1-ILOVA
|
T/r |
Hududlar nomi |
Tumanlar nomi |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Taxtakoʻpir tumani |
|
Qoʻngʻirot tumani | ||
|
2. |
Andijon viloyati |
Qoʻrgʻontepa tumani |
|
Ulugʻnor tumani | ||
|
3. |
Buxoro viloyati |
Romitan tumani |
|
Buxoro tumani | ||
|
4. |
Jizzax viloyati |
Zarbdor tumani |
|
Sharof Rashidov tumani | ||
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Nishon tumani |
|
Koson tumani | ||
|
6. |
Navoiy viloyati |
Qiziltepa tumani |
|
Navbahor tumani | ||
|
7. |
Namangan viloyati |
Kosonsoy tumani |
|
Pop tumani | ||
|
8. |
Samarqand viloyati |
Kattaqoʻrgʻon tumani |
|
Bulungʻur tumani | ||
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Jarqoʻrgʻon tumani |
|
Muzrabot tumani | ||
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
Sardoba tumani |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Ohangaron tumani |
|
Quyi Chirchiq tumani | ||
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Oʻzbekiston tumani |
|
Furqat tumani | ||
|
13. |
Xorazm viloyati |
Urganch tumani |
|
Shovot tumani |
2-ILOVA
|
1. |
B. Mavlonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari, Kengash raisi |
|
2. |
B. Norqobilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A. Karimov |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
|
4. |
F. Poʻlatov |
— |
Kadastr agentligi direktori |
|
5. |
A. Qosimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
6. |
B. Raxmatullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
7. |
F. Djalilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
8. |
A. Xaitov |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
|
9. |
O. Musayev |
— |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi |
|
10. |
B. Isayev |
— |
“Parrandasanoat” uyushmasi raisi |
|
11. |
Sh. Baxriddinov |
— |
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi |
|
12. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari |
|
13. |
U. Ismoilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi |
3-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Ijro uchun masʼullar |
I. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimini tartibga solish boʻyicha | |||||
1. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish. 2. Ustavni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Markazni kadrlar bilan toʻldirish. 3. Markazni joylashtirish va aloqa vositalari bilan taʼminlash. 4. Markazni zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2023-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
2. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi hamda identifikatsiya tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish. 2. Hududlardagi chorva va uy hayvonlari bosh soni qamrab olinganligi holatini oʻrganish. 3. Respublika hududlaridagi kushxonalar, mol bozorlari, ichki postlar joylashuvini, shuningdek, chorva hayvonlarining bir hududdan boshqa hududga oʻtish harakatlarini tahlil qilish. 4. Mazkur tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | 2023-yil 20-noyabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
3. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini respublikada toʻgʻri tashkil etish maqsadida ushbu yoʻnalishda ijobiy natijalarga erishgan davlatlarning ekspertlarini jalb etgan holda taklif kiritish. | 1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini ishchi guruh tuzgan holda joyida oʻrganish. 2. Xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislarini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish va ularni jalb etish. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2023-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
4. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimining tartib-taomillarini ishlab chiqish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida identifikatsiya tizimini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. 2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha xorijiy davlatlarning tajribalari asosida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish. 3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | 2023-yil 10-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
5. | “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish. 2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilgan xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish. 3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash, muhokama qilish va kelishish. 4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | 2023-yil 31-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
6. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislarning malakasini oshirish. | 1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich masofaviy shaklda nazariy bilimlarni berish. 3. Tajribali mutaxassislar tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklarida amaliy bilimlar berishni tashkil etish. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
