03.01.2025 yildagi PQ-1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmonining ustuvor maqsadlariga erishish, shuningdek, masʼul davlat organlari va tashkilotlarining respublika mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi bilan belgilangan masʼul idoralar va muassasalar uchun 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilansin va quyidagi ishlash mexanizmlari joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha har bir masʼul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qatʼiy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga taʼsir choralarini koʻrib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkil etish boʻyicha viloyat darajasidagi manzilli chora-tadbirlarning namunaviy “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarning namunaviy “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarning namunaviy “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 5-ilovaga muvofiq;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar) 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) tegishli idoralar hamda ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uch hafta muddatda har bir hudud va kriminogen vaziyat ogʻir mahalla kesimida mazkur qarorga asosan, 2025-yil birinchi choragi uchun hududiy “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ijroga qaratishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur, Konsepsiya va hududiy “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan masʼuliyat davlat organlari, muassasalari va mahalliy hokimliklarning shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatilsin.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir markaziy davlat organi va muassasa rahbari tomonidan Dastur, Konsepsiya va hududiy “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan doimiy va taʼsirchan idoraviy nazorat oʻrnatilsin.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda 7-ilovaga* muvofiq tartibda ilmiy yondashuvlar asosida oʻrganishlar oʻtkazilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bevosita joylarga chiqqan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kriminogen vaziyati murakkab yoki ogʻir boʻlgan mahallarda jinoyatlar sodir etilishiga taʼsir qilayotgan asl omillarni oʻrganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli tashkiliy-profilaktika tizimini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflarni 2025-yilning har choragi uchun ishlab chiqiladigan hududiy “yoʻl xaritalari”ga kiritish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi kriminogen vaziyatga taʼsir qilayotgan asosiy omillarni hisobga olgan holda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, buning natijalari yuzasidan biriktirilgan ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalaridan sohaga masʼul idoralar bilan teng ravishda soʻrov qilish choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4, 6-7-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Dastur, Konsepsiya va hududiy “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish maqsadida Bosh prokuratura huzurida 2025-yil mobaynida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish ishchi guruhi) tuzilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish ishchi guruhi (B. Valiyev, B. Abdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini jalb qilgan holda Muvofiqlashtirish ishchi guruhi tarkibini shakllantirsin va 2025-yilda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarning natijadorligini, shu jumladan, joylarga bevosita chiqqan holda tizimli monitoring qilib borish hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati ustidan nazoratni taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur, Konsepsiya va hududiy “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini hamda huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan oʻrganishlar va ularning natijadorligini doimiy ravishda qatʼiy nazorat qilib borsin;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy yakunida kriminogen vaziyat ogʻir, murakkab va jinoyat sodir etilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli va natijadorligi boʻyicha barcha masʼul idora va muassasalar bilan tanqidiy muhokamalar oʻtkazilishini hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan taʼsir choralari koʻrib borilishini yoʻlga qoʻysin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, kriminogen vaziyati murakkab yoki ogʻir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida barcha tuman (shahar) hokimlari hamda tegishli huquq-tartibot idoralari rahbarlariga (keyingi oʻrinda — masʼul rahbarlar) 2025-yilda mahallalar nomma-nom biriktiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul rahbarlar zimmasiga oʻz hududlarida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish namunasini yaratish, hududiy “yoʻl xaritalari”ning toʻlaqonli ijro etilishini taʼminlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha qatʼiy shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul rahbarlarning kriminogen vaziyat ogʻir va murakkab mahallalarda erishilgan natijalari ularning faoliyatini baholashda inobatga olinib, har oy yakunida — ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida — Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda Bosh vazir huzurida tegishli respublika rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib boriladi hamda ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralari belgilanadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimini kiritish hamda uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida manzilli ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar hududida sodir etiladigan ayrim turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha belgilangan tartibda bayonnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tarkibida quyidagi tuzilmalarni tashkil etish hamda manzilli faoliyatini yoʻlga qoʻyish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni masʼul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika boʻlinmalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy qamoqqa olish jazosi qoʻllangan shaxslarni maxsus qabulxonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo maʼmuriy konvoy guruhlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2025-yil 1-martdan eʼtiboran ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimini tugatish hamda boʻshayotgan shtat birliklari hisobidan mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan yangi lavozim va tuzilmalarni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida sinov tariqasida kriminogen vaziyat ogʻir va murakkab hududlardagi profilaktika boʻlinmalarida Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan maʼmuriy amaliyot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ular zimmasiga profilaktika inspektorlariga tushgan murojaatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hujjatlarini oʻrganib, tarkibida maʼmuriy huquqbuzarlik boʻlgan holatlar yuzasidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasini yuklash;
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ayrim hududlarining kriminogen vaziyat ogʻir va murakkab mahallalarida tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda beshtagacha mahallani mikrohududlarga birlashtirgan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha tezkor harakatlanish tizimini joriy etish.
