22.10.2025 yildagi 665-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
665-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ular boʻyicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni saralash, baholash va tasdiqlash Davlat investitsiyalarini boshqarish (Public Investment Management — PIM) tamoyillari asosida iqlim oʻzgarishi omillarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda undan keyingi yil dasturi doirasida vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar inobatga olinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “avvalgi yillardan” soʻzlari “avvalgi yillar Dasturlari doirasida yildan yilga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari alohida tartib asosida tanlab olinadi va loyihalashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 271-banddagi “joriy” soʻzi “kelgusi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 5-ilovaning “II bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Joriy” soʻzi “Kelgusi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-ilovaning 3-bandidagi jadvalning “II. Tarmoq mezonlari” boʻlimining “Sugʻorish obyektlari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 9 — 15-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9.

Sugʻoriladigan maydon

10 ming gektardan ortiq

5

5 — 10 ming gektar

4

1 — 5 ming gektar

2

ming gektardan kam

1

10.

Sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyenti

0,5 dan past

25

0,5 dan 0,6 gacha

20

0,6 dan 0,7 gacha

15

0,7 dan 0,8 gacha

5

11.

Nasos orqali suv oladigan kanallar

3 ta va undan ortiq koʻtarma nasos yordamida suv olish

7,5

2 ta koʻtarma nasos yordamida suv olish

5

1 ta koʻtarma nasos yordamida suv olish

2,5

12.

Koʻtarma usulidagi kanallar

Koʻtarma qismi 50 foizdan yuqori

10

Koʻtarma qismi 50 foizgacha

5

13.

Texnik holati yomonlashgan kanallar

Dastlabki loyihaviy koʻrsatkichlar oʻzgarishi 50 foizdan oshgan

10

Dastlabki loyihaviy koʻrsatkichlar oʻzgarishi 50 foizgacha

5

14.

Kanalning rekonstruksiya (betonlashtirish) qilingandan keyin loyqa choʻkmaslik holati

Suv tezligi 1 m/s dan yuqori

5

Suv tezligi 0,5 m/s dan 1 m/s gacha

2

15.

Kanaldagi filtratsiya natijasida sizot suvlar koʻtarilishi

Sizot suvlar chuqurligi 1,5 metrgacha

10

Sizot suvlar chuqurligi 1,5 — 2 metr

5

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Qurilish ishlari tugallangan obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ruxsatnomasi asosida hamda belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda buyurtmachi tomonidan foydalanishga qabul qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari alohida tartib asosida moliyalashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 41-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“agar davlat xaridlari natijalariga koʻra qurilish muddati uch oydan kam boʻlsa, obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans toʻlovlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mazmundagi 21-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
21-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom vegetatsiya davrida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlgan irrigatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — irrigatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni taʼminlovchi, shuningdek, shu maqsadlarda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davri — 1-apreldan 30-sentabrgacha boʻlgan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya obyektlari — vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish mavsumi boʻlmagan davr — 1-oktabrdan 31-martgacha boʻlgan davr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda undan keyingi yil dasturi doirasida vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur mablagʻlarning taqsimlanmagan holda alohida satrda nazarda tutilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarida qurilish-montaj ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish va ularning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar bilan birgalikda har yili 1-martga qadar tizimli ravishda irrigatsiya tarmoqlari holati, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining suvga boʻlgan talabini oʻrgangan holda, irrigatsiya obyektlari roʻyxatini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 15-martga qadar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarining roʻyxatini shakllantirish uchun sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takliflar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq shakllantirilgan irrigatsiya obyektlari roʻyxatidan sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrni inobatga olgan holda, tanlab olinadi. Irrigatsiya obyektlarini qurish (rekonstruksiya qilish) muddati sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrdan oshgan taqdirda, bunday loyihalar alohida lotlarga (qismlarga) boʻlingan holda amalga oshirilishi taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-aprelga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqib, sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi 15-aprelga qadar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati) Vazirlar Mahkamasining Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati asosida irrigatsiya obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Buyurtmachilar 15-mayga qadar ajratilgan mablagʻlar doirasida irrigatsiya obyektlari boʻyicha loyiha tashkilotlarining davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq aniqlanishini taʼminlaydi va ular bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 1-avgustga qadar loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga asosan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi hamda 1-sentabrga qadar ularning ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1-sentabrga qadar loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun kanallarda vaqtincha suvni yopish va ochish reja-grafiklarini tasdiqlab, ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmachilar irrigatsiya obyektlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oktabrga qadar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq pudrat tashkilotlari aniqlanishini taʼminlaydi hamda ular bilan pudrat shartnomalarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-oktabrga qadar davlat xaridlari natijalaridan kelib chiqib, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarning belgilangan tartibda moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Irrigatsiya obyektlarini moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avansning qurilish muddati mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat shartnomasida nazarda tutilgan kafolat muddati oʻtgandan keyin qolgan 5 foiz mablagʻ toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat xaridlari natijalariga koʻra qurilish muddati uch oydan kam boʻlsa, irrigatsiya obyektlariga birinchi oyda ular qiymatining 30 foizi miqdorida avans toʻlovlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlari 10-oktabrdan kechikmagan holda boshlanadi hamda keyingi yilga oʻtuvchi qoldiq ishlar qiymati qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar

Irrigatsiya tarmoqlari holati, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining suvga boʻlgan talabini oʻrganadi hamda vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari (keyingi oʻrinlarda — irrigatsiya obyektlari) roʻyxatini shakllantiradi.

har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Belgilangan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarining roʻyxatini shakllantirish uchun sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

har yili 15-martga qadar

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi, sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Belgilangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.

har yili 15-aprelga qadar

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Irrigatsiya obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratadi.

har yili 1-mayga qadar

6-bosqich

Buyurtmachilar

Irrigatsiya obyektlari boʻyicha loyiha tashkilotlarini davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq aniqlaydi va ular bilan shartnomalar tuzadi.

har yili 15-mayga qadar

7-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga asosan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

har yili 1-avgustga qadar

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.

har yili 1-sentabrga qadar

8-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun kanallarda vaqtincha suvni yopish va ochish reja-grafiklarini tasdiqlaydi va ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi.

har yili 1-sentabrga qadar

9-bosqich

Buyurtmachilar

Tasdiqlangan loyiha hujjatlari va davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq pudrat tashkilotlarini aniqlaydi hamda ular bilan pudrat shartnomalarini tuzadi.

har yili 1-oktabrga qadar

Davlat xaridlari natijalaridan kelib chiqib, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazadi.

har yili 5-oktabrga qadar

Irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini boshlaydi.

har yili 10-oktabrga qadar

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)