21.08.2025 yildagi PF-141-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va amaliyot uzviyligini ta’minlash orqali professional sudyalar korpusini shakllantirish, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sud-huquq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor maqsadlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash, ta’lim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bo‘lajak sudyalarda mustaqil, xolis, beg‘araz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish uslublarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tinglovchi va talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudya va sud apparati xodimlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) sud faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) o‘quv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan idoralararo tajriba almashish, shuningdek, sud tizimi uchun huquqshunos kadrlar tayyorlovchi, shu jumladan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga ixtisoslashgan xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Adliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiyada ta’lim jarayoni ustoz-shogird an’anasi asosida “bo‘lajak sudyani sudya o‘qitadi” tamoyiliga muvofiq tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiya Sudyalar oliy maktabining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Akademiyaga Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rektor rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Akademiya rektori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport ta’minoti shartlariga ko‘ra Oliy sud raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Akademiya prorektorlari Sudyalar oliy kengashi raisi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Akademiya prorektorlari va professor-o‘qituvchilariga Oliy sud sudyalari uchun, Akademiyaning boshqa xodimlariga esa Oliy sud apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport ta’minoti shartlari va boshqa imtiyozlar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Akademiyaning oldingi ish joyi bo‘yicha harbiy, maxsus va darajali unvonlar hamda malaka (mansab) darajasiga ega xodimlariga Oliy sud uchun nazarda tutilgan mansab darajalari tegishliligicha beriladi, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi, ularning Akademiyada ishlagan davri harbiy, maxsus va darajali unvonlar hamda malaka (mansab) darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) Akademiyaga ishga jalb etilgan va malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudya uchun belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlar, tibbiy va pensiya ta’minoti sharoitlari saqlab qolinadi. Ushbu shaxslarning Akademiyada ishlagan vaqti sudyalik stajiga qo‘shiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudyalar oliy kengashi raisi Akademiya faoliyatini samarali tashkil etishga, natijadorlikni ta’minlashga hamda uning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan idoralararo hamkorligini muvofiqlashtirib borishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sudyalarni qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida (keyingi o‘rinlarda — kasbiy qayta tayyorlash kurslari) davlat granti asosida sud ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlangan holda asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga kirish uchun Sudyalar oliy kengashi tomonidan nomzodlarning benuqson obro‘-e’tibori, halolligi va layoqatliligi bo‘yicha kasbiga munosibligi o‘rganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish psixologiya, chet tillari va sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish hamda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tashkil etiladigan idoralararo komissiya tomonidan o‘tkaziladigan yozma imtihon va yakka tartibdagi suhbatdan iborat tanlov orqali amalga oshiriladi. Bunda test sinovlari Akademiya buyurtmasiga binoan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) kasbiy qayta tayyorlash kurslari qonunchilikni qo‘llash ko‘nikmasining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda “nazariya — amaliyot-imitatsiya” tamoyili asosida dual ta’lim shaklida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining amaliy ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar deontologik uslubda o‘tkaziladi. Bunda tinglovchilarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, sud-ekspertiza va boshqa davlat organlari va muassasalari faoliyatida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashg‘ulotlari joriy etiladi, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv darslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganda Sudyalar oliy kengashi rahbarligida tashkil etiladigan idoralararo komissiya tomonidan yakuniy attestatsiya imtihoni o‘tkaziladi hamda undan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga uch yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini Davlat budjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Akademiyada malaka oshirishning yangicha uslublarini tatbiq etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiyada sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) besh yil muddatga tayinlangan sudyalar — har ikki yilda ikki haftadan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘n yil muddatga tayinlangan sudyalar — har uch yilda ikki haftadan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais o‘rinbosarlari, shuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar — har uch yilda bir haftadan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) faoliyat samaradorligi reytingining past ko‘rsatkichlariga ega sudyalar — navbatdan tashqari ikki haftadan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sud apparati xodimlari (sudya yordamchisi, devonxona va arxiv mudirlari) — har ikki yilda bir haftadan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) amaldagi sudyalar uchun Oliy sud tomonidan belgilanadigan murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sud apparati xodimlarining malakasini oshirish Oliy sud buyurtmasi asosida rejali, shuningdek, ularning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tuman (shahar) va viloyat sudlarining tegishli rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalar davomiyligi ikki oygacha bo‘lgan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarining o‘qish davomida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar) va viloyat sudlarida tegishli rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ishdan ajralgan holda tashkil etiladi hamda kurslarni tamomlagan sudya va sud apparati xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Akademiyada o‘qitishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiyada 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha amaliy magistratura dasturi asosida o‘qitish tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) magistratura bosqichida o‘quv jarayoni ta’limning kunduzgi va kechki shakllarida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiyaga qabul qilishda nomzodlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiyada ta’lim olish muddati magistratura dasturi bo‘yicha bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik ta’limning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Akademiya magistratura dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari har yili Akademiya Kengashi taklifi asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Akademiya magistraturasida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etilib, uning qiymati Akademiya Kengashi va Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Akademiya faoliyatini samarali tashkil etish va Farmon ijrosini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining shtat jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sudyalar oliy kengashiga — hududlarning ixtisoslik bo‘yicha sudya kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda hududlar kesimida kvotalarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudga — Akademiyaga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiya Kengashiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Akademiyada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarni Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) professor-o‘qituvchilar tarkibining mehnatini me’yorlashtirish, ish vaqtini faqat o‘quv tadbirlariga asoslangan holda mustaqil tashkil etish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Akademiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yetakchi ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv jarayonlariga jalb etish. Bunda jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish va pulli xizmatlardan tushgan mablag‘larni Akademiya tasarrufida qoldirish va ushbu mablag‘larni Akademiya tinglovchilarining xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tashiga, xorijiy ekspertlarni o‘quv jarayoniga jalb etishga, pulli o‘quv kurslari ma’ruzachilarining ish haqini to‘lashga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ilmiy faoliyat, ta’lim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) Akademiyada ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) korxona, muassasa va tashkilotlarning buyurtmasiga asosan sudga murojaat qilish va nizolarni ko‘rishda ularning protsessual huquqlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha xodimlarning bilimlarini oshirish maqsadida to‘lov asosida maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Akademiya rektoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum va bitimlar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiyada to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 2025-yilda Akademiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjetidan Sudyalar oliy maktabini saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Akademiyada budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi bilan birga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi ularning mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va stajirovka o‘tashida ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiyaning buyurtmasiga binoan o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil yakuniga qadar Akademiyani joylashtirish hamda bino va xonalarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, Akademiyani zarur o‘quv-uslubiy baza bilan ta’minlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab Sudyalar oliy maktabining amaldagi o‘quv muddatlarini qisqartirishdan iqtisod qilinayotgan mablag‘lar hisobidan Akademiya tuzilmasiga 20 tagacha professor-o‘qituvchilar shtat birligini kiritish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4096-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Sudyalar oliy kengashi raisi X.B. Yodgorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-141-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Matbuot xizmati

