29.07.2025 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam olish maskanlarida dam oluvchi ilgʻor pedagoglar va iqtidorli oʻquvchilar sonini shakllantirish hamda ushbu maskanlarga ularni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllanmalar berish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish mezonlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli oʻquvchilarni dam olish maskanlariga kelish va ketishlarini tashkil qilish tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, dam olish maskanlarini saqlash xarajatlari oʻzini oʻzi moliyalashtirish tartibida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlari va fuqarolarga pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shaklida xususiy sektorni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlarining namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
474-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-iyuldagi 474-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilar uchun dam olish maskanlariga (keyingi oʻrinlarda — maskanlar) dam oluvchilarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy dam oluvchilar — maskanlarda komissiyalar tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida dam oladigan Vazirlik tizimi xodimlari, ilgʻor pedagoglar hamda davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 7 — 14 yoshdagi iqtidorli oʻquvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimi xodimlari — Vazirlikning markaziy apparati xodimlari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalari rahbar va xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam olish xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — xizmatlar) — dam olish maskanida vaqtincha yashash uchun joy berish (joylashtirish), ovqatlantirish, madaniy-koʻngilochar, sayohat, sport tadbirlarini tashkil etish, sogʻlomlashtirish, davolash-profilaktika xizmatlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam oluvchilar — asosiy dam oluvchilar va maskanga dam olish uchun kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllanma — asosiy dam oluvchilarga maskanlarda bepul dam olishi uchun beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyalar — ilgʻor pedagoglar va iqtidorli oʻquvchilarni saralash orqali asosiy dam oluvchilarni belgilovchi va ularga yoʻllanmalar berish boʻyicha doimiy faoliyat olib boruvchi tuzilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli xizmatlar — maskanni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, budjetdan tashqari mablagʻ topish maqsadida dam oluvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maskanlarga yoʻllanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida Vazirlik tizimi xodimlari hamda ilgʻor pedagoglar uchun har yili sentabr — may oylarida, iqtidorli oʻquvchilar uchun har yili iyun — avgust oylarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik tizimi xodimlari, ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarning dam olishi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Vazirlik tizimidagi dam olish maskanlarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish va yoʻllanmalar berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maskanlarning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maskanlarning maqsadi Vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularning dam olishi uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar maskanlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam oluvchilarni joylashtirish, sayohatlar uyushtirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar, sogʻlomlashtirish, sport, oʻquv va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarda turli xil tadbirlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli oʻquvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq fan predmetlari, turizm, sport, texnika, kitobxonlik, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlarida qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli oʻquvchilarning oʻziga xos xususiyatlarini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash, oʻz iqtidorlarini namoyon qilish va oʻz ustida ishlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratib berish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maskanlarda asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish hamda maskanlarga ularni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish maqsadida har yili sentabr oyida asoslangan takliflarini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar soni toʻgʻrisidagi takliflarini oʻrgangan holda, har yili oktabr oyida Vazirlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar sonini belgilash maqsadida Vazirlik har yili noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan takliflarni oʻrgangan holda, kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishilgan takliflar asosida maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar soni Vazirlik tomonidan har yili dekabr oyida shakllantiriladi hamda buyruq asosida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unda Vazirlik tizimi xodimlari, ilgʻor pedagoglar va iqtidorli oʻquvchilar kesimida asosiy dam oluvchilar soni maskanlarning dam olish, sogʻlomlashtirishni tashkil etish tajribasi, infratuzilma obyektlarining mavjudligi, quvvati, holati hamda maskan joylashgan hududning geografik sharoitiga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Asosiy dam oluvchilar sonini belgilashda dam oluvchilarning taʼtillar, shuningdek, dam olish, qoʻshimcha dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maskanda dam oluvchilar pasport (yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar) hamda yoʻllanmani taqdim etganidan soʻng roʻyxatga olinadi va joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maskanga dam oluvchilar yoʻllanmada koʻrsatilgan sanalarda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Komissiyalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik tomonidan har bir hududda maskanlarga Vazirlik tizimi xodimlarini, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarni saralash uchun komissiyalar faoliyati tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiya aʼzoligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlari, kasaba uyushmalari raislari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlari, ota-onalar aʼzo sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlari rahbarligida 7 nafar aʼzodan iborat tarkibda ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhlar) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi guruhlar saralash mezonlariga javob beradigan iqtidorli oʻquvchilar hujjatlarini har yili 1-martga qadar, Vazirlik tizimi xodimlari hamda pedagog kadrlar hujjatlarini har yili 1-avgustga qadar komissiyalarga oʻrganish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyalar tomonidan oʻrganib chiqilgan hujjatlar boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarga har yili 25-mayga qadar, Vazirlik tizimi xodimlari hamda pedagog kadrlar uchun har yili sentabr oyidan boshlab har oyning 5-sanasida yoʻllanmalar berib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoʻllanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi. Taqsimlash jarayonida belgilangan mezonlar boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan Vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarga ketma-ketlik asosida maskanlarga yoʻllanmalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yil uchun shakllantirilgan asosiy dam oluvchilar sonidan yoʻllanmalar soni ortiq boʻlganda, komissiyalar mezonlar asosidagi natijalar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, kelgusi yilda dastlab avvalgi yilda dam olishga bormagan yoʻllanmalar egalarini maskanlarda dam olishga yoʻnaltiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bir marotaba yoʻllanma taqdim etilgan Vazirlik tizimi xodimlariga, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarga keyingi asosiy dam oluvchilar sifatida maskanlarga yoʻllanmalar mezonlar asosidagi talablar boʻyicha yangilangan koʻrsatkichlarga erishganda belgilangan tartibda komissiyalar tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik tomonidan komissiyalarning ish faoliyati muvofiqlashtiriladi hamda ular tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar yilning har choragida eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yoʻllanma berilgan Vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlar Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maskanlarga asosiy dam oluvchi iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7 — 14 yoshli iqtidorli oʻquvchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadaning uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarida fanlar kesimida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tanlov, festival va musobaqa gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli koʻrik-tanlovlar va musobaqalarning respublika bosqichi gʻoliblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Iqtidorli oʻquvchilarni yozgi taʼtil davrida maskanlarda sogʻlomlashtirish va dam olishini mazmunli tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Iqtidorli oʻquvchilarni maskanlarga kelish va ketishlarini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Iqtidorli oʻquvchilarning maskanga kelish va ketishlarini tashkil qilish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshligʻining buyrugʻi bilan ikki nafardan masʼul xodim (kuzatuvchi) tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) oliy pedagogik maʼlumotga hamda birlamchi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlgan, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni zudlik bilan hal qila oladigan xodimlar orasidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) iqtidorli oʻquvchilarni maskanga quyidagi hujjatlar bilan birga olib borishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdan maskanga qabul qilinadigan iqtidorli oʻquvchilar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oʻquvchi uchun maskanga ketayotgan oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasi (079/x shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyalar tomonidan asosiy dam oluvchilar uchun berilgan yoʻllanmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Iqtidorli oʻquvchilarni maskanga qabul qilib olish va ularni kuzatishni tashkil qilish uchun maskan direktori, direktor oʻrinbosari, tibbiyot xodimi va ikki nafar pedagog xodimdan iborat tarkibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshligʻining buyrugʻi bilan Maskanning qabul va kuzatuv komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maskanning qabul va kuzatuv komissiyasi iqtidorli oʻquvchilarni ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida qabul qiladi. Bunda masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) tomonidan taqdim etilgan tegishli hududdan maskanga qabul qilinadigan iqtidorli oʻquvchilar roʻyxati va yoʻllanmalarning komissiyalarning qaroriga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Maskanga qabul qilish vaqtida har bir iqtidorli oʻquvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi hamda ularning har biri uchun tibbiy karta (026/x shakl) ochiladi va dam olish davrida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Maskanlarga asosiy dam oluvchi Vazirlik tizimi xodimlari hamda ilgʻor pedagoglarni saralab olish mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Komissiyalar tomonidan dam olish maskaniga asosiy dam oluvchi Vazirlik tizimi xodimlari hamda ilgʻor pedagoglar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlik tizimi xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlashda ishtirok etgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimda faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega xodimlar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlashda ishtirok etgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilgʻor pedagoglar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bosqichidagi koʻrik-tanlovlarda faxrli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Maskanlarni moliyalashtirish hamda pulli xizmatlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Maskanlarni saqlash xarajatlari oʻzini oʻzi moliyalashtirish tartibida Vazirlik tizimi xodimlari va fuqarolarga pulli xizmat koʻrsatish asosida tushadigan mablagʻlar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shaklida xususiy sektorni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Maskanlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida vaqtincha yashash uchun joy berish (joylashtirish), ovqatlantirish, madaniy-koʻngilochar, sayohat, sport tadbirlarini tashkil etish, sogʻlomlashtirish, davolash-profilaktika xizmatlarini pulli asosda koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Joy (xona) va boshqa xizmatlar narxi, ular narxiga kiradigan ishlar yoki xizmatlar roʻyxati, shuningdek, toʻlovni amalga oshirish shakli va tartibi dam olish maskanlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Maskanlarda dam oluvchilarga xizmatlarni koʻrsatish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Dam olish jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Maskanga kelgan dam oluvchilar hamda maskan xodimlari dam olish jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Dam oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanning Ustavi, ichki tartib, odob-axloq, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, taomnoma bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanning dam olish xizmatlaridan foydalanish, sifatli dam olish xizmatlarini koʻrsatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanning moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskandagi sharoit, ovqatlanish, sogʻlomlashtirish, tibbiy xizmat va oʻquv jarayoni masalalarida yuzaga kelgan muammolar hamda infratuzilmani yaxshilash boʻyicha maskan rahbariyatiga murojaat qilish (taklif kiritish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishiga koʻra muddatidan oldin maskanda dam olishni tugatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dam oluvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Dam oluvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanning Ustavi, ichki tartib, odob-axloq, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskan jamoasi shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanning mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dam oluvchilarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Dam olish maskani nomi

