid kremniy (karborund)

6

17.

Magnezit

10

18.

Akril kislotasini metil efiri (metil-akrilat)

5

19.

Rodanid natriy (texnik)

10

20.

Ozon

0,1

21.

Metall simob

0,01//0,005***

22.

Qoʻrgʻoshin va uning noorganik birikmalari (qoʻrgʻoshin boʻyicha)

0,01//0,005***

23.

Vodorod sulfidi*

10

24.

Uglerod sulfidi

1

25.

Tarkibida silikat boʻlgan changlar, silikatlar, alyumosilikatlar: tabiiy va sunʼiy  asbest, tarkibida 10 foizdan ortiq asbest boʻlgan aralash asbestli changlar

2

26.

Tarkibida 10 foizgacha  asbest boʻlgan asbestli changlar

4

27

Tarkibida 5 foizgacha marganets 4 oksidi, 7 foizgacha xrom oksidi, 10 foizgacha temir oksidi boʻlgan boʻyalmagan va rangli asbest-sement

6

28.

Asbest-bakelit, asbest-rezina

8

29.

Slyudalar (flagopit, muskovit), talk, tarkibida 10 foizgacha erkin kremniy 4 oksidi boʻlgan talk changi  (talkning  tremolit, aktinolit, antofillit va boshqa minerallar bilan tabiiy aralashmasi).

4

30.

Silikatli va alyumosilikatli shishasimon strukturali (tuzilmali) sunʼiy mineral tolalar (shisha-tola, shisha-momiq (vata), mineral va shlak momiq, tarkibida 5 foizgacha xrom va 3 foizgacha boshqa minerallar boʻlgan va boʻlmagan mullit-qum tuproq tola) *

2

31.

Sement, olivin, apatit, forsterit, gil, kaolin shamot

6

32.

Vulqon otilganda paydo boʻlgan shishasimon silikatlar (tuflar, pemza, perlit)

4**

33.

Seolitlar (tabiiy va sunʼiy)

2

34.

Skipidar (S ga hisoblangan)

300

35.

Solvent-nafta (S ga hisoblangan)

100

36.

Amil spirt*

10

37.

Butil spirt, ikkilamchi va uchlamchi butil spirt

10

38.

N-geptil spirt*

10

39.

Izoaktil spirt

50

40.

Metil spirt*

5

41.

N-oktil spirt

10

42.

Propil spirt

10

43.

Etil spirt

1000

44.

Ci - Syu chegaraviy alifatik uglevodorodlar    (S ga hisoblangan)

300

45.

Uglerod oksidi****

20

46.

Uglerod xlor 4

20

47.

Fenol*

0,3

48.

Formaldegid*

05

49.

Sariq elementar fosfor

0,03

50.

Fosforit

6

51.

Vodorod-ftor  kislotalari tuzlari (F boʻyicha) : natriy, kaliy, ammoniy, rux, qalay, kumush, litiy va bariy ftoridlar,  kriolit, ammoniy gidroftorid

1/02***

52.

Aluminiy, magniy, kalsiy, stronsiy, mis, xrom ftoridlari.

2,5/0,5***

53.

Xlor*

1

54.

Magniy rux (Sinka magnid)

6

55.

Metall sirkoniy

6

56.

Etilatsetat

200

57.

Vodorod sian, sinil kislotasi tuzlari (CN ga hisoblangan)

0,3

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Teri va koʻzni maxsus himoyalash talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Aerozol umumiy massasi uchun CHREK.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Suratda CHREKning makimal va maxrajda smena boʻyicha oʻrtacha qiymati berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Ishlash vaqti 1 soatdan oshmaganda atmosfera tarkibidagi uglerod oksidi miqdori 50 mg/kub. metrga, 30 daqiqadan oshmagan vaqtda — 100 mg/kub. m. ga, 15 daqiqadan oshmagan vaqtda — 200 mg/kub. metrga oshishi mumkin. Ish zonasi havosida uglerod oksidi miqdori yuqori boʻlgan sharoitda kamida 2 soat tanaffus bilan takroriy ishlash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish, hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik-ichimlik suvi va madaniy-maishiy yoʻnalishdagi suv obyektlaridagi suvda zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (CHREK) va taxminiy ruxsat etilgan sathi (TRES)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Reagent nomi

CHREK yoki TRES

Chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiya, mg/l

Moddaning xavflilik sinfi (suv boʻyicha)*

1.

Alkilsulfatlar

CHREK

0,5

4

2.

Alkilsulfonatlar (sulfonollar)

CHREK

0,5

3

3.

Ammiak (azot boʻyicha)

CHREK

2,0

4.

Sulfat ammoniy (azot boʻyicha)

CHREK

1,0

3

5.

