1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.93.00 (Кучини йукотган) Amaliyot. Stajirovkalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
3.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qarori ijrosini taʼminlash, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini iqtisodiyotning barcha sohalarida amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar qilib tayyorlash hamda ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlarni elektron platforma orqali, shu jumladan, ish beruvchilarning talabnomalarini kiritishni nazarda tutgan holda ishga joylashtirish tizimini joriy qilish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari (keyingi oʻrinlarda — bitiruvchilar)ning amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirishni elektron platforma orqali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish boʻyicha shartnomani elektron shaklda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformani “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish orqali oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini monitoring qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2026-yil 1-yanvarga qadar bitiruvchilarning amaliyot oʻtashi hamda ish beruvchilarning talabnomalarini kiritishni nazarda tutgan holda, ularni ishga joylashtirishni raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan platformani ishga tushirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron platformani ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026-yil 1-mayga qadar elektron platformani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining tegishli axborot tizimlariga hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarning amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish jarayonlarini platforma orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, biroq band boʻlmagan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
615-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 615-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining korxona (tashkilot)larda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot —taʼlim berish jarayonida bitiruvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, egallanadigan kasb va mutaxassislik boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlish uchun oʻquv jarayonining korxona (tashkilot)da tashkil etiladigan amaliy qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi —oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, oʻqish davrida toʻplashi lozim boʻlgan kreditlarni toʻliq toʻplagan va amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan oliy taʼlim tashkiloti talabasi yoki kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchisi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot) —taʼlim tashkiloti bilan bitiruvchilar amaliyotini tashkil etish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platforma —oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) bitiruvchilarining amaliyot oʻtash, malaka oshirish hamda ishga joylashtirish jarayonlarini raqamlashtirish uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron axborot tizimi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi va faoliyati qoʻllab-quvvatlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom qoidalari nodavlat oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitiruvchilarning amaliyoti ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.18.00 Mehnat daftarchalari va ishlaganlik toʻgʻrisida boshqa hujjatlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taʼlim tashkiloti har yili 1-oktabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — Dastur) kiritilgan korxona (tashkilot) bilan bitiruvchilar amaliyotini oʻtashi boʻyicha shartnoma tuzish maqsadida platforma orqali ushbu korxona (tashkilot)ga soʻrov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Amaliyotni tashkil etish boʻyicha taʼlim tashkiloti va korxona (tashkilot) oʻrtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida uch hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taʼlim tashkiloti amaliyot boshlanishidan kamida bir hafta oldin amaliyotni tashkil etish boʻyicha buyruq asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi hamda korxona (tashkilot)ga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Korxona (tashkilot) platformaga amaliyot boshlanishidan kamida uch kun oldin bitiruvchilarga amaliyotni oʻtkazish boʻyicha biriktirilgan masʼul (xodim)lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Amaliyot boshlangandan u tugagunga qadar amaliyot davrida taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan amaliyot rahbari va korxona (tashkilot)dan biriktirilgan masʼul (xodim) platforma orqali bitiruvchilarning amaliyotda qatnashishining kunlik davomatini yuritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amaliyot yakunida taʼlim tashkiloti va korxona (tashkilot) bitiruvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash davrida bajarilgan ishlarning natijalari va ularning egallagan amaliy koʻnikmalarini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchi amaliyotdan chetlashtirilgan taqdirda, taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan amaliyot rahbari chetlashtirilganlik toʻgʻrisidagi hujjatni platformaga yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishni tashkil etish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Taʼlim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korxona (tashkilot) Dasturga har oyning 25-sanasiga qadar oʻzlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taʼlim tashkiloti oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga har yili avgust oyida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bitiruvchilar “oʻzini oʻzi band qilgan” sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bitiruvchilarni ishga qabul qilgan korxona (tashkilot) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Dasturda boʻlmaganda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi platforma orqali ushbu ish beruvchilarga doimiy ravishda Dasturda roʻyxatdan oʻtishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishga joylashmagan va platformada “bandligi taʼminlanmagan” bitiruvchilarning manzilli roʻyxatini platforma orqali Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimiga real vaqt rejimida yuboradi. Bunda ushbu roʻyxat asosida hududlar kesimida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularning bandligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda roʻyxatdan oʻtkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi taʼminlangan” sifatida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bitiruvchilar ishga joylashgandan soʻng malaka oshirishga ehtiyoj mavjud boʻlganda, ular tomonidan taʼlim tashkilotiga murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Platforma orqali bitiruvchilarning amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirishda korxona (tashkilot) hamda taʼlim tashkilotlarining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Korxona (tashkilot) bitiruvchilar amaliyotini tashkil qilish va ishga qabul qilishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot davrida platforma orqali bitiruvchilarning bilimini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkiloti tomonidan amaliyotga yoʻnaltirilgan bitiruvchilar taʼlim yoʻnalishi va kasbi hamda amaliyot dasturi korxona (tashkilot) faoliyat sohasiga mos boʻlmasa, taʼlim tashkiloti bilan yuborilgan amaliyot shartnomasini kelishmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni amaliyot boshlanishidan kamida bir hafta oldin platforma orqali olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarga amaliyot jarayonlarida taʼlim tashkilotidan biriktirilgan amaliyot rahbari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platforma orqali olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi amaliyotdan chetlashtirilgan taqdirda, taʼlim tashkilotiga bitiruvchini amaliyotdan chetlashtirilganini tasdiqlovchi hujjatni platformaga yuklash boʻyicha soʻrov yuborish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotining qisqa muddatli kurslarida malaka oshirish hamda kasbga oʻrgatish toʻgʻrisidagi takliflari va ular uchun belgilangan toʻlov miqdori bilan platforma orqali tanishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Korxona (tashkilot) bitiruvchilar amaliyotini tashkil etishda oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda bitiruvchilar amaliyotini tashkil etish boʻyicha shartnomani platformada rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformada korxona (tashkilot) tomonidan bitiruvchilarga amaliyotni oʻtkazish boʻyicha masʼul (xodim)larni biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot davrida platforma orqali bitiruvchilarni amaliyotda qatnashishining kunlik davomatini olib borish va ular faoliyati samaradorligini baholash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasblar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda malaka oshirishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda, ushbu xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformaga vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish va eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Taʼlim tashkiloti bitiruvchilarning amaliyotini tashkil qilishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot)ning amaliyot jarayonlarini tashkil etish holatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot)ga amaliyot oʻtash uchun yuboriladigan bitiruvchilarga biriktiriladigan masʼul (xodim)lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platforma orqali olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot)ning vakant lavozimlari haqidagi maʼlumotlari bilan platforma orqali tanishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taʼlim tashkiloti bitiruvchilarning amaliyotini tashkil qilishda oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot) bilan hamkorlikda bitiruvchilar amaliyotini tashkil etish boʻyicha shartnomani platformada rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot)ga amaliyot oʻtash uchun yuboriladigan bitiruvchilar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni amaliyot boshlanishidan kamida bir hafta oldin platformaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarga amaliyot jarayonlarida taʼlim tashkilotidan amaliyot rahbarini biriktirish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platforma orqali bitiruvchilarni amaliyotda qatnashishining kunlik davomatini hamda faoliyati va samaradorligi baholanishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona (tashkilot) tomonidan amaliyotda ishtirok etmagan bitiruvchilarni amaliyotga jalb etish yoki amaliyotdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari asosida tegishli choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Platformaga maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishiga taʼlim tashkilotlarining birinchi rahbarlari hamda korxona (tashkilot) rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarning amaliyot oʻtash va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyotini platforma orqali tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Oliy va kasbiy taʼlim tashkiloti
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan korxona (tashkilot) bilan bitiruvchilarning amaliyotini oʻtashi boʻyicha shartnoma tuzish uchun ushbu korxona (tashkilot)ga platforma orqali soʻrov yuboradi.
Har yili 1-oktabrga qadar
2-bosqich
Oliy va kasbiy taʼlim tashkiloti, korxona (tashkilot)
Amaliyotni tashkil etish boʻyicha platforma orqali shartnoma tuzadi.
Amaliyot boshlanishidan kamida uch hafta oldin
3-bosqich
Oliy va kasbiy taʼlim tashkiloti
Amaliyotni tashkil etish boʻyicha buyruq asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi hamda shartnoma asosida korxona (tashkilot)ga yuboradi.
Amaliyot boshlanishidan kamida bir hafta oldin
4-bosqich
Korxona (tashkilot)
Platformaga bitiruvchilarga amaliyotni oʻtkazish boʻyicha biriktirilgan masʼul (xodim)lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Amaliyot boshlanishidan kamida uch kun oldin
5-bosqich
Taʼlim tashkilotidan amaliyot rahbari va korxona (tashkilot)dan biriktirilgan masʼul (xodim)
Platforma orqali bitiruvchilarning amaliyotda qatnashishining kunlik davomatini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarning amaliyot oʻtash va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni platforma orqali tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Oliy va kasbiy taʼlim tashkiloti
Bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi.
Har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida
2-bosqich
Korxona (tashkilot)
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — Dastur) oʻzlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.
Har oyning 25-sanasiga qadar
3-bosqich
Oliy va kasbiy taʼlim tashkiloti
Oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali kiritib boradi.
Har yili avgust oyida
4-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Bitiruvchilarni ishga qabul qilgan korxona (tashkilot) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Dasturda boʻlmaganda, platforma orqali ushbu ish beruvchilarga Dasturda roʻyxatdan oʻtishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Doimiy ravishda
5-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Ishga joylashmagan va platformada “bandligi taʼminlanmagan” bitiruvchilarning manzilli roʻyxatini platforma orqali Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimiga real vaqt rejimida yuboradi.
Avtomatik tarzda
6-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Ishga joylashmagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Doimiy ravishda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/615//0890-son)