(6-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qoida tariqasida, mikrohududga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha, probatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi, qoʻriqlash va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritilib, tuman (shahar) ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining naryadlari doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi;
(6-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrohududlarda kunlik jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish, shu jumladan, ijtimoiy profilaktika tizimini joyida tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika bosh inspektori lavozimi joriy etiladi hamda uning zimmasiga mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasi yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tizimi samarali amalga oshirilishi maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar “E-maʼmuriy ish” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan vaqtning oʻzida huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga nisbatan avtomatik tarzda “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha xulosa shakllantiriladi va ijroga qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarga nisbatan shakllantirilgan har bir xulosalar ijrosi ustidan kunlik idoraviy nazorat mexanizmlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini amalga oshiruvchi subyektlar va koʻmaklashuvchi shaxslarning faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlariga (KPI) ijtimoiy profilaktika tadbirlari natijalari kiritiladi hamda baholashda alohida inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har oyda hududiy “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har bir tuman (shahar)ning kriminogen vaziyati murakkab va ogʻir mahallalarida 8-ilovaga muvofiq namunaviy talablar asosida kamida ikkitadan “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish choralarini koʻrsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh prokuratura (B. Valiyev) Ichki ishlar vazirligi (B. Abdullayev) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq tasdiqlanadigan hududiy “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning viloyat — tuman — mahalla darajalarida ijrosini qayd etuvchi elektron nazorat platformasini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, B. Abdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimini “E-maʼmuriy ish” axborot tizimiga integratsiya qilish hamda mazkur qarorga muvofiq ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarga nisbatan avtomatik tarzda xulosa shakllantirish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlariga himoya orderini rasmiylashtirish vakolatini hamda patrul-post xizmati saf boʻlinmalari (brigada, batalyon, otryad) komandirlari va ularning oʻrinbosarlariga patrul-post xizmati inspektorlari tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalar yuzasidan qaror qabul qilish vakolatini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq kiritilayotgan profilaktika kichik inspektorlari lavozimlarini jamlash maqsadida 2025-yil 1-aprel kuniga qadar ichki ishlar organlarining amaldagi malakali xodimlari orasidan nomzodlarni maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarida qisqartirilgan uch oylik oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorlari va profilaktika katta inspektorlari lavozimlariga birinchi navbatda kamida bir yil davomida profilaktika kichik inspektori lavozimida xizmat qilayotgan, tuman (shahar) ichki ishlar organi rahbarining jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosari va profilaktika boʻlinmasi boshligʻi lavozimlariga — ijobiy natijalarga erishgan profilaktika bosh inspektori lavozimida xizmat qilayotgan xodimlarni tayinlash tartibini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati boʻyicha “qizil” toifada turgan mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — mahallalar), yaʼni murakkab mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va xavfsiz muhitni yaratish sohasidagi davlat masʼul organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini va bu borada amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha alohida mexanizmlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uygʻunlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va pirovardida xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish manzilli profilaktik tadbirlarning ustuvorligi, qonuniylik, “xonadonbay” va “fuqarobay” maqsadli ishlash hamda ilmiy-amaliy yondashuvlar joriy etilishi kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh prokurorning va ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Jamoat xavfsizligi universiteti (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat va tuman (shahar) hokimlari Konsepsiya ijrosi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsepsiya doirasida belgilangan manzilli tadbirlar masʼul davlat organlari tomonidan jamoat birlashmalari, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahallalardagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatib kelayotgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi”ning ijtimoiy profilaktika obyektlari va alohida toifadagi shaxslar (huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli bor shaxslar, ichki ishlar organlari hisobida turuvchi shaxslar) bilan olib