ANP-2 (flotoreagent)

CHREK

0,05

3

6.

VA-2 (flokulyat)

CHREK

0,5

7.

Geksametilentetramin (urotropin)

CHREK

0,5

8.

Gidrolizlangan butil aeroflot

CHREK

0,001

9.

Dialkildimetilammoniy xlorid

10.

C17 - S20 (flotoreagent DM-2)

CHREK

0,1

11.

Butil aeroflot

 > CHREK

0,2

12.

Izobutil aeroflot

CHREK

0,2

13.

Izopropil aeroflot

CHREK

0,02

14.

Etil aeroflot

CHREK

0,5

15.

Xlorli temir (Fe boʻyicha)

CHREK

0,3

16.

Izoamil kaliy ksantogenat

CHREK

0,005

17.

Izobutil kaliy ksantogenat

CHREK

0,005

4

18.

Izopropil kaliy ksantogenat

CHREK

0,05

19.

Flotoreagent ITK

CHREK

OuOb

20.

Flotoreagent IM-50

CHREK

0,1

21.

IOMS-1

CHREK

4,0

22.

KMS, natriy tuzi

CHREK

5,0

3

23.

Oksidlangan kerosin

CHREK

0,01

24.

Yorituvchi kerosin

CHREK

0,05

25.

Sulfidlangan kerosin

CHREK

0,1

26.

Texnik kerosin

CHREK

0,01

27.

Traktor kerosini

CHREK

0,01

28.

Olein kislotasi

CHREK

0,5

29.

Sirka kislotasi

CHREK

1,0

4

30.

Shovul kislotasi

CHREK

0,5

31.

S17-S20 fraksiyani dixlorkarbon kislotasi

CHREK

1,0

4

32.

C5 - S20 sintetik yogʻli kislotalar

MIBK koʻpik hosil qilgich

CHREK

TRES

0,1

0,15

4

2

33.

Mochevina

CHREK

-

4

34.

Metafosfat natriy

CHREK

3,5

4

35.

Pirofosfat  natriy

CHREK

3,5

4

36.

Uch almashgan fosfat  natriy

CHREK

3,5

4

37.

Polifosfatlar

CHREK

3,5

3

38.

OPSB koʻpik hosil qilgich

CHREK

2.0

3

39.

VPK-402 (flokulyant)

CHREK

0,1

3

40.

PPS (flokulyant)

CHREK

0,08

2

41.

Qoʻrgʻoshin

CHREK

0,03

2

42.

DS-10 Sintanol

CHREK

0,1

4

43.

Skipidar

CHREK

0,2

4

44.

Geksil spirt (koʻpik hosil qilgich) T-66 (koʻpik hosil qilgich)

CHREK

0,01

0,2

2

2

45.

Oksal (T-80) koʻpik hosil qilgich

CHREK

0,2

2

46.

SFK (koʻpik hosil qilgich)

CHREK

0,02

2

47.

Tiomochevina

CHREK

0,03

2

48.

Natriy tiosulfat

CHREK

2,5

3

49.

Sianidlar

CHREK

0,1

2

50.

Siklogeksanol (koʻpik hosil qilgich)

CHREK

0,5

2

51.

Rux

CHREK

1,0

3

52.

Etil kaliy ksantogenat

CHREK

0,1

4

53.

Mis

CHREK

1,0

3

54.

Molibden

CHREK

0,25

2

55.

Mishyak

CHREK

0,05

2

56.

Nitratlar (MOz boʻyicha)

CHREK

45,0

3

57.

Nikel

CHREK

0,1

3

58.

Sulfidlar

CHREK

3

59.

Fenol

CHREK

0,001

4

60.

Xloridlar (S1-ioni boʻyicha)

CHREK

350,0

4

61.

Uglerod xlor 4

TRES

0,006

2

62.

Etilatsetat

CHREK

0,2

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Moddaning xavflilik sinfi (suv boʻyicha) zaharliligini, kumulyativ taʼsirini (organizmda yigʻilishi), organizmda keyinchalik reaksiya oʻygʻotish qobiliyatini, suvning sanitar xossasiga (hid, rang, koʻpik, taʼm va boshqalar) taʼsirini hisobga olgan holda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-sinf — oʻta(favqulodda) xavfli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-sinf — yuqori xavfli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinf — xavfli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-sinf — oʻrtacha xavfli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tozalangan oqova suvlar baliqchilik xoʻjaligi yoʻnalishidagi suv havzalariga quyilganda, ularning sifatiga baliqchilik xoʻjaligi yoʻnalishidagi suvlarga qoʻyilgan talablar kabi talablar qoʻyiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/705/1025-son)