14.04.2025 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, qurilish materiallarini va boshqa sohalarda raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Andijon viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjaobod tumanida “Xoʻjaobod” massivining 626, 627, 628, 599, 619, 620-konturlaridagi 37,8 gektar va “Ittifoq” massivining 743k, 851k, 854, 855k, 847-konturlaridagi 60,42 gektar Xoʻjaobod tumani hokimligi zaxirasidagi jami 98,22 gektar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarda “Andijon texnoparki” maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — Maxsus sanoat zonasi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi hududida 2025-2026-yillarda kamida 300 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni oʻzlashtirish, 3 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yillik 1,5 trillion soʻmga va eksporti hajmini 10 million AQSH dollariga yetkazish hamda yiliga 100 milliard soʻm qoʻshimcha soliq tushumlarini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Andijon texnoparki” maxsus sanoat zonasi chegaralarining tavsifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 25 yil muddatga tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi hududidagi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-martdagi PF-41-son Farmonida belgilangan tartibga asosan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilariga “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun, Soliq kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatida maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “Andijon texnoparki” maxsus sanoat zonasining boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv kompaniyasi) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kompaniyasining muassislari Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) qisqa muddatlarda Maxsus sanoat zonasini ilgʻor tajriba asosida samarali boshqarish uchun Boshqaruv kompaniyasining muassisligiga xorijiy korxonalarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Maxsus sanoat zonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi va ichki bozorlarda talab katta boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli va import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va boshqa sohalardagi innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat sohasida energiya tejamkor, ekologik toza va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari oʻrtasida va respublika boʻylab mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini oʻrnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Boshqaruv kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi yerlaridan samarali foydalanishni taʼminlash va umumiy foydalanishdagi yerlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qoʻshilgan qiymatli, yuqori texnologik va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish uchun investorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh yerlar hamda bino va inshootlar investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ijaraga berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik investorlarga ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash orqali sotish maqsadida zamonaviy tayyor ishlab chiqarish bino va inshootlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan investitsiya bitimlari tuzilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarini oʻz vaqtida yoki sifatli bajarmagan Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari bilan tuzilgan investitsiya bitimi va ijara shartnomasini bekor qilish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Boshqaruv kompaniyasiga Maxsus sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga taʼsirni baholash hujjatlarini ishlab chiqish hamda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi daraxt, buta va yashil maydonlarni asrash, hosil boʻladigan barcha turdagi chiqindilarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda changlar tarqalishini kamaytirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi va unga tutash hududlarda “yashil bogʻ” hamda “yashil belbogʻ”larni barpo etish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari shovqinini kamaytirish va ularning zararli tashlanmalarini ushlab qolish uchun Maxsus sanoat zonasiga olib boradigan avtomobil yoʻllarining ikki tomonida kamida 5 qatordan iborat daraxt koʻchatlarini ekib, ihota mintaqasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Maxsus sanoat zonasi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini loyihalashtirishda tabiiy gaz talab etilmaydigan ishlab chiqarishlarni joylashtirish hamda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi va energiya tejamkor texnologiyalardan, shu jumladan, geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish uskunalaridan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari bilan Boshqaruv kompaniyasi oʻrtasida umumiy mulkni saqlash shartnomasi tuziladi, unga asosan tushadigan mablagʻlar Maxsus sanoat zonasi hududini saqlash va obodonlashtirish hamda infratuzilmasini yaxshilash uchun Boshqaruv kompaniyasiga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari va avtomobil yoʻllarini qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qaroriga asosan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari va avtomobil yoʻllarini qurish ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qaroriga muvofiq tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti inshootlarini qurishda loyiha va pudrat tashkilotlari amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori talablari asosida Maxsus sanoat zonasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini xomashyo bilan taʼminlash uchun zarur konlarni ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Andijon viloyati hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Maxsus sanoat zonasining master rejasi va biznes rejasi tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda Maxsus sanoat zonasi tashkil etilgan yerlar oʻzlashtirilganligi, investitsiya loyihalari amalga oshirilganligi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganligi natijasidan kelib chiqib, Maxsus sanoat zonasi hududini bosqichma-bosqich kengaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 228-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon texnoparki” maxsus sanoat zonasi chegaralarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud va uning chegaralari tavsifi

Maydoni, gektar

Xoʻjaobod tumani “Xoʻjaobod” massivi

1.

Gʻarb tomondan

1-nuqta

40°42'16.86''S

72°29'17.48''V

37,8

3-nuqta

40°42'24.85''S

72°29'26.50''V

10-nuqta

40°42'13.64''S

72°29'58.47''V

15-nuqta

40°42'14.67''S

72°29'35.08''V

19-nuqta

40°42'14.55''S

72°29'20.54''V

2.

Shimol tomondan

2-nuqta

40°42'20.01''S

72°29'19.16''V

4-nuqta

40°42'21.53''S

72°29'35.42''V

3.

Sharq tomondan

5-nuqta

40°42'26.76''S

72°29'40.61''V

6-nuqta

40°42'24.02''S

72°30'12.60''V

8-nuqta

40°42'13.45''S

72°30'12.66''V

12-nuqta

40°42'11.38''S

72°29'41.19''V

13-nuqta

40°42'10.48''S

72°29'36.20''V

17-nuqta

40°42'9.76''S

72°29'25.01''V

4.

Janub tomonidan

7-nuqta

40°42'16.70''S

72°30'14.65''V

9-nuqta

40°42'14.58''S

72°30'9.45''V

10-nuqta

40°42'4.68''S

72°29'53.98''V

11-nuqta

40°42'5.28''S

72°29'41.14''V

12-nuqta

40°42'11.96''S

72°29'37.12''V

14-nuqta

40°42'10.71''S

72°29'32.99''V

16-nuqta

40°42'15.81''S

72°29'28.00''V

18-nuqta

40°42'10.77''S

72°29'20.07''V

Xoʻjaobod tumani “Ittifoq” massivi

1.

Janub tomonidan

1-nuqta

40°42'19.08''S

72°29'6.31''V

60,42

3-nuqta

40°42ʼ24.40ʼʼS

72°28ʼ53.86ʼʼV

2.

Gʻarb tomondan

2-nuqta

40°42ʼ21.13ʼʼS

72°28ʼ55.24ʼʼV

3.

Shamol tomondan

4-nuqta

40°42ʼ25.84ʼʼS

72°28ʼ49.16ʼʼV

6-nuqta

40°42ʼ35.10ʼʼS

72°29ʼ24.80ʼʼV

4.

Sharq tomondan

5-nuqta

40°42ʼ42.24ʼʼS

72°29ʼ24.47ʼʼV

7-nuqta

40°42ʼ33.16ʼʼS

72°29ʼ19.60ʼʼV

8-nuqta

40°42ʼ31.15ʼʼS

72°29ʼ20.77ʼʼV

9-nuqta

40°42ʼ19.68ʼʼS

72°29ʼ6.93ʼʼV

Jami:

98,22

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 09/25/228/0936-son)