borayotgan profilaktik tadbirlari natijadorligining pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktikaga oid vazifalarni bajarish uchun bilimi, tajribasi va mahorati yetarli emasligi, profilaktika inspektorlarining xizmat yuklamasining yuqoriligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil qilish, boshqarish va muvofiqlashtirishdagi tizimli muammolar, kadrlar salohiyatining pastligi va kadrlar qoʻnimsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada ishsizlik va kambagʻallik darajasi yuqoriligi, bu borada tizimli ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki qoʻriqlovi darajasining pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar hududidagi davlat va nodavlat idora va tashkilotlar, savdo va bozor majmualari atrofida, shuningdek, jamoat joylari va aholi gavjum joylarda huquq-tartibot tizimining kuch va vositalarining yetarli emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda atrof-muhitni loyihalashtirish orqali jinoyatlarning oldini olish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar tatbiq etilmaganligi, “namunaviy xavfsiz koʻcha” va “namunaviy xavfsiz yoʻlak”lar turli yondashuvlar asosida tashkil etilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik shahar markazlaridagi ichki migratsiya jarayonlari toʻliq nazoratga olinmaganligi hamda tuman (shahar) markazlaridagi bozor atrofidagi noqonuniy savdo rastalari va avtoturargohlarni tartibga solish choralari koʻrilmayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va uning barvaqt oldini olish chora-tadbirlari ilmiy-amaliy yondashuv asosida yetarli darajada tashkil etilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish va tarbiyalashga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlarining taʼsirchan emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda huquq-tartibot idoralari tomonidan kuch va vositalarni taqsimlash, boshqarish (muvofiqlashtirish)ning yangi tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi taʼsirchanligi va natijadorligini oshirish borasida manzilli tadbirlarni uygʻunlikda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida toifadagi shaxslar (voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, ishsizlar, muqaddam sudlanganlar, probatsiya hisobida turganlar va boshqalar) bilan manzilli, taʼsirchan ishlarni tizimli tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini izchil oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, CPTED (Crime Prevention Through Environmental Design — atrof-muhitni loyihalash orqali jinoyatlarning oldini olish) konsepsiyasi asosida mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” loyihalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda aholining huquqiy ongini oshirish, sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, huquqbuzarliklarga murosasizlik muhitini yaratishda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning asl omillarini tizimli ravishda ilmiy yondashgan holda taʼlim muassasalari tomonidan oʻrganib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahallalarda huquq-tartibot idoralari tomonidan kuch va vositalarni taqsimlash, boshqarish (muvofiqlashtirish)ning yangi tizimini joriy etish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va prokurorlari hamda biriktirilgan taʼlim muassasasi rahbari bilan birgalikda Konsepsiyaga asosan har bir mahalla kesimida alohida oylik “yoʻl xaritalari”ni (tuman va mahalla kesimida) tasdiqlab, ijroga qaratishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarga viloyat darajasidagi prokurorning va ichki ishlar organi boshligʻining oʻrinbosarlari hamda tegishincha tarmoq va sohaviy xizmat rahbarlari nomma-nom biriktirilib, haftada uch kun ularning ishi bevosita ushbu mahallalarda tashkil etiladi, samaradorlik indikatori yuritiladi va har oyda faoliyatni baholab borish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi va prokurorning xizmat xonasi 2025-yil yakuniga qadar bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan oʻsha yerda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hokimliklari mahallalarda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolarini tuman (shahar) ichki ishlar organlari xulosalariga asosan tezkorlik bilan hal qilish uchun shaxsan masʼul hisoblanadi va tegishli manzilli choralarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ichki ishlar organlarining kechayu-kunduz xizmatini hamda kuch-vositalarning tezkor harakatlanishini taʼminlash maqsadida kamida 2 nafar, vaziyatdan kelib chiqib 3 nafargacha profilaktika inspektorlari (shundan bittasi profilaktika katta inspektori) shtati tashkil etiladi, kamida 2 nafardan iborat patrul-post xizmati naryadlarining xizmati yoʻlga qoʻyiladi hamda tezkor xodim biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda profilaktika katta inspektori lavozimlarida profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlar xizmat oʻtashi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta payshanba — “huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da mahallalarga biriktirilgan viloyat darajasidagi ichki ishlar organi masʼul rahbarlari profilaktika katta inspektorlari bilan birga ularning vazifasini bajaradi (amaliy mahoratini koʻrsatadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi taʼsirchanligi va natijadorligini oshirish borasida manzilli tadbirlarni uygʻunlikda amalga