05.05.2025 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatning amal qilish davrida favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlanganlarga kompensatsiyalar toʻlashga mablagʻlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holat joriy etilgan hududda yaroqsiz holga kelgan mol-mulk obyektlari, zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash hamda nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini yaratish choralari Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendantining taqdimnomalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar (tuman va shahar) hokimlarining qarorlari yoki Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining budjet qonunchiligiga muvofiq favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan aholiga va tashkilotlarga yetkazilgan zarar Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 293-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom favqulodda holatning amal qilish davrida hayot kechirish uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni tasarruf etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi Farmoni bilan belgilangan hududda va davrida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlangan — favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida hududda joylashgan, yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulk, shu jumladan, identifikatsiya qilingan hayvonlarga egalik huquqi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt — favqulodda holat davrida zarar koʻrgan, buzilgan bino yoki inshootni taʼmirlash va yangi turar joy hamda zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik va transport infratuzilmasi obyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlanganlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar quyidagi ustuvorlikda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz holatga kelgan uy-joy obyektlarini tiklash (taʼmirlash va yangi turar joy qurish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga yetkazilgan boshqa zararlarning oʻrnini qoplash uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Favqulodda holat joriy etilgan hududda yetkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda holatning amal qilish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlarini taʼminlash uchun hudud komendantining qaroriga asosan, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarligida Favqulodda holat joriy etilgan hududda fuqaro va tashkilotlarga yetkazilgan zararni aniqlash hamda shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplashni tashkil etish uchun maxsus ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi va faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni inobatga olib, tegishli respublika ijro etuvchi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining hududiy tuzilmalari vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. Ishchi guruhning ishchi organi etib favqulodda holatning sodir boʻlgan turiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarning ariza va hujjatlarini qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va belgilangan tartibda koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holat joriy etilgan hududda zarar koʻrgan uy-joylar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni xatlovdan oʻtkazish hamda dalolatnoma rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararni baholashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda mavjud boʻlgan loyiha va pudrat tashkilotlarining reyting koʻrsatkichlari haqida asosiy maʼlumotlarni yigʻish (jamlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan, buzilgan bino yoki inshootni taʼmirlash va yangi turar joy qurish hamda zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash loyihalarini amalga oshirish ishlarini tashkil etish, shu jumladan, ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklanishi zarur boʻlgan va ijtimoiy soha obyektlari, uy-joy fondi hamda fuqarolarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar ajratilishida ularning (yoʻnalishlar va obyektlarning) ustuvorligini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jabrlanganlar Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendantining qarori bilan belgilangan hududlarda va muddatlarda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi arizani toʻldirgan holda Ishchi guruhga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanganlar murojaat qilishi imkoni boʻlmaganda, uning yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari (agar jabrlangan shaxs voyaga yetmagan boʻlsa) yetkazilgan zarar miqdorini qoplash boʻyicha ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) yoki uning nusxasi favqulodda holat oqibatida ushbu hujjat yoʻqotilganda yoxud yaroqsiz holatga kelganda — ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi vaqtincha hujjat yoki maʼlumotnoma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi hujjat, agarda u mavjud boʻlsa (favqulodda vaziyat oqibatida ushbu hujjat yoʻqotilganda yoxud yaroqsiz holatga kelganda — Kadastr agentligining tegishli tuzilmalari tomonidan ishchi guruh soʻroviga asosan avtomatik ravishda elektron shaklda taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlangan shaxsning yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulkining, shu jumladan, identifikatsiya qilingan hayvonlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat, agar ariza ishonchli vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jabrlanganlarning arizalari mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qayd etish jurnaliga kiritgan holda ariza qabul qilingan kun davomida jabrlangan shaxsga hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi tilxat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlangan shaxs tomonidan taqdim etilgan arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, Ishchi guruh ushbu hujjatlarni ariza qabul qilingan kundan boshlab besh kun muddatda tegishli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yetkazilgan zararni aniqlash va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh jabrlanganlar tomonidan taqdim etilgan arizani qabul qilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi hamda bir vaqtning oʻzida ushbu jabrlanganlarga tegishli boʻlgan, favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar natijasida zarar koʻrgan uy-joylar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni xatlovdan oʻtkazib, dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Ishchi guruh jabrlanganlar (uning yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili) va baholovchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — baholovchi) ishtirokida yetkazilgan zararni baholashni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholovchi tashkilot va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida tuziladigan shartnoma, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa, sudning ajrimi baholashdan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash jarayonida manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlar faqat obyektlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganini tasdiqlovchi hujjatlar asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni baholash haqida hisobot tuzilgan paytdan eʼtiboran olti oy ichida takroran baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobot sudning qaroriga binoan ishonchli emas deb topilsa, qonunchilikda belgilangan tartibda takroran baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga baholash ishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash yakunlari boʻyicha uch nusxada baholash toʻgʻrisidagi hisobot tayyorlanadi (jabrlanganga, Ishchi guruhga, baholovchi tashkilotga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Baholash ishlari bilan bogʻliq xarajatlar davlat tomonidan tegishli mahalliy