14.07.2025 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada moyli ekinlar maydoni va hosildorligini oshirish orqali o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, moydorligi yuqori, sho‘r va qurg‘oqchilikka bardoshli moyli ekinlarning nav va duragaylarini yaratish hamda birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan maydonlarning 5 foizigacha almashlab ekish tizimida moyli ekinlar ekilishiga ruxsat beriladi hamda moyli ekinlar bir dalada 2 yildan ortiq ekilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga ta’sirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlarini ekish va tuproq ostiga shudgor qilish amaliyoti qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlari ekishni kosmik tasvirlar orqali monitoring qilib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalari bilan mahsulot yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida moyli ekinlar hosilini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroportali” axborot tizimi orqali tuziladi.
(2-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnomalarga asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlariga moyli ekinlar hosilini yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 15-fevralga qadar moyli ekinlar yetishtiruvchi subyektlarning takliflari asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, ekiladigan moyli ekinlarning turi va miqdori bo‘yicha ma’lumotlarni tumanlar (Quvasoy shahar) kesimida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil hosilidan boshlab, moyli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobini yuritsin va ushbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili fevral oyida Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 18-martdagi 166-son qarorida belgilangan tartibda moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashgan 57 ta tumanda va Quvasoy shaharda moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili may oyida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi subyektlarining ekin maydonlarida mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan shartnoma asosida moyli ekinlar navlari va duragaylarining 50 tonna yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili avgust oyida sohaning olim va mutaxassislarini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan va lalmi yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida moyli ekinlar yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish bo‘yicha seminar-treninglar, shuningdek, moyli ekinlarning urug‘chilik tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘lik maydonlaridan kelgusi yil hosili uchun belgilangan tartibda moyli ekinlar urug‘liklari jamg‘arilishini hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan urug‘liklarni mahsulot yetishtiruvchi subyektlarga yetkazib berilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan va lalmi yerlarda moyli ekinlarni tuproqqa “nol” ishlov berish (No-Till) texnologiyasi asosida yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasining (keyingi o‘rinlarda — Stansiya) 61 gektar yer maydonida hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarga shartnoma asosida har yili moyli ekinlarning kamida 50 tonna superelita avlodli urug‘liklarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil yakuniga qadar Stansiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, laboratoriyalarni yangi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash, urug‘liklarni tozalash, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish uchun turli manbalardan investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2025-yil sentabr oyidan boshlab ilm-fan yutuqlari asosida respublikamizda moyli ekinlar yetishtirishni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, doni to‘kilmaydigan, yuqori moydorlikka va iste’mol sifatiga ega bo‘lgan, sho‘rga, qurg‘oqchilikka hamda kasallik va zararkunandalarga bardoshli moyli ekinlarning mahalliy navlarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy davlatlar tajribalari, ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida moyli ekinlar yetishtirish bo‘yicha maqsadli fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalarining moliyalashtirib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda moyli ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
438-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 438-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar (Quvasoy shahar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tumanlar (shahar) nomi

Ekin turi

sug‘oriladigan yerlarda

lalmi yerlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Qonliko‘l

kungaboqar

kunjut

 

 

 

2.

Shumanay

kungaboqar

kunjut

 

 

 

3.

Ellikqal’a

kungaboqar

kunjut

 

 

 

4.

Chimboy

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

5.

Qorao‘zak

kungaboqar

kunjut

 

 

 

6.

Qo‘ng‘irot

kungaboqar

kunjut

 

 

 

Andijon viloyati

1.

Baliqchi

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Izboskan

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Marhamat

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Paxtaobod

kungaboqar

 

soya

 

 

Buxoro viloyati

1.

Vobkent

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Kogon

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

G‘ijduvon

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Buxoro

kungaboqar

 

soya

 

 

Jizzax viloyati

1.

Sh.  Rashidov

 

 

soya

zig‘ir

maxsar

2.

Baxmal

 

 

soya

zig‘ir

maxsar

3.

G‘allaorol

 

 

soya

zig‘ir

maxsar

4.

Zafarobod

kungaboqar

 

soya

 

 

5.

Arnasoy

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

6.

Do‘stlik

kungaboqar

 

 

 

 

7.

Zomin

 

 

 

 

maxsar

Qashqadaryo viloyati

1.

Qarshi

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

2.

Yakkabog‘

kungaboqar

 

soya

zig‘ir

 

3.

Ko‘kdala

kungaboqar

kunjut

soya

zig‘ir

 

4.

Kitob

 

 

soya

 

maxsar

5.

Shahrisabz

kungaboqar

 

soya

zig‘ir

 

Navoiy viloyati

1.

Karmana

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Qiziltepa

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

3.

Navbahor

kungaboqar

 

soya

 

 

Namangan viloyati

1.

Mingbuloq

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Kosonsoy

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Pop

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Uchqo‘rg‘on

kungaboqar

 

soya

 

 

5.

Chortoq

kungaboqar

 

soya

 

 

6.

Chust

kungaboqar

 

soya

 

 

Samarqand viloyati

1.

Bulung‘ur

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Nurobod

 

 

soya

 

maxsar

3.

Jomboy

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Narpay

kungaboqar

 

soya

 

 

Surxondaryo viloyati

1.

Jarqo‘rg‘on

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Qumqo‘rg‘on

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Muzrabot

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Sariosiyo

kungaboqar

 

 

zig‘ir

maxsar

Sirdaryo viloyati

1.

Boyovut

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Sardoba

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

3.

Sayxunobod

kungaboqar

 

soya

 

 

Toshkent viloyati

1.

Bekobod

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Bo‘ka

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

O‘rta Chirchiq

 

 

soya

 

 

4.

Ohangaron

kungaboqar

 

soya

zig‘ir

maxsar

5.

Yangiyo‘l

kungaboqar

 

soya

 

 

6.

Parkent

 

 

soya

zig‘ir

 

Farg‘ona viloyati

1.

Quvasoy sh.

kungaboqar

 

 

 

 

2.

Beshariq

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Bag‘dod

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Yozyovon

kungaboqar

 

soya

 

 

Xorazm viloyati

1.

Urganch

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

2.

Shovot

kungaboqar

 

soya

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 438-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar

1.

Moyli ekinlar maydonlarining raqamlashtirilgan holda hisobini yuritish.

Moyli ekinlar ekiladigan maydonlarni konturlar kesimida “CropAgro” axborot tizimiga joylashtirish.

Bunda moyli ekinlarni yetishtiruvchi har bir fermer xo‘jaligi uchun ajratiladigan ekin maydonining ball-boniteti yuqoriligi va suv bilan ta’minlangani inobatga olinadi.

Har yili mart oyida

Budjetdan tashqari xo‘jalik mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermerlari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Moyli ekinlar yetishtiruvchilarni moddiy resurslar bilan ta’minlash.

1. Moyli ekinlarni joylashtirish rejasi asosida har bir hududda ekin turlaridan kelib chiqib, talab etiladigan urug‘lar miqdorini hisoblash.

Har yili mart oyida

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermerlari kengashi,

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi,

tijorat banklari

2. Moyli ekinlar ekish uchun talab etiladigan urug‘liklar, yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlarni sotib olish hamda fermer xo‘jaliklarini avans mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida subyektlarga imtiyozli kreditlarni ajratish.

Har yili aprel — iyun oylarida

Tijorat banklari kreditlari hisobidan

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi yog‘-moy korxonalariga topshirilgan moyli xomashyo uchun fermer xo‘jaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni monitoring qilish.

Har yili noyabr oyida

Yog‘-moy korxonalari mablag‘lari hisobidan

II. Moyli ekinlar urug‘chilik tizimini tashkil etish

3.

Moyli ekinlarning yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirish.

1. Urug‘lik yetishtiruvchi talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish hamda urug‘chilik xo‘jaliklari bilan ilmiy muassasalar o‘rtasida shartnomalar tuzish.

Har yili mart oyida

Xo‘jaliklar mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Yuqori avlodli urug‘liklar ekilgan maydonlarni xatlovdan o‘tkazish va monitoring qilib borish.

Mavsum davomida

3. Urug‘lik maydonlarida dala aprobatsiya ko‘riklarini o‘tkazish.

Har yili sentabr oyida

4. Aprobatsiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha yaroqli deb topilgan maydonlarda urug‘liklarni jamg‘arish.

Har yili oktabr oyida

4.

Moyli ekinlarni almashlab ekish dasturini ishlab chiqish hamda siderat ekinlar urug‘chiligini tashkil qilish.

1. Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos moyli ekinlarni ilmiy asoslangan almashlab ekish dasturini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Budjetdan tashqari xo‘jalik mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlar maydonini kengaytirish uchun ilmiy asoslangan urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil davomida

5.

Respublikadagi asosiy va takroriy maydonlarda kungaboqar, soya va kunjut ekinlarini ilmiy asosda kengaytirish hamda birlamchi urug‘chiligini tashkil etish.

1. Kungaboqar, soya va kunjut ekinlarini ekish uchun mos bo‘lgan mintaqalarni ilmiy asosda tanlash.

2. Kungaboqarning mahalliy “Jahongir”, “Dilbar”, “Navro‘z”, soyaning “Nafis”, “Orzu”, “To‘maris-60” va kunjutning “Qora shahzoda”, “Toshkent-122” navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

2025-yil avgust

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3. Kungaboqarning “Jahongir”, “Dilbar”, “Navro‘z” va kunjutning “Qora shahzoda”, “Toshkent-122” navlarining birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil oktabr

4. Seleksiya dala-tajriba maydonlarida ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish.

2025-yil iyul — sentabr

5. Xorij seleksiyasiga mansub, moydorligi yuqori va vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan kungaboqar, soya hamda doni to‘kilmaydigan kunjut ekinlarining nav va namunalarini takroriy ekin sifatida ekish uchun mahalliy sharoitlarga introduksiya qilish.

2025-2026-yillarda

6. Tanlab olingan nav va namunalar asosida yangi navlar yaratish uchun seleksiya ishlarini “speed breeding” usulida olib borish va yangi navlarini yaratish.

2026-2027-yillar davomida

III. Sug‘oriladigan va lalmi yerlarda zig‘ir yetishtirishni rivojlantirish

6.

Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda zig‘ir ekinining yangi navlarini yaratish.

1. Belarus Respublikasidagi “Institut lna” bilan zig‘ir ekinining yangi navlarini yaratish va innovatsion yetishtirish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Vegetatsiya davri qisqa, qurg‘oqchilikka va kasalliklarga chidamli zig‘ir ekinining nav va namunalarini respublika hududiga olib kirish.

2026-yil aprel

3. Tanlab olingan zig‘ir ekinining nav va namunalari uchun ko‘rgazmali maydonchalarni tashkil qilish.

Mavsum davomida

4. Xalqaro ilmiy hamkorlikda zig‘ir nav va namunalarini introduksiya qilish.

2026-2027-yillarda

5. Hamkorlikda stress omillariga chidamli, har bir mintaqa sharoitiga mos bo‘lgan yangi navlar yaratish.

 

7.

Zig‘ir ekini urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.

1. Lalmikor maydonlar uchun moyli zig‘irning ilmiy asoslangan birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish hamda saralangan urug‘lik tayyorlash.

2026-yil mart

Budjetdan tashqari xo‘jalik mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermerlari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish.

2026-yil may

3. Elita urug‘chilik xo‘jaliklari bilan hamkorlikda urug‘liklarni ko‘paytirish, sertifikatlangan urug‘liklarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil davomida

4. Zig‘ir ekinidan kafolatli hosil olish uchun ilmiy asoslangan tavsiyanoma ishlab chiqish hamda zig‘ir yetishtiruvchi xo‘jaliklariga yetkazib berish.

2026-yil may

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/438/0617-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)