01.08.2025 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sea breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9 va 24-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq, respublikada ichki va tashqi turizm uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali zamonaviy kurort barpo etish, shuningdek, biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidagi 577 gektar yer maydonida qiymati 5 mlrd AQSH dollarini tashkil etadigan umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan “Agalarov Development” MCHJ (Ozarbayjon) ishtirokidagi “Sea Breeze Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona (keyingi oʻrinlarda — “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ)ning takliflari eng yaxshi taklif sifatida tanlab olingani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu loyihaning bosh rejasini tezkor va sifatli ishlab chiqish maqsadida “Scott Brownrigg” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) jalb etilib, amaliy ishlar boshlab yuborilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha bosqichma-bosqich amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari belgilangan tartibda bekor qilinishini, tuman hokimligining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinishini hamda yer toifasini oʻzgartirish maqsadida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidagi ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq 577 gektar yer uchastkasining Boʻstonliq tumani hokimligi tasarrufiga qaytarilgan va boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan qismlari, yer uchastkalarining toifasi oʻzgartirilganidan soʻng “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJga ijara muddati tugagandan keyin yangi muddatga uzaytirish boʻyicha ustuvor huquq bilan 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan yer uchastkasida 2025 — 2035-yillarda umumiy qiymati 5 mlrd AQSH dollari boʻlgan “Sea breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
577 gektar yer uchastkasi unga ijaraga berilgandan soʻng, 25 yilga ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bozor qiymati — 1,7 trln soʻmga 0,01 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda yakuniy 17 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻni 5 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini tasdiqlangan master-reja asosida lotlarga boʻlgan holda, har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini notarial tartibda kelishiladigan shartlar asosida va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi ikki oy muddatda “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ bilan ushbu qarorda belgilangan shartlar asosida investitsiya bitimi tuzilishini taʼminlasin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihani ekologik talablarga rioya qilgan holda amalga oshirish, shu jumladan, loyihani amalga oshirish davrida va loyiha ishga tushgandan keyin chiqindi hamda oqova suvlarning Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik, oqova suvlarni Chirchiq shahri oqova suvlarni tozalash inshootiga yoʻnaltirish choralarini koʻrish “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJning asosiy majburiyatlaridan biri etib belgilanadi. Bunda ushbu talabga rioya etmaslik loyihani toʻxtatishga va yerga boʻlgan ijara huquqining bekor qilinishiga asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ loyiha doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummavsumiy kurortni barpo etish boʻyicha tarmoq rejalari hamda manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, loyihani amalga oshirish doirasida 2029-yil 31-dekabrga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hududini rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarga boʻlgan talablarni mustaqil ravishda belgilash va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hududida barpo etiladigan obyektlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni mustaqil belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal boshqarish, investitsiya faoliyati, marketing, baholash, geologiya-qidiruv, topografik suratga olish, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummavsumiy kurort hududida isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummavsumiy kurortni barpo etish davrida investorlarga shartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish hamda ularni transport infratuzilmasi obyektlari va yordamchi inshootlar bilan taʼminlashni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini tasdiqlangan master-reja asosida lotlarga boʻlgan holda, har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini notarial tartibda kelishiladigan shartlar asosida va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ loyiha doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy va mahalliy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan amaliyotlar va ekologik talablar asosida umummavsumiy kurort hududini rivojlantirish rejalari (master-reja), tarmoq rejalari hamda manzilli dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummavsumiy kurort hududida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, salohiyatli investorlarni tanlash, ular bilan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda bitimlar tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummavsumiy kurort hududida loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha alohida texnik shartlarga amal qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzish va ularning ijrosi ustidan monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy uy-joylar barpo etish ishlariga katta tajribaga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, ularga zamonaviy uslublar, energiya-tejamkor texnologiyalar va qurilish materiallarini qoʻllash yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishga salohiyatli investorlar, xususan, xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻida taqdimot tadbirlarini va keng reklama kampaniyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini qurish uchun infratuzilma toʻlovini toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent viloyati hokimligi “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yer uchastkalari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yerga boʻlgan huquqlar belgilangan tartibda bekor qilinganidan keyin tegishli yerlarning boʻsh turgan yer sifatida hisobga olinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Boʻstonliq tumani hokimi va “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ oʻrtasida mazkur qarorda va investitsiya bitimida nazarda tutilgan shartlar asosida yer ijara shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari ijarachilariga yetkazilgan zararlar Toshkent viloyati mahalliy budjetiga “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ tomonidan ajratiladigan 5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi ikki hafta muddatda “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJga “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchisi maqomi berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umummavsumiy kurortni barpo etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkasini ijaraga (qayta ijaraga) olgan tashkilot tomonidan obyekt qurilish hajmining har bir kvadrat metri uchun mutanosib ravishda 50 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini (bosh rejada belgilangan yerosti avtoturargohi, texnik xonalar, shuningdek, davlat ijtimoiy obyektlarini oʻz ichiga olmaydigan “qurilish maydoni”) qurish uchun infratuzilma toʻlovi toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) infratuzilma toʻlovi loyiha doirasida barpo etilayotgan har bir obyekt foydalanishga qabul qilingunga qadar toʻliq “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJga ijaraga beriladigan yer uchastkalari uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar mazkur bandda nazarda tutilgan infratuzilma toʻlovlari hisobidan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tomonidan besh yil davomida har yili teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan infratuzilma toʻlovlaridan tushgan mablagʻlarni hamda Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini quyidagi maqsadlarda sarflash huquqi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, irrigatsiya, melioratsiya va transport infratuzilmasini loyihalashtirish va 6,8 million metr kvadrat quvvatga yetadigan muhandislik tarmoqlarini qurish bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarni, shu jumladan, yuqori malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) loyiha hududida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari (qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yer uchastkalaridan tashqari) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ tomonidan ularning mulkdorlari bilan kelishuv asosida sotib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJga qurilish loyiha obyektlarini barpo etish uchun qoʻshimcha salohiyatli investorlarni jalb etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tasdiqlangan bosh reja va tarmoq jadvaliga muvofiq qurilish muddatlari buzilgan taqdirda, aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha talabnoma taqdim etilgan kundan boshlab, oʻn ikki oy ichida bartaraf etilmagan holatda, yer uchastkalari boʻyicha ijara (qayta ijara) shartnomalari bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qurilishi keyingi bosqichlar uchun moʻljallangan zaxira sifatida olib qoʻyilgan va foydalanilmayotgan yer uchastkalari hududida yerdan foydalanishda huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu yer uchastkalari qaytariladi. Bunda loyihani amalga oshirish uchun sarflangan mablagʻlar qoplab berilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ murojaatiga muvofiq yashil maysalarni kesish va yashil maydonlarni qayta tiklash ishlari Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2026-yil 1-yanvarga qadar avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv taʼminoti, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini qurish hamda Chorvoq suv ombori hududida koʻprik (vantoviy) qurish maqsadida xalqaro moliya institutlari kreditlarini va davlat-xususiy sheriklik asosida investorlar mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni muhofaza qilish zonalari va sohilboʻyi mintaqasiga qoʻyilgan talablarga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, suvni muhofaza qilish va sanitariya zonalarida qurilish ishlarini olib bormaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv omboriga oqova suvlarni tashlashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bosh prokuratura bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv omborining akvatoriyasiga, uning muhofaza zonasi hududiga maishiy, sanoat chiqindilari va oqova suvlar tashlanishining oldini olish maqsadida doimiy va har tomonlama nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin hamda atrof-muhitning ifloslanishini bartaraf etish, sanitariya-ekologik meʼyorlarga rioya qilinishi va sogʻlom ekologik muhitni saqlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi bilan birgalikda Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda bino va inshootlarni, shu jumladan, yangi qurilayotganlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning ekologik talablarga muvofiq qurilmagani va atrof-muhitni ifloslantiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etishni hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida umummavsumiy kurort barpo etish loyihasi quriladigan hududda mavjud daraxtlarni xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalariga koʻra, qurilishosti hududlariga toʻgʻri kelayotgan daraxtlarni qimmatbaho, kam qimmatli va nobud boʻlgan toifalarga ajratsin. Bunda “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho daraxtlarni umummavsumiy kurort barpo etish loyihasiga asosan tashkil etilayotgan yashil zonalarga yoki oʻrmon fondining boshqa yerlariga koʻchirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam qimmatli daraxtlarni boshqa hududga koʻchirish yoki daraxt kesganlik uchun toʻlovni amalga oshirmasdan bir tup kesilgan daraxt oʻrniga kompensatsiya sifatida tuproq-iqlim sharoitiga mos 5 — 7 yillik 10 tup koʻchat ekishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobud boʻlgan daraxtlarni belgilangan tartibda kesishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sea breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhiga loyihani amalga oshirish doirasida yuzaga keladigan barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal qilish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika ishchi guruhi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda “Sea breeze Uzbekistan” MCHJ tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini monitoring qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadovga loyihaning shaharsozlik va ekologik talablar asosida amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan qatʼiy prokuror nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, “Sea Breeze Uzbekistan” MCHJ va boshqa investorlar tomonidan mazkur qarorda belgilangan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan va yer ijara shartnomasida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-37-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadov bilan birgalikda investitsiya bitimida belgilangan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazorat qilishga shaxsan masʼul etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Chorvoq suv omboriga tutash aholi hududining kengayishi va rivojlanishini inobatga olgan holda, kelajakda ushbu hududlarning infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, ularni ichimlik va oqova suv, elektr va aloqa tarmoqlari bilan taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
490-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-avgustdagi 490-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Yakkatut” va “Boladala” MFY hududlaridagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer toifasini oʻzgartirish maqsadida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritib boriladigan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

shundan:

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi

(ming soʻm)

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi/taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar

(ga)

yaylovlar

(ga)

boshqa yerlar

(ga)

1.

“Xusan Nazirov Fayz” f/x

128

3,8

3,8

 

 

410 865,7

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar/turizm zonasi va aholining ommaviy dam olish maskanlarini tashkil etish uchun

2.

“Taisiya Zaytuna” f/x

134q

1,61

1,61

 

 

174 077,3

3.

“Mirzokarim-Roxatjon-Bogʻiston” f/x

134q, 136q

12,6

12,6

 

 

1 362 344

146q

1,5

1,5

 

 

162 183,8

4.

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

134q, 136q

3,3

3,3

 

 

17 840,2

139, 146q, 150q

31,7

31,7

 

 

171 374,2

25q

67,9

 

67,9

 

55 401,9

49q

10

 

10

 

8 159,3

88q, 94q

10,1

 

10,1

 

8 240,9

5.

“Chorbog” suv ombori boshqarmasi

127q, 129q, 133q

10,2

 

10,2

 

166 450,6

175, 175a, 176, 177q, 1, 10, 11, 19, 27

55

 

55

 

897 527,6

6.

“Bogʻdor-Bakiriddin-Bogʻiston” f/x

141q, 150q, 152, 153

21

21

 

 

2 270 573,3

88q

29,9

 

29,9

 

487 928,7

7.

“Vasila agro fruts” f/x

161, 162, 163, 164q

14,8

14,8

 

 

1 600 213,6

8.

“Qamxar” MCHJ

155, 156, 157, 158, 164q

20

20

 

 

2 162 450,8

9.

“Istiqbol Agro Zamin Grand” f/x

164q, 166, 167

10,26

10,26

 

 

1 109 337,3

93q

10,26

 

10,26

 

167 429,7

10.

“Muxiddin Agro Biznes” f/x

171q

3,2

3,2

 

 

345 992,1

11.

“Xusan Nazirov Fayz” f/x

171, 172q

10,6

10,6

 

 

1 146 098,9

12.

“Abdukarimov Bobur

Bogʻiston” f/x

174q, 175q

10

5

5

 

622 206,1

93q

10

 

10

 

163 186,8

13.

“Erkamboy Bogʻbon Bogʻiston” f/x

174q

4,9

4,9

 

 

529 800,4

14.

“Chorvoq” turistik rekreatsion zona direksiyasi” UK

175a

4,6

 

4,6

 

75 065,9

 

11q

0,9

 

0,9

 

14 686,8

15.

“Sari-Xoʻji” f/x

25q

15,5

 

15,5

 

252 939,6

16.

“Odina Ota” f/x

25q

12,8

 

12,8

 

208 879,2

17.

“Abdusattor ota” f/x

49q

9,8

 

9,8

 

159 923,1

18.

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

93q

50,15

 

50,15

 

818 382,0

88q, 93q

12,88

 

12,88

 

210 184,6

38q

6,4

 

6,4

 

104 439,6

25q

8,6

 

8,6

 

140 340,7

175, 175a, 176, 177q, 1, 10, 11, 19, 27

35

 

35

 

571 153,9

170q, 171q, 172q

2

1

1

 

124 441,2

173, 175q,

1,5

 

1,5

 

24 478,0

170

3,6

 

 

3,6

 

171q

3,25

3,25

 

 

351 398,3

159, 160, 165

5

5

 

 

540 612,7

127q

1,25

 

1,25

 

20 398,4

19.

Shoraxmatov Zulfiqor Vladimirovich

94q

1,7

 

1,7

 

27 741,8

Jami:

x

527,56

153,52

370,4

3,6

17 684 749,2

x

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ilovada keltirilgan 527,56 gektar yer uchastkasiga qoʻshimcha ravishda 50 gektar yer uchastkasi mazkur qarorda belgilangan tartibda yer toifasi oʻzgartirilib, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini qurish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-avgustdagi 490-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sea breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

A.A. Abduxakimov

—

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Z.T. Mirzayev

—

Toshkent viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

S.I. Samadov

—

Bosh prokuror oʻrinbosari

5.

L.Sh. Qudratov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

6.

J.T. Mirzamaxmudov

—

energetika vaziri

7.

B.F. Islamov

—

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

8.

Sh.R. Xamrayev

—

suv xoʻjaligi vaziri

9.

S.A. Sadullayev

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

10.

D.K. Adilov

—

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

11.

B.Q. Yusupaliyev

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi, Bosh davlat sanitariya vrachi

12.

Kelishuv asosida

—

Davlat xavfsizlik xizmati xodimi

13.

O.S. Gulyamov

—

“Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi direktori

14.

S.S. Alimov

—

Vazirlar Mahkamasining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi xodimi, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiya va vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh rahbari Ishchi guruh tarkibiga yangi aʼzolarni hushimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning rahbar va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2025-y., 09/25/490/0689-son)