Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son hamda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga muvofiq himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturi (keyingi oʻrinlarda — tuzatish dasturi) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlariga himoya orderini rasmiylashtirish vakolatini berish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
tuzatish dasturini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishish tartibi;
tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslar tomonidan kelgusida shu turdagi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ularni tuzatish dasturidan oʻtkazish;
tuzatish dasturidan oʻtkazishda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari vakolatlarini kengaytirish;
tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturidan oʻtkazish jarayoniga psixologlarni jalb qilish va ularning vazifalarini belgilash;
xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlarning himoya orderini berish boʻyicha vakolatini belgilash.
3. Ichki ishlar vazirligi:
a) 2025-yil 1-noyabrga qadar tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, elektron axborot tizimida tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxslar bilan amalga oshirilayotgan tadbirlarni umumlashtirish, faoliyatni monitoring qilish hamda oʻzaro axborot almashishni nazarda tutuvchi “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimining “E-tuzatish dasturi” modulini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Bunda ushbu axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi etib Ichki ishlar vazirligi belgilanadi hamda axborot tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) 2025-yil 1-dekabrga qadar “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tuzatish dasturidan oʻtkazishda ishtirok etuvchi vakolatli organ va tashkilotlarning mavjud elektron tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
v) 2025-yil yakuniga qadar tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturidan oʻtkazish jarayonlariga oid maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻrsin.
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025-yilning ikkinchi yarmidan boshlab har olti oyda oʻzlarining tizimida mavjud psixologlar roʻyxatini Ichki ishlar vazirligiga taqdim etib borsin.
Ichki ishlar vazirligi 2025-yil 1-oktabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda budjet tashkilotlaridagi psixolog mutaxassislarning reyestrini shakllantirsin.
5. Ichki ishlar vazirligi tuzatish dasturi doirasida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni psixokorreksiya dasturlaridan oʻtkazish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga davlat ijtimoiy buyurtmalarini belgilangan tartibda taqdim etib boradi.
6. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy buyurtmalarini tanlov asosida moliyalashtirish tavsiya etilsin.
7. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-iyul,
441-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada:
a) 3-band “ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektori deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori (keyingi oʻrinlarda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor deb ataladi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 5-bandning oltinchi xatboshisi “profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisi “profilaktika inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 10 va 11-bandlar “Profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 12-bandning ikkinchi xatboshisi “profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 13-bandning birinchi xatboshisi “profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 16 va 20-bandlar “profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
z) 17-band “profilaktika inspektorining” soʻzlaridan keyin “, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
i) 21-bandda:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi “profilaktika inspektorlari” soʻzlaridan keyin “hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor:” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi va “g” kichik bandlarning uchinchi xatboshisi “profilaktika inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi “profilaktika inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“d” kichik bandining oltinchi xatboshisi “profilaktika inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“e” kichik bandining beshinchi xatboshisi “profilaktika inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
k) 22-band “profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
l) 24-band “profilaktika (katta) inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
m) 32-band “Profilaktika inspektorlari” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
n) 2-ilovada:
2-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “profilaktika inspektoriga” soʻzlari “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 7-bosqichlarning “Subyektlar” ustuni “Profilaktika inspektori” soʻzlaridan keyin “yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 1-bandidagi “profilaktika inspektorining” soʻzlari “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “profilaktika inspektoriga” soʻzlari “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada:
a) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“psixokorreksiya — tuzatish dasturi doirasida shaxsning rivojlanish jarayonidagi kamchilik va boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida unga faol psixologik-pedagogik taʼsir koʻrsatish, shaxslarning psixofiziologik imkoniyatlari va jamiyat tomonidan qoʻyilayotgan talablar oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tuzatish dasturi zoʻravonlik sodir etgan jamiyatda oʻrnatilgan umummajburiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati, mehnat, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari, davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari, budjet tashkilotlaridagi psixolog mutaxassislarning reyestriga kiritilgan psixologlar yoki grant doirasida jalb etilgan psixologlar (keyingi oʻrinlarda deb psixologlar ataladi), xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ va tashkilotlar deb ataladi) tomonidan bir oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Himoya orderi berilgan har bir holatda ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektori deb ataladi) yoki huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori zoʻravonlik sodir etgan shaxsning tuzatish dasturidan oʻtishini himoya orderida belgilab, tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsga imzo qoʻydirib tanishtiradi”;
g) 9 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Shaxs quyidagi tashkilotlarda tuzatish dasturidan oʻtadi:
fuqarolar yigʻinining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasida — oila-turmush doirasidagi nizoli vaziyatlar yuzasidan;
taʼlim muassasasida — tuzatish dasturidan oʻtishi belgilangan taʼlim muassasasida tahsil oluvchi, oʻqituvchi yoki boshqa xodim bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
sogʻliqni saqlash muassasasida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsning ruhiy holati boʻyicha;
mehnat organlarida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi vaqtincha ishsiz shaxslarning bandligini taʼminlash hamda kasb-hunarga oʻqitish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha;
tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlarida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi yoshlar bilan yakka va guruh shaklida tarbiyaviy ishlarni olib borish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda bandligini taʼminlash va ular bilan bogʻliq nizolar boʻyicha.
12. Profilaktika inspektori:
tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxslar bilan vakolatli organ va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni umumlashtirish hamda faoliyatni monitoring qilish maqsadida har bir shaxs boʻyicha ularga oid maʼlumotlarni “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimining “E-tuzatish dasturi” moduliga kiritib boradi (elektron axborot tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgunga qadar mazkur maʼlumotlar har bir shaxs boʻyicha ochilgan alohida yigʻmajildda jamlanadi);
himoya orderi rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida shaxsni tuzatish dasturidan oʻtkazish tadbirlarini tashkil qilish uchun zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar rejasini ishlab chiqadi;
rejani tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan elektron axborot tizimi orqali kelishadi hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organ va tashkilotlarga yuborilishini taʼminlaydi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan holatlarda, profilaktika inspektori Profilaktika boʻlimi boshligʻining topshirigʻiga koʻra, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni bajaradi”;
e) quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijrosi taʼminlanmagan holatlar boʻyicha oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlarining masʼul rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi”;
j) 13-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Yoshlar ittifoqi” soʻzlari “Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Psixologlar zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish boʻyicha maxsus psixokorreksiya dasturlaridan oʻtkazish choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi psixologlar mazkur dastur doirasida zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlash uchun jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
yettinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
z) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxslar bilan yakka tartibda va guruh shaklida oʻtkazilgan psixologik, psixokorreksion, pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yoʻnalishlardagi tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni profilaktika inspektoriga yuboradi.
Profilaktika inspektori xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor bilan birgalikda vakolatli organ va tashkilotlarda tuzatish dasturidan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va uning yakuniy natijalarini fuqarolar yigʻinida tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi ishtirokida muhokama qilinishini taʼminlaydi”;
i) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)