budjetlarning zaxira jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baholashni tashkil etish va oʻtkazish jarayonida shaffoflik hamda qonuniylik toʻliq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jabrlanganlar Ishchi guruh tomonidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanganlarning shikoyatlari Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Baholovchi tomonidan jabrlanganga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, xulosa chiqarilgandan soʻng Ishchi guruh tomonidan besh kun muddatda toʻliq hujjatlar Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga taqdim etiladigan hujjatlarda quyidagi takliflar qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan, buzilgan bino yoki inshootni taʼmirlash yoxud qurish uchun zarur miqdorda mablagʻlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyning ijtimoiy normasiga asosan boshqa turar joy ajratish hamda yangi turar joy qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulkining, shu jumladan, identifikatsiya qilingan hayvonlar roʻyxati hamda ularni qoplash uchun mablagʻlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan turar joyni taʼmirlash uchun qurilish materiallarini ajratish va xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish uchun va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalarining elektron-onlayn auksion savdolari orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik hamda transport infratuzilmalarini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda mavjud boʻlgan loyiha va pudrat tashkilotlar haqida asosiy maʼlumotlar, shu jumladan, favqulodda holat joriy etilgan kunga qadar ularning reyting koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tadbirlarga zarur boʻlgan moddiy va moliyaviy resurslar hajmlari boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar va ularning manbalari boʻyicha takliflar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan jabrlanganlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni tasarruf etish va ulardan foydalanish uchun Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti Ishchi guruh (lar) tomonidan favqulodda joriy etilgan hududda yaroqsiz holatga kelgan bino yoki inshootlar (koʻchmas mulk obyektlari), yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulk obyektlari, zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash hamda nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini yaratish uchun zarur boʻlgan moddiy va moliyaviy resurslarning ajratilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga taqdimnomalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ ajratilishi yuzasidan asoslangan buyurtma bilan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari besh kun muddatda oʻzlarining qarorlari asosida favqulodda holat natijasida zarar koʻrgan bino yoki inshootlar (koʻchmas mulk obyektlari), yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulk obyektlari, muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash va nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini tashkil etish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga tasarruf etish uchun oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarruf etish uchun oʻtkazilgan mablagʻlarning Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendantining qarorlari bilan belgilangan yoʻnalishlar va maqsadlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali moliyalashtirilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tasarruf etilgan mablagʻlar evaziga favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar natijasida zarar koʻrgan bino yoki inshootlar (koʻchmas mulk obyektlari), muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash, yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulk obyektlarini qoplash va nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini tashkil etish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendantiga ushbu chora-tadbirlar sifatli va qisqa vaqt mobaynida bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi vakolatlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holat joriy etilgan hududda obyektlarni tiklash (taʼmirlash va yangi turar joy qurish) boʻyicha buyurtmachilarni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holat joriy etilgan hududda obyektlarni (taʼmirlash va yangi turar joy qurish) tiklash boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini, ularning reyting koʻrsatkichlari hamda mavjud quvvatlari asosida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holat joriy etilgan hududda obyektlarni (taʼmirlash, tiklash, yangi turar joy qurish) qurish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan, buzilgan bino yoki inshootni taʼmirlash va yangi turar joy qurish uchun qurilish materiallari ajratish va xizmatlarni amalga oshirish boʻyicha yetkazib beruvchilarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini tashkil etish boʻyicha yetkazib beruvchilarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Favqulodda holat joriy etilgan hududda obyektlarni (taʼmirlash va yangi turar joy qurish) tiklash uchun reyting bahosi “S” dan kam boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Buyurtmachilar Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tomonidan belgilangan loyiha va pudrat tashkilotlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tomonidan belgilangan buyurtmachilar hamda loyiha va pudrat tashkilotlariga qonunchilik bilan belgilangan tartibda favqulodda holat joriy etilgan hududda turar joylarni tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurilish ishlarini amalga oshirish va moliyalashtirish vazifalari yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tomonidan belgilangan yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulkning, shu jumladan, identifikatsiya qilingan hayvonlar roʻyxati asosida qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar fuqarolarga oʻn besh ish kunida ajratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jabrlangan shaxslar yangi turar joy qurilishi davrida vaqtincha uy-joy bilan taʼminlanish yoki turar joy ijarasi uchun tovon puli olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tovon puli jabrlangan shaxsning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Toʻlangan tovon pulining hisobi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yangi turar joy qurilishi jarayonida yoki kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilishiga qadar jabrlangan shaxs vafot etsa, uning huquq va majburiyatlari merosxoʻrlariga teng ulushda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Merosxoʻrlarning doirasi va ularning meros ulushlari meros huquqini tasdiqlash asosida, kelishmovchilik yuzaga kelganda esa — sud tartibida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yetkazilgan zarar miqdori qoplangandan soʻng arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga zararni qoplash boʻyicha toʻlovning sanasi, miqdori va toʻlov hujjatining raqami yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Favqulodda holat davrida jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻplangan barcha hujjatlar (ariza, dalolatnoma, baholash hisobotlari, toʻlov varaqalari va boshqalar) hamda Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qayd etish jurnali belgilangan tartibda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)larning arxiviga 75 yil muddatga saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tasarruf etilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan favqulodda holat bekor qilinishi yakuni boʻyicha nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur Nizomning 17-bandi asosida tasarruf etilgan mablagʻlar hisobini, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlarining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kimga _____________________________________