1

Rektor

Akademiya kengashi

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi

3

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor

Ilmiy, innovatsiyalar va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektor

Buxgalteriya

2

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi

3

O‘quv-uslubiy bo‘lim

2

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi

1

Kadrlar bo‘limi

1

Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Magistratura fakulteti

2

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi

1

Devonxona va arxiv

1

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

1

Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Xo‘jalik bo‘limi

1

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

1

Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

4

Axborot-resurs markazi

1

Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

2

Axborot-texnikaviy ta’minot va masofaviy o‘qitish bo‘limi

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtat birliklarining umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 37 birlik, shu jumladan, professor-o‘qituvchilar tarkibi — 18 birlik, boshqaruv xodimlari — 19 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning soni oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RAZRYADLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

Tarif koeffitsiyenti

Rektor

19

17,276

Prorektor

18

12,211

Fakultet dekani, kafedra mudiri, kafedra professori

18-5%

Kafedra dotsenti

17

9,965

Kafedra o‘qituvchisi

17-5%

Bo‘lim boshlig‘i, bosh buxgalter

16

6,490

Matbuot xizmati rahbari

15

6,146

Bosh mutaxassis, devonxona va arxiv mudiri

14

5,810

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHTAT JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Shtat birliklari soni

Rektor

1

Prorektor

2

Matbuot kotibi

1

O‘quv-uslubiy bo‘lim

2

Bo‘lim boshlig‘i

1

Bosh mutaxassis

1

Magistratura fakulteti

2

Dekan

1

Bosh mutaxassis

1

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

1

Dekan

1

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

2

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

2

Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

2

Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi

3

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

2

Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

1

Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

4

Kafedra mudiri

1

Kafedra o‘qituvchisi (professor, dotsent)

3

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-resurs markazi

1

Bosh mutaxassis

1

Axborot-texnikaviy ta’minot va masofaviy o‘qitish bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Buxgalteriya

2

Bosh buxgalter

1

Bosh mutaxassis

1

Kadrlar bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Devonxona va arxiv

1

Devonxona va arxiv mudiri

1

Xo‘jalik bo‘limi

1

Bosh mutaxassis

1

Jami

37

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘qishga qabul qilish tizimini tashkil etish va ta’lim sifatini oshirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Kengashi  tarkibini shakllantirish, uning majlisini o‘tkazish va nizomini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025 yil sentabr

-

Akademiya

2.

