25.07.2025 yildagi PF-117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, barcha boʻgʻindagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qatʼiy rioya etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) ijro intizomini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hududlarda islohotlar natijadorligini oʻrganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishdagi rolini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hisob palatasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini oʻrganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining umumiy ijrosi holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini axborot-tahliliy jihatdan doimiy taʼminlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida ijro intizomini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlarni (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) tashkil etishga ruxsat etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga amaliy koʻmaklashish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) har chorak yakuni boʻyicha oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har chorakda hududlarda ijro intizomi holatini yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish, masʼullarga choralar koʻrish boʻyicha takliflar Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ishchi guruhlar shtablari hududiy adliya organlarida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishchi guruhlarga ijro intizomini tashkil etishda yaqindan koʻmaklashib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yangi amaliyot yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qoʻshimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari (kadr, moliyaviy-xoʻjalik va boshqa idoraviy-tashkiliy masalalariga oid farmoyishlardan tashqari) va topshiriqlari ijrosini “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “ijro.gov.uz” tizimi) orqali nazorat qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur turdagi farmoyishlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish “ijro.gov.uz” tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar boʻysunuviga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ijro intizomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha birinchi rahbarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) har hafta juma kuni kelgusi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar toʻgʻrisida birinchi rahbarni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam koʻrsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda oʻquv seminarlar hamda mashgʻulotlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar xodimlariga funksional majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ijro intizomi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, Adliya vazirligining veb-sahifalariga joylashtirib, har oyda maʼlumotlarni yangilab borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har chorakda davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati boʻyicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hukumatning 2025-yil 1-oktabrdan Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etishni “ijro.gov.uz” tizimi orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat bevosita adliya vaziriga boʻysunuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) belgilab qoʻyilsinki, Boshqarmaning hududiy boʻlimlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha bevosita Boshqarma boshligʻiga, mehnat intizomi boʻyicha esa tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini toʻliq tashkil etish va ijro sifatini baholashning yangi tartibini joriy qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilganidan soʻng ularni qabul qilgunga qadar boʻlgan bosqichlar qoʻshimcha ravishda “ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash toʻgʻrisidagi topshiriqlar ushbu hujjatlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng nazoratdan chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “ijro.gov.uz” tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan soʻng toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarni nazorat qilishda oraliq nazorat mexanizmi joriy etiladi. Bunda masʼul ijrochi topshiriq muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida oraliq maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida, zaruratga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “ijro.gov.uz” tizimida qoʻshimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har chorakda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ijroda turgan barcha topshiriqlar tahlika-tahlil tamoyili asosida oʻrganilib, ijroni oʻz vaqtida taʼminlamaslik xavfi yuqori boʻlgan topshiriqlarning alohida roʻyxati yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) muddati kelgan yoki yaqinlashayotgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda mablagʻ, resurs va infratuzilma manbalari hamda boshqa asoslar mavjudligi holatlari tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijroni sifatli hamda oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrishga qoʻshimcha ijrochilar va resurslarni safarbar etish orqali amaliy yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi raisi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishda soha va yaxlit hujjat kesimida ishlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ijro intizomini taʼminlash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2025-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng foydalangan holda “ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlarni kiritishda ularning takroriyligini aniqlash hamda ijro muddati yaqinlashayotgan topshiriqlar toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilayotgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va asosliligini “ijro.gov.uz” tizimi orqali tekshirish imkoniyatini taʼminlash uchun davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari “ijro.gov.uz” tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan topshiriqlar ijrosining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli tashkil etilishiga shaxsan masʼul etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. Abdullayev hamda adliya vaziri A. Tashkulov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-117-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-son Farmoniga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

N. Xoliqnazarov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Vasiylik kengashi raisi

S. Toshboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

M. Kamilov

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

F. Abduxalikov

Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

U. Gʻafurov

Toshkent islom instituti rektori

J. Elov

Mir Arab oliy madrasasi rektori

Lavozimi boʻyicha

“Hilol nashr” nashriyot-matbaa korxonasi taʼsischisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining masʼul xodimi, Vasiylik kengashi masʼul kotibi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

* Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkaziladigan onlayn soʻrov natijasiga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan (saylangan) yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga 3-ilovaning 95-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonining 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 20 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlimlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Hisob palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunidagi “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Hisob palatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi”, “Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Bosh vazir kotibiyati rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparatida” soʻzlari “Bosh vazir kotibiyatida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va masʼul tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “Bosh vazir kotibiyati rahbari va masʼul tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunidagi “Bosh vazir oʻrinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “Bosh vazir oʻrinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi masʼul tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarkibiy boʻlinmalar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunining 3-bandidagi “tasdiqlash” soʻzi “kelishish” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunining 3-bandidagi “Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda” soʻzlari “Bir ish kunida, zarur hollarda besh ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bosqichning “Tadbirlar” va “Muddatlar” ustunlaridagi “tasdiqlash”, “bir kun muddatda” va “besh kun muddatda” soʻzlari tegishincha “kelishish”, “bir ish kunida” va “besh ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “uch kun muddatda” va “besh kun muddatda” soʻzlari tegishincha “bir ish kunida” va “uch ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6300-son Farmonining 13-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, Hisob palatasi oʻz emblemasiga ega boʻladi. Bunda emblemadan foydalanish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-176-son Farmoni 3-bandining “d” kichik bandi hamda 4-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar Hisob palatasiga tatbiq etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sh. Aminov

Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari

M. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

A. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Lavozim boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Sh. Soxibnazarov

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

M. Egamberdiyev

Majburiy ijro byurosi direktori

Lavozimi boʻyicha

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi

A. Askarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

M. Xodjayev

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

D. Isakulov

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

Lavozimi boʻyicha

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

Lavozimi boʻyicha

“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi

A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

B. Jurayev

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

B. Sidiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

Lavozim boʻyicha

“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Hayʼati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi, Hayʼat raisi

2.

M.R. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

3.

A.V. Allaberganov

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

4.

S.A. Mirzayev

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

5.

Q.B. Erimetov

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi mudiri

6.

U.M. Aripov

Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasi mudiri

7.

J.M. Bekmurodov

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni audit qilish shoʻbasi mudiri

8.

N.Q. Imonqulov

Respublika budjetining shakllantirilishi va xarajatlarining ijrosini audit qilish shoʻbasi mudiri

9.

A.S. Soliyev

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari

10.

S.I. Xasanov

Huquqiy taʼminot va xalqaro aloqalar shoʻbasi mudiri

11.

J.J. Qurbonov

Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shoʻbasi mudiri, Hayʼat kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3.

“Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirish.

Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, ichki audit xizmatlari faoliyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirib borish.

Texnik topshiriq va yechimlar

Doimiy

Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2025-yil sentabr

Hisob palatasi, Adliya vazirligi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda 7-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorining 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “belgilangan tartibda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasini moliyalashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va tegishli xarajatlarni qoplashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlari taʼminotiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazirining topshiriqlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning sakkizinchi xatboshisi “qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning” soʻzlaridan keyin “hamda Hukumat qarorlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandning 7-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7) qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari hamda topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarining (keyingi oʻrinlarda — Hukumat qarorlari) oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda, masʼul ijrochilar va topshiriqning bajarish muddatlarini belgilaydi, ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek, Hukumat qarorlarining ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarining ijro holatini tizimli monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan manzilli va tematik oʻrganishlar oʻtkazadi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarorida” soʻzlari “tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etishga oid qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlashga oid tegishli qarorlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisida “amalga oshiriladi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining axborot tizimlari va resurslari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4754-son qarorida 11-banddagi “Toshkent mediatsiya markazini” soʻzlari “Oʻzbekiston nizolarni hal etish markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar boʻyicha oʻzining ijro etuvchi tuzilmasida topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “kelishadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oyda Rayosat majlislarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tanqidiy koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan” soʻzlari “Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-banddan “vaqtinchalik” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “maslahatchilariga” soʻzi “maslahatchisiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga” soʻzlari “raqamli texnologiyalar vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IV bosqich” ustuni 1-bandidagi “tasdiqlash” soʻzi “kelishish” soʻzi bilan almashtirilsin;

“IV bosqich” ustunidagi “1 kun” va “5 kun” soʻzlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“V bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” soʻzlari tegishincha “1 ish kunida” va “5 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“VI bosqich” ustuni 1-bandidagi “1 kun” va “5 kun” soʻzlari tegishincha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” soʻzlar chiqarib tashlansin;