oshirish. Unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika katta inspektorlari boshchiligida “mahalla yettiligi” tomonidan mahallalarda taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan alohida metodika asosida ijtimoiy profilaktika obyektlariga aniqlik kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan joy (obyekt)lar, shuningdek, huquqbuzarlik sodir qilish yoki jinoyat qurboniga aylanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar boʻyicha “mahalla yettiligi” aʼzolari nomma-nom taqsimlanadi (javobgarlik hududi va shaxslar biriktiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va tuman darajasida biriktirilgan masʼul rahbarlar mahallalar uchun tasdiqlangan “yoʻl xarita”larning natijadorligi boʻyicha joyiga chiqqan holda haftalik soʻrovni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar mahallaga biriktirilgan masʼul tomonidan mahalla aholisi oʻrtasida, shuningdek, sud hukmi chiqqandan soʻng jinoyat sodir qilgan shaxsning yashash koʻchasida (mahallasida) muhokama qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq deputatlari har oyda joyiga chiqqan holda mahallalarga biriktirilgan masʼul rahbarlarning jinoyatchilikning oldini olish va mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitib, ularning faoliyatiga baho beradi va amaliy jihatdan koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq deputatlari tomonidan mahallada sodir etilgan jinoyatlarning asl omillari aynan “mahalla yettiligi”ning faoliyatiga yoxud boshqa davlat organlari mutasaddilarining faoliyatiga taalluqliligi boʻyicha xulosalar tayyorlanadi va taʼsir choralari toʻgʻrisida taklif kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilariga ijtimoiy profilaktika tadbirlarining natijadorligi boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida qoʻshimcha haq toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) alohida toifadagi shaxslar (voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, ishsizlar, muqaddam sudlanganlar, probatsiya hisobida turganlar va boshqalar) bilan manzilli, taʼsirchan ishlarni tizimli tashkil qilish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har uch kunda xabar olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda nizolashayotgan oilalarga huquqiy maslahatlar berib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba tariqasida ijtimoiy profilaktika obyektlari holidan xabar olish tizimining taʼsirchanligini oshirish uchun “mahalla yettiligi”ning elektron planshetlari orqali ijtimoiy profilaktika obyektlarini biometrik identifikatsiya qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar huquqbuzarliklar sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish faoliyatini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda har oy yakunida muhokama etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda “mahalla yettiligi” vakillarining kasbiy mahoratini oshirish borasida biriktirilgan taʼlim tashkilotlari, adliya organlari rahbarlari tomondan amaliy mahorat darslari (master-klass) oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi mablagʻlari hisobidan malakali xodimlar hamda kriminolog olimlar jalb qilingan holda mahallalar kesimida maqsadli ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mahallalarda jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini izchil oshirib borish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmatining xizmat koʻrsatish tasdiqlangan tariflari asosida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni yangi mexanizmlar asosida amalga oshirish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo markazlari, avtoshohbekatlar, metroning aholi gavjum boʻlgan bekatlari va istirohat bogʻlari, restoranlar, kafe, bar va boshqa koʻngilochar maskanlar, shuningdek, boʻsh turgan xonadonlar uchun qoʻriqlash xizmatidan foydalanish majburiy qilib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) markazidan uzoqda joylashgan hududlarda mahalladagi kriminogen vaziyat barqaror boʻlgunga qadar viloyatning mahalliy budjeti hisobidan majburiy qoʻriqlash-patrul guruhini tashkil etish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, atrof-muhitni loyihalashtirish orqali jinoyatchilikning oldini olish konsepsiyasi asosida mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” loyihalarini tashkil etish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi doirasida mahallalar hududi tungi yoritqichlar va kuzatuv kameralari hamda sunʼiy intellekt bilan ishlovchi maxsus dasturiy taʼminot bilan toʻliq qamrab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallaning kirib-chiqish joylari mahalliy budjet hamda boshqaruv servis kompaniyalari hisobidan intellektual videokameralar bilan jihozlanib, hududiy ichki ishlar organlari hamda profilaktika katta inspektori xizmat planshetiga integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CPTED konsepsiyasining milliy standartlari ishlab chiqiladi va shaharsozlik qoidalari hamda normalariga tatbiq etiladi, xususan, atrof-muhitni loyihalash, turarjoylar, bino-inshootlar, bozorlar, savdo majmualari, bogʻ va boshqa jamoat joylarini qurishda yangi standartlarga rioya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi jamoat joylari, koʻp qavatli turarjoy va uylar oldi (yoʻlaklar)da “tashvish” tugmalari oʻrnatiladi va ularga xizmat koʻrsatish mahalliy budjet hamda boshqaruv servis