Akademiyaning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

3.

Nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

4.

Akademiyada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarini Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Akademiya Kengashi

5.

Hududlarning ixtisoslik bo‘yicha sudya kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda hududlar kesimida kvotalarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

6.

Akademiyaning magistraturasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymatini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

Belgilangan muddat doirasida

-

Akademiya Kengashi,

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

7.

Akademiyaning o‘quv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan, mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, ta’lim oluvchilarni baholash va reytingini shakllantirish, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dasturiy majmualarni joriy etish, tinglovchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini monitoring qilish tizimini joriy etish bo‘yicha texnik topshiriq va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

Alohida reja asosida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

8.

Akademiyada videokonferensiya o‘tkazish, shuningdek, interfaol elektron kurslarni ishlab chiqish, onlayn baholash va so‘rovnomalar o‘tkazish uchun uskunalar, qurilmalar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish va o‘rnatish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil davomida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

9.

Akademiya imijini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tashkiliy choralarni ko‘rish:

Akademiya rasmiy ramzlarini tasdiqlash;

Akademiyaning rasmiy veb-saytini zamon talablari asosida ishga tushirish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va Akademiya haqidagi xolis ma’lumotlarni yetkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 yil davomida

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

10.

Akademiyaning magistratura mutaxassisligi nomi va shifrini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori”ga kiritish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

11.

Qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga beriladigan sertifikat namunasini tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil oktabr

-

Akademiya Kengashi

II. O‘quv jarayonini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

12.

Akademiyani amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislar, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini qo‘llay oladigan ilmiy-pedagog kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr,

doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya Kengashi

13.

Akademiyani joylashtirish hamda bino va xonalarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar, telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlashni, shuningdek, Akademiyani zarur o‘quv-metodik bazasi bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Davlat budjeti mablag‘lari,

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

14.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Akademiya tuzilmasiga 20 tagacha shtat birligini kiritish choralarini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr,

belgilangan muddat doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining mulkini, jumladan avtotransport vositalarini Akademiya balansiga o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya

16.

Akademiya o‘qituvchilari va tinglovchilarining yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish kurslari va stajirovkani o‘tashi hamda o‘qishida ko‘maklashish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

17.

Akademiya buyurtmasi bo‘yicha uning o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Akademiyaning murojaati asosida

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

18.

Akademiyaning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Akademiya Kengashi

19.

Amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi metodika va taktikalar asosida yangi avlod darsliklari, o‘quv va o‘quv-amaliy qo‘llanmalarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel,

doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Akademiya Kengashi

20.

Akademiyaning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Akademiya talabiga ko‘ra

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

21.

Akademiyani “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondiga bepul asosda ulanishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr,

doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva)

22.

Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

-

Akademiya Kengashi

III. Sifatli ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratish

23.

Akademiya huzurida Ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etish. Bunda Akademiya rektoriga ilmiy kengash tarkibiga jalb etilgan mutaxassislarni rag‘batlantirishni amalga oshirish huquqini berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Doimiy ravishda

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

24.

Akademiyada quyidagilarni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorlik tizimini yaratish:

xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida xorijiy davlatlarning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;

o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish;

xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va bitimlarni tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur “Yo‘l xaritasi”dagi tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarish muddati qo‘shma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5482-son Farmoni 5-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Odil sudlov akademiyasi rektori va prorektorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama to‘lanmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasidagi “Sudyalar oliy maktabi” bloki “Odil sudlov akademiyasi” bloki bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6134-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning birinchi xatboshisidagi “Sudyalar oliy maktabi” so‘zlari “Odil sudlov akademiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddan “Sudyalar oliy maktabi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) rektori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-banddagi “Oliy maktab” va “Oliy maktabning” so‘zlari tegishincha “Akademiya” va “Akademiyaning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4997-son farmoyishining 1-bandi ikkinchi xatboshisidan “Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)