10-bosqichda:

“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “kelishadi” soʻzi bilan almashtirilsin;

“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” soʻzlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bosqichda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “kelishadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” soʻzlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “birinchi” va “belgilangan shakldagi” soʻzlar soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandidan “belgilangan shakldagi” soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bosqichda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “tasdiqlaydi” soʻzi “kelishadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “5 kun muddatda” soʻzlari “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “3 kun muddatda” va “5 kun muddatda” soʻzlari tegishlicha “1 ish kunida” va “3 ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlovchi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi “Oʻzbektelekom” AK taʼsischiligidagi “UNICON-SOFT” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi va nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi masʼul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — masʼul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga maʼlumot kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi bosqich — Adliya vazirligi masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda oʻrganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oy yakuni boʻyicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan taʼsir choralari belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi bosqich — Hisob palatasi masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilib, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, natijasi boʻyicha ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (ushbu qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bogʻliq topshiriqlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash toʻgʻrisidagi topshiriqlar — ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “Ijro.gov.uz” elektron tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgandan soʻng ularni qabul qilgunga qadar boʻlgan bosqichlar qoʻshimcha ravishda “ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kiritilgan hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilgan taqdirda, Hisob palatasi bu haqida xabardor qilinadi va topshiriq Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qayta nazoratga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼlum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq topshiriqlar — normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan soʻng topshiriq toʻliq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng koʻpi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bir xil mazmundagi yoki faqat masʼul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan topshiriq keyinroq qabul qilingan teng yoki yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjati va topshiriq asosida nazoratdan yechiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidagi asosiy masʼul ijrochidan nazoratdan yechilgandan soʻng, mazkur topshiriq u boʻyicha hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan avtomatik ravishda yechiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilanmagan boʻlsa — ularni bajarish muddati bir yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish muddati (hujjatlarda doimiy topshiriqlarning yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta (yoki bir oygacha muddat) boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy va har chorak boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yarim yil va har yili boʻlsa — ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda “Ijro.gov.uz” tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har olti oyda masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq maʼlumot kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Ijro.gov.uz” tizimida oraliq maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul ijrochi har bir topshiriqni amalga oshirishga doir harakatlar jadvalini xronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul ijrochi “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Hukumat tarkibidagi masʼul ijrochilarning oraliq maʼlumotlarining toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻysunuvidagi tashkilotlar oraliq maʼlumotlarining toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi masʼul boʻlgan topshiriqlar boʻyicha kiritilgan oraliq maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan kiritilgan oraliq maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi koʻrib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul ijrochi topshiriq ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq maʼlumotlar mazkur nizomning 11-bandida koʻrsatib oʻtilgan tartibda qabul qilingach, topshiriq ijrosi yuzasidan yakuniy maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda masʼul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq koʻrsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida, zaruratga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “Ijro.gov.uz” tizimida qoʻshimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijro nazorati boshqarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi va masʼul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijro nazorati boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy koʻmaklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida masʼul ijrochilar vakillari bilan birgalikda “jonli muloqot” tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida masʼul xodim tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati masʼul tarkibiy boʻlinmasi hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.

20. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;

har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;

har chorakda — hayʼat majlislarida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.