(ishchi guruh rahbarining F.I.O.)

Fuqaro ____________________________________

(F.I.O.)

___________________________________________

(yashash manzili)

_________________________________ tomonidan

tel.: _______________________________________

Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida

ARIZA

Menga favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida yetkazilgan zararning qoplanishini soʻrayman

_________________________________________________________________________________________

(favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar turi yoziladi)

favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida yoʻqotilgan mol-mulk koʻrsatiladi

________________________________________________________________________________________

Buzilgan (vayron boʻlgan) turar joyda doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar koʻrsatiladi

1. ______________________________________________________________________________________

(F.I.O., tugʻilgan yili, qarindoshlik darajasi)

2. ______________________________________________________________________________________

(F.I.O., tugʻilgan yili, qarindoshlik darajasi)

………………………………………………………………………………….........……………

3. ______________________________________________________________________________________

Sizdan quyidagi manzildagi mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplashingizni soʻrayman

________________________________________________________________________________________

(viloyat, tuman, shahar, yashash manzili)

Bank boʻlinmasi nomi _____________________________________________________________________

Filial MFO raqami _____________________________________________________________________

Bankdagi hisobvaragʻi yoki plastik karta raqami ______________________________________________

Nomiga (F.I.O.) _________________________________________________________________________

Oluvchining STIR raqami _________________________________________________________________

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

1. ______________________________________________________________________________________

2. ______________________________________________________________________________________

3. ______________________________________________________________________________________

4. ______________________________________________________________________________________

5. ______________________________________________________________________________________

20____ y. “____” _________

___________________________________

___________________________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanganlarni murojaatini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jabrlangan

(jismoniy yoki yuridik shaxs)

Jabrlanganlar Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendantining qarori bilan belgilangan hududlarda va muddatlarda belgilangan shakldagi arizani toʻldirgan holda Ishchi guruhga murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Ishchi guruh

Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qayd etish jurnaliga kiritgan holda, jabrlangan shaxsga hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi tilxat beradi.

Ariza qabul qilingan kun davomida

3-bosqich

Ishchi guruh

Jabrlangan shaxs tomonidan taqdim etilgan arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, ushbu hujjatlarni tegishli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab oladi.

Besh kun muddatda

4-bosqich

Ishchi guruh

Jabrlanganlar tomonidan taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi hamda bir vaqtning oʻzida ushbu jabrlanganlarga tegishli boʻlgan, favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar natijasida zarar koʻrgan uy-joylar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni xatlovdan oʻtkazib, dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Oʻn kun muddatda

5-bosqich

Ishchi guruh

Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab jabrlanganlar (uning yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili) va baholovchi tashkilot ishtirokida yetkazilgan zararni baholashni tashkil etadi.

Oʻn kun muddatda

6-bosqich

Ishchi guruh

Baholovchi tomonidan jabrlanganga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, xulosa chiqarilgandan soʻng toʻliq hujjatlarni Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga taqdim qiladi.

Besh kun muddatda

7-bosqich

Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan favqulodda joriy etilgan hududda yaroqsiz holatga kelgan mol-mulk obyektlari, zarar koʻrgan va buzilgan muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash hamda nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini tashkil etish uchun zarur boʻlgan moddiy va moliyaviy resurslarning ajratilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga taqdimnomalar kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Oʻzlarining qarorlari asosida favqulodda holat natijasida zarar koʻrgan mol-mulk obyektlari, muhandislik va transport infratuzilmalarini tiklash va nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplamini tashkil etish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni tegishli ravishda Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga tasarruf etish uchun oʻtkazadi.

Besh kun muddatda

9-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Davlat komissiyasi va (yoki) hudud komendanti tomonidan belgilangan yaroqsiz holatga kelgan va yoʻqotilgan mol-mulkning, shu jumladan, identifikatsiya qilingan hayvonlar roʻyxati asosida qoplash uchun ajratilgan mablagʻlarni fuqarolarga ajratib beradi.

Oʻn besh ish kuni mobaynida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlar oqibatida jabrlangan fuqaroning F.I.O.

Kelib tushgan sanasi, kirish raqami

Yashash manzili

Zararni qoplash uchun sabab

(vaqti, joyi va turining qisqacha tavsifi)

Moddiy zarar miqdori

Berilgan moddiy yordam uchun toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi

(roʻyxatdan oʻtkazuvchining imzosi)

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 09/25/293/0937-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)