kompaniyalari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar hududidagi davlat va nodavlat idora va tashkilotlar, bank, savdo va bozor majmualari atrofida, metroning aholi gavjum bekatlari va avtoturargohlarda jinoyatdan jabrlanish ehtimolini oldini olish boʻyicha tashkilot va idoralar masʼul rahbarlariga shaxsiy javobgarlik belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mahallalarda aholining huquqiy ongini oshirish, sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, huquqbuzarliklarga murosasizlik muhitini yaratishda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy madaniyat boʻlimlari tomonidan har oyda mahallalarda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, halol mehnat qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va madaniy hordiq chiqarishiga qaratilgan targʻibot kompaniyalari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik vakillarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligini mustahkamlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targʻibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan mahallalarda xizmat oʻtayotgan profilaktika (katta) inspektorlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida maxsus ustama toʻlash va ushbu mahalla yil yakuni bilan “qizil” toifadan chiqarilsa ragʻbatlantirish tariqasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida bir yil davomida qoʻshimcha ustama haq toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuni boʻyicha mahalladagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga erishgan (koʻmaklashgan) davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari vakillarini Bosh prokuratura qoshidagi muvofiqlashtiruvchi shtab taklifiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ragʻbatlantirish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) mahalladagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning asl omillarini tizimli ravishda ilmiy yondashgan holda taʼlim muassasalari tomonidan oʻrganib borish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirilgan hududlardagi mahallalarni ilmiy-amaliy tanqidiy oʻrganib, takliflar (xulosa va tavsiyalar) ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etish natijadorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarining birinchi rahbarlarining “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyiliga shaxsan javobgarligi belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ilmiy xulosa va tavsiyalar (metodika)larning tatbiq etilishi natijasida baholash reytingiga muvofiq, ularning natijadorligi (mahallalardagi barqarorlik darajasi, “qizil” toifadan chiqishi va boshqa) boʻyicha taʼlim muassasalarining samaradorlik reytingi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Konsepsiyani amalga oshirish orqali quyidagilarga erishiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ijtimoiy profilaktika obyektlarini barvaqt aniqlash va ular bilan uzluksiz, doimiy va tizimli ishlash mexanizmi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qoʻriqlash qamrovi — 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovi 60 foizga olib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi jinoyat sodir etishga qulay, ovloq va chekka joylar xavfsiz joylarga aylantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarda mahalladagi tinchlik va osoyishtalikka daxldorlik hissi va fuqaroviy javobgarlik tuygʻusi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy profilaktika obyektlari holidan doimiy xabar olishni yoʻlga qoʻyish orqali jinoyatlarning barvaqt oldi olinadi va oiladagi haqiqiy muhit oʻrganib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” faoliyati toʻliq raqamlashtiriladi, barcha platformalarni birlashtirish orqali yagona boshqaruv va nazorat mexanizmlari yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarning barvaqt oldini olish va “issiq izi”dan ochish samaradorligi oshadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasida ishonchli ijtimoiy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” va davlat organlariga ilmiy-uslubiy koʻmaklashib boriladi, maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali dolzarb muammolarning ilmiy yechimlari ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tizimli nazorat qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi aʼzolari tomonidan alohida reja-grafik asosida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, Konsepsiya va “yoʻl xarita”larida belgilangan vazifalar ijrosi holati tanqidiy oʻrganilib, ularga amaliy va uslubiy koʻmak koʻrsatiladi hamda taʼsir choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlari yuzasidan murakkab mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishi hamda ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlamaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi tomonidan hisobot yili yakunida mahallalarda amalga oshirilgan tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar, shu jumladan biriktirilgan masʼullar faoliyati natijadorligi tanqidiy muhokama qilinib, ushbu Konsepsiyada nazarda tutilgan manzilli chora-tadbirlarni keyingi yilda davom ettirish zarurati mavjud mahallalar va ularga biriktirilgan masʼul rahbarlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Bosh prokuror va ichki ishlar vaziriga kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminogen vaziyati murakkab va ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish boʻyicha namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABLAR

1. Ushbu Namunaviy talablar kriminogen vaziyati murakkab va ogʻir mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — ogʻir mahallalar) “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larni tashkil etishning minimal talablari va tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil etishning maqsadlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat joylari (shu jumladan, aholi gavjum boʻladigan joylar), koʻchalar, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklarida nazorat tizimini joriy etish orqali xavfsiz muhitni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil etishning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning kirish-chiqish joylarini yuzni tanib oluvchi, transport vositasi davlat raqamini aniqlovchi dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlash, ularni ichki ishlar organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir etilish ehtimoli yuqori boʻlgan xilvat (ovloq) joylarni texnik tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning tungi vaqtlarda yoritilishi, kuzatuv kameralari bilan nazoratga olinishi, “tashvish” tugmalari qamrovi oshirilishi, koʻp qavatli uylar kirish eshigiga domofonlar oʻrnatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻcha boʻylab uylarda yashovchi barcha fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish ehtimolining oldini olish maqsadida texnik-profilaktik ishlar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” tashkil etishga oid asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Infratuzilmaviy talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tungi vaqtda koʻchaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi toʻliq yoritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berk koʻchalar, ichki yoʻlaklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli boʻlgan qorongʻu hududlarning qisman yoritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz yertoʻla, chordoq va chiqindixonalar mavjud boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnik talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan joylar hamda koʻp qavatli uylarning hovli qismi toʻliq kuzatuv kameralari bilan qamrab olinishi va “tashvish” tugmalarining oʻrnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonadonlar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, koʻngilochar maskanlar, kafe, restoran va barlarning qoʻriqlovga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videokuzatuv kameralarining profilaktika inspektori xizmat planshetiga integratsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz hududiga kuzatuv kameralari va yoritish chiroqlari oʻrnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchaning kirish-chiqish joylariga yuzni tanib oluvchi intellektual kameralar oʻrnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp qavatli uylarning kirish eshiklariga xonadonlardan boshqariluvchi domofonlarning oʻrnatilishi hamda yoʻlaklardagi eshiklar avtomatik yopilishi taʼminlanishi, shuningdek, huquq-tartibot idoralari va masʼul xodimlarning telefon raqamlari joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doʻkonlar, xonadonlar, koʻp qavatli uylar va boshqa ijtimoiy obyektlarga “hudud kamera nazoratida” kabi stikerlarning oʻrnatilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kuch-vositalarga boʻlgan talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea va hodisalarga tezkor javob berish tizimi talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligi, ayniqsa, tungi vaqtda kuch-vositalarning harakatlanish algoritmi belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchaboshi, uyboshi tayinlanganligi, jamoatchilik, koʻngillilar guruhi va mahalla hamkorligi yoʻlga qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va shahar markazlaridagi jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan va aholi koʻp toʻplanadigan joylarda patrullik yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika (katta) inspektori lavozimi malakali xodimlar bilan toʻliq jamlanishi, “mahalla yettiligi” tarkibida vakant lavozim boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijtimoiy-iqtisodiy choralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻcha boʻylab uylarda hamda koʻp kvartirali uylarda yashovchi barcha fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish ehtimolining oldini olish maqsadida profilaktik ishlar olib borilishi (bukletlar, flayerlar tarqatilganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻcha boʻylab uylarda hamda koʻp kvartirali uylarda yashovchi ijtimoiy profilaktika obyektlarining muammolari oʻz vaqtida hal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻcha boʻylab uylarda hamda koʻp kvartirali uylarda yashovchi alohida toifadagi shaxslar bilan tizimli ishlash yoʻlga qoʻyilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil qilish boʻyicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yoʻl xaritalar”ga manzilli kiritiladi va muddatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil qilish uchun viloyat va tuman (shahar) hokimlariga budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan maqsadli va manzilli foydalanishga, mahalla raislariga mahallaning jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududlarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larni tashkil qilishga biriktirilgan masʼullar, mahalla raisi, tuman (shahar) va viloyat hokimlari shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ogʻir mahallalarda tashkil etilayotgan “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larning talab darajasida ekanligi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma ishchi guruhlari tomonidan baholab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Mahalla yettiligi” tomonidan “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar oʻrnatilishi va aholining xabardorligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larni talab darajasida tashkil etgan, mahallalarda keskin oʻzgarish qilgan, xavfsiz muhit yaratganlarni, shuningdek, tashkil qilishda homiylik (xayriya) koʻrsatgan yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy hokimliklar vakolatida doirasida ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur talablar minimal hisoblanadi hamda qoʻshimcha boshqa tadbirlarni amalga oshirish mumkin.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga
9-ILOVA
(9-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorining 1-ilovasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning toʻrtinchi xatboshisi “ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi” soʻzlaridan keyin “(“huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligiga faqat kamida ikki yillik amaliy stajiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “profilaktika inspektorining yordamchilari,” va “yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha tahsil olayotgan” soʻzlari chiqarib tashlansin*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“polkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov, tezkor va ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida yigirma kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan profilaktika katta inspektori, katta tergovchi, katta tezkor vakili, oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi, oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili, profilaktika bosh inspektori, bosh eksperti lavozimidagi xodimlarga “podpolkovnik” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “inspektorlari va ularning yordamchilariga” soʻzlari “inspektorlariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, ularga belgilangan tartibda ustamalarni belgilash, shuningdek, qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish va moliyalashtirish, shartnoma asosida kadrlarni jalb etish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5050-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “profilaktika katta inspektori” va “profilaktika katta inspektorining” soʻzlari tegishincha “profilaktika bosh (katta) inspektori” va “profilaktika bosh (katta) inspektorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin*:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Maskanlar oʻz faoliyatini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika bosh inspektori, profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika kichik inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda xizmat qilish uchun biriktirilgan yoki tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida kiritilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari, yoʻl harakati xavfsizligi inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga koʻmaklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmasining naryadi, boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari va jamoat tuzilmalarining vakillari tarkibida amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-banddagi “Profilaktika katta inspektori” soʻzlari “Profilaktika bosh (katta) inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Profilaktika bosh inspektori yoʻqligida uning vakolatlari profilaktika katta inspektori tomonidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “200” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “profilaktika inspektorining yordamchilari,” va “yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha tahsil olayotgan” soʻzlari chiqarib tashlansin*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilova quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

8.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qaroriga 1-ilovaning 66-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“66. Xodimga buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalda boʻladi hamda ushbu muddat oʻtganidan soʻng avtomatik tarzda tugallangan hisoblanadi (agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanbeh — uch oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayfsan — olti oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshining ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima — toʻqqiz oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq hayfsan — bir yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish tartibida intizomiy jazo ushbu muddatlar oʻtmasdan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda belgilangan muddat ichida xodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish (tugallanish) muddati oxirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi boʻyicha hisoblanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur oʻzgartirishlar 2025-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)