b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida (birinchi oʻrinbosar shtati mavjud boʻlmagan yoki vakant hollarda — oʻrinbosar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning masʼul tarkibiy boʻlinmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilgan boʻlsa, masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tuman (shahar) hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmasi markaziy apparati masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xoʻjalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul tarkibiy boʻlinma, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda masʼul tarkibiy boʻlinma hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xoʻjalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Xoʻjalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda — xoʻjalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmasining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Masʼul tarkibiy boʻlinma uch kun muddatda topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Masʼul tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha maʼlumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xoʻjalik birlashmasining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgandan boshlab bir kun davomida Bosh vazir yoki uning oʻrinbosari topshirigʻini (zarurat boʻlganda nazorat rejasini) tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning oʻrinbosariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejalari) ijrosini taʼminlash uchun — masʼul ijrochilarga hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Adliya vazirligi Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejasi)da masʼul etib belgilangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarini ham “Ijro.gov.uz” tizimida ijrochi etib belgilaydi va ularning ijrosi nazoratini umumiy tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmasi, Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tasdiqlangan Bosh vazir topshirigʻi (nazorat rejalari) asosida masʼul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlinmalari)ga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri masʼul ijrochi etib belgilanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning oʻzida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritiladigan rasmiy maʼlumot birinchi rahbar (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar “PDF” formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi maʼlumotlar ilova qilingan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimga kiritilgan maʼlumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — besh ish kunida) tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar toʻliqligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar haqqoniyligini, zaruratga koʻra, joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tor ixtisosliklar boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga soʻrovlar yuborish yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarda noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul ijrochidan yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan maʼmuriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dolzarblik — olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliqlik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqda koʻzlangan maqsadga (koʻrsatkichga) erishganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa koʻrsatkichlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqqoniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning amalda qilingan ishlar bilan oʻzaro muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyatlilik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash borasida masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vakolati doirasida barcha zaruriy choralar koʻrilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar tahlili natijasiga koʻra Ijro nazorati boshqarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilmagan yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamlashtirishga oid topshiriqlar quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriqlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotlarni toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli xulosani bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi ijobiy boʻlsa, masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni kelishadi, aksincha boʻlsa, ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritgan masʼul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan masʼul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ushbu Nizomning 57-bandida belgilangan hollarda Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning oʻzida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik tarzda Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlariga nazorat uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari oʻz hududlariga doir qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda hokimliklarga va hududiy masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda, Ijro nazorati boshqarmasi koʻrsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda — uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda bajarilganligi va unda koʻzlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrif bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi tahliliy hujjatlar toʻplamini Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy boʻlimlari tegishli hudud boʻyicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi boʻyicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Ijro intizomini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgan holatlar va muddati oʻtgan topshiriqlar boʻyicha har hafta respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbar oʻrinbosarlari, masʼul departament, boshqarma, boʻlim rahbarlari hamda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Bosh vazir kotibiyatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi ish rejaga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks oʻrganishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan materiallar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot beriladi, zaruratga koʻra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda uch kun muddatda) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar ishtirokida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Hisob palatasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini nazorat qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro intizomini har tomonlama mustahkamlashga, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining shaxsiy masʼuliyatini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar boʻyicha kutilayotgan natijalarga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etishga, shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida ijro intizomi buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanishi va samaradorligini oʻrganish bilan birga ularning aholi uchun ijobiy natijasini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tahlil qilib, ijrosi taʼminlanmagan masalalar va ular boʻyicha masʼullarga tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan takliflar kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini bir ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — uch ish kunida) oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilgan boʻlsa — topshiriqni nazoratdan yechadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — masʼul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Hisob palatasi har chorak yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga amaliy koʻmaklashish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha oʻrganishlar natijasida ijroda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasigacha hududlardagi ijro intizomi holati va kamchiliklarni bartaraf etish, masʼullarga choralar koʻrish boʻyicha takliflar Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Adliya vazirligi ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlar faoliyatiga hududlarda ijro intizomini tashkil etishda yaqindan koʻmaklashib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha maʼlumotni Adliya vazirligiga kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda taʼminlaydi hamda ijro natijalari boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi oʻzlari masʼul boʻlgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati boʻyicha birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan maʼlumotnomani tahliliy materiallar bilan birgalikda tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar boʻyicha tayyorlangan hujjatlar toʻplami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir oʻrinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan har oyning oʻn ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari toʻplami tayyorlanadi hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha hisobot tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Ijro intizomini taʼminlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha adliya vazirining hamda ijro intizomini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlarining (ularning oʻrinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini toʻgʻri va oʻz vaqtida tashkil etishda zarur choralar koʻrmagan rahbar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

92. Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar toʻplami belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish (asos mavjud boʻlganda) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi asosiy ijrochi boʻlganda — Prezident Administratsiyasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat asosiy ijrochi boʻlganda — Hisob palatasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan barcha holatlarda — bevosita Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda masʼul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflar quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy aloqa xati (4-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslantiruvchi jadval (4a-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq jadvali (4b-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflarni tahlil qiladi hamda natijasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar koʻrib chiqish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari takliflari boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasiga (Prezident huzuridagi tashkilotlar, sud organlari, Bosh prokuratura va Hukumat tizimiga kirmaydigan boshqa markaziy idoralar boʻyicha) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Vazirlar Mahkamasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib xulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va Hisob palatasiga takliflar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan maʼqullangan takliflarni tahlil qiladi hamda asos mavjud boʻlgan taqdirda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflarni va Hisob palatasining xulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni (keyingi oʻrinlarda — manzilli va tematik oʻrganishlar) olib boradi hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida Hisob palatasi hamda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Tasdiqlangan manzilli va tematik oʻrganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli va tematik oʻrganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, masʼul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash choralarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalariga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash va oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga “Call-markaz” orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar xato yoki notoʻgʻri ishlashining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch ish kuni davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish operator tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish (maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) masʼul ijrochi kadrlar boʻlinmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar boʻlinmasiga topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Masʼul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari

“Ijro.gov.uz” tizimidagi oʻzlari masʼul boʻlgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Har oyning 1-sanasida

2-bosqich

Adliya vazirligi

1. Muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni tanqidiy tahlil qiladi hamda belgilangan shaklga muvofiq umumlashtirilgan maʼlumotnoma va boshqa tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

( Nazorat va ijro intizomi boʻlimi)

Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan tahliliy materiallar asosida ijro intizomini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun hujjatlari toʻplamini tayyorlaydi va Rahbariyatda himoyasini tashkil etadi.

Har oyning 12-sanasiga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomini taʼminlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari muhokama qilinadi. Bunda:

hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha adliya vaziri hamda ijro intizomini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining (ularning oʻrinbosarlarining) hisoboti eshitiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, topshiriqlar ijrosini toʻgʻri va oʻz vaqtida tashkil etishda zarur choralar koʻrmagan rahbar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish boʻyicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Nazorat va ijro intizomi boʻlimi)

Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.

Belgilangan muddatda

6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Nazorat va ijro intizomi boʻlimi)

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Belgilangan muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan umumlashtirilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTNOMANING NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. KIRISH QISMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatga olish, masʼul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. BAYON QISMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumot (jadval ilova qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi koʻrsatmalari bajarilish holati tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy oʻrganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻgʻinlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning oʻrinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini koʻrish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki oʻz dolzarbligini yoʻqotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish boʻyicha takliflar kiritish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Adliya vazirligi

Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) taklif kiritish.

Har oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish va Hisob palatasiga kiritish.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Hisob palatasi

Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilib maʼqullangan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

10 kun muddatda

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi, Hukumat va Hisob palatasi tomonidan maʼqullangan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun kiritish.

Belgilangan muddatlarda

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuborish.

Axborot berilgan kun

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatini uzaytirish boʻyicha kiritiladigan xatning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ____________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi koʻrsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.

Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq boʻyicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish xati (agar topshiriq ijro muddati oʻtgan boʻlsa) ilova qilinadi.

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga kiritiladigan asoslantiruvchi jadvalning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hujjat turi va sanasi

Topshiriq mazmuni

Bajarish muddati

Taklif kiritgan masʼul ijrochi va topshiriqning ijro holati

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari nomi

1.

1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi:

...

2. Masʼul ijrochi:

...

3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

...

4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish:

...

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tarmoq jadvalining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Topshiriq mazmuni

Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati

Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar ketma-ketligi

Tadbirlar ijro muddati

Topshiriq ijrosi uchun masʼul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.)

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari nomi

Hujjat rekvizitlari

1.

2.

...

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbari

/imzo/

F.I.O.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tizimdan foydalanuvchilar

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Umumiy boʻlim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markazi” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Hisob palatasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.

3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yoʻnaltiruvchi, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish va Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish.

3. Ijro intizomi va nazorat boʻlimining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarini masʼul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

5. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.

6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining soʻrovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.

7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Adliya vazirligi

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;

3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.

4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

Tuman va shahar hokimliklari

1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.

3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini taʼminlash.

6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomida texnik qoʻllab-quvvatlash.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarorida 11-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “taqiqlansin” soʻzidan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining axborot tizimlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)