25.08.2025 yildagi 537-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining buyrugʻini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini sotish masalalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi yoki miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalarining tegishli buyrugʻini elektron axborot almashinuvi yoʻli bilan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali olish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat muassasalarida davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mazkur qaror talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
537-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-avgustdagi 537-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) buyrugʻini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqa xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish, davlat ishtirokidagi korxonalar yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini begonalashtirish masalalarini majburiy tartibda Agentlik bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nizom davlat ulushining xususiylashtirilishi natijasida uning miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari davlat ishtirokidagi korxonalar va tegishli ishonchnoma asosida ariza berish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Agentlik va uning hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxona — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasi — boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda toʻliq yoxud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki — respublika mulkidan va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan ommaviy mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi — xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan aksiyalar yoki ulushlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ariza quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda (qayta tashkil etishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchi elektron shaklda vakolatli organga quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) ilova qilgan holda ariza bilan murojaat etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish) boʻyicha normativ-huquqiy hujjat (agar davlat muassasasi muassis qarori bilan tashkil etilganda uning qarori), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va/yoki miqdorining oʻzgarishi haqidagi davlat ishtirokidagi korxonalarning vakolatli boshqaruv organlarining tegishli qarori (bunda xoʻjalik jamiyatining davlat ulushi davlat mulki sifatida olinganda Vazirlar Mahkamasining qarori) hamda taʼsis hujjatiga ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisida taqqoslash jadvali (agar bunday oʻzgartirishlarni taʼsis hujjatiga kiritish zarurati boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat muassasasining muassisi tomonidan tasdiqlangan Nizom yoki davlat ishtirokidagi korxonaning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan ustav. Bunda nizom yoki ustav normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlangan yoki tasdiqlanishi belgilangan boʻlsa, nizom yoki ustavni ilova qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

mudofaa, qurolli kuchlar, xavfsizlik organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha — Agentlikning markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning beshinchi xatboshisidagi organlarning muassisligi (ishtiroki)dagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy miqyosdagi tashkilotlar boʻyicha — Agentlikning hududiy boshqarmalarining buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha arizani koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rozilik berish, rad etish va toʻxtatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra, besh ish kunida vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli buyruq yoki rad etish toʻgʻrisidagi xulosa ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Arizaga quyidagi hollarda rad etish toʻgʻrisidagi xulosa taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasining muassisi etib nodavlat tashkiloti belgilanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushini shakllantirishning yoki miqdori oʻzgarishining manbasi koʻrsatilmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchining arizani koʻrib chiqishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushganda vakolatli organ tomonidan arizani koʻrib chiqish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi yoki miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga vakolatli organning tegishli buyrugʻini elektron axborot almashinuvi orqali olgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakolatli organning tegishli buyrugʻi mavjud boʻlmagan taqdirda, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vakolatli organ bilan kelishilishi majburiy boʻlgan masalalar boʻyicha xulosa olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat ishtirokidagi korxonalarning quyidagi masalalari boʻyicha vakolatli organ bilan oldindan kelishilishi majburiy hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlarini sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari, shu jumladan, Agentlik aksiyador (ishtirokchi, taʼsischi) boʻlgan korxonalar boʻyicha — Agentlikning markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy miqyosdagi tashkilot va idoralar, shu jumladan, Agentlikning hududiy boshqarmalarining aksiyador (ishtirokchi, taʼsischi)ligida boʻlgan korxonalar boʻyicha — Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkiy masalalari boʻyicha Agentlik bilan kelishish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat ishtirokidagi korxonalar vakolatli organ bilan kelishiladigan masalalar boʻyicha arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uchinchi shaxslar tomonidan davlat ishtirokidagi korxonaga investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan investitsiya taklifi va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritishning korxonaga taʼsirini baholash boʻyicha xulosa va biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu masala maʼqullangani toʻgʻrisidagi davlat ishtirokidagi korxonaning kuzatuv kengashi qarori;