Joylashgan hududi

Quvvati

Faoliyat turi

1.

“Lochin”

Jizzax viloyati Zomin tumani

100

Statsionar

2.

“Gagarin”

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

100

Statsionar

3.

“Qaldirgʻoch”

Samarqand viloyati Jomboy tumani

100

Statsionar

4.

“Xumor”

Samarqand viloyati Narpay tumani

90

Statsionar

5.

“Respublika dam olish maskani”

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani

250

Statsionar

6.

“Qoʻqon nafosat”

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri

100

Statsionar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish va yoʻllanmalar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish maqsadida takliflarini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga kiritadi.

Har yili sentabr oyida

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar soni toʻgʻrisidagi takliflarni oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili oktabr oyida

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Vazirlik)

Maskanlarda kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar sonini shakllantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan takliflarni oʻrgangan holda kelishish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

Har yili noyabr oyida

4-bosqich

Vazirlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda maskanlarning kelgusi yil uchun asosiy dam oluvchilar sonini kelishadi hamda tegishli buyruq chiqaradi.

Har yili dekabr oyida

5-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlari rahbarligidagi ishchi guruhlar

1. Saralash mezonlari talablariga javob beradigan iqtidorli oʻquvchilarning hujjatlarini saralash uchun komissiyalarga (komissiyalar) taqdim etadi.

Har yili 1-martgacha

2. Saralash mezonlariga javob beradigan Vazirlik tizimi xodimlari hamda pedagog kadrlar hujjatlarini komissiyalarga oʻrganish uchun taqdim etadi.

Har yili 1-avgustgacha

6-bosqich

Komissiyalar

1. Mezonlar talablariga javob beradigan iqtidorli oʻquvchilarga ularning hujjatlarini oʻrganib chiqib, yoʻllanmalar beradi.

Har yili 25-maygacha

2. Mezonlar talablariga javob beradigan Vazirlik tizimi xodimlari hamda pedagog kadrlarga ularning hujjatlarini oʻrganib chiqib, yoʻllanmalar beradi.

Har yili sentabr oyidan boshlab har oyning 5-sanasida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/474/0667-son)