26.09.2025 yildagi PF-176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib 2026-2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish va yangi instrumentlarni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qoʻshimcha instrumentlar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 milliard soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 million soʻmgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) kamida bir yil faoliyat yuritgan va ikki nafar xodimi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining beshta va undan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qoʻshimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yirik tadbirkorlik subyektlariga 10 milliard soʻmgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kompaniyaning kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan tartibda oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) garov taʼminoti boʻyicha yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf etish uchun barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan miqdorlar doirasida ajratilgan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompaniyaning kafolat va kafillik taqdim etish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro moliya institutlari va investorlardan mablagʻ jalb qilishni kengaytirish maqsadida quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kompaniya muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida kafolatlar berish tashkilotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab kafolatlar berish tashkilotiga Kompaniyaning kafolat va kafillik taqdim etish bilan bogʻliq funksiyalarini oʻtkazish. Bunda oldin berilgan kafolat yoki kafillik boʻyicha majburiyatlar Kompaniya zimmasida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga ularga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 milliard soʻmgacha va 5 milliard soʻmgacha boʻlgan qismini Kompaniya tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari tadbirkorlik subyektlarida band boʻlgan xodimlarning kamida:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 5 nafarini tashkil qilganda — 2 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 10 nafarini tashkil qilganda — 4 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 20 nafarini tashkil qilganda — 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu bandning “a” kichik bandidagi xodimlar soni hisobot yilida belgilangan miqdorda saqlanib tursa qayta moliyalashtirish davom ettiriladi, kamaysa — kredit foizi bozor stavkasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ushbu bandning “a” kichik bandidagi xodimlar mazkur tadbirkorlik subyektiga ishga joylashgani hisobiga Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda ham qayta moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompaniya kuzatuv kengashiga loyihalarning biznes-reja va samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan hollarda toʻxtatilgan moliyaviy yordamlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoq uyushmalari tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qayta tiklash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kompaniya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026 — 2028-yillarda 500 milliard soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqarsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻz daromadlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoni boʻyicha ajratilgan budjet ssudasi mablagʻlari hisobidan “qayta moliyalashtirish” hamda “resurs joylashtirish” instrumenti uchun talabdan kelib chiqib zarur mablagʻlarni yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab har yili Kompaniyaga uning buyurtmasiga asosan “qayta moliyalashtirish” va “resurs joylashtirish” instrumentlari uchun 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan ikki foiz punktga past stavkada 300 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kompaniyaning 2024 — 2026-yillar uchun sof foydasidan Davlat budjetiga oʻtkaziladigan dividend (ajratma) toʻlovlari Kompaniyada Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish hisobiga qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kompaniya tadbirkorlikni rivojlantirish uchun markazlashtirilgan tartibda mablagʻlar jalb qilish hamda uning muassisligidagi tashkilotlarga taqsimlash vazifasini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kompaniya oʻz muassisligidagi tashkilotlarning asosiy faoliyati uchun metodologiyalarni ishlab chiqadi hamda ular faoliyatining tavakkalchilik darajalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Kompaniyaga uning muassisligidagi tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlarining foiz stavkalari va tariflarini belgilash, ularning miqdori, parametr, qoida va shartlariga oʻzgartirish kiritish hamda shu bilan bogʻliq ichki meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2026-yil 1-yanvarga qadar Kompaniyaning “Tadbirkor” axborot tizimi 1-ilovada keltirilgan tashkilotlarning axborot tizimlari bilan oʻrnatilgan tartibda integratsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-176-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimlari “Tadbirkor” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan tashkilotlar roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlar

Maʼlumot turi

I. “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadigan tashkilotlar

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan tadbirkorlik subyektlariga hisoblangan va toʻlangan subsidiya hamda boshqa moliyaviy yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari tizimidagi ishtiroki va xaridlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tadbirkorlik subyektlaridagi ishchilar, ularning bandlik holati va mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar;

ishsizlik nafaqasi boʻyicha maʼlumotlar.

3.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

4.

Soliq qoʻmitasi

Soliq toʻlovchining roʻyxatga olish maʼlumotlari;

soliq toʻlovchilarning tushumi, tovar aylanmasi, qarzdorligi hamda ortiqcha toʻlovlari haqida maʼlumotlar;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar boʻyicha maʼlumotlar;

tadbirkorlik subyektlarining taʼsischilari va rahbarlari haqida maʼlumotlar.

5.

Majburiy ijro byurosi

Tadbirkorlik subyektlarining ijro ishlari, qarzdorliklari, toʻlovlarning bajarilishi hamda cheklov va taqiqlar haqidagi maʼlumotlar.

6.

Bojxona qoʻmitasi

Tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalari, hajmlari, bojxona deklaratsiyalari, bajarilgan toʻlovlar, cheklov va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

7.

Kadastr agentligi

Tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

8.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band shaxslarning elektr energiyasi boʻyicha qilgan toʻlovlari va mavjud qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

9.

“Hududgaztaʼminot” AJ

Tadbirkorlik subyektlari va oʻzini-oʻzi band shaxslarning tabiiy gaz boʻyicha qilgan toʻlovlari va mavjud qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

II. Toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilinadigan tashkilotlar

10.

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi

Tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning kredit tarixi, kredit reytingi, qarzdorliklar holati, kafolatlar va garovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

11.

Tijorat banklari

Tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va uning muassisligida tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan yordam taqdim etish hisobiga ajratilgan kreditlar boʻyicha maʼlumotlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar tashkilotlarning axborot tizimlarida bepul taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy xizmatlaridan foydalanishi uchun jismoniy va yuridik shaxslaring roziligi asosida ularning maʼlumotlari taqdim etiladi va qayta ishlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kafolat va kafilliklar taqdim etishni kengaytirish

1.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” nobank kredit tashkilotini tashkil etish.

Jamiyat tashkil etilgunga qadar Kompaniya tomonidan kafolat yoki kafillik taqdim etishni davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

2.

Kafolat va kafillikni oʻrta va yirik tadbirkorlarning aylanmasidan kelib chiqib taqdim etish amaliyotini joriy etish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

3.

“Yashil” va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni koʻzda tutuvchi hamda tadbirkor yoshlar va ayollar loyihalari uchun taqdim etiladigan kafolat va kafillikning miqdorini oshirish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

4.

Qishloq xoʻjaligi loyihalariga ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 75 foizigacha kafolat yoki kafillik taqdim etish, bunda tavakkalchilik darajasini davlat, Kompaniya va tijorat banki oʻrtasida taqsimlash tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2026-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Markaziy bank

(Turdaliyev),

Kompaniya

(Maxamatov)

5.

Kompaniyaning kafolati yoki kafilligi bilan taʼminlangan tijorat banklar aktivlarining tavakkalchilik darajasini belgilash yuzasidan Markaziy bankka taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

II. Kredit (lizing) uchun resurs ajratish, kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimini takomillashtirish

6.

“Yashil” va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda yoshlar va ayollar tadbirkorligi loyihalariga ajratiladigan kredit (lizing) uchun resurslar miqdorini 1,5 barobarga oshirish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

7.

Davlat budjeti va markazlashgan mablagʻlar hisobidan kredit (lizing) ajratish uchun joylashtirilayotgan resurslarni xatlovdan oʻtkazgan holda yagona yondashuv asosida resurslarni joylashtirish vazifasini Kompaniyaga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2026-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

8.

Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:

amalda taqdim etilayotgan kompensatsiya sohalarini tahlil qilish;

kompensatsiya taqdim etish lozim boʻlgan soha yoʻnalishlarini aniqlab olish va reyestrini shakllantirish;

kompensatsiya muddatlari, kompensatsiya qilinadigan kredit miqdorlari va stavkalari boʻyicha chegaralarni qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov)

9.

Kredit foiz xarajatlarini qoplash uchun taqdim etilayotgan kompensatsiya mablagʻlaridan foydalanishda:

loyihalar boʻyicha kredit mablagʻlari shartnomada belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirilganda hamda uning hisobiga mahsulot (xizmat)lar haqiqatda loyihani amalga oshirish manziliga yetkazib berilganda taqdim etilayotgan kompensatsiya mablagʻlaridan maqsadli foydalanilgan deb belgilash;

kompensatsiya taqdim etilishi orqali amalga oshirilayotgan loyihalarda realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) boʻyicha tushumning ortib borishini kompensatsiyadan samarali foydalanishning meʼyori etib belgilash;

loyihani amalga oshirish davrida yuz bergan koʻzda tutilmagan holatlardan kelib chiqib, kompensatsiya taqdim etish davrini qayta koʻrib chiqish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

III. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish

10.

Xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

mikromoliyalash koʻlamini kengaytirish maqsadida inklyuziv moliyalashtirish tizimini joriy etish va kelgusida tashqi va ichki investorlardan resurs jalb qilish;

Fondlar fondini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni kengaytirish.

Axborot xati

2025-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

11.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sogʻlomlashtirish va yiriklashuvini ragʻbatlantirish uchun nomoliyaviy xizmatlarni, xususan, raqamlashtirish, marketing va menejmentni yaxshilash xizmatlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

12.

Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarini islom moliyasi asosida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Kompaniya

(Maxamatov)

13.

Davlat tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligini yaxshilash uchun ilmiy markaz tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish.

Axborot xati

2026-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

IV. Kompaniyaning institutsional salohiyatini yanada oshirish

14.

Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etib, Kompaniya va uning muassisligida tashkil etilgan jamiyatlarning oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2026-yil iyul

Kompaniya

(Maxamatov)

15.

Ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish va tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqish uchun 300 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan boshlab har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

16.

Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, taqdim etilayotgan moliyaviy yordamlar samaradorligi va erishilgan natijalar toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish, jumladan, “Davlat — tadbirkorga madadkor” teledasturini tashkil etish va efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan boshlab har chorakda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

OʻzMTRK

(Jurabayev)

17.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordamlar samaradorligini aniqlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatidan kelib chiqib qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Kompaniya

(Maxamatov),

Milliy statistika qoʻmitasi

(Hamroyev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

18.

Kompaniyaning “xizmatlar ipotekasi” va “ustav kapitaliga ulush kiritish” moliyaviy instrumentlarini tadbirkorlik subyektlariga taqdim etish vakolatini Kompaniya muassisligida tashkil etilgan “TRK Invest” MCHJga oʻtkazish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

19.

Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladigan olis va borish qiyin boʻlgan hududlar roʻyxatini tasdiqlash.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib toʻlanishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib toʻlanishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu bandning “a” kichik bandidagi tadbirlarni tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektining faoliyatini sogʻlomlashtirish maqsadida Kompaniyaga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditni “qayta moliyalashtirish” hamda “resurs joylashtirish” uchun unga oʻn yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion soʻm, shu jumladan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard soʻm hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard soʻm miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy bankka kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish vazifasini yuklash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 6-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) Kompaniya va uning muassisligidagi tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq moliyaviy instrumentlarini xorijiy valyutada taqdim etish huquqi beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2-ilovaning 7-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “15 baravar 2027-yilda 10 baravarga” soʻzlari “15 baravarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-70-son Farmoni 9-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barcha toifasiga mansub boʻlgan qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratiladigan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha kafillik hamda 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kompensatsiyalar taqdim etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik va kompensatsiyalar kredit summasidan qatʼi nazar taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik — har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kichik tadbirkorlik subyektiga 2,5 milliard soʻmdan, oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 milliard soʻmdan, yirik tadbirkorlik subyektlari uchun 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-71-son Farmoni 2-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va boʻyash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning kredit summasidan qatʼi nazar 7 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya qilib beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 44-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

44.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga muvofiq quyidagilar yuzasidan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish:

1. Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish.

2. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq toʻlash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik.

3. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish.

4. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida toʻliq aks ettirmaslik.

Soliq qoʻmitasi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-3464-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisidan “, ularning roʻyobga chiqarilishini monitoring va tahlil qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentabrdagi “Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4846-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Palataning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi tomonidan Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tavakkalchilikni tahlil qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida aniqlanadigan, yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 10 milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining soliqlar boʻyicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinishi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 3-bandning uchinchi xatboshisi “Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlaridan keyin “hamda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilovaning 14-bandi birinchi xatboshisidagi “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlari “davlat yongʻin nazorati organlari, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar hamda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-378-son qarorining 9-bandi “g” kichik bandi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlaridan keyin “hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi” soʻzlari “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalari soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining” soʻzlari “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining” soʻzlari bilan, “Urgut” EIZning” soʻzlari “Nukus” va “Chiroqchi” EIZlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Belgilansinki, “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanlaridagi hududlarida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Urgut” EIZning Beruniy va Kitob tumanidagi” soʻzlari “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori 7-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-366-son qarori 2-bandining “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“300 milliard soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalarni mahalliy kapital bozorlarida muomalaga chiqarish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-312-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablagʻlari bilan taʼminlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kompaniyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dastlabki ajratiladigan 3 trillion soʻmni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun — 11,5 foiz stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Kambagʻal oilalar reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish oʻrniga qoʻshimcha ravishda 10 million soʻmgacha, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratilgan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun 9 foiz stavkada 3 yil muddatgacha joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kelgusida mablagʻlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mikrokredit beruvchilar tomonidan 7 yilgacha boʻlgan muddatga ajratilgan 100 million soʻm doirasidagi mikrokreditlar Kompaniya tomonidan 10 (oʻn) ish kunida qayta moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Kompaniya mablagʻlari ustuvor ravishda 3 — 5-toifadagi tumanda (shaharda) roʻyxatdan oʻtgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mikrokreditlar Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilganda yoki ular boʻyicha portfel kafilligi berilganda, mazkur mikrokreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmonida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentda, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSH dollari, “Mikrokreditbank” ATBga 30 million AQSH dollari va “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) 35 mln AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Kompaniyaga ajratilgan mablagʻlar u tomonidan tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foizlik punkt yuqori stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatgacha tijorat banklariga kredit resursi sifatida joylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)