agar kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan holda ijro organi yoki davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini bajaruvchining murojaati;

b) davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqa xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida ishtirok etilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlarining pasport maʼlumotlari hamda oxirgi uch yillik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlari va biznes-rejalari (ushbu hujjatlar mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida ishtirok etish rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlari hamda ularga oxirgi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu masala maʼqullangani toʻgʻrisidagi davlat ishtirokidagi korxonaning kuzatuv kengashi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan holda ijro organi yoki davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini bajaruvchining murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlariga asosan rozilik olish talab etilsa, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining oldindan roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat ishtirokidagi korxonalar yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish) boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etish (qayta tashkil etish)ning zarurati yuzasidan xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu masala maʼqullangani toʻgʻrisidagi davlat ishtirokidagi korxonaning kuzatuv kengashi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan holda ijro organi yoki davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini bajaruvchining murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis hujjatlari hamda ularga oxirgi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlariga asosan rozilik olish talab etilsa, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining oldindan roziligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyekti negizida uchinchi shaxs ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish (sotish) boʻyicha arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga murojaat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyekti negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yoki ushbu koʻchmas mulk obyektini begonalashtirish (sotish) zarurati yuzasidan xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishliligi boʻyicha ariza beruvchining yuqori turuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari xulosasi yoki ushbu masalani maʼqullash toʻgʻrisidagi davlat ishtirokidagi korxonaning vakolatli boshqaruv organining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektining pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektini baholash hisobotining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 11 va 13-bandlarida nazarda tutilgan kelishilishi majburiy boʻlgan masalalar, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar asosida vakolatli organ tomonidan oʻn ish kunida oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qoʻshimcha oʻrganish yoki hujjatlarga zarurat boʻlgan taqdirda, besh ish kunida bu haqda ariza beruvchiga qoʻshimcha hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi yoxud joyiga chiqqan holda oʻrganilishi lozimligi boʻyicha javob xati yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ tomonidan besh ish kunida oʻrganish natijasidan kelib chiqib, ijobiy xulosa yoki rad etish xulosasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizaga quyidagi hollarda rad etish toʻgʻrisidagi xulosa taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan koʻchmas mulk obyekti xususiylashtirilishi belgilangan boʻlsa yoki savdolarga chiqarilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritilishi, ishtirok etilishi va/yoki tashkil etilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyati davlat ishtirokidagi korxonaning asosiy faoliyatiga nisbatan nosohaviy hisoblanganda yoki bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan soha boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu jamiyatning boshqaruv organlarida korporativ qarorlarni qabul qilishda davlat ishtirokidagi korxonaning manfaatlari lozim darajada himoyalanmaganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va/yoki belgilangan tartibda tasdiqlash amaldagi qonunchilik hujjatlariga mos kelmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitalida ishtirok etilishi rejalashtirilayotgan jamiyatning moliyaviy natijalari salbiy boʻlganda arizaga rad etish toʻgʻrisida xulosa taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha arizani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari

Tashkil etiladigan davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxona boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni va uning ustavi (nizomi)ni, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning qonunchilik hujjatlariga mosligini aniqlaydi.

Besh ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari

Arizani oʻrganish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar asosida xulosa tayyorlanadi hamda davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rozilik berish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasining buyrugʻi qabul qilinadi yoxud uni rad etish boʻyicha javob xati yuboriladi.

Besh ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkiy masalalari boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), boshqa xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etishi bilan bogʻliq bitimlar tuzish, ular yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni qayta tashkil etish, koʻchmas mulk obyektlarini begonalashtirish (sotish) maqsadga muvofiqligini oʻrganadi.

Oʻn ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari

Arizani oʻrganish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar asosida xulosa tayyorlanadi va uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), boshqa xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish, davlat ishtirokidagi korxonalar yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini begonalashtirish (sotish) maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xulosasi ariza beruvchiga yuboriladi.

Besh ish kuni ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 09/25/537/0778-son)