7. | Xorijiy hamda mahalliy kompaniya va konsultantlarni jalb qilgan holda identifikatsiya qilish tizimida roʻyxatga olingan qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilish rejasi toʻgʻrisida maʼlumotlar, maslahat va xabarlar, savdo maydonchasi va subsidiya berish tizimini oʻz ichiga olgan mobil platformani ishlab chiqib, ishga tushirish. | 1. Xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda xorijiy hamda mahalliy kompaniyalar va konsultantlarni jalb qilish. 2. Qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilishning mavsumiy va davriy grafiklari hamda bu toʻgʻrisida aholi va fermerlarni xabardor qilish mexanizmini ishlab chiqish. 3. Chorvachilik sohasida mahsulotlarni sotish maydonchasi va subsidiya berishning elektron xabardor qilish loyihasini tayyorlash. 4. Mazkur mobil platforma boʻyicha texnik topshiriqlar (TT) loyihasini ishlab chiqish. 5. Ushbu tizim boʻyicha mobil platforma dasturini ishga tushirish. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2024-yil 1-mart | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
8. | Hayvonlarni roʻyxatga olish xalqaro qoʻmitasining normalariga muvofiq, chorva va uy hayvonlarini identifikatsiya qilishda qoʻllanadigan chip, jeton, birkalarni olib kelish choralarini koʻrish. | 1. Xalqaro standartlarga muvofiq chip, jeton, birkalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish. Bunda, hayvonlarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan individual raqam berish, hayvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritishni nazarda tutish. 2. Xalqaro tajribalar asosida talablarga javob beradigan chip, jeton va birkalar zaxirasini tashkil etish. | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
II. Naslchilik sohasini takomillashtirish boʻyicha | |||||
9. | Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish. 2. Ustavni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Markazni kadrlar bilan toʻldirish. | - | 2023-yil 20-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
10. | Markazni joylashtirish va uning oʻz faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish. | 1. Markazni koʻchirish va uni joylashtirish uchun Toshkent viloyatidan sugʻoriladigan ekin yerlari va infratuzilma tarmogʻi (elektr energiya, gaz, suv va yoʻl) mavjud boʻlgan hududlarni oʻrganish va tanlash. 2. Mazkur hududdan Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni qurish uchun yer maydoni ajratish. | - | 2023-yil 10-noyabr | Toshkent viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
11. | Markazni koʻchirish va joylashtirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining zamonaviy master-rejasini ishlab chiqish. | 1. Naslli materiallar ishlab chiqarish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish. 2. Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining dastlabki loyihasini shakllantirish. 3. Oʻrganilgan xalqaro tajribalar asosida zamonaviy master-reja ishlab chiqish. | Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2023-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
12. | Markazni koʻchirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish. | 1. Xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy master-rejaga koʻra Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish loyihasini tayyorlash. 2. Pudratchi tashkilotlar bilan qurilish ishlarini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish. 3. Qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish. 4. Qurilish ishlarini yakunlash, topshirish va qabul qilish. | Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2025-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
13. | Markazga qarashli Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yigʻini, Milliy bogʻ koʻchasida joylashgan bino va inshootlarni yer maydoni bilan birga sotish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish. | 1. Obyektni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish. 2. Obyektni zaruratga qarab lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotuvga chiqarish. 3. Obyektni sotishdan tushgan mablagʻlarni toʻliq Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. | - | Markaz faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilgandan soʻng | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
III. Chorvachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha | |||||
14. | 2023-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilik xoʻjaliklari oʻz ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining kafolati asosida 180 kun ichida toʻlab berish tizimini joriy etish. | Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tartib ishlab chiqish va tasdiqlash. | - | 2023-yil 20-noyabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi |
15. | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasini nazorat qilish boʻlimi va hududiy boʻlinmalarining shtat birliklarini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish. | 1. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini hududlar kesimida tahlil qilish. 2. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini belgilangan tartibda qabul qilish. 3. Naslchilik sohasini monitoring qilish boʻyicha yangi vazifalarni va ish tartibini joriy etish. | - | 2023-yil 10-noyabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
16. | Quyidagi tartibda subsidiya ajratish tizimini joriy etish: chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida; parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 15 ming soʻmini qoplash uchun. | Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | 2023-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi |