11.01.2023 yildagi PQ-2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” va Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muvaffaqiyatli tajribasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga muvofiq Beruniy tumanidagi 22,3 gektar, Kitob tumanidagi 37,4 gektar bo‘sh turgan yaylov va lalmi yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi 22,3 gektar hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 37,4 gektar yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalari hududini kengaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi hududlari (keyingi o‘rinlarda — “Nukus” va “Chiroqchi” EIZlarning Beruniy va Kitob tumanidagi hududlari) bosh rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanlaridagi hududlarida:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanidagi hududlari tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-aprelga qadar amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.U. Ermanov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi PQ-2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladigan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi,

ga

Shundan:

Tuproq bonitet bali

lalmi yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Beruniy tumanidan tanlangan yerlar

22,3

22,3

1.

“Abay” MFY

Tuman zaxira yerlari

Raqamlanmagan

22,3

22,3

Baholanmagan

Kitob tumanidan tanlangan yerlar

37,4

37,4

2.

“Makrid” MFY

Tuman zaxira yerlari

104

4,4

4,4

23

3.

“Shurobsoy” MFY

Tuman zaxira yerlari

2k

33,0

33,0

23

JAMI:

59,7

37,4

22,3

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 07